🇮🇷 TVdan haydalgan Eron yulduzi! Eron televideniyesining taniqli boşlovçisi, millionlab tomoşabinlarga taniş yuz — Sayyid Ali Ziyo bugun NmaGap loyihasining mehmoni! Uning “Bo Ziyo” loyihasi format jihatidan NmaGapga ança öxşaş. Ammo bu safar u savollarni emas, javoblarni beradigan tomonda. Eron va Özbekiston, uruş, musiqa, muhabbat, vafodorlik, ruhiy salomatlik va hayotdagi xatolar haqida oçiq suhbatlaşdik. Şuningdek, özi haqidagi ölim miş-mişlari, televizordan çetlatilgan davri, yulduzlik va 40 yoşdan keyingi uylanişi haqida ham gaplaşdik. Eron haqida biz bilganlarimiz qançalik haqiqat? Sayyid Ali Ziyo bu haqda qanday fikrda? 📹 YouTubeda köramiz: 👉 https://youtu.be/Yjhd3p3qtK8 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlaşamiz! @nmagapsuhbat
Open in TelegramPosts of NmaGap
😎 MAŞHURLIKKA TAYYORMASDIM! “Subyektiv”ning avvalgi muallifi ketdi, loyiha özgardi. Ammo “Subyektiv” ortidagi masʼuliyat, muammolar va savollar öz joyida qoldi. Sardorbek Usmoniy bilan yangi missiya, jurnalistika, tanqid, odamlarning muammolardan çarçagani va kamera ortida qoladigan hayot haqida gaplaşdik. Subyektivni davom ettiriş qarori qanday keldi? Muammolarni körsatişning özi yetarlimi? Jurnalist nimani özgartira oladi? Bu safar “NmaGap”da — Sardorbek Usmoniy. 📹 YouTube kanalimizga öting: 👉 https://youtu.be/Ob8k8gFDx8k?si=jQ-abJOkG1__RCfd 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlaşamiz! @nmagapsuhbat
Open in Telegram🇺🇸 Oyiga $100.000 Youtubedan… Oybek Bozorov YouTube orqali xalqaro auditoriyani zabt etgan özbekistonlik tadbirkor. U yuzini körsatmasdan, ovoz yozmasdan, hatto oddiy avtomobil öyinlari orqali millionlab tomoşalar yiğadigan kanallarni rivojlantirgan. Bugun uning jamoasida 40 nafarga yaqin xodim işlaydi, 20 ga yaqin YouTube kanali faoliyat yuritadi. Sunʼiy intellekt esa bu biznesning ajralmas qismiga aylangan. YouTube’da haqiqatan ham katta pul bormi? AI kontent yaratuvçilarni almaştiradimi? Amerika auditoriyasiga çiqişning siri nimada? 📹 Bular haqida «NmaGap»ning yangi sonida gaplaşamiz: 👉 https://youtu.be/z2ZDy-AWL_E?si=VeTbPrz2byZj7nKU 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlaşamiz! @nmagapsuhbat
Open in Telegram🔥 Xorazm repidagi, fenomen! AGA taxallusi bilan maşhur reperni taniysiz, heç bölmaganda uning "Foydam deymasa, ukamasman" trekini eşitgansiz. Xöş, nega u klublarda qöşiq aytmaydi? Özbek repida unga nima yoqmaydi? Rossiyaga ketganida nima iş qilgan va musiqadan qança daromad topadi? Bu safar mehmonimiz — ijtimoiy tarmoqlarda Ufo Aga nomi bilan tanilgan Oğabek Komilov. Suhbatda Xorazm repi, ijoddagi raqobat, plagiat ayblovlari, pul, şon-şuhrat va özbek musiqasini dunyoga olib çiqiş maqsadi haqida gaplaşdik. Şuningdek, nega u boşqa reperlar bilan yaqin munosabatda emasligi, töylarga çiqiş şartlari, orzusidagi töy va kelajakdagi rejalari haqida ham söradik. ▶️ Töliq suhbat: https://youtu.be/j0p1szfNckY 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlaşamiz! @nmagapsuhbat
Open in TelegramAIni bilmasangiz, çopilasiz! 🤖 Claude biz haqimizda nimalarni biladi? Sunʼiy intellekt kartamizga kira oladimi? AI sabab ayrim kasblar yöqolib ketadimi? Davlat boşqaruvida sunʼiy intellekt nimalarni özgartirişi mumkin? Bu safargi mehmonimiz — 26 yoşli AI muhandisi Komiljon Xamidjonov. Suhbatda AI agentlar, Claude, ÇatGPT, darknet, IT sohasidagi katta daromadlar, kelajak kasblari va Özbekistonda sunʼiy intellektning imkoniyatlari haqida gaplaşdik. AI davrida kim yutadi: texnologiyani yaratganlarmi yoki undan foydalanişni bilganlarmi? 📹 Suhbatni köriş uçun: 👉 https://youtu.be/0X6vbldPudc?si=-n2VrqrjvKCKMUt4 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlaşamiz! @nmagapsuhbat
Open in Telegram🎬 Kinoning yangi qoni… Aktyorlik — şunçaki obrazga kiriş emas, baʼzan özingizni ham unutib, butunlay boşqa insonga aylaniş. Ammo bu jarayonning ortida nimalar bor? “Daça”dagi psixopat obrazi, “After TV” loyihasi muallifi va 2026-yilning eng köp muhokama qilingan aktyorlaridan biri — Murod Nasimov NmaGapʼda! 🔥 “Taqdirlar”da çiqqanidan uyaladimi? 🎭 Psixopat rolini ijro etiş uçun nega 17 marta dubl olişga töğri kelgan? 💥 “Yomon kino yöq, tuşunmaydigan tomoşabin bor” — bu fikriga qançalik işonadi? 🎥 Mini-dramalar katta kinoni ortda qoldiryaptimi? Kino, aktyorlik, ijodiy tajribalar, tanqidlar va köpçilikni qiziqtirgan savollarga oçiq javoblar. 📹 Töliq suhbatni YouTube kanalimizda: 👉 https://youtu.be/76wdQKT7UFE?si=cNbNdbPlKjO6q2fq 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlaşamiz! @nmagapsuhbat
Open in Telegram🔋 ELEKTROMOBILINGIZ PORTLAYDI, AGAR… Elektromobil akkumulyatorining umri qancha? Uni qanday quvvatlash kerak? Elektromobillar haqidagi qaysi gaplar haqiqat, qaysilari shunchaki afsona? 🎙 NmaGap podkastining navbatdagi mehmoni — fizika-matematika fanlari bo‘yicha PhD, Germaniyada ilmiy tadqiqotlar olib borgan, akkumulyatorlar va nanomateriallar bo‘yicha mutaxassis Ilhomjon Ashurov. Bu gal elektromobillarning biz bilmagan jihatlari, batareyalar ortidagi murakkab ilm, ularning xavfsizligi va kelajak texnologiyalari haqida gaplashdik. ⚡️ Elektromobilingiz bo‘lsa yoki uni xarid qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu suhbatni o‘tkazib yubormang: 👉 https://youtu.be/ssSVHqY-pbI?si=ZRV8pRcXDpd74RGr 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
Open in Telegram🤔 “O‘zbeklik” 15 yildan keyin yo‘qoladimi? Nega odamlar mustaqil fikrlashdan ko‘ra olomonga ergashishni afzal ko‘radi? Biz haqiqat deb bilgan narsalar aslida qanchalik to‘g‘ri? Falsafa inson hayotini o‘zgartira oladimi? NmaGap’ning navbatdagi mehmoni — faylasuf Xurshid Yo‘ldoshev. Bu galgi suhbatimizda milliy qadriyatlar, jamiyatdagi stereotiplar, olomon psixologiyasi, demokratiya, falsafa va hayotning mazmuni haqida bahsli, ammo o‘ylashga majbur qiladigan fikrlar yangradi. Bu suhbat sizga tayyor javoblar bermaydi. Aksincha, shu paytgacha o‘zingizga berib ko‘rmagan savollarni uyg‘otishi mumkin. 🎬 Suhbatni to’liq ko’rish uchun YouTube kanalimizga o’ting: 👉 https://youtu.be/BDFeGJ5KRL0 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
Open in Telegram🎮”Buzg’unchi” strimer! Minglab tomoshabinlarni ekran qarshisiga yig‘adigan Abuser aslida kim? Strimerlik orqali mashhurlikka erishish osonmi? Kamera o‘chganidan keyin uning hayoti qanday davom etadi? “NmaGap” loyihasining navbatdagi mehmoni — Abuser taxallusi bilan tanilgan strimer Abduaziz G‘ulomov! Bu galgi suhbatda strimerlik olamining ko‘pchilik bilmaydigan tomonlari, mashhurlik ortidagi bosim, ilk daromadlar, tanqidlar va shaxsiy hayot haqida gaplashdik. 🔹 Strimerlar aslida qancha pul topadi? 🔹 Abuser qanday qilib mashhurlikka erishdi? 🔹 Strimerlik kasbmi yoki shunchaki o‘yin? 🔹 Mashhurlik insonni qanchalik o‘zgartiradi? 🔹 Abuserning kameradan tashqaridagi hayoti qanday? 🔥 Bu safar Abuser bilan game o'ynamaymiz, ochiqchasiga gaplashamiz: https://youtu.be/E6YuBysh67c?si=hwUazPA9xLnzqo82 📌 NmaGap — Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
