Shoshiling! Jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok eting!
Ayni paytda, Toshkent shahrida o‘tkazilgan ommaviy baholash natijalarining jamoatchilik muhokamasi jarayonlari davom etmoqda.
Mulkdorlar baholash natijalari bilan tanishish, o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk qiymatini ko‘rib chiqish, shuningdek, savol, fikr va takliflarini bildirishlari mumkin.
Jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok etish baholash natijalarining haqqoniyligi va shaffofligini ta’minlash, mavjud takliflarni o‘rganish hamda tizimni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sizning fikringiz — baholash tizimini takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadam!