Account

Posts of Obod Masjid | 🌙 Jumodus soniy oyi

newest first

#4133Photo
Views1,500−8%vs avg
Forwards—
Reactions35
Comments—
#4132Video
Views2,450+50%vs avg
Forwards—
Reactions27
Comments—
#4116Text

arab tilida oqidi degani bu ilmli bop qoldi degani emas! Ular oqiyotgan universitetlarda ham hamma univerlar tillar qatori faqat grammatika sozlashuvlar otiladi holos ! Til o‘rganish — ilm olishning bir yo‘li, xolos. Tilni bilish bilan o‘sha tilda o‘rganiladigan barcha ilmlarni egallash bir xil narsa emas. Eng muhimi, biror sohada bilimli bo‘lish insonni boshqa insonlardan ustun qilib qo‘ymaydi. Aksincha, bilimi oshgan sari o‘zining hali qanchadan-qancha narsani bilmasligini anglab borishi kerak dib bilaman.) Yana bir jihati bor: biz past nazar bilan qarayotgan insonimiz, balki, o‘z ustida bizdan ko‘ra ko‘proq ishlayotgandir. Balki biz uning faqat tashqi holatini ko‘rayotgandirmiz-u, u bilan Alloh o‘rtasida biz bilmaydigan go‘zal amallar bordir. Biz esa o‘zimiz bilmagan narsalar asosida hukm chiqarishga shoshilamiz. Aslida, insonning biz bilmaydigan yaxshiliklari uning eng katta yutuqlaridan biri bo‘lishi ham mumkin. Chunki u o‘zining yaxshi amallarini ko‘z-ko‘z qilmasdan, odamlarning e’tiborini qozonishga urinmasdan, faqat Allohning roziligini istab yashayotgandir. Biz buni bilmaymiz. Shuning uchun ham boshqalarning tashqi holatiga qarab, o‘zimizni ulardan ustun ko‘rishga haqqimiz yo‘q. Biz ko‘rganimiz — insonning birgina tomoni. Uning qalbini, niyatini va Alloh huzuridagi maqomini esa bilmaymiz. Shunday ekan siz paanazar bilan qarayotgan insoningiz balkim alohida ozini ustida ishlar, aslida biz bilmasligimiz shu narsalarni uning eng katta yutugidir..! bu gaplar avvalo o‘zimiz uchun ham eslatma.!!! Faqat bir narsani unutmasak: ilm bizni odamlardan uzoqlashtirmasligi, balki odobimizni go‘zallashtirishi kerak. Taqvo bizni boshqalardan ustun ko‘rsatmasligi, aksincha, o‘zimizning kamchiliklarimizni ko‘proq ko‘rishga o‘rgatishi kerak. Bizning maqsadimiz odamlarning e’tiborini qozonish emas, Allohning roziligini topish bo‘lsin. Odamlar bizni ko‘rmasa ham, maqtamasa ham, qilayotgan yaxshiliklarimizni bilmasa ham, to‘g‘ri deb bilgan yo‘limizda sobit turishga harakat qilaylik. Iffat ham, hayo ham, taqvo ham boshqalarni ayblash uchun berilmagan. Ular avvalo o‘zimizni tarbiyalashimiz, o‘z nafsimizni nazorat qilishimiz va o‘zimizni isloh qilishimiz uchun kerak. Alloh barchamizga manfaatli ilm, go‘zal xulq va xolis niyat nasib qilsin. Bilganlarimizga amal qiladigan, bilmaganlarimiz oldida kamtar bo‘ladigan va bir-birimizga past nazar bilan emas, mehr va hurmat bilan qaraydigan bandalaridan qilsin..