Open in Telegram🤑 Bankrotlikdan MILLIONER bo’ldim! Biznesda millionlab dollar ishlab topish muvaffaqiyatmi? Yoki haqiqiy muvaffaqiyat — topgan pulingni saqlab qolish, xatolardan xulosa chiqarish va hammasini qaytadan boshlay olishmi? Bu galgi mehmonimiz — tadbirkor va biznes konsultant Ilhom Begimqulov. Suhbat davomida katta pullar ortidagi ko‘rinmas muammolar, biznesdagi og‘riqli xatolar, yuzlab xodimlar uchun mas’uliyat va inson hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradigan voqealar haqida gaplashdik. Bu suhbatda faqat muvaffaqiyat tarixi emas, uning ortida turgan yo‘qotishlar, murakkab qarorlar va ko‘pchilik bilmaydigan haqiqatlar ham bor. 📹 Yangi podkast YouTube kanalimizda: 👉 https://youtu.be/uCzBBiJALmM 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
Open in Telegram😎 Ozg’inlik KAYF! Siz hozir ekranda ko’rib turgan qahramonimizni avvallari 150 kgdan past tasavvur qilish qiyin edi. Shum bolaning rekordlarini hali hech kim takrorlay olganicha yo’q, lekin nimaiki ortiqcha bo’lsa, u zarardir, ayniqsa, TAOM. “NmaGap” loyihasining navbatdagi qahramoni bloger Elbek Ibragimov! Elbek akaning vazni hozir 80 kg, bu natijaga qanday erishgani Sizga ham qiziqmi? 📹 Eng mayda detallarigacha shu yerda gaplashdik: 👉 https://youtu.be/vb-i9zuGsIo 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
Open in Telegram🏗 Quruvchilarning yuzi “ochildi”! Uylarning bir kvadrat metri 100 dollarga tushishi mumkinmi? Sergelida 500 dollarga uy topiladimi? Kotlovandan uy olgan mijoz qancha foyda qiladi? “NmaGap”ning yangi sonida investor va qurilish sohasidagi tadbirkor Anvarjon Fazliddinzoda bilan qurilish bozorining ko‘pchilik bilmaydigan tomonlari haqida ochiq suhbatlashdik. — Qurilishdagi haqiqiy daromad qancha? — Uy qurishdan avval qanday ruxsatlar olinadi? — Qaysi hududlardan uy sotib olmagan ma’qul? — Nega Samarqandda pul ko‘p? — Mijozning puli qachon 100% qaytariladi? — Pul rostdan ham xotirjamlikni yo‘qotadimi? Shuningdek, 12 yillik musofirlik, oilaviy biznes, boylarning hobbilari va Instagramdagi aldamchi hayot haqida ham gaplashdik. 📹 To’liq suhbatni ko’rish uchun: 👉 https://youtu.be/0T2P-n9WiSA 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
Open in Telegram🔥 Bomba Anakonda Takonda! Instagramda har kuni turli tuman blogerlarni ko’ramiz, ularning ba’zilariga havas qilamiz, ba’zilaridan motivatsiya olamiz, ba’zilarining esa qilayotgan ishlari hayratlantiradi. Shunaqa hayratlantiradigan blogerlardan biri bugun “NmaGap” mikrafonlari qarshisida. Suhbatimizning navbatdagi qahramoni bloger Ilyos Berdiyev. Ortiqcha cho’zib o’tirishga hojat yo’q. Yigitning originali bilan suhbat Sizni YouTubeda kutyapti: 👉 https://youtu.be/qcQ-3gfFpbg?si=v_OLCU2GPe-UEsgD 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok
Open in Telegram🏃 Sportdan tug’ilgan startup! Intizom, chidamlilik va katta maqsadlar - bu safargi suhbat sport hamda startap olamini birlashtiradi. “NmaGap”ning navbatdagi mehmoni - bir yil ichida 5 ta Ironman musobaqasini yakunlagan sportchi, xalqaro tajribaga ega tadbirkor va Deepen startapi asoschisi Farhod Furqatov. 18 yil xorijda yashab, AQSh startap ekotizimida tajriba orttirgan Farhod aka nima uchun O‘zbekistonga qaytdi? Sport klublaridagi oddiy daftar va Excel jadvallaridan boshlangan muammoni qanday qilib 180 dan ortiq klub foydalanadigan biznesga aylantirdi? Ironman startap qurishda qanday yordam berdi? Suhbatda sportni biznesga aylantirish, investitsiya jalb qilish, xorijiy bozorga chiqish, 40 yoshdan keyin yugurishni boshlash va sog‘lom hayot uchun pul to‘lash madaniyati haqida gaplashdik. 📹 To’liq suhbatni ko’rish uchun: 👉 https://youtu.be/EUnQcWwhkw0 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
Open in TelegramUFC 5 yilda futbolni”uradi!” Intizom, xarakter, natija va doimiy harakat — bu safar suhbat oddiy motivatsiyadan ko‘ra chuqurroq bo‘ladi. “NmaGap”ning navbatdagi qahramoni MMA treyneri Jasco Coach, ya’ni Jasur Alijonov. MMA uning hayotiga qanday kirib kelgani, murabbiylik yo‘li, jangovar sport ortidagi og‘ir mashg‘ulotlar, shogirdlarni nafaqat jismonan, balki ruhiy jihatdan ham jangga tayyorlash, g‘alaba va mag‘lubiyatni qabul qilish — suhbatda oktagon tashqarisida ko‘rinmaydigan jarayonlar haqida ham gaplashdik. 📹 YouTubega GO: 👉 https://youtu.be/UY7Ibzj3jCo 📌 NmaGap — Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
Open in Telegram🐟 Tabiatga OZOR bermang! O‘zbekistonda rostdan ham 4 metrlik laqqa bormi? Dinozavr qanday qilib tovuqqa “aylanib” qolgan? Darvin nazariyasiga ishonish kerakmi o‘zi? Bu safar shu va bundan ham qiziq savollarni biolog olim, ixtiolog va genetik Baxtiyor Sheraliyevga berdik. Baliqlardan boshlangan suhbatimiz evolyutsiya, genetika, din, tibbiyot, Xitoydagi hayot va ta’lim, bolalar tarbiyasigacha borib yetdi. Ba’zi joylarda hayron qoldik, ba’zilaridan yana savol berdik, ayrim javoblardan keyin esa rosa bahslashgimiz keldi😉 📹 Xullas, bu safar ham zeriktirmaydigan suhbat bo‘ldi: 👉 https://youtu.be/wXNpW6-Q5MM 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
Open in Telegram🚗 24/7 ESHIK ochamiz! Instagramda Mashina ochish nomi ostida faoliyat yuritadigan bloger, yana ham aniqrog’i jamoa haqida siz ham eshitgan bo’lsangiz kerak. Mashinasi yoki uyi qulflanib qolganlarga supermandek yordamga shoshiladigan bu yigitlarga tasanno aytmaslikning iloji yo’q. Bugun “NmaGap” studiyasida Mashina ochish blogi muallifi Ismoil Bahodirov. Instagram, u yerdagi kontentlar o’z yo’liga, bizga Ismoil akaning ichki dunyolarini ochish qiziq bo’ldi. Suhbat allaqachon YouTubeda: 👉 https://youtu.be/cB591BKVhxw 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat
Open in Telegram❗️“Uyga rezultatsiz qaytmayman…” Shu qaror bilan Moskvaga yo‘l olgan GAFUR bugun MDHda millionlab tinglovchilarga ega o‘zbek ijodkorlaridan biri. Lekin bu natijaga yetib kelish oson bo’lmagan… Michael Jacksonga 3 yoshidan boshlangan qiziqish, musiqani mustaqil o‘rganish, tavakkal Moskvaga ketish, Andro, Jony, Elman bilan tanishuv, RAAVA Music va katta sahnagacha bo‘lgan yo‘l. GAFUR o‘zi haqida hali hech qayerda gapirmagan gaplarini “NmaGap” bilan bo’lishdi. 📹 YouTubega GO: 👉 https://youtu.be/C3Eg6uslOy8?si=hkC2RGq2XgPVG6Em 📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz! @nmagapsuhbat YouTube | Instagram | TikTok
Open in Telegram