O‘yinni ko‘rolmadim. Ammo bunaqa mag‘lubiyatlardan ham hikmat topsa bo‘ladi — katta va muhim o‘yinlar oldidan ko‘zgu vazifasini bajaradi. Maur ham kerakli kamchiliklarini ko‘rib oladi. Ja osmonda edilar, yerga tushirib qo‘yishdi;)))
Open in TelegramPosts of Аке билан футбол
"MYU"ning hozirgi 19-o‘rinda borayotganligi klub muxlislarini boshqa sheriklari (APL toplari muxlislari) oldida yer bilan bitta qilib, izza qilayotganligi — muhlislar uchun juda og‘ir azob. Lekin hozirgi o‘rin, aslida, Pochning klub rahbariyati oldida kuchli pozitsiyaga o‘tqazib qo‘yadi. Yorqin misol — De Zerbining o‘tgan mavsum qizil zonadagi "Tottenxem"ni qabul qilganligi. Yozda "Tottenxem"ning yarim milliardlik xaridlari zamiri ham aynan to‘g‘ri vaqtda klub boshqaruviga kelganligi bilan bog‘liq emasmi-di. Mavsum oxirigacha Pochga yuklangan missiya — jamoani APLda olib qolish. Bu o‘ta ideal, bosimsiz muhit aslida Pochettino uchun. Poch mavsum yakunlangach, jamoani APLda olib qolib, katta short-listni taqdim etadi rahbariyatga: "Mana, bor resursdan maksimal natija qilishga harakat qildim, ligada olib qoldim. Endi kattaroq maqsadlar uchun kattaroq transferlar, katta qo‘llov bo‘lishi kerak", — degan vajni ayta oladi. Va o‘shanda haqiqatan Poch rahbariyat oldida kuchli pozitsiyada bo‘ladi. O‘shanda eski basharalardan qutulib, har bir pozitsiyada yangi basharalar paydo bo‘ladi — xuddi bugungi "Tottenxem" kabi!
Open in TelegramHali 34 yoshli mutaxassissiz, murabbiylik karyerangizda ham endi jiddiy qadam qo‘yib kelyapsiz. Va sizga tanlov imkoni berildi: super o‘rtamiyona klub «Surxon»da ishlash yoki «o‘zbek galaktikosi» yig‘ilgan, chempionlik ambitsiyasida yashaydigan hamda bosim maksimal yuqori bo‘lgan «Neftchi». Qaysi biri yosh mutaxassis uchun osonroq? Bir qarashda — «Neftchi». Chunki har bir pozitsiyada tayyor top yulduzlar yig‘ilgan, zaxira ham keng — teng kuchli ikkita tarkib. O‘z taktik vazifalaringizning maydonda sifatli bajarilish ehtimoli karrasiga oshadi. Lekin yo‘q, men bu fikrga qo‘shilmagan bo‘lardim. Aslida yosh murabbiy uchun «Surxon»da ishlash osonroq. Chunki «Surxon» klubida murabbiy uchun bosim deyarli sezilmaydi — bu ikkisi ambitsiyalar borasida tubdan farq qiluvchi klublar, maqsadlar ham turlicha. Surhonda qanaqadir mag'lubiyatli seriyalarga kirib qolishingiz ham murabbiy uchun jiddiy havotir uyg'otib, bosimni oshirmaydi. G‘oyalaringizni, taktik vazifalaringizni, uslubingizni «Surxon»da yosh talantlarga singdirishingiz osonroq. Buning uchun yetarlicha vaqt beriladi, eng muhimi, bosimni deyarli his qilmaysiz. Klass bo‘yicha «Surxon»dan farq qiluvchi o‘rta darajadagi resurslar bilan yosh murabbiy sifatida uslubingizni shakllantirib, natija ko‘rsatib, reputatsiyangizni ko‘tarib olish uchun eng komfort joy — o‘rtamiyona klublarda ishlash. Lekin «Neftchi»da ishlash uchun faqat taktik bilimlaringiz, ko‘rinib turgan uslubingiz ham kifoya qilmaydi. Siz endi har bir pazitsada teng kuchli raqobatdagi egoli hamda uziga yarasha harakterga ega katta o'yinchilarni kanfliktsiz, yuqori bosim sharoitida psixolog bo‘lishingiz talab etiladi — misol uchun, Maur kabi. Bunaqa sharoitda ishlash uchun sizga xarizma ham kerak bo‘ladi — Sayfiyev, Iskanderov kabi uzidan katta o'yinchilarga taktik ko'rsatmalaringizdi tushuntirish uchun. Odilov, G‘iyosov, Abror Ismoilov kabi chempionatimizdagi sochidan talanti oqib turgan iqtidorlar hamda sifatli legionerlarni o‘z g‘oyangizga ishontirish uchun. Mana shu xarizmani hamda taktik g‘oyalarni uyg‘unlashtirish talab etilgan shartlarda ham natijani ola bilish — shunchaki e'tirof etish kerak bo'lgan joyi. Oma biznig ham endi o‘z Nagelsmanimiz bor. Tabrik!
Open in TelegramBugun Chelsining mag‘lubiyatidan (katta ehtimol) Arsenalchilar, Tottenhemchilar, ha mayli, MYUchilardan ham ko‘ra yana bir Chelsining — to‘g‘rirog‘i, Alonsoning personal xeyteri yomonam xursand bo‘ladi. Vini! Yana layk bosishga tayyor turibdi. Vini: "Sen Mourinyomidingki, meni La Ligada qanaqadir Seltaga qarshi himoyaga yugurishimni talab qilasan?! El-Klasikoda zo‘r o‘ynab turib, to‘liq o‘yin bermaganingga-ku vapshe qoyilman kallangga. Mana, ketma-ket 3-o‘yin mag‘lubiyat — battar bo‘l!"
Open in TelegramNottingem — Chelsi o‘yinini ko‘rayotgandim. Hali o‘yin tempiga moslashib olmasimdan Nottingemdan tezkor gol, dahshat gol! Yanada dahshatga tushganim — dastlab Nottingemdan golni kim urganini payqamadim, Delapmikan deb qo‘rqib ketgandim. Xayriyat, u emas ekan. Jezusning ham Braziliyalikligi esiga tushib qoldi. 10 ta kursisi qimirlab, bosim maksimal oshgan murabbiyni sehrgar jin shundoq yig‘ib: "Mana sehrli shamchiroq, qanaqa taqvim xohlaysan?" — desa, 8 ta murabbiy: "Albatta, yengilroq — Kristal Pelas, Ipsvich kabi raqiblarni-da", — deydi. 2 ta murabbiy esa: "Yo‘q, menga kamida 3 tasi top-klub bo‘lsin", — deydi. Shamchiroq ham "dumkada". O‘sha 2 ta murabbiydan bittasi, ishonavering, mana bu ippos (tullak) Glasner bo‘ladi. Siti uchib qoldi, Arteta bu futbolning tilini tushungani uchun g‘alabani yulqib chiqdi. 1-taymda o‘z darvozasi oldida Chelsiga 0.06 xG taqdim etyapti, bironta aniq zarba yo‘q. O‘yin kartinasida ham Chelsi pozitsion hujumda hujum vakillarigacha hujumni ko‘chira olmayapti. Nottingem intensiv pressing bilan markazda blok qo‘yib kutib olyapti, 66% to‘p nazoratini berib. Glasner-taym! Kaysedoni Alonso markaziy himoyaga qo‘ygani boshqa ko‘rinib qolgan muammolarni ham yuzaga chiqarmoqda — markaziy himoyaga transfer zarur. Anselmino, Acheampong, Fofana, bir mavsumni pay uzilishi bilan o‘tkazib formaga qaytayotgan Kolvill hamda jarohatdagi Lakrua... To‘g‘ri, amallasa bo‘ladi, lekin faqat "amallasa" bo‘ladi.