Open in Telegram
Views1,450−11%vs avg
Forwards—
Reactions40
Comments—
#4115Text

Bir jumla doim esimda turadi: « har bir o‘qigan inson ham taqvodor bo‘lib ketavermaydi. Hatto Qur’on hofizasi bo‘lsa ham…» Bu gapni eshitganimdan keyin uning ma’nosi haqida ko‘p o‘ylab koʻraylik. Chunki haqiqatan ham ilm olish boshqa, o‘sha ilmning insonning qalbiga, xulqiga va muomalasiga ta’sir qilishi boshqa ekan. Inson Qur’onni o‘qishi, yod olishi mumkin. Lekin o‘qigan oyatlari uning xulqida, odobida, odamlarga munosabatida aks etmasa, bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerak. Axir ilmning maqsadi shunchaki ma’lumot to‘plash emas, balki o‘zimizni isloh qilish, haqni tanish va unga amal qilish emasmi ?! Menimcha, ilmli va taqvodor insonni tanish aslida unchalik qiyin emas. Uning qanday inson ekanini faqat gaplari emas, balki gapirmasidan oldin ham xatti-harakatlari ko‘rsatib turadi. Odamlarga qanday muomala qilishi, o‘zidan boshqacharoq insonlarga qanday qarashi, birovning xatosiga qanday munosabatda bo‘lishi — bularning barchasi insonning ichki dunyosi haqida ko‘p narsani aytadi. Agar biror qizning profilida arabcha yozuvlar, Qur’on oyatlari yoki diniy eslatmalarni ko‘rib, uni darhol taqvodor deb xulosa qilayotgan bo‘lsangiz, adashishingiz mumkin. Chunki tashqi ko‘rinish, arab tilida o‘qish yoki diniy mavzularda gapirishning o‘zi insonning qalbidagi taqvoni to‘liq ifodalab bera olmaydi. Bular yaxshilikka sabab bo‘lishi mumkin, albatta. Lekin insonning asl holatini bilish uchun uning muomalasi va xulqiga ham qarash kerak. Xo‘sh, biz nima demoqchimiz )) Biz ilm olyapmiz. Kimdir diniy ilm, kimdir dunyoviy ilm, kimdir esa har ikkisini o‘rganmoqda. Alhamdulillah, buning o‘zi katta ne’mat. Ammo ilm olayotganimiz boshqa insonlarga past nazar bilan qarashimizga sabab bo‘lishi kerakmi ? O‘zimizni ulardan ustun ko‘rishimiz, ularni ichimizda baholashimiz, go‘yoki biz ilmliroqmiz-u, ular bizdan quyiroqdek munosabatda bo‘lishimiz to‘g‘rimi ? Agar o‘qiyotgan ilmimiz bizni boshqalarga nisbatan kibrliroq, sovuqroq va mensimaydigan qilib qo‘yayotgan bo‘lsa, demak, o‘zimizga qayta nazar tashlashimiz kerak. Chunki ilm insonni faqat bilimi bilan emas, odobi bilan ham yuksaltirishi kerak. Ilmimiz xulqimizga zarracha bo‘lsa ham ta’sir qilmayotgan bo‘lsa, uning maqsadini qayta o‘ylab ko‘rishimiz lozim. Axir ilmimiz biz uchun foyda bo‘lishi kerak, ziyon emas. Agar ilm yolida bola turib sizda shunday holatlar kuzatilinayotgan bolsa dimek u olayotgan ilmingiz sizga yuqmayabdi, yuqganda edi sizda boshqa bir insonga nisbatan bunday qarash bolmas edi. Oʻqiyotgan illmimiz xulqimizni zarracha ozgartirmas ekan u habada yani ohiratda ziyonimizga ishlaydi.. Ammo yana shu mavzuga qaytishimning sababi bor. Hilol Nashrda o‘tkaziladigan kitob taqdimotlari, turli suhbatlar va ilmli insonlar ishtirokidagi davralarda ko‘p bo‘lganman. Bunday uchrashuvlarning o‘zi juda chiroyli va foydali. Yaxshi ustozlardan, ilmli insonlardan manfaat olish, kitoblar haqida suhbatlashish, yangi narsalarni o‘rganish — bularning barchasi quvonarli. Lekin ayrim davralarda qizlarning, bollarning bir-biriga bo‘lgan munosabatida qandaydir sovuqlikni his qilish. Go‘yoki kimdir o‘zini boshqalardan ilmliroq, taqvodorroq yoki yaxshiroq deb bilgandek. Buni ochiq aytishmasa ham, ba’zan muomala, qarash va munosabatlardan sezish mumkin. Va bilasizmi, aynan shu holatlar sababli ko‘plab suhbatlardan chetlashgan insonlarni koʻrdik. Axir biz u davralarga bir-birimizni baholash, kimning ilmi ko‘proq yoki kimning taqvosi balandroq ekanini aniqlash uchun emas, manfaat olish uchun boriladi-ku.. Shunda o‘ylab qolaman: qachondan beri taqvodorlikni tashqi ko‘rinish, arab tilida o‘qish yoki ilmli qizdek ko‘rinish bilan o‘lchaydigan bo‘lib qoldik ?! Arab tilida o‘qishning o‘zi insonni barcha jihatdan ilmli qilib qo‘ymaydi.

