Forwarded from Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
“Lektorium”: Begona olamlar — sayyoramizdan tashqarida ham hayot bormi? Gazeta va “Yangi O‘zbekiston” universiteti “Lektorium”ning navbatdagi ochiq ma’ruzasiga taklif etadi! Bu safar astrofizik olim, “Yangi O‘zbekiston” universiteti professori Bobomurot Ahmedov “Begona olamlar” mavzusida ma’ruza qiladi. Ma’ruzada qadimgi yunon faylasuflaridan tortib Jordano Bruno va Galileygacha bo‘lgan olimlarning o‘zga olamlar haqidagi bahslari, shuningdek, hayot uchun yaroqli bo‘lishi mumkin bo‘lgan Proxima Centauri b, Kepler-452b va TRAPPIST-1 kabilar haqida hikoya qilinadi. 📅 Ma’ruza vaqti: 17-noyabr (seshanba) soat 18:30. 📍 O‘tkaziladigan joy: “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Toshkent. 🎟 Kirish bepul. Joylar soni cheklangani uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi. Sizlarni ochiq ma’ruzamizda kutib qolamiz! 👉 Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfgCQJLdfzYMEmdSj0rM4sStOBUZC7bQTKZedxYqA-2d6ojVQ/viewform Telegram | Instagram | YouTube
Open in Telegram