Telefoningiz qalbining to‘ridan joy egallaymiz! ❤️ Chunki sizga yaxshi kitoblar ham, yaxshi odatlar ham doim yaqin bo‘lishga arziydi... Endi Mutolaa vidjetlari bosh ekraningizda siz bilan! Batafsil: havola Mutolaa ilovasi | mutolaa.com
Open in TelegramOlimov's note
Sirojiddin Olimov – Angel investor – @mutolaaxona loyihasi rahbari – Edinburg universiteti magistranti (2021–2022) – El-yurt umidi jamgʻarmasi stipendianti
Subscribers, 30 days
Nov 23 – Nov 24−1 (−0.1%)
Show as table
| Date | Subscribers |
|---|---|
| Nov 23, 2026 | 1,167 |
| Nov 24, 2026 | 1,166 |
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 28, 2026 | 443 |
| Nov 3, 2026 | 285 |
| Nov 4, 2026 | 2,476 |
| Nov 12, 2026 | 360 |
| Nov 13, 2026 | 341 |
| Nov 20, 2026 | 193 |
Most viewed this month
- 01Views4.63KForwards—Reactions8Comments—
- 02Views443Forwards—Reactions10Comments—
- 03Views360Forwards—Reactions7Comments—
- 04Views341Forwards—Reactions2Comments—
Latest posts
Palo Alto atrofida hacker house (yashash va ishlash bir joyda degani) qilmoqchimiz. Numeo ga Palo Altoga ko’chib yashay oladigan Sales va Growth product rollariga odam qarayapmiz. Growthga 2 ta intern ham olamiz. Qiziqsangiz [email protected] ga cover letter bilan resume yuboring. @paiziev24
Open in Telegram📚 «Ҳарвард методи» — муваффақият, билим ва шахсий камолот сари муҳим қадам! Яқинда «Мутолаа» лойиҳаси орқали «Ҳарвард методи» китобини ўқиб чиқдим. Унда инсоннинг ўз устида ишлаши, вақтни қадрлаши, мустақил фикрлаши, аниқ мақсад қўйиши ва унга эришиш йўлида изчил ҳаракат қилиши каби муҳим масалалар ёритилган. Айниқса, ушбу китобнинг ғоялари ёшларимизни замонавий давлат бошқаруви учун муносиб кадрлар этиб тарбиялаш, таълим сифатини ошириш, уларда масъулият, ташаббускорлик ва мустақил фикрлаш кўникмаларини шакллантиришда катта аҳамиятга эга, деб ҳисоблайман. Энг муҳими, китоб ёшларни билим олишга, изланишга ва доимий равишда ўз устида ишлашга ундайди. Барчага, айниқса, ёшларимизга ушбу китобни мутолаа қилишни тавсия этаман. Зеро, билимли, изланувчан ва мустақил фикрлайдиган ёшлар — мамлакатимизнинг энг катта бойлиги ва келажагимиз кафолатидир!
Open in TelegramSavodxonlik tug‘ma iste’dod emas, u egallanadigan ko‘nikma. — Orif Tolib Bugun “Mutolaa” jamoasi uchun quvonchli yangilik! Jamoamiz a’zosi, o‘zbek tilining chinakam bilimdoni Orif Tolibning “Ibratli imlo” kitoblari nashrdan chiqibdi! Orif aka “Mutolaa” loyihasida muharrir sifatida faoliyat yuritadilar. Platformamizga joylanayotgan har bir kitobning imloviy xatolardan xoli, adabiy til me’yorlariga mos va sifatli bo‘lishi ortida u kishining juda katta mehnatlari bor. Koʻpchilikka manzur kelayotgan qiyqiriq nomalarimiz ortida ham Orif Tolib turibdilar. Orif aka bilan tez-tez biror so‘zning kelib chiqishi, ma’nosi yoki qo‘llanishi haqida suhbatlashib qolamiz. Oddiygina bir so‘z ustida boshlangan suhbat ba’zan tilimizning tarixi va boyligi haqidagi qiziqarli muhokamaga aylanib ketadi. Bahonada o‘zimiz ham ancha narsalarni o‘rganib olamiz. Shunday bilimli insonlar bilan bir jamoada ishlashning zavqi boshqacha, men sizlarga aytsam! Menimcha, “Ibratli imlo” har bir o‘zbekistonlikning shaxsiy kutubxonasidan joy olishga arziydigan kitoblardan biri. Chunki to‘g‘ri yozish – xatosiz matn yaratishgina emas, ona tilimizga hurmatning ham ifodasidir. Orif aka, tabriklaymiz! Bundan keyin ham ona tilimiz ravnaqi, millatimiz ma’rifati va xalqimiz savodxonligi yo‘lida shunday ezgu ishlarni amalga oshirishingizda kuch-quvvat, ilhom va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shunday insonlar bilan bir jamoada ishlayotganimizdan faxrlanamiz!
