
OQDARYO YOSHLARI
ASSALOMU ALAYKUM! USHBU KANAL YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI OQDARYO TUMAN BO'LIMI RASMIY KANALI SAFIMIZGA QO'SHILING!!! Murojaat uchun: @yoshlar_ishlar_bot
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 29, 2026 | 113 |
| Oct 31, 2026 | 105 |
| Nov 3, 2026 | 98 |
| Nov 4, 2026 | 122 |
| Nov 6, 2026 | 107 |
| Nov 7, 2026 | 102 |
| Nov 10, 2026 | 90 |
| Nov 11, 2026 | 93 |
| Nov 14, 2026 | 76 |
| Nov 18, 2026 | 96 |
| Nov 23, 2026 | 48 |
| Nov 24, 2026 | 28 |
Most viewed this month
- 01Views122Forwards—Reactions1Comments—
- 02Views113Forwards—Reactions—Comments—
- 03Views107Forwards—Reactions—Comments—
- 04Views105Forwards—Reactions—Comments—
Latest posts
Forwarded from Alisher Sadullaev
🇺🇿🇮🇳 Tarixiy bahs ostonasida: Javohir Sindarov jahon şaxmat toji uçun dona suradi! Ertaga, 24-noyabr kuni Şveysariyada butun dunyo şaxmat jamoatçiligi diqqat markazida turgan 2026-yilgi Jahon çempionati matçi boşlanadi. Uşbu hal qiluvçi 14 partiyalik bahsda 20 yoşli grossmeysterimiz Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni, hindistonlik tengdoşi Gukeş Dommarajuga qarşi bahs olib boradi. Bugun özbek şaxmati va yoşlarimiz erişayotgan bunday yuksak marralar, avvalo, Prezidentimiz tomonidan yoşlarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş hamda şaxmatni ommalaştirişga qaratilayotgan alohida e’tibor va yaratib berilgan keng imkoniyatlarning amaliy samarasidir. Jahon şaxmatidagi eng nufuzli unvon uçun keçadigan uşbu hal qiluvçi bahsda Javohirga grossmeysterlar Muhiddin Madaminov, Roman Vidonyak va Nikita Vitiugovdan iborat tajribali jamoa kömaklaşmoqda. Eng muhimi — bu katta sinovda oilasi, yaqinlari va butun Özbekiston xalqi uning yonida! Yurtimizning barça hududlaridagi şaxmat muxlislarini öyinlarni özbek tilida jonli efirda kuzatiş hamda hamyurtimizni birgalikda qöllab-quvvatlaş uçun UzChess YouTube kanalidagi maxsus strimlarga taklif etamiz! Barça yurtdoşlarimizni jonli efirlar orqali hamyurtimizni birgalikda qöllab-quvvatlaşga taklif etamiz! Işonamizki, Javohir özining yuksak mahorati, matonati va xarakteri bilan Vatanimiz bayroğini yana bir bor baland kötaradi. Olğa, Javohir! @alisher_sadullaev
Open in TelegramForwarded from SAMARQANDLIK YOŞLAR
🇺🇿Bayrog‘imiz — milliy g‘ururimiz va birdamligimiz timsoli! Davlat bayrog‘imiz — xalqimizning o‘zligi, tarixiy xotirasi va kelajakka bo‘lgan ishonchini ifoda etuvchi muhim ramz. Unda yurtimizning tinchligi, xalqimizning ezgu orzu-intilishlari va mustaqillik qadri mujassam. Bayrog‘imizga bo‘lgan hurmat Vatanimizga, uning tarixi va kelajagiga bo‘lgan hurmatdir. Uni baland ko‘tarish, yurtimiz sha’nini munosib himoya qilish esa har birimizning faxrimiz va mas’uliyatimizdir. Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan muborakbod etamiz! Davlatimiz bayrog‘i doimo baland hilpirab, mustaqil yurtimizning yorqin kelajagi va xalqimizning birdamligini namoyon etib tursin! Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Open in TelegramForwarded from Alisher Sadullaev
Harvard universiteti Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturiga qo‘shilmoqda! AQShga tashrifimiz davomida Harvard Business School, Yale University, Cornell University, Stanford University va MIT kabi dunyoning yetakchi ta’lim muassasalari bilan O‘zbekiston yosh tadbirkorlari uchun jahon darajasidagi biznes ta’limi va xalqaro ekspertlar tajribasini jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib bordik. Xususan, Harvard vakillari Ross Pearo va Kathryn Wight bilan uchrashib, Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida Harvard universiteti professorlarini O‘zbekistonga jalb etish imkoniyatlarini muhokama qilgan edik. Bugun esa ushbu muzokaralar amaliy natija bermoqda. 2026-yil 7–11-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan besh kunlik dastur davomida yosh tadbirkorlar biznesni kengaytirish, strategik boshqaruv va venchur biznesni rivojlantirish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Dasturda ishtirok etish uchun saralangan nomzodlarga grantlar ajratiladi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga maxsus sertifikat ham topshiriladi. Maqsadimiz – O‘zbekiston tadbirkorlari uchun jahon darajasidagi bilim va tajribani yanada ommalashtirish, ularning biznes yuritish salohiyatini oshirish hamda xalqaro bozorlarda raqobatlasha oladigan kompaniyalar qurishiga ko‘maklashish. Yosh tadbirkorlarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga va birinchi izohdagi havola orqali ariza topshirishga taklif qilamiz! 7–11-dekabr, 2026-yil | Toshkent, O‘zbekiston
