"Muhimi qalb goʻzalligi" yolgʻon(mi?) Odamlar nimaga qarab muomala qiladi? Pul? Mansab? Chiroy? Qimmat kiyim? Mol-mulkdir balki? Baʼzilar insonlarni dunyoqarashi, aql-zakovati, farosati, koʻnikmalariga qarab, taroziga solib koʻradi. Boshqalarga esa tashqi omillar muhimroq. Hammaning oʻlchov birligi har xil. Ammo bir narsa aniqki, qalb goʻzalligiga ham afsuski tashqi koʻrinish maʼqul kelgachgina qaraladi. Hattoki, buning ilmiy nomi bor — Halo effekti. Bu atamani 1920-yilda psixolog Edvard Torndayk fanga kiritgan. Halo effekti endi nima? Bunga koʻra, chiroyli insonlarni muvaffaqiyatli deb oʻylaymiz. Oʻziga qarab yuradigan, chiroyli usti-boshda kiyinib yuradigan insonlarni hamma sohada zoʻr boʻlib koʻrinadi. Yaʼni tashqi koʻrinishi yaxshi boʻlgani uchun ularga qoʻshimcha sifatlarni, fazilatlarni miyamiz oʻz-oʻzidan yopishtirib qoʻyadi. Masalan, kostyum shim kiygan yigit, muvaffaqiyatli boʻlib koʻrinadi. Chiroyli qizlarimiz eʼtibor markazida boʻlishi bunga misol. Bu qanchalik adolatdan? Oʻlmas Temur
Open in TelegramPosts of Oʻlmas Temur | Absurd
Odamlar asosan nimaga qarab muomala qiladi? Va aslida nimaga koʻra muomala qilinishi kerak?
Open in TelegramChindan yashayapsizmi yo shunchaki tirikmisiz? Oskar Uayld shunday deydi: "Yashash — dunyodagi eng kam uchraydigan narsa. Ko'pchilik shunchaki mavjud." Uyquga toʻymay uyg'onish. Ish. Telefon. Kech uyquga yotish. Ertasi kun yana xuddi shunday. Avtopilotda. Hech qanday oʻzgarishsiz. Bu shunchaki tirik boʻlish. Va eng yomoni qachondan yashamay qoʻyganingizni ham bilmaysiz... Yashash esa boshqa. U jur'at talab qiladi. Chindan yashayotgan inson rejalaridan tashqariga chiqa oladi. Xato qilishdan, yordam soʻrashdan, hislarini tan olishdan uyalmaydi. Muhimi, oyda bir marta emas, har kunini toʻlaqonli his qilib, romantizatsiya qilishga urinadi. Yashash... Yakshanbadan yakshanbaga arang sudralib yetib olib, dushanba haqida shikoyat posti yozish emas. Menimcha chindan yashash... Yonish, yondirish, ilhomlanish, javobsiz boʻlsa-da, seva olish boʻlsa kerak... Oʻzingizni hozir qanday his qilyapsiz? Faqat rostini yozing Oʻlmas Temur
Open in Telegram🎭 Qaysi asarning spektakli qoʻyilishi kerak deb oʻylaysiz? Va nega hamma shox asarlar ham ekran yoki sahna yuzini koʻravermaydi? Sizlarning tomoshabin sifatidagi fikringiz menga juda qiziq...
Open in TelegramTandirdan uzilgan issiqqina podkastimiz tayyor Ochilmagan qirralar, aytilmagan hikoyalar, hayot sahnasi ortidagi qiyinchiliklar haqida "Bemalol suhbat" da humordan chiqib gurunglashdik. Ajoyib va samimiy suhbat chiqqan. Bir aylanib koʻrib kelingchi... Podkastdan olgan goʻshtli taassurotlaringizni kutaman https://youtu.be/u1MTr-ly46Q?si=GIg8nwrb69RcsCZ2
Open in Telegram🕯 Yaxshi deb bilgan insonimizni sevamizmi? Yo sevgan insonimiz koʻzimizga yaxshi boʻlib koʻrinadimi? Oʻlmas Temur
Open in TelegramMusiqa boʻlmaganda, hayot xato boʻlar edi... • Fridrix Nitshe Yoʻlda eshitib ketishga biror musiqa tashlangchi...
Open in TelegramAleksismia — his-tuygʻulari ogʻzaki ham yozma ham ifodalab bera olmaslik. Shunchaki, ichiga yutish... Hislarini yozgan maʼqulmi yo paytida gapirganmi? Oʻlmas Temur
Open in TelegramHech narsani his qilmay qoʻyishingdan oldin, juda koʻp tuygʻularni juda chuqur his qilib yuboragan boʻlasan.... • Osamu Dazai
Open in TelegramBugungi koʻrgan eng taʼsirli videoyingiz shu boʻlar balki... Koʻpchilik baxtga balandparvoz taʼriflar beradi. Kimdir pul desa, kimlardir qalb xotirjamligi deydi. Balki baxt inson koʻrishidadir? Balki baxt yonginamizdadir? Har kuni "Ovqatlanib oldingmi?" deb shivirlasa kerak baxt deganlari... Usmon Azimning "Bizni baxt yaratgan" she'ri asosida Filmni koʻrgach, biror nima deb keting, bir necha haftalik ijodiy charchoq chiqib ketsin... Oʻlmas Temur
Open in TelegramU ham sizga oʻxshab berardi, "Sevasizmi?" degan savolni... • Salim Ashur she'ri Qayta-qayta oʻqib toʻymaydigan sheʼringiz bilan boʻlishingchi... Oʻlmas Temur
Open in Telegram"Sputnik" va "Yuk54" filmlarini qayerdan tomosha qilish mumkin? Bepul qismlarini va toʻliq serialni qayerdan tomosha qila olishingiz haqida. Oʻzi filmlarni qaysi saytdan tomosha qilish qulay?
Open in Telegram