Open in Telegram📱iPhone 18 Pro öz egasiga topşirildi! 😊 Bugun “Omadli mutolaa” kuni ğolibi “Mutolaa” loyihasida mehmon böldilar. Ularga loyihamiz rahbari Sirojiddin Olimov iPhone 18 Pro sovrinini topşirdilar. 5 daqiqa kitob öqib, şunday sovringa ega böliş mazzami? “Omadli mutolaa” yana taşkil qilinişini xohlasangiz, bitta “❤️🔥” bosib qoldiring. Mutolaa ilovasini yuklab oling
Open in Telegram🏆 IBRAT JAMOAVIY LIGASI —SOVRIN JAMG‘ARMASI 100 MLN SOʻM! Ingliz tilidan Ibrat Jamoaviy Ligasi boshlanmoqda! Jamoangiz bilan bir hafta davomida til oʻrganib, katta pul mukofotini qoʻlga kiriting. 💰 Ishtirok etish shartlari juda oddiy: 1️⃣ Ibrat Academy ilovasini yuklab oling. 2️⃣ Ilovada oʻz jamoangizni tuzing yoki mavjud jamoalardan biriga qo‘shiling. 3️⃣ Bir hafta davomida ingliz tilini o‘rganib, XP ballarini to‘plang. Eng faol jamoa quyidagi mukofotlarni yutib olishi mumkin! JAMOA SOVRINLARI: 🥇 1-o‘rin — 30 000 000 so‘m 🥈 2-o‘rin — 15 000 000 so‘m 🥉 3-o‘rin — 5 000 000 so‘m Va bu hali hammasi emas! Pul mukofotlari TOP-100 talikdagi jamoalar uchun ham mavjud! 🗓 Liga boshlanish vaqti: 4-noyabr, soat 19:00. 🚀 Hoziroq Ibrat Academy ilovasiga kiring va Ligaga ro‘yxatdan o‘ting! @ibratfarzandlari
Open in TelegramYuksalish marafonining navbatdagi darsi Mutolaa loyihasi rahbari Sirojiddin Olimov bilan bo‘lib o‘tadi. 28-oktabr kuni soat 20:00 Mavzu: Mutolaa loyihasi, Edinburg universiteti va "El-yurt umidi" jamg‘armasi. Sizni yangi imkoniyatlar haqida foydali suhbat bo'ladi. Biroz tanaffusdan so‘ng ertaga sizlarni 🥩 ligina dars kutmoqda!
Open in Telegram🇰🇬 Bishkekdan yangi g‘oyalar va ajoyib taassurotlar bilan qaytdik! Safar davomida mahalliy startap ekotizimi va kovorking markazlari tajribasi bilan tanishib, yangi loyihalar bo‘yicha fikr almashdik. Ayniqsa, Ololo va Texnoparkdagi do‘stlarimiz amalga oshirayotgan ishlar menda katta taasurot qoldirdi. Samimiy suhbatlar, tajriba almashish va mehmondo‘stlik uchun do‘stlarimizga katta rahmat! Ishonamanki, bu uchrashuvlar yangi hamkorlik va qo‘shma loyihalarga yo‘l ochadi.
