Nimaga soat chap qo'lga taqilishi kerak deb o'ylashadi? — Chap qo'lga soat taqish an'anasi ko'plab mamlakatlarda tarqaldi. Buning oddiy sabablaridan soat muruvvatini boshqarish, yozishda qoynalmaslik va ishchi xodimlar tomonidan o'ng qo'lni erkin ishlatish maqsadida chap qo'lga taqilgan edi. — Birinchi qo'l soati 1571-yili Angliya qirolichasi Yelizaveta I o'zi uchun maxsus ilk qo‘lga taqiladigan mexanik soatni sovg‘a sifatida olgan.Erkaklar uchun soatlar esa taqriban 1904-yilda fransuz zargari Lui Kartye tomonidan yaratilgan. P.S. Shunday qilib, soatni qaysi qo'lga taqish har kimning shaxsiy tanlovi hisoblanadi. Siz qanday tanlov qilasiz? O'ng yoki chap qo'l? 👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Open in Telegram
NIMAGA?
Nimaga? degan qiziqarli savollarga javob beradigan foydali kanal! Reklama — @nimaga_ads
Latest posts
Nimaga biz har safar narsalarni qayerga qoʻyganimizni unutib qoʻyaveramiz? — Miyamizda shunday mehnatsevar hujayralar borki, ular doimo maxsus gormon ishlab chiqarib, keraksiz xotiralarni tozalab turishadi. Ushbu gormon nisbatan koʻp ishlab chiqilishi uyqu vaqtiga toʻgʻri kelar ekan. Shu sababli ham koʻp tushlarimizni eslay olmaymiz. — Tadqiqotlar shuni isbotladiki, miyamiz zavq beruvchi signallar bilan hosil boʻlgan xotiralarni yaxshi eslab qolar ekan. Demak, qandaydir narsangizni qayergadir qoʻysangiz, oʻsha vaqtda nimadir bilan oʻzingizni xursand qilib qoʻying, boʻlmasa 2 soat oʻsha narsani qidirishingizga toʻgʻri keladi. P.S. Hayoli parishon tanishlaringizga yuboring 😁 👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Open in TelegramNimaga kompyuterda ishlaydiganlar har 20 daqiqada tanaffus qilishi kerak? — Kompyuter oldida uzoq vaqt ishlash ko‘z zo‘riqishiga, bo‘yin va umurtqa muammolariga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli, mutaxassislar 20-20-20 qoidasi" ga amal qilishni tavsiya qilishadi. Ya’ni, har 20 daqiqada ekrandan ko‘zingizni uzib, 20 soniya davomida 5-6 metr uzoqlikdagi nuqtaga qarash kerak. Bu usul ko‘z zo‘riqishining oldini oladi va diqqatni tiklashga yordam beradi. — Bundan tashqari, uzoq vaqt bir joyda o‘tirish umurtqa va mushaklarga bosim beradi. Har 20 daqiqada tanaffus qilib, bir oz harakat qilish qonni yaxshi aylanishiga va charchoqni kamaytirishga yordam beradi. Natijada ish samaradorligi oshadi va ruhiy charchashning oldi olinadi. P.S. Ko'p kompyuterdan foydalanadigan yaqinlaringizni xabardor qiling!😊 👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Open in TelegramNimaga shirinliklarni nonushta vaqtida iste’mol qilish yaxshiroq? — Shirinliklar, ayniqsa shakar, oshqozonimizda energiyaga aylantiriladi. Agar shirinliklarni kechqurun iste’mol qilsak, uyqu vaqtida tanamiz harakatsiz bo'lgani sababli shakar to‘liq parchalanmay qolishi mumkin, bu esa ortiqcha vazn muammosiga olib keladi. P.S. Kechqurun shirinlik yeyish o‘rniga nonushtagacha sabr qilishni o‘rganing! 😊 👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Open in TelegramNimaga asal aynimaydi? — Asal tarkibida vodorod periksid moddasi bor. Bu modda bakteriyalar va mikroblarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. — Olma, shaftoli va piyozda ham vodorod periksid bor, lekin asaldagi miqdori yuqori bo‘lgani uchun u tabiiy antiseptik xususiyatga ega. — Shuningdek, asaldagi namlik miqdori pastligi va kislotali muhiti mikroblarning yashashiga yo‘l qo‘ymaydi. 👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Open in TelegramNimaga burundan qon oqadi? — Burundan qon ketishi qon tomir devorlari shikastlanganda