Beshrabot" MFYda sayyor qabul oʻtkazildi Aholi bilan bevosita muloqot qilish va mavjud kommunal hamda infratuzilmaviy muammolarni joyida hal etish maqsadida Navbahor tumani "Beshrabot" mahalla fuqarolar yig‘inida Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ibrohim Qodirov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda fuqarolar tomonidan ko‘p qavatli uyning fasad qismini ta’mirlash, bolalar maydonchasi qurish, kanalizatsiya tizimidagi nosozliklar va avtoturargoh tashkil etish masalalari ko‘tarildi. Murojaatlarni o‘rganish natijasida aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida uyning fasad qismini ta’mirlash hamda Prezidentning PQ-48-sonli qarori ijrosi doirasida yangi bolalar maydonchasi qurish ishlarini 2027-yilgi manzilli dasturga kiritish bo‘yicha mas’ullarga qat’iy topshiriq berildi. Shuningdek, oqova suv (kanalizatsiya) tarmog‘ini sozlash va hududda avtoturargoh barpo etish masalalari joyiga chiqqan holda texnik o‘rganilib, ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. Sayyor qabul davomida bildirilgan barcha murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, har bir masala bo‘yicha mas’ul ijrochilar biriktirildi. Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olindi. Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 13 h | 96 |
| 29 h | 128 |
- After 24 hours128
- Total to date128