Open in Telegram"Sporting"ga qarshi o‘yinda MYU o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan deyarli 2 barobar ko‘p yuqori pressing natijasida to‘pni olib qo‘yish qayd etgani— 2-rasmiy o‘yin uchun ideal raqamlar. Bu — Poch MYUda qurmoqchi bo‘lgan futbolga mos raqamlar va mos o‘yin. Pochettino ham bejizga: "Ikkinchi taymda aynan biz talab qilgan futbolni jamoa yaxshi darajada bajardi", — qabilida gapirmadi. Bu gaplarda haqiqatan jon bor edi shunchaki shablon gaplar emas edi. Ikkinchi taymda "Sporting" gol urishi shart bo‘lgan sharoitda 65% to'p nazoratiga ega bo'lib MYU darvozasi oldida bor-yo‘g‘i 0.60 xG yig‘a olgani va 2 dona aniq zarba bera olgani ham yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi. MYU haqiqatan to‘psiz o‘yinda — ham pressingda, ham quyi blokda — umuman struktura asosida faol harakat qila oldi. 2 kun oldin "Enfild"dagi og‘ir o‘yindan so‘ng, uzoq Portugaliya safari qilib, jismonan bunaqa yaxshi darajada ko‘ringani — MYUning 1 ochkosi va o‘yinini yanada qadrli qiladi. Poch qurmoqchi bo‘lgan kontr-pressing futboliga hozirgi hujum vakillari to‘liq mos profil ekanligini avvalroq ham aytib o‘tgandim. Mbeumo va Kunya — "Brentford" va "Vulverhempton" kabi to‘psiz o‘yinda faol pressing qiladigan jamoalardan kelgan. Amad ham mobil o‘yinchi, himoyada ham, pressingda ham ancha aktivlik ko‘rsata oladi. Brunu esa haqiqiy pressing mashinasi. Portugaliyalikning taktik intizomsizligi va pressingda jamoaviy strukturadan chiqib, alohida harakatlanishi kabi minuslarini ham Poch alohida ishlab to‘g‘rilay oladi. Xullas, yorug' kelajak uchun yana bir pozitiv topsa bo‘ladigan o‘yin MYU ijrosida.
Open in TelegramMarkaziy forvardlar mavzusini davom ettirsak, bunday klassik «9-lik» hujumchi bilan jamoa quradigan va shunday profildagi forvardlarga ehtiyoj sezadigan klub hamda murabbiy bor — «Atletiko» va Simeone. Simeonening o‘yin davomida amalga oshiradigan manyovrlari uchun Syorlot juda zarur. «Viking»ga qarshi 4-4-2 sxemasi bilan hujumda Xulian va Syorlot tandemini qo‘ydi. Biri hozirgi «Barsa» falsafasining shundoq tomiriga tushadigan markaziy hujumchi bo‘lsa, narigisi o‘tgan asr vaybini beradigan «target man» hujumchi. Ikkalasini ham bir vaqtda maydonga tushirib, bundan naf chiqara olishni zamonaviy murabbiylardan faqat Simeone eplay olsa kerak. Layk bosishga arziydi! «Viking»larning o‘zini ham u «Metropolitano»da «atletikochasiga» yutib qo‘ydi. Bu g‘alaba bilan 8 talikka kirish yo‘lida katta qadam tashladi — 8-o‘rindan bor-yo‘g‘i 3 ochko farq bor, xolos. Emerida ham, bunda ham hali imkoniyat to‘liq saqlanib turibdi.
Open in Telegram2025-yilda APL top klublari Sheshko, Gyokeresh, Voltemade va Isak kabi hujumchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Mana shu kvartetdan hozirga qadar asosiy tarkibda o‘rnini saqlab qolib, «yashab» keta olgani so‘zsiz Isak bo‘ldi. Chunki baribir Isak profil jihatdan yuqoridagi hujumchilardan farq qiladi hamda hozirgi zamonaviy markaziy hujumchilardan talab qilinadigan funksiyalarga ega gibrid forvard sanaladi. Baland bo‘yi (192 sm) bilan ikkinchi qavatlarda zo‘r qurol, yuqori tezligi bilan himoyachilar ortiga yaxshi ochiladi. «Target man» hujumchilardan farqli o‘laroq, ko‘pincha chap qanotga ko‘chib, yaxshi rivojlangan driblingi evaziga himoya chizig‘ini o‘zi bilan qanotga ergashtira oladi. Shuningdek, zamonaviy «soxta 9-lik» rolida ham talab qilinadigan funksiyalarni bemalol bajaradi: pastga tushib hujum qurishda faol qatnashadi va ikkinchi tempda hujumga qo‘shiladi — bu jihatdan Mbappeni eslatadi. Bonusiga ikkala oyoqda ham bir xil saviyada o‘ynay oladi. Ushbu ustunliklari bilan asosiy kamchiligi — pressingdagi intizomsizligini kompensatsiya qila oladi. Joriy mavsumda biz bilgan «praym» Isakka yaqinlashmoqda. Jumladan, kechagi «Bryugge»ga qarshi o‘yinda ham dubl qayd etib, asosiy qahramonga aylandi. Ikkinchi golida unga assistni kim bergani esa dahshat — yo‘q, Arauxo emas, Alisson! Alissonning ham «eski kasali» qo‘zib qoldi. 140 million yevrolik aktiv nihoyat faollashmoqda.
Open in TelegramKechagi o'yinlar ichidagi yagona sensatsiya Fransiyada bo'lib o'tdi. Kompani maksimal yo'qotishlar bilan kelgan va asosiy tarkibda ham majburan bir qator o'zgarishlarga qo'l urdi. Xususan, Laymerni "9-lik"ka qo'yib, Itodan chap qanot himoyachisi, Pavlovichdan pleymeyker, Braundan esa vinger (anchadan beri) yasashga majbur bo'ldi. Binder va Kodjolarga ham majburlikdan debyut imkoniyatini taqdim etdi. Yaxshi yangiliklardan — Musiala va Luis Dias lazaretdan qaytdi, lekin Kompany ularni asosiy tarkibda tushirib risk qilmadi. Kompanyning o'zi ham yelkasi sinib, gipsda yuribdi, bilasiz. "Qon chiqarib" yubormasa bo'lmaydi. Bunaqa holatdagi "Bavariya"ga o'zining futboli uchun to'p nazoratini topshirib qo'yib, qog'ozda 2-raqam bo'lib olib, vertikal futbol rejimiga o'tib natijani olishni biladi-da kimsan Anchelottining o'g'li! "Bavariya" 70% to'p nazoratiga ega bo'lib, atigi 0.94 xG yarata oldi. Oxirgi marta 1 xG ham yig'a olmagan o'yinini topa olmadim. Aytdim-ku, Kompani kabi murabbiylar tarafdorlariga o'zlari talab qilgan futbol standartlariga mos tarkib bo'lishi zarur. Lill g'alaba orqali 27-o'ringa chiqib oldi. Hujumda shu mavsum butsalarini mixga iladigan (o'zi ongli futbolni tugatib bo'lgan) Jiru va uning rotatsiya quroli — islandiyalik hujumchi; o'ngda Mbappening ukasi, chapda Yaponiyalik Ueda, Bakva, Diaunelar bilan YCHLda ortiqcha savollar bo'lmasligi kerak. Otasining natijalarini hisoblab, o'g'ilga bosimni oshirish — mantiqsizlik. Uzi bilan teng darajadagi ligada Zato "Lill" 3-o'rinda!
Open in TelegramGasperini kabi yuqori energiya talab qilinadigan uslub murabbiylari uchun rahbariyatning doimiy qo‘llovi hamda yetarlicha "zaxira qurollari" kerak bo‘ladi. MYU va "Real"ga qarshi ham Gasperini yigitlarida energiya defitsiti yuzaga chiqib, charchoq kuzatilgandi. Kechagi oltinga teng ochkoda esa yuqorida aytilganidek, zaxira almashinuvlari bilan umumiy tonus saqlab qolindi va to‘psiz himoyalanishda intensiv pressing uchun energiya yetib bordi. Misol PSVning super 1-taymi va sochilib ketgan 2-taymi o'rtasidagi farqni belgilovchi omil ham klass va jismoniy ko'rsatkichlar edi. Malen, Dibala, Kristante, Luli kabi sifatli rotatsiya qurollari bilan nafaqat talab qilingan intensiv futbol rejimi ushlab turildi, balki hujumga ham yangi impuls qo‘shildi. Bunaqa "telba" futbol egalari uchun zaxira doimiy keng bo‘lishi va o‘sha futbol standartlariga mos keladigan resurslar yetarli bo‘lishi natijalarda stabillikni, futbolda esa jozibadorlikni ta’minlab beradi. Yozdagi faol transferlar Gasperinining bