🎓Талабалар учун қишки таътил 14 кун давом этади Ўзбекистон олийгоҳларида қишки таътил 28 декабрдан 10 январгача давом этиши айтилмоқда. 26–27 декабрь кунлари ҳам дам олиш кунларига тўғри келгани сабаб талабалар 25 декабрданоқ таътилга чиқишлари мумкин. @ng_uz
Open in Telegram
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 30, 2026 | 3,080 |
| Nov 6, 2026 | 2,660 |
| Nov 7, 2026 | 2,610 |
| Nov 25, 2026 | 1,360 |
Most viewed this month
- 01Views3.08KForwards—Reactions9Comments—
- 02Views2.86KForwards—Reactions4Comments—
- 03Views2.66KForwards—Reactions6Comments—
- 04Views2.36KForwards—Reactions—Comments—
Latest posts
Ўзбекистонда об-ҳаво кескин совиши кутилаётгани сабабли, агар зарурат туғилса, автомобилларга газ тўлдириш компрессор шохобчалари фаолияти вақтинча чекланиши мумкин. Бу ҳақда Энергетика вазирлиги хабар берди. “Ўзгидромет”га кўра, 9–11 ноябрда ёмғир, шимолий ва тоғли ҳудудларда қор кутилмоқда. Тунги ҳарорат шимолда -7 даражагача, бошқа ҳудудларнинг айрим жойларида -1…-2 даражагача пасайиши мумкин. Қайд этилишича, энергия таъминоти бўйича Энергетика вазирлиги ва тизим ташкилотлари барқарор таъминот чораларини кўрмоқда. Тошкент ва бошқа ҳудудларда иситиш мавсумини бошлаш ишлари олиб борилмоқда. Газ таъминотида хонадонлар, мактаблар, боғчалар, шифохоналар ва бошқа ижтимоий объектларга устуворлик берилади. Зарурат туғилса, мавсумий истеъмолчилар, жумладан, автомобилларга газ тўлдириш компрессор шохобчалари фаолияти вақтинча чекланиши мумкин. Чекловлар ҳокимликлар билан келишилган, тасдиқланган графиклар асосида жорий этилади. Истеъмолчилар олдиндан хабардор қилинади. Газ ёки электр билан муаммо бўлса қуйидаги рақамларга мурожаат қилиш мумкин: -> 1104 – газ босими ва таъминоти; -> 104 – газ авария хизмати; -> 1154 – электр узилишлари ва тармоқ носозликлари. Мурожаатлар масъул мутахассисларга етказилиб, муаммоларни бартараф этиш чоралари кўрилади. @ng_uz
Open in TelegramQirğiziston prezidenti Sadir Japarov, agar Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi mamlakatni gazlaştiriş böyiça majburiyatlarini bajarmasa, gaz tizimi davlat nazoratiga qaytarilişi mumkinligini bildirdi. Japarovning aytişiça, 2013-yilda Qirğizistonning gaz tizimi «Gazprom»ga ramziy 1 dollarga sotilgan. Kelişuvga köra, kompaniya butun mamlakatni gazlaştirişni moliyalaştirişi kerak edi. Biroq prezident sönggi ikki-uç yil davomida kompaniyadan uşbu majburiyatlarni bajarişni talab qilib kelayotganini aytdi. Ayni paytda respublika gaz tarmoqlarini «Gazprom Qirğiziston» boşqaradi. Kompaniya avvalroq amaldagi tariflar barça xarajatlarni qoplamayotgani gazlaştiriş sur’atlariga ta’sir qilayotganini bildirgan. @ng_uz
Open in TelegramКак в Узбекистане увеличивают добычу газа на старых месторождениях? Команда UzNews побывала на объектах Condor Energy Development в Бухарской области, узнала, какие технологии помогают наращивать добычу, в каких условиях работают сотрудники и какие планы у компании на будущее. Подробнее — в нашем репортаже @ng_uz
Open in TelegramMarkaziy Osiyoning besh davlati 5 milliard dollarlik yagona gaz tarmog‘iga birlashishi mumkin O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonni bog‘laydigan, uzunligi 3 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan yagona gaz tarmog‘ini yaratish taklif etilmoqda. Loyiha qiymati taxminan 5 milliard dollar deb baholanmoqda. Rejaga ko‘ra, ushbu gaz quvurlari tizimi mintaqa davlatlari o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berishni osonlashtirishi mumkin. Xususan, qish mavsumida gaz tanqisligi yuzaga kelgan mamlakatga qo‘shni davlatlardan gaz yetkazib berish imkoniyati yaratiladi. Loyiha hozircha taklif sifatida muhokama qilinmoqda. Uni amalga oshirish uchun moliyalashtirish masalalari va besh davlat o‘rtasidagi kelishuvlar hal etilishi kerak. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz tarmog‘ining yillik o‘tkazish quvvati 20 milliard kub metrga yetishi mumkin. @ng_uz
Open in TelegramSho‘rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi bilan hamkorlik doirasida bitiruvchilar bandligi ta’minlanmoqda 2026-yil 23-oktabr kuni Sho‘rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi hamda Iqtisodiyot va pedagogika universiteti o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida korxona vakillari universitetga tashrif buyurishdi. Tashrifda Sho‘rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktor o‘rinbosari, bosh geolog Bahodir Ochilov, kadrlar bo‘limi boshlig‘i Behruz Jo‘rayev hamda korxonaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etdilar. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — “Neft va gaz ishi” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ularning bandligini qo‘llab-quvvatlash hamda yosh mutaxassislarni bevosita ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etishdan iborat bo‘ldi. Muloqot davomida korxona vakillari va universitet mas’ullari o‘rtasida bitiruvchilarni ishga qabul qilish, ularning kasbiy salohiyatidan samarali foydalanish hamda oliy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, “Neft va gaz ishi” ta’lim yo‘nalishining 4-kurs kunduzgi hamda 5-kurs sirtqi ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalardan bir necha nafari korxonaning kadrlar zaxirasiga qabul qilindi. Shuningdek, ular universitetni tamomlagach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga qabul qilinishlari yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi. Ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifasi nafaqat talabalarga nazariy bilim berish, balki ularni zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob beradigan, o‘z kasbini puxta egallagan va mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar etib tayyorlashdan iborat. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish, talabalar uchun munosib ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish va bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettiradi. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti — sifatli ta’lim, mustahkam hamkorlik va munosib kelajak sari! 📞Aloqa markazi: +998752306060 (Qashqadaryo) 😎 Yozish +998557056060 (Samarqand) 😎 Yozish 💠Litsenziya Nº 194419 25.12.2023 📍Manzil: Qarshi shahri, Gungon MFY, Jayxun ko‘chasi, 11A-uy 📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo‘yi soy MFY, Yasmin ko‘chasi, 11-uy 🕊 Telegram|📱 Instagram|🌍 Web-sahifa
Open in Telegram📢 Diqqat, talabalar! 🎓 Ishga joylashish uchun muhim imkoniyat! 📅 22–23-oktabr kunlari Iqtisodiyot va pedagogika universitetida Sho‘rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi mas’ul mutaxassislari tomonidan ishga qabul qilish jarayonining 1-bosqich test sinovlari o‘tkaziladi. Test sinovlarida kimlar ishtirok etishi mumkin? ☑️ Kunduzgi ta’lim shaklining 4-bosqich talabalari; ☑️ Sirtqi ta’lim shaklining 4–5-bosqich talabalari. Kelajagingiz sari muhim qadamni bugun tashlang! Aziz talabalar, ushbu imkoniyatdan unumli foydalaning, test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘ring va o‘z bilim hamda salohiyatingizni namoyon eting. Bu siz uchun kasbiy faoliyatingizni boshlash yo‘lidagi muhim imkoniyatlardan biri bo‘lishi mumkin. 📌 Murojaat uchun: Neft va gaz kafedrasi. 📞Aloqa markazi: +998752306060 (Qashqadaryo) 😎 Yozish +998557056060 (Samarqand) 😎 Yozish 💠Litsenziya Nº 194419 25.12.2023 📍Manzil: Qarshi shahri, Gungon MFY, Jayxun ko‘chasi, 11A-uy 📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo‘yi soy MFY, Yasmin ko‘chasi, 11-uy 🕊 Telegram|📱 Instagram|🌍 Web-sahifa
Open in TelegramConnections
Similar channels
ipuedu_uz | Расмий канал@ipuedu_uzEducation17.8K
Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи@uzbtarixkanalEdutainment4.53K
Xurmo@xurmoofficialEdutainment4.64K
Xuddi Shunday@xuddi_shundayEdutainment4.67K
Najmiddin Turon@najmiddinturonEdutainment4.69K
Oldin & Keyin (Retro)@oldinkeyinEdutainment4.2K
TARIX - eng ajoyib tarixiy ma'lumotlar@historicaluzEdutainment4.73K
TARIX IZLARI@tarix_izlariEdutainment4.15K
Mentions
ipuedu_uz | Расмий канал@ipuedu_uz2 mentions