Account

Posts of Rahimboy Jumaniyozov - Notiqlik san'ati akademiyasi

newest first

#12214Photo
Views343−47%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
#12212Text
Views576−10%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#12206Photo
Views359−44%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#12204Text
Views713+11%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#12202Text

Amir Temur (Tuzuklaridan): ​"Aqlli kishilar va kengash egalari bilan maslahatlashib ish tutdim... Tajribakor, bilimli va sadoqatli kishilarni o‘zimga yaqin tutdim. Kimki o‘z davlatidagi aqlli va hunarli kishilarning qadriga yetmasa, ularning bilimidan el-yurt manfaati uchun foydalanmasa, u o‘z taxtini o‘z qo‘li bilan qulatgan bo‘ladi." ​Alisher Navoiy: ​"Qobiliyatli kishini tarbiya qilmaslik — zulmdir, noqobil kishiga tarbiya berish esa — mehnatni zoye ketkazishdir." ​Konfutsiy (Xitoy mutafakkiri): ​"Mamlakatda iste’dodli va dono odamlar bo‘la turib, ulardan davlat boshqaruvida foydalanmaslik — bu hukmdorning ojizligi va davlatning tanazzulga yuz tutganidan dalolatdir." ​Stiv Jobs (Zamonaviy boshqaruv falsafasi): ​"Aqlli va iste’dodli odamlarni ishga olib, keyin ularga nima qilish kerakligini aytib turish yoki ularning salohiyatini bo‘g‘ish — mantiqsizlik. Biz ularni bizga nima qilish kerakligini aytishlari uchun yollaymiz." ​Napoleon Bonapart: ​"Imkoniyat berilmagan iste’dod — hech narsaga arzimaydi. Yaxshi rahbarning eng birinchi vazifasi — odamlarning yashirin qobiliyatini topish va uni umumiy g‘alaba yo‘liga safarbar etishdir." ​Abdulla Avloniy: ​"Vatanning ravnaqi, millatning taraqqiyoti har bir kishining o‘z ilm va hunarini xalq yo‘liga sarf qilishiga bog‘liq. Bilimi va kuchi bo‘la turib, el-yurt dardiga yaramagan odam — tirik murdadir." ​Abu Nasr Forobiy: ​"Fozil shahar (jamiyat) aholisi bir-biriga yordam beruvchi, har kim o‘z qobiliyati va bilimini jamiyat baxt-saodati uchun sarflaydigan kishilardan iborat bo‘ladi. O‘z salohiyatini faqat shaxsiy manfaati uchungina ishlatgan kishi — komil inson darajasiga yeta olmaydi." ​Mahatma Gandi: ​"Insonning haqiqiy boyligi uning bilimi va qobiliyatidadir. Agar bu boylik jamiyat farovonligi uchun xizmat qilmasa, u xuddi tuproqqa ko‘milgan oltin kabi foydasizdir." ​Lev Tolstoy: ​"Inson hayotining mazmuni — o‘ziga berilgan iste’dod va imkoniyatlarni boshqalarga naf keltirish uchun sarflashdir. Bunday qilmagan odam o‘z umrini o‘g‘irlagan hisoblanadi." ​Platon (Aflotun): ​"Aqlli va qobiliyatli kishilarning jamiyat ishlaridan chetda turishining (yoki ularni chetlatishning) eng yomon jazosi shundaki, ularning o‘rnini o‘zlaridan ko‘ra pastroq va noqobil kishilar egallab boshqaradi."

Open in Telegram
Views652+1%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#12201Text
Views626−3%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#12198Photo

