✈️OKMK - «Eng faol ish beruvchi tashkilot» Respublika tanlovi g‘olibi 2026-yil 26-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tomonidan tashkil etilgan Milliy malaka tizimi ishtirokchilari Respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda «Olmaliq KMK» AJ «Eng faol ish beruvchi tashkilot» nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Ushbu yuksak e’tirof kombinatda milliy malaka tizimini rivojlantirish, ishlab chiqarish talablariga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash va kasbiy standartlarni takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan izchil ishlarning munosib natijasidir. Xususan, Tog‘-kon sanoati, geologiya va mineral resurslar tarmoq kengashi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida kombinatdagi ishlab chiqarish jarayonlari, kasblar xususiyati va mehnat vazifalari chuqur o‘rganilib, soha ehtiyojlariga mos yangi kasbiy standartlar ishlab chiqilmoqda, amaldagi hujjatlar esa zamonaviy talablar asosida takomillashtirilmoqda. Bu orqali har bir kasb uchun zarur bilim, ko‘nikma va malaka talablari aniq belgilanib, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni tizimli ravishda shakllantirish uchun mustahkam asos yaratilmoqda. Kasbiy standartlar asosida kombinatda kadrlar tayyorlash tizimi ham takomillashtirib borilmoqda. O‘quv markazida ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqib, ishchi-xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari tashkil etilmoqda. Kombinatda xodimlarning nazariy bilimlari va amaliy mahoratini xolis baholash, egallagan kasbi hamda razryadiga muvofiqligini aniqlashning shaffof mexanizmlari joriy etilgan. Shuningdek, kasbiy standartlar asosida o‘quv dasturlari, nazariy va amaliy imtihon topshiriqlari hamda malaka baholash mezonlari ishlab chiqilib, ta’lim jarayonining ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligi ta’minlanmoqda. Bundan tashqari, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, zamonaviy kasblarni egallashiga ko‘maklashish va bandligini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarni ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etish, amaliy tajribasini oshirish hamda egallagan mutaxassisligiga mos ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu tariqa, kasbiy standartlarni ishlab chiqishdan boshlab, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini baholash va yoshlarni ish bilan ta’minlashgacha bo‘lgan jarayonlar o‘zaro uzviy bog‘liq holda rivojlantirilmoqda. Bu esa kombinatda inson kapitalini rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish va malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Milliy malaka tizimi ishtirokchilari Respublika tanlovining taqdirlash marosimida «Olmaliq KMK» AJ vakillariga Faxriy yorliq, maxsus Kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Ushbu g‘alaba kombinatning nafaqat ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, balki inson kapitaliga investitsiya kiritish, zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan tizimli siyosatining munosib e’tirofidir. Sa’di Shermatov, OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari ✈️@Okmkhayoti Hamkorimiz TELEFON.UZB
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 14 h | 530 |
| 32 h | 691 |
- After 24 hours691
- Total to date691