Account

Posts of Nodizayn

newest first

#1100Photo
Views359−37%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#1099Text
Views668+17%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#1098Photo
Views497−13%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#1096Photo
Views904+58%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#1095Text
Views1,760+207%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#1090Photo

🪫 O'zbekistondagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari va ilovalaridan foydalanish jarayonidagi ba'zi kuzatuvlarimni bo'lishmoqchiman. Shahar tashqarisiga tez-tez chiqilganda, quyidagi sarguzashtlarga tayyor turishga to'g'ri keladi: • Ilovalar kolleksiyasi: Quvvatlash uchun bitta ilova yetmaydi. Skrinshotdagi kabi kamida 8 xil ilovani yuklab olish va ularning qanday ishlashini o'rganishga to'g'ri keladi. Bular men uchratganim, aslida bundan ham ko'p ilova bo'lishi mumkin. • Har bir ilovaning o'z hamyoni bor va turli xil ilovalardan foydalanishda har birining hisobini alohida to'ldirish kerak bo'ladi. Agar shu kompaniya stansiyasidan boshqa foydalanmasangiz pul qolib ketadi. • Qamchiq dovoni yoki Zomin kabi tog'li joylarga borilganda va aloqa (internet) bilan bog'liq muammo yuzaga kelsa, ilovalar shunchaki ishlamaydi. Quvvatlash stansiyasi oldida internet qidirib sarson bo'lish tayin. Nega shu vaqtgacha barcha quvvatlash stansiyalarini birlashtiruvchi yagona servis yo'q? Bitta ilovada barcha stansiyalarni ko'rish, bitta hamyondan to'lov qilib barchasidan foydalanish imkoni bo'lishi kerak. Umid qilamanki, tez orada bu muammo hal bo'ladi. UX masalasi, alohida mavzu. Dizayndagi asosiy qoidalardan biri, foydalanuvchi asosiy maqsadiga eng qisqa qadamlar bilan yetib borishi kerak. Bu holatda asosiy maqsad, tezroq mashinani quvvatga qo'yish. VoltAuto ilovasi misolida bu jarayon quyidagicha kechadi: 1. Ilova yuklab olinadi. 2. Ro'yxatdan o'tishda murakkab parol o'ylab topish va uni tasdiqlash talab qilinadi. Boshqalar kabi telefon raqami orqali (OTP) bitta qadam bilan kirish nima uchun joriy etilmagani tushunarsiz. 3. Uzun maxfiylik siyosati matnini oxirigacha scroll qilmaguncha ro'yxatdan o'tishga imkon berilmaydi. Uzoq yo'lda, shoshilinch vaziyatda bu haqiqiy asabbuzarlik! 3. Mashinani quvvatga qo'yish vaqtida ilova elektromobil modelini kiritishni so'raydi. Bu bosqich o'tkazib yuborilsa (chunki o'sha vaziyatda bu mutlaqo muhim emas), quvvatlashni boshlash tugmasi baribir ishlamaydi va qaytadan modelni talab qiladi. Haqiqiy "Dead end". Aslida buni Progressive Profiling (Asta-sekinlik bilan ma'lumot yig'ish) usuli bilan yechish mumkin edi: avtomobil modeli kabi majburiy bo'lmagan ma'lumotlarni quvvatlash jarayoni ketayotgan vaqtda, fonda ixtiyoriy ravishda so'rash kifoya qilardi. @nodizayn

Open in Telegram
Views1,170+104%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#1088Text
Views1,370+139%vs avg
Forwards—
Reactions31
Comments—
#1087Text