Open in TelegramForwarded from Yoshlar ishlari agentligi
Qabriston tozaligi — mahalla va qalb ozodaligining ko‘zgusidir Bobo nabirasini yetaklab qabristonga boradi. Avval duo o‘qiydi, keyin ketmonni qo‘liga olib, qabrlar atrofini qurigan o‘t-xaslardan tozalashga kirishadi. Dastlab istamaygina turgan nabira ham bobosining yoniga qo‘shiladi. Bu qisqa film oddiy, ammo muhim haqiqatni eslatadi: o‘tganlarni yod etish faqat duo bilan emas, ular yotgan maskanni obod saqlash bilan ham bo‘ladi. Farzandga esa bu tarbiya nasihat bilan emas, shaxsiy ibrat bilan o‘tadi. Qabristonni ozoda tutish ajdodlar xotirasiga hurmat va har birimizning insoniy burchimizdir. Bu ishga mahallamiz bilan birga, yoshlarimiz bilan birga bosh qo‘shaylik. 🎬 Videoni tomosha qiling va yaqinlaringizga ulashing. 🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Open in TelegramForwarded from Yoshlar ishlari agentligi
Ayni kunlarda Özbekiston ziyolilari kengaşining hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Şu munosabat bilan Özbekiston ziyolilari kengaşining rasmiy murojaat boti - @ziyoliuz_bot işga tuşirildi. 💬 Bot orqali olimlar, pedagoglar, şifokorlar, ijodkorlar, tadbirkorlar, yoş tadqiqotçilar, jamoatçilik faollari va yurt taraqqiyotiga befarq bölmagan barça fuqarolar öz taklif va taşabbuslarini töğridan töğri Kengaş muhokamasiga yönaltirişlari mumkin. Kelib tuşgan takliflar umumlaştirilib, Özbekiston ziyolilari kengaşining respublika yiğilişi muhokamasiga taqdim etiladi. 🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
Open in TelegramForwarded from Rahmonov Şerzod Şuxratoviç
⚡️Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring! Samarqand viloyatida yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bilan uchrashuvlar, tashabbuslar, muhim yangiliklar va dolzarb masalalarga oid ma’lumotlarni muntazam yoritib boramiz. 🔍 Faoliyatimiz, yangiliklar va rasmiy xabarlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling. 🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook Yoshlar bilan muloqot, ularning manfaatlari va tashabbuslari — doimiy e’tiborimizda!
Open in TelegramForwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Tört nafar özbekistonlik asosçi nufuzli Y Combinator akseleratoriga qabul qilindi! Bir neça oy avval Sardor Rahmatulloev Y Combinator dasturiga qabul qilingan ilk özbekistonlik asosçi sifatida tarixga kirgan edi. Bugun esa uning ortidan uç nafar yoş tadbirkorimiz uşbu nufuzli akselerator iştirokçisiga aylandi. Y Combinator (YC) — dunyodagi eng nufuzli startap akseleratorlaridan biri. 2005-yilda taşkil etilgan uşbu dastur Airbnb, Dropbox, Stripe va Reddit kabi global kompaniyalarning rivojlanişiga dastlabki bosqiçda yordam bergan. YC'ga qabul qiliniş startaplar uçun xalqaro investorlar, tajribali mentorlar va global bozorga çiqiş imkoniyatlarini oçadi. Hatto ayrim yoşlar öz startaplarini rivojlantiriş uçun Ivy League universitetlaridagi öqişini ham tark etişga qaror qilgan. Bugun esa yoşlarimiz ham dunyoning eng kuçli startap muhitlaridan birida öz örnini egallamoqda. Y Combinator dasturida iştirok etayotgan yoşlarimiz: Sardor Rahmatulloev — TwoLabs Beknazar Abdikamalov — Speko Husan Mavlonov — Defex Robotics Raşod Abdurasulov — Peripheral Zero Bu natija yoşlarimizning salohiyati, intilişi va global miqyosda raqobatlaşa olişini körsatadi. Biz yoşlarimiz bilan faxrlanamiz! Ularning muvaffaqiyati boşqa yoşlarimizga ham katta maqsadlar sari intiliş uçun ilhom beradi. Işonamanki, hali Özbekistondan dunyo miqyosida taniladigan köplab texnologik kompaniyalar yetişib çiqadi! @alisher_sadullaev
Open in TelegramConnections
Similar channels
SAMARQANDLIK YOŞLAR@yiasamyoshNews and media10K
Zarnews.uz@zarnews_uzNews and media13.2K
Alisher Sadullaev@alisher_sadullaevPolitics217K
Yoshlar ishlari agentligi@yoshlaragentligiEducation236K
Diyor24.uz | Ўзбекистон@diyor24uzNews and media1.66K
Gazeta — Horizon@gazetauzspecialNews and media1.66K
ONE ID | Yagona Identifikatsiya tizimi@oneidchannelNews and media1.65K
«TOŞKENT ŞAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz@toshkent_shaharmet_axborotNews and media1.62K
Mentions
Alisher Sadullaev@alisher_sadullaev7 mentions, 10 reposts
SAMARQANDLIK YOŞLAR@yiasamyosh2 mentions, 2 reposts
Yoshlar ishlari agentligi@yoshlaragentligi3 mentions, 3 reposts
Zarnews.uz@zarnews_uz1 mention, 1 repost