Open in Telegram
Views1,050−36%vs avg
Forwards—
Reactions16
Comments—
#4114Text
Views885−46%vs avg
Forwards—
Reactions26
Comments—
#4113Text

Bugun sila bilan iffat haqida biroz gaplashmoqchiman. Hozirgi paytda kitobxonlik uchrashuvlari, hikinglar, kitob taqdimotlari judayam ko‘paygan. Kitobga targ‘ibot ancha oshgan. Buni ko‘rib inson albatta xursand bo‘ladi. Yoshlarning kitobga, ilmga muhabbatini ko‘rib ko‘zi quvonadi. Lekin… Shu uchrashuvlarga borganga yarasha, ularning qonun-qoidalariga ham rioya qilish kerak-ku, to‘g‘rimi? Hikingga chiqqanga yarasha inson o‘zidan kelib chiqib, ko‘zi yetadigan, imkoniyati yetadigan joyga borishi kerak. Yaqinda yurtimizga zamonamizning mashhur turk yozuvchisi Fotih Duman tashrif buyurdilar. To‘g‘risi, inson xursand bo‘lishi kerak bo‘lgan bir paytda, ayrim holatlarni ko‘rib tiliga beixtiyor «Tavba» degan kalima keladi. Albatta, yozuvchini hurmat qilish, uni e’zozlash, asarlarini sevib o‘qish kerak. Bunda hech qanday yomonlik yo‘q. Lekin yozuvchini hurmat qilish degani uning yoniga borib, u bilan yelkama-yelka rasmga tushish kerak degani emas-ku! Yoki hozirgi mashhur kitobxon blogerlar bilan suhbat bo‘lsa, telefonlarni berib: «Rasmga tushib bering, videoga nimadir deb bering, buni qilib bering, uni qilib bering», deb yugurishimiz shartmi? Biz u yerga nima uchun boryapmiz o‘zi? Kitob uchunmi yoki o‘sha inson bilan rasmga tushib, videoga chiqish uchunmi? Menimcha, bu haqda biroz o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Yana hiking masalasi. Qizlar, hikingga chiqqanda ham o‘zimizni bilishimiz kerak. Agar o‘zimizga qiyinligini, yo‘lning og‘irligini bilsak, imkoniyatimiz yetmasa, chiqmasligimiz ham mumkin-ku! Har bir joyga borish shart emas. Hamma chiqyapti deb biz ham chiqishimiz kerak emas. To‘g‘ri, kimdir aytishi mumkin: «Hech kim yomon niyatda yordam bermayapti-ku, yiqilib ketmasin deb qo‘lidan ushlayapti-ku», deb. Ha, balki niyati yomon emasdir. Lekin bu yomon niyat yo‘q ekan deb, har qanday holatni to‘g‘ri deb qabul qilishimiz kerak degani emas-ku? Qiz bola o‘zining chegaralarini ham bilishi kerak! Qizlar, iffat qani? Hayomiz qani? O‘zimizni shu darajada yo‘qotib qo‘ydikmi? Nimadan bu? Nima uchun ba’zan bir inson bilan rasmga tushish, u bilan yaqinroq turish yoki undan e’tibor olish biz uchun shunchalik muhim bo‘lib qolyapti? Bizni ilmga olib kelgan narsa ilmning o‘zi bo‘lishi kerak-ku! Payg‘ambarimiz🤍dan iffat va iymon haqida kelgan rivoyatlarning ma’nosini ham eslab yurishimiz kerak. Iffat mo‘min insonning go‘zal fazilatlaridan biridir. Iffat faqat hijobda emas, faqat uzun kiyimda ham emas. Iffat — o‘zini tutishda, qarashda, gapirishda, munosabatlarda va insonning o‘z chegaralarini bilishida ham namoyon bo‘ladi. Qizlar, biz ilm olishni xohlaymiz, kitob o‘qishni xohlaymiz, yaxshi insonlardan manfaat olishni xohlaymiz. Alhamdulillah, bu juda yaxshi. Lekin ilm olayotgan bo‘lsak, o‘sha ilm bizning axloqimizga ham ta’sir qilishi kerak emasmi? Kitob taqdimotiga bordingizmi —kitob haqida suhbat qiling, yangi narsalar o‘rganing, yozuvchining fikrlaridan manfaat oling. Lekin axloq qoidalariga ham rioya qilib qo‘ying. Hikingga bordingizmi — tabiatdan zavqlaning, do‘stlaringiz bilan yaxshi vaqt o‘tkazing, lekin o‘z chegaralaringizni ham unutmang) Men hozir hamma qizlar shunday, demoqchi emasman. Lekin ayrim holatlarni ko‘rib, shu haqda gapirishni kerak deb bildim. Chunki biz bir-birimizga yaxshilikni eslatib turishimiz kerak. Qizlar, o‘z qadringizni biling. Har bir mashhur inson bilan rasmga tushish shart emas. Har bir videoda ko‘rinish shart emas. Har bir joyga borish shart emas. Ba’zan bir narsadan o‘zingizni tiyish ham siz uchun yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Bizning maqsadimiz odamlarning e’tiborini qozonish emas, Allohning roziligini topish bo‘lsin. Odamlar bizni ko‘rmasa ham, maqtamasa ham, biz to‘g‘ri deb bilgan yo‘limizda yurishga harakat qilaylik. Yana bir narsani aytmoqchiman: iffat degani boshqalarni ayblash yoki o‘zimizni ulardan ustun ko‘rish emas. Avvalo, har birimiz o‘zimizga qarashimiz kerak. Men ham, siz ham xato qilishimiz mumkin. Muhimi, xatoni oqlash emas, undan to‘g‘ri xulosa chiqarish. Alloh hammamizni iffatli, hayoli, odobli qizlardan qilsin. Ilmimizni manfaatli, niyatimizni xolis qilsin.