Lovable qanday dizaynerlarni ishga oladi? Lovable'ning juda tez o‘sishi dizayn va texnologiya olamida katta rezonans berdi. Kompaniya 8 oy ichida $100M ARR darajasiga chiqd va bu AI-asosli mahsulotlarga bo‘lgan talab qanchalik kuchli ekanini ko‘rsatdi. Dive Club’ning navbatdagi epizodida Lovable bosh dizayneri hozirgi zamonda dizaynerlardan nimalar kutilayotgani, ular dizaynerlarni qanday talablar bilan ishga olayotganini so'zlab berdi. Quyida eng muhim va amaliy fikrlarni jamladim: - Portfolio'ga hujjat kabi emas, mahsulotdek yondashish kerak. Hiring manager portfolioni xuddi landing page kabi ko‘radi. Dastlabki 1–3 soniya hal qiluvchi bosqich bo'ladi. Shuning uchun dizaynga e'tibor darhol ko‘rinishi shart. Elementlarning tekisligi, tipografika, animatsiyalar, stillar va vizual ierarxiya qaror chiqarishga ta'sir qiladi. Kichik detallar dizayner o‘z ishiga e'tibor beradimi-yo‘qmi, shuni ko‘rsatadi. - Shablon va generatsiya qilingan dizaynlar, salbiy signal beradi va dizaynerning o‘z ishiga beparvoligini bildiradi. Bu yerda gap “oddiylik”da emas, dizaynerning o'z ishiga bo'lgan e'tiborida. - Kam ish, lekin sifatli ish — eng kuchli strategiya. Portfolioda 2 ta kuchli ish, 10 ta o‘rtacha ishdan kuchliroq signal beradi. Har bir ortiqcha ish qo‘shimcha shubha, qo‘shimcha savol va oxir-oqibat rad etilish ehtimolini oshiradi. - Jarayon emas, natija muhim. Hiring manager'lar workshop rasmlarini, sticky note’larni va uzun jarayon hikoyalarini emas, balki, qanday qaror qabul qilindi, yechim qanday bo'ldi va qanday natija bo‘ldi kabi savollarga javob kutadi. - “Biz qildik” — eng ko‘p uchraydigan xato. Agar portfolioda va intervyuda, “biz buni bajardik, “biz redizayn qildik” bo‘lsa, hiring manager shu savollarga oydinlik kiritishni xohlaydi: “Xo‘p, sizning vazifangiz nima edi va nima qildingiz va qanday qildingiz?” Shuning uchun, o‘z hissangizni aniq keltiring, nimani siz “own” qilganingizni ko‘rsating. Bu ayniqsa senior dizaynerlar uchun juda muhim signal. - Bugungi kunda o'zini cheklamaydigan dizaynerlar ko‘proq qadrlanadi. Ular faqat UI yoki faqat UX bilan cheklanmaydi, muammodan boshlab, yechim qilish, uni oxirigacha olib borish va natijani o'lchab uni yaxshilay oladi. Bunday dizaynerlar, foydalanuvchi bilan muloqot qilish, izlanishlar olib borish va nimani qurish kerakligini tushunadi, hamda natijaga javobgar bo'la oladi. Endi tor mutaxassislardan ko‘ra “end-to-end” fikrlaydiganlar kuchliroq qadrlanadi. - AI endi tanlov emas, standart talab bo'ladi. Undan foydalanmaslik, yomon signal. Lekin bu yerda gap AI bilan dizayn chizish haqida emas, balki undan kundalik jarayonlarda foydalanish, research, writing, ideation, note-taking, tezkor tahlil va jarayonga tez olib boruvchi uslublar haqida ketmoqda. Bugun bozorda quyidagi fazilatlarga ega dizaynerlarga talab yuqori: - PM’ga to‘liq bog'lanib qolmagan, PM bo'lmasa ham muammolarni aniqlab, yechim taklif qila oladigan; - Noaniqlikdan qo‘rqmaydigan, qaror va risk uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola oladigan; - Tezlik va sifat o‘rtasida balans topa oladigan, haftalab mukammal dizayn yechim ustida ishlamasdan, ishlaydigan yechimni tez yetkazadigan dizaynerlar.

Open in Telegram
Views2,090+265%vs avg
Forwards—
Reactions18
Comments—
#1086Link preview
Views1,710+198%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#1077Photo
Views1,650+188%vs avg
Forwards—
Reactions17
Comments—