Open in Telegram“Til bayrami kunida Abdulla Oripovni eslashimiz tabiiy” — Prezident Prezidentimizning yoshlar va qamashilik faollar bilan samimiy gurungidan ayrim iqtiboslar: “Mana shu Til bayrami kunini nishonlashimizda Abdulla Oripovni eslashimiz tabiiy, deb o‘ylayman. Men har safar ziyolilar bilan uchrashsam, menga Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyeva, Abdulla Oripov yetishmaydi, deyman”. “Men ularning uchalasi bilan ham sirdosh bo‘lganman. Erkin Vohidov bilan kunduzi uchrashish mumkin emas edi, kechalari uchrashib, piyoda yurardik. Abdulla Oripov bilan Zomin seminarini tashkil qilganman. Hech kim topshiriq bermagan, sharoit ham, imkoniyat ham yo‘q edi. Vagon qo‘yib, yoshlarni yig‘ardik. Halima Xudoyberdiyeva bilan ham shunday dardkash edik”. “Hozir shunday zamon keldiki, tilimizga bo‘lgan e’tiborimiz, ehtiromimiz — millatimizga bo‘lgan ehtiromimiz, o‘zligimizga bo‘lgan ehtiromimizdir”. “Mana, ‘o‘zligimizniki, o‘zimizniki’ degan gaplarni yuzaga chiqardim men. Nimaga desangiz, odamlar unutib yuboryapti-da, bu osmondan tushgan deb o‘ylaydi. Bu osmondan tushgani yo‘q. Chimda shunday sharoitlar bo‘lishi — iqtisodiyot barqarorligidan, yurtda tinchlik borligidan dalolat”. “Bir paytlar kitob do‘konlari yo‘q edi. Kitob yozishni unutib yuborgan edik, sharoit yo‘q edi. Talab bo‘lgani uchun do‘kon ko‘paydi, kutubxona ko‘paydi. Odamlar kitob o‘qishga shasht bilan kirishdi, ota-bobosidan qolgan merosni tikladi”. “Ochiq gap, charchagan edim. Sizlarni ko‘rib, charchoqlarim ham chiqib ketdi”. Uchrashuvning yana bir ta’sirli jihati — yosh ijodkorlar va kitobxon oilalarga ko‘rsatilgan e’tibor bo‘ldi. Prezident yosh yozuvchi Javlon Jovliyevning ijodiy mehnatini alohida e’tirof etib, unga Toshkent shahridan ikki xonali uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Respublika “Kitobxon oila” tanlovida sovrindor bo‘lgan oilaga ham poytaxtdan ikki xonali uy beriladigan bo‘ldi. “O‘zingiz bormasangiz ham, u uylar sizniki bo‘ladi. Kelajakda farzandlaringiz musofirchilik ko‘rmaydi. Ota-onasidan katta sovg‘a oladi”. Prezidentimiz bugun ertalab soat 9:00 da Toshkentdan Qarshiga uchgan edi. Hozir soat 20:00 ga yaqinlashmoqda. Shu vaqt davomida davlatimiz rahbari 10 ta tadbirda ishtirok etdi, turli manzillarda bo‘ldi. Kortej esa hamon yo‘lda.
Open in TelegramAssalomu alaykum, hurmatli «Liderlar» kanali a'zolari! 🚆 Samarqandga yo'l oldim. Oldinda poyezdda ikki soatlik yo'l bor. Har doimgidek, bu vaqtdan unumli foydalanib, «Mutolaa» loyihasidan navbatdagi kitobni boshlaymiz. 📚 Shu yil hisobidan 10 oyda 10-kitob mutolaasini yakunladik. Siz ham har bir daqiqangizdan unumli foydalaning. Ushbu loyiha uchun Alisher Sa'dullayev va Sirojiddinga alohida minnatdorlik bildiraman. Endi kitob eshitmaslikka bahona yo'q. Izlagan imkon topadi! ❓ Savol: siz shu yil «Mutolaa»da nechta kitobni tugatdingiz? @liderlar1
Open in TelegramConnections
Similar channels
EMU EXPRESS@emupostBusiness and startups1.16K
“Issiqlikta’minoti” AJ@issiqlikajBusiness and startups1.32K- Odoo Experts Uzbekistan🇺🇿@uzb_odooBusiness and startups1.38K
📢🇺🇿 Канал StartUp.vg/Tashkent 💰@startuptashBusiness and startups1.43K
C-Space Startup Center@cspace_startupBusiness and startups1.59K
Жамолиддин Муҳаммаджон@jamoliddin_blogBusiness and startups1.62K- PizzaPitch 🍕@pizzapitchuzBusiness and startups1.79K
Akfa Lighting@akfalighting_uzBusiness and startups1.81K
Mentions
Paiziev24@paiziev241 mention
Ibrat Farzandlari@ibratfarzandlari1 mention