Forwarded from "TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️

“Millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham öylaşim, qayğurişim kerak” — Şavkat Mirziyoyev Davlat rahbari Iordaniyaga parvoz vaqtida nabirasi Şavkatbekka maktub yozdi. “Ertalab xayrlaşiş paytida bolalarça soddalik bilan: “Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?” deb sörading. Şoşib turganim uçun bu savolingga tuzukroq javob berolmadim. Biroq şu gaping fikru xayolimni band qilib turibdi. Bolajonim, seni qançalik yaxşi körişimni bilasan. Lekin taqdir zimmamga şunday vazifa yuklaganki, men nafaqat sening, balki senga öxşagan millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham öylaşim, qayğurişim kerak. Men qaysi lavozimda faoliyat yuritmay – deputatmi, hokimmi, boş vazirmi yoki davlat rahbarimi, hamişa xalq oğirini yengil qiliş, muşkulini oson etişni asosiy maqsad, öz hayotimning ma’no-mazmuni, deb bilganman. Umrimni el-u yurt xizmatiga baxş etişdan bir lahza bölsin afsuslanmadim. Hayotda çiqargan eng katta xulosalarimdan biri şuki, bu dunyoda millatning dardiga darmon bölişdan köra a’lo va afzal iş yöq. Tez-tez özga yurtlarga yöl olişim ham – sizlarning, köpmillatli xalqimizning tinç, tökis va tökin yaşaşini istaganim tufaylidir. Sizlar maktabda yaxşi öqib, aqlli, bilimdon bölib voyaga yetişingiz uçun ham dunyo kezişimga, yangi-yangi hamkorlar topişimga töğri keladi. Sening yoshingda yozning jaziramasida g‘o‘za chopib, izg‘irin sovuqda paxta terganman. Maktabda o‘n yil o‘qigan bo‘lsam, shuning deyarli yarmi dalada o‘tgan. Qiyinchiliklar bizni erta ulg‘aytirgan. Bunday azoblarni sizlarga, xalqimning barcha farzandlariga aslo-aslo ravo ko‘rmayman. Shuning uchun Prezident bo‘lganimdan so‘ng birinchi galda bolalarni paxta dalalaridan maktabga qaytardim. Şuni doimo yodda tutginki, çinakam muvaffaqiyat bu – muvaffaqiyatsizlikdan xulosa çiqarib, ruhni çöktirmay, çidam va jasorat bilan oldinga borişdir. Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham özida kuç topib qayta tura bilişdadir. Şuning uçun heç qaçon yengildim dema! Tuşkunlikka tuşma! Faqat olğa va yana olğa yur! Mening öz nasihatlarim Özbekistonning barça bolalariga bağişlangan ezgu tilaklardir”, — deya yozdi Şavkat Mirziyoyev. Maktubning töliq matni 👉https://president.uz/oz/lists/view/9882

Open in Telegram
Views459−29%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#12197Text

Şarofiddin Tölaganov: Безруков деган артистга жавоб  сифатида. Яқинда ўрисчада бир масал ўқиб қолдим. Бу масал ижтимоий тармоқлардаги айрим кимсаларга сабоқ бўлиб қолар деган мақсадда имкон қадар таржима қилишга қарор қилдим. Ўта қўпол сўзни “аҳлат” дея таржима қилдим. Бунинг учун узр. Ўрмонда аҳлат яшарди. Бир куни унинг олдига донишманд келди. Аҳлат донишманднинг олдига сакраб чиқди ва қўрқинчли овоз билан бақирди: "мен сени ейман". Қўрқиб кетган донишманд қочиб кетди. Қиссадан ҳисса. Аҳлатдан қўрқсангиз – ўрмонга борманг. Сўнг иккинчи донишманд ўрмонга борди. Унинг ҳам олдига  чиққан аҳлат “сени ейман” деди. Донишманд қўрқмади ва оёғи билан ахлатни тепди. Аҳлатдан қўланса ҳид чиқди. Қиссадан ҳисса. Сен аҳлат билан курашасан, аммо у сассийди. Учинчи донишманд ҳам ўрмонга борди. У ердан аҳлат чиқиб келиб, унга ҳам “сени ейман” деди. Аммо донишманд “мен сени ейман” деди ва аҳлатни еб қўйди. Аммо ахлатдан ахлат таъми келарди. Қиссадан ҳисса. Сен аҳлатни енгишинг мумкин, аммо ғалаба таъми сенга ёқмайди. Тўртинчи донишманд ҳам ўрмонга борди. Ўрмондан чиққан аҳлат унга ҳам пўписа қилди. Бироқ донишманд қўрқмади ва аҳлатга парво қилмай ўтиб кетди. Аҳлат унинг ортидан қичқирди, қичқирди ва қичқирганича қолаверди. Аҳлатнинг мақсади донишмандларни қўрқитиш эди. Қиссадан ҳисса. Агар йўлингдан аҳлат чиқиб қолса, унга парво қилмай йўлингда давом этавер.

Open in Telegram
Views515−20%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—