Auditoriya nimani kutyapti? Media iste’moli bo‘yicha milliy tadqiqot odamlar mediadan nimani kutayotganini ham ko‘rsatdi. Respondentlarning 46,6 foizi soxta axborot tarqalishini dolzarb muammo deb biladi, 27,6 foizi chuqurroq tahlil kutadi, 40,6 foizi kundalik muammolar haqida axborot yetishmasligini aytadi. Odamlar ko‘proq xabar emas, tekshirilgan va o‘ziga kerakli ma’lumot kutyapti. Shuning uchun xolis axborotning manbadan o‘chirilishiga, muallifga bosim o‘tkazilishiga qat’iy qarshi turishimiz kerak. Tadqiqot 14 hududni qamrab olgani yana bir narsani ko‘rsatadi: media iste’molini faqat Toshkent mezonlari bilan baholab bo‘lmaydi. Hududlardagi auditoriyaning o‘z talabi va o‘z savollari bor. Milliy media assotsiatsiyasining vazifasi ham shundan kelib chiqadi: media makondagi barcha ishtirokchilarning huquqlarini himoya qilish, a’zolarimizning raqamli transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, hududiy medianing salohiyatini oshirish, tahliliy jurnalistikani rivojlantirish. Shov-shuvli sarlavha auditoriyani bir marta jalb qilishi mumkin, uni ushlab qolish uchun esa ishonch kerak. Media kelajagini ana shu ishonch belgilaydi. Odiljon Tojiyev
Open in Telegram
Odiljon Tojiyev
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruv raisi Odiljon Tojievning rasmiy kanali https://taplink.cc/odiljon.tojiyev
Subscribers, 30 days
Oct 18 – Nov 4−268 (−11.1%)
Show as table
| Date | Subscribers |
|---|---|
| Oct 18, 2026 | 2,416 |
| Oct 19, 2026 | 2,408 |
| Oct 20, 2026 | 2,382 |
| Oct 21, 2026 | 2,369 |
| Oct 22, 2026 | 2,351 |
| Oct 23, 2026 | 2,340 |
| Oct 24, 2026 | 2,316 |
| Oct 25, 2026 | 2,313 |
| Oct 26, 2026 | 2,297 |
| Oct 27, 2026 | 2,288 |
| Oct 28, 2026 | 2,264 |
| Oct 29, 2026 | 2,225 |
| Oct 30, 2026 | 2,202 |
| Oct 31, 2026 | 2,180 |
| Nov 1, 2026 | 2,168 |
| Nov 2, 2026 | 2,152 |
| Nov 3, 2026 | 2,154 |
| Nov 4, 2026 | 2,148 |
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 11, 2026 | 63,970 |
| Oct 12, 2026 | 1,189 |
| Oct 15, 2026 | 497 |
| Oct 21, 2026 | 15,050 |
| Nov 2, 2026 | 3,745 |
| Nov 4, 2026 | 667 |
Most viewed this month
- 01Views64KForwards55Reactions308Comments0
- 02Views29.1KForwards44Reactions27Comments0
- 03Views6.45KForwards18Reactions30Comments0
- 04Views2.15KForwards0Reactions—Comments—
- 05Views1.44KForwards6Reactions50Comments0
Latest posts
Media uchun eng katta kapital bu auditoriya ishonchi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi hamda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashabbusi bilan “O‘zbekistonda media iste’moli bo‘yicha milliy tadqiqot” o‘tkazildi. So‘rovni “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish respublika markazi 8–19 sentabr kunlari barcha 14 hududda 1 411 kishi ishtirokida o‘tkazdi. Juda muhim mavzu. Natijalarga ko‘ra, yangilik olishda Telegram yetakchilik qilmoqda. Ko‘pchilik bir nechta manbadan foydalanadi: respondentlarning 51,6 foizi yangilikni Telegramdan, 44,6 foizi televideniyedan, 41,6 foizi ijtimoiy tarmoqlardan oladi. Ammo raqamlar tahlilida ahamiyatli