Open in Telegram
Views1,190−27%vs avg
Forwards—
Reactions45
Comments—
#4108Text
Views1,6400%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#4105Text
Views6,500+298%vs avg
Forwards—
Reactions19
Comments—
#4104Text

Bizga rahmat aytmang, Obod Masjid jamoasi azolarining ota-onalari haqqiga duo qiling.. Agar bir kun Obod Masjid sababli masjidga kelgan bo‘lsangiz, qalbingizda Allohga yaqinlikni his qilgan bo‘lsangiz yoki biror yaxshilikka qadam qo‘ygan bo‘lsangiz, biz sizlardan faqat bir narsani so‘raymiz. Obod Masjid jamoasi azolarining ota-onalari haqqiga duo qiling. 🤲🏻 Alloh ularning ota-onalariga umr barakasi, sihat-salomatlik, qalb xotirjamligi va ikki dunyo saodatini ato etsin. biz qilayotgan har bir xayrli ishimizni O‘z dargohingda qabul aylab. Shu amallarimizni ota-onalarimiz uchun ham ajr-u savoblar sababchisi qilgin. Bizni tarbiyalab, voyaga yetkazgan, haqqimizga duolar qilgan insonlarni rahmatingdan benasib qoldirma. Obod Masjid jamoasi bu yo‘lda maqtov uchun emas, Allohning roziligiga erishish va insonlarga yaxshilik ulashish niyatida xizmat qilmoqda. Zero Amallar niyatlarga bogʻliqdir. Agar shu xizmatlarimiz orqali bir insonning qalbiga nur kirgan, masjid hizlatlariga sababchi qilgan bo‘lsa, ota-onalarimiz uchun ham ajr-u savoblarga sababchi qilsin. Biz uchun eng katta mukofot — samimiy duolardir. Zero, farzandning qilgan yaxshiligi ortida ota-onaning tarbiyasi, duosi va mehnati mujassam. Shu bois, bizning xizmatlarimizdan biror manfaat topgan bo‘lsangiz, iltimos, bizni dunyoga keltirgan, tarbiya bergan ota-onalarimizni ham duolaringizda unutmang. Alloh Obod Masjid jamoasining barcha a’zolarini ota-onalariga rahmat olib keladigan, ota-onalarining roziligiga erishadigan va el-yurtga manfaat yetkazadigan bandalaridan qilsin. Ota-onalarimizni borlarida e’zozlashni, duolarini olishni nasib etsin. O‘tganlariga rahmat, tiriklariga uzoq va barakali umr ato etsin. Alloh barchamizning ota-onalarimizni O‘z rahmatiga olsin, gunohlarini mag‘firat qilsin va bizni ular uchun davomli savob bo‘ladigan farzandlardan aylasin. 🤲🏻..❤️

Open in Telegram
Views5,220+219%vs avg
Forwards—
Reactions36
Comments—
#4101Text
Views1,950+19%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—