paydo bo'ladi. Bunday holda, qon qip-qizil rangga ega bo'lib, tomchilab yoki oqim bilan tez oqadi. — Burundan haddan tashqari ko'p qon ketishi hayot uchun xavfli bo'lishi mumkin, shuning uchun bu masalaga jiddiyroq e'tibor berish kerak. 👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Open in TelegramNimaga tez ovqatlanish organizmga zarar yetkazadi? — Tez ovqatlanish nafaqat hazm qilish tizimiga, balki umumiy sog‘liqqa ham salbiy ta’sir qiladi. Birinchidan, ovqatni chaynash jarayoni yetarlicha bo‘lmaydi, bu esa ovqat hazm qilishni qiyinlashtiradi va oshqozon-ichak tizimiga ortiqcha yuk tushishiga sabab bo‘ladi. Ikkinchidan, miyaga to‘qlik signali kechikib yetib boradi, natijada odam ortiqcha ovqatlanib qo‘yishi mumkin. Bu esa semirish va boshqa metabolik kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi. P.S. Shuningdek, tez ovqatlanish paytida havo yutish (aerofagiya) ehtimoli yuqori bo‘lib, bu qorin dam bo‘lishi natijasida noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin. 👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Open in TelegramNimaga yozuv taxtalari yashil rangda bo'ladi? — Yashil rang bu - Miyaga dam beruvchi, insonni psixologik tomondan tinchlantiruvchi rang hisoblanib, Yashil rangga ko'p qarab turilsa ham u miyani charchatmaydi va ko'zni toliqtirib qo'ymaydi. Shuning uchun maktab va o'quv muassasalarining juda ko'plab doskalari, yashil rangda bo'ladi. 👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Open in TelegramNimaga telefon quvvat olayotganda undan foydalanish xavfli? — Batareya quvvat olayotganda ichida kimyoviy jarayonlar sodir bo‘ladi. Agar shu vaqtda telefon intensiv ishlatilsa (masalan, o‘yin o‘ynash yoki video tomosha qilish), qurilma haddan tashqari qizib ketib, batareyaning shishishi yoki ishdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, telefon quvvat olishi jarayonini ham sekinlashtiradi, bu esa batareyaning umrini qisqartiradi. P.S. Agar telefondan quvvat olayotganda foydalanishga majbur bo‘lsangiz, sifatli va xavfsiz quvvatlovchi ishlatish hamda og‘ir dasturlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi. 👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Open in TelegramNimaga kompyuterda ishlaydiganlar har 20 daqiqada tanaffus qilishi kerak? — Kompyuter oldida uzoq vaqt ishlash ko‘z zo‘riqishiga, bo‘yin va umurtqa muammolariga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli, mutaxassislar 20-20-20 qoidasi" ga amal qilishni tavsiya qilishadi. Ya’ni, har 20 daqiqada ekrandan ko‘zingizni uzib, 20 soniya davomida 5-6 metr uzoqlikdagi nuqtaga qarash kerak. Bu usul ko‘z zo‘riqishining oldini oladi va diqqatni tiklashga yordam beradi. — Bundan tashqari, uzoq vaqt bir joyda o‘tirish umurtqa va mushaklarga bosim beradi. Har 20 daqiqada tanaffus qilib, bir oz harakat qilish qonni yaxshi aylanishiga va charchoqni kamaytirishga yordam beradi. Natijada ish samaradorligi oshadi va ruhiy charchashning oldi olinadi. P.S. Ko'p kompyuterdan foydalanadigan yaqinlaringizni xabardor qiling!😊 👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
Open in TelegramConnections
Similar channels
- QIZIQ FAN@qiziqfanEdutainment6.77K
Tashkent Retrospective@tashkent_retrospectiveEdutainment7.3K
Унутилган тарих@unutilgan_tarixEdutainment7.43K
Oyina.uz | Tafakkur@oyina_portaliEdutainment6.36K
Zakovat Savollari@zakovat_savollari_va_javoblariEdutainment8.06K
OldTashkent@oldtashkent_1Edutainment8.08K
Tafakkur egalari@tafakkur3Edutainment8.37K
ㅤㅤ𝑴𝒂𝒏𝒕𝒊𝒒𝒊𝒚 𝒔𝒂𝒗𝒐𝒍𝒍𝒂𝒓@mantiqiy_savollar_va_javoblarEdutainment5.66K