jihat bor. Televideniyega respondentlarning 44,3 foizi ishonadi, Telegram-kanallarga esa 11,3 foizi. Ya’ni raqamli platformalar rivojlanayotganiga qaramay, televideniyega ishonch yuqori. Auditoriya afzal ko‘radigan telekanallar qatorida Milliy TV va O‘zbekiston 24 bilan birga assotsiatsiyamiz a’zolari Zo‘r TV va Sevimli TV ham bor. Demak, xususiy media ham katta auditoriya uchun raqobatlasha oladi. Ko‘p o‘qilish hali ishonch degani emas. Bu farq har bir tahririyat uchun o‘ylab ko‘rishga arziydigan savol. Odiljon Tojiyev
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 7 h | 4,776 |
| 32 h | 6,452 |
- After 6 hours4,776
- After 24 hours6,452
- Total to date6,452
Raqamlar va g’oyalar Pekin safari yakunlandi. Endi navbat bo‘lib o‘tgan ishlarni tahlil qilishga. Har qanday islohotni ikki narsa orqali baholash mumkin: natijasi va uni harakatga keltirgan g‘oya. Raqamlar taraqqiyot natijalarini ko‘rsatadi, g‘oyalar esa uning yo‘nalishini belgilaydi. Pekinda Prezidentimizning “O‘zbekiston: barqaror taraqqiyot va farovonlik yo‘lida” kitobining xitoy tilidagi nashri taqdimotida xitoylik hamkasblarimiz oldida aynan shu fikrni ilgari surdim. Davlatimizning natijalarini hamma biladi. O’tgan yili iqtisodiyot 7,7 foiz o’sdi, yalpi ichki mahsulot 147 milliard dollardan oshdi. Kambag’allik 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi, birgina 2025-yilda 1 435 ta mahalla kambag’allikdan xoli bo’ldi. Lekin chetdan kuzatayotgan odamga raqamning o’zi ko’p narsa aytmaydi. U o’sish qayerga yo’naltirilganini va qarorlar qanday mantiq bilan qabul qilinganini bilmoqchi bo’ladi. Statistikada bu savolga javob yo'q. Bu mantiq kitobdagi “inson - jamiyat - davlat” tamoyilida aniq ko’rinadi. Bu tartib 2023-yilgi Konstitutsiyaga asos qilib olingan. “Tashabbusli byudjet” esa shu tamoyilning amaldagi ko’rinishi: byudjetdan qaysi yo’l yoki maktab ta’mirlanishini odamlarning o’zi ovoz berib hal qiladi. Mamlakatni raqamlar orqali bilish mumkin, uni tushunish uchun esa g’oyalarini o’qish kerak. Xitoylik o’quvchi endi bu imkonga ega. Odiljon Tojiyev
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 701 |
| 13 h | 971 |
| 25 h | 1,037 |
- After 1 hour701
- After 24 hours1,037
- Total to date1,037
Bugun - 21-oktyabr, O‘zbek tili bayrami kuni. 1989-yilning shu kunida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu qaror o‘z davrida katta jasorat talab qilgan, uning ortida fidoyi ziyolilarimizning yillar davomidagi kurashlari turibdi. Har bir xalq dunyoni o‘z tili orqali ko‘radi va anglaydi. “Ko‘ngil”, “uyat”, “bag‘rikenglik” kabi so‘zlarimizni boshqa tilga to‘liq tarjima qilish qiyin. Chunki ularda xalqimizning ming yillik hayot tajribasi, qadriyatlari va fe’l-atvori bor. Tilni yo‘qotgan xalq o‘z xotirasidan ham mahrum bo‘ladi. Ajdodlarimiz asrlar osha asrab kelgan bu merosni bekam-u ko‘st kelajak avlodga yetkazish bugun bizning zimmamizda. Barchangizni O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman! Odiljon Tojiyev
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 8 h | 977 |
| 36 h | 1,019 |
| 70 h | 1,045 |
- Total to date1,045
Qonun tilini bilasizmi? “Deputatlar nima deydi?” Telegram kanali bayram munosabati bilan qisqa test tayyorlabdi. Testdagi so‘zlarning bir qismi parlament va qonunchilik atamalari, bir qismi esa kundalik hayotda ishlatiladigan, o‘zbekcha muqobili bor so‘zlar. Javobdan keyin so‘zning ma’nosi va qaysi tildan kelib chiqqani ko‘rsatiladi. Test oxirida esa natijangizga qarab unvon ham olar ekansiz. Bilimingizni tekshirib ko‘rishni tavsiya qilaman👇 Testni boshlash Odiljon Tojiyev
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 10 h | 17,374 |
| 25 h | 22,349 |
| 72 h | 29,055 |
- After 24 hours22,349
- Total to date29,055
Tilning kelajagi bugun ko‘p jihatdan raqamli makonda hal bo‘lyapti Odamlar endi so‘zning ma’nosini kitobdan emas, telefondan qidiradi. Internetda o‘zbek tilida ishonchli va qulay manba bo‘lmasa, bu bo‘shliqni boshqa tillar egallaydi. Buni chaqiriqlar bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi. Faqat sifatli mahsulot bilan o‘zgartirish mumkin. Shu ma’noda kecha o‘zim taqdimotida qatnashgan “Til.uz” portalini juda to‘g‘ri qadam deb bilaman. Portalda lug‘atlar, folklor va shevalar birinchi marta bitta zamonaviy platformada jamlandi. O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi ham bu loyihani qo‘llab-quvvatlaganlar qatorida bo‘ldi. Loyiha tashabbuskori HAYOT Foundation jamoasiga, Gross kompaniyasi va Centrum Air'ga, texnologik hamkorlar Tilmoch.ai va Tahrirchi.uz’ga minnatdorchilik bildiraman. Loyihaning bir qismi bo‘lganimizdan xursandmiz. Endigi vazifa shu imkoniyatni tahririyatlarimizning kundalik ishiga olib kirish. Assotsiatsiya bu borada a’zolarimiz bilan birga ishlashga tayyor. Odiljon Tojiyev
Open in TelegramConnections
Similar channels
Saida Mirziyoyeva@sshmirziyoyevaPolitics88.4K
Alisher Qodirov@alisherqodirPolitics8.05K
Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi@uzmilliymediaNews and media1.35K
Rasul Kusherbayev@r_kusherbayevNews and media205K
ناشر الفرنسيين@rftationPolitics1.74K
Orif Tolipov@tolipovorifSport55.2K
Çortoq tumani hokimligi | rasmiy kanali@chortoqhokimligiuzPolitics5.4K
Oliy Majlis Senati@senatuzPolitics12K
Mentioned by
Rasul Kusherbayev@r_kusherbayev3 mentions, 2 repostsLatest post
Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi@uzmilliymedia2 mentions, 1 repostLatest post
Пресса.uz – Новости Узбекистана@pressauz1 mentionLatest post
QORAXABAR - Tezkor xabarlar | Rasmiy kanal@qoraxabar1 mentionLatest post
ХОКИМ БУВА | Расмий канал@hokimbuva_xokim_buva1 mentionLatest post
Kanallani Dodasi | Расмий канал@kduzb1 mentionLatest post
MILITSIYA UZB | Расмий канал@militsiya_uzb1 mentionLatest post
Shopirlar 🚗🚔| Tezkor xabarlar@shopirlar1 mentionLatest post
platforma.uz@platformauzb1 mentionLatest post
Orif Tolipov@tolipovorif1 mention, 1 repostLatest post
Mentions
Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi@uzmilliymedia6 reposts
Saida Mirziyoyeva@sshmirziyoyeva4 reposts
Alisher Qodirov@alisherqodir1 mention, 1 repost