Yangi O‘zbekiston universiteti rektori QS Higher Ed Summit: Middle East 2026 sammitida ishtirok etdi 23-noyabr kuni Abu-Dabi shahrida Khalifa University mezbonligida QS Higher Ed Summit: Middle East 2026 sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning yetakchi universitetlari rahbarlari, xalqaro reyting agentliklari va ta’lim sohasi ekspertlari ishtirok etdi. 🎤 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari, Yangi O‘zbekiston universiteti rektori Obid Hakimov sammitning “At the Frontier of Innovation: Universities Shaping the Next Economy” mavzusidagi ochilish panel sessiyasida ma’ruza qildi. 📌 Ma’ruzada oliy ta’limning mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni, universitetlar faoliyatini takomillashtirish, amaliy ilmiy tadqiqotlar, startaplar va spin-off kompaniyalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. 🤝 Sammit doirasida QS rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, U10 tashabbusi doirasida O‘zbekiston universitetlarining xalqaro reytinglardagi ishtirokini kengaytirish va mavqeyini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 🇺🇿 Bunday xalqaro muloqotlar O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining global akademik maydondagi hamkorligi va nufuzini oshirishga xizmat qiladi. 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖ ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Open in TelegramPosts of New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
🎓 Yangi O‘zbekiston universitetida Oksford universiteti bilan hamkorlikda xalqaro o‘quv kursi boshlandi! 🌍 25-noyabr kuni Yangi O‘zbekiston universitetida Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti bilan hamkorlikda “Machine Learning and Economics for Decision Makers” - “Qaror qabul qiluvchilar uchun mashinaviy o‘rganish va iqtisodiyot” mavzusidagi ikki kunlik xalqaro o‘quv kursining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 📚 Hozirda kurs doirasida ma’ruzalar, interaktiv muhokamalar va amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda. Dastur iqtisodiy tahlil, prognozlash, moliya va davlat boshqaruvida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish hamda dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. 👨🏫 Mashg‘ulotlarni Oksford universitetining iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili sohasidagi mutaxassislari - professor Michael McMahon va Jeremy Large olib bormoqda. 👥 Kursda 13 ta vazirlik, idora, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotidan saralangan 30 nafar mutaxassis ishtirok etmoqda. 💡 Ikki kunlik dastur davomida ishtirokchilar yirik til modellari, sun’iy intellekt agentlari, iqtisodiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va makroiqtisodiy prognozlashda AI texnologiyalaridan foydalanish usullarini o‘rganadilar. Kursning muhim maqsadlaridan biri - olingan bilimlarni davlat tashkilotlariga bosqichma-bosqich tatbiq eta oladigan 30 nafar trener-murabbiyni tayyorlashdir. 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖ ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Open in TelegramYangi O‘zbekiston universiteti va Xalifa universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik kelishuvi imzolandi 🌍 2026-yil 22-noyabr kuni Abu-Dabi shahridagi Xalifa universiteti (Khalifa University) kampusida Yangi O‘zbekiston universiteti rektori Obid Hakimov va Xalifa universiteti prezidenti Ibrohim Al Hajri keyingi besh yilga mo‘ljallangan strategik hamkorlik kelishuvi imzoladi. 🏆 Xalifa universiteti QS World University Rankings 2027 reytingida dunyo bo‘yicha 147-o‘rinni egallagan. U to‘qqiz yildan buyon BAAning eng yuqori reytingli universiteti hisoblanadi, QS Arab Region University Rankings 2027 reytingida esa arab mintaqasida 2-o‘rinda. 📌 Kelishuv ikki universitet hamkorligini quyidagi yo‘nalishlarda rivojlantirishni ko‘zda tutadi: 🔬 qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va ularni birgalikda moliyalashtirish; 🚀 startap loyihalari va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash; 🎓 rahbar kadrlar uchun Executive Education dasturlari. 🤝 Ikki universitet hamkorligi 2024-yilda boshlangan. Shu vaqt ichida Yangi O‘zbekiston universitetining 22 nafar talabasi Xalifa universitetida almashinuv semestrini o‘tadi. Hisoblash va ma’lumotlar fani (Computational Data Science) yo‘nalishi bo‘yicha ikki diplomli magistratura dasturi yo‘lga qo‘yildi: hozirda dasturda 9 nafar talaba tahsil olmoqda, besh yil davomida jami 80 nafar talaba o‘qiydi. 📈 Yangi kelishuv hamkorlikni ta’lim bilan bir qatorda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va startaplar yo‘nalishida kengaytiradi. 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖ ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Open in Telegram