Forwarded from NDU - Navoiy davlat universiteti
#Halollik #MenKorrupsiyagaQarşiman #AnticorruptionDay #KorrupsiyasizKelajak YOŞLAR KORRUPSIYAGA QARŞI Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning markazida inson qadri, adolat va qonun ustuvorligi turibdi. Ammo har qanday taraqqiyotga, ayniqsa, biz — yoşlarning ertangi kuniga eng katta xavf soladigan illat bu korrupsiyadir. Oliy ta’lim muassasasi xodimi sifatida şuni işonç bilan ayta olamanki, korrupsiyaga qarşi kuraşiş faqatgina huquqni muhofaza qiluvçi organlarning işi emas, balki ta'lim tizimida bevosita faoliyat olib boradigan hamda auditoriyada ötirgan har birimizning vijdon işimizdir. Korrupsiya nega aynan bizga zarar? Köpçilik talabalar imtihonni osonroq topşiriş yoki dars qoldirganini yopiş uçun "kiçik kelişuv"larga köz yumişi mumkin. Biroq bu — öz kelajagimizga özimiz bolta uriş demakdir. Korrupsiya aralaşgan joyda soğlom raqobat yöqoladi. Keçasi bilan kitob öqib, izlangan bilimli talaba bilan muammoni pul orqali hal qilgan talaba bir xil baho olsa, jamiyatda adolatga bölgan işonç sönadi. Eng yomoni, bugun pora evaziga diplom olgan talaba ertaga sifatsiz şifokor, uquvsiz muhandis yoki adolatsiz rahbarga aylanadi. Bundan esa butun jamiyat, jumladan, özimiz va yaqinlarimiz aziyat çekadi. Biz — yoşlar nima qila olamiz? Zamonaviy yoşlar şunçaki kuzatuvçi emas, balki özgarişlarning faol iştirokçisi bölişi kerak. Bugungi kunda oliygohlarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş uçun barça şaroitlar yaratilmoqda. Hozirda baholaş tizimlari, imtihonlar va hujjat aylanişi elektron platformalarga ötkazilgani inson omilini keskin kamaytirdi. Biz bu tizimlardan töğri foydalanişimiz va sun’iy tösiqlarga yöl qöymasligimiz lozim. Korrupsiyaning eng kiçik körinişiga ham "yöq" deyişni örganişimiz kerak. Öz bilimiga işongan talaba heç qaçon tamagirlikka rozi bölmaydi. Şuningdek, Universitetlardagi "Komplayens-nazorat" bölimlari, "Talaba-yoşlar" klublari va "Kovorking markazlari" faoliyatida faol qatnaşiş, muammolarni oçiq muhokama qiliş va innovatsion yeçimlar taklif etiş bizning qölimizda. Yangi Özbekistonning ertangi qiyofasi bugun biz yoşlarning qanday bilim olişimiz va qanday qadriyatlarni tanlaşimizga boğliq. Halollik — bu şunçaki şior emas, balki hayot tarzimizga aylanişi kerak. Keling, öz bilimimiz va mehnatimiz bilan yuksak marralarni zabt etaylik, korrupsiyadan xoli, adolatli jamiyatni birgalikda quraylik! Tojiyev Akromjon Fayzulla ögli Navoiy davlat universiteti, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş Komplayens-nazorat tizimini boşqariş bölimi boş mutaxassisi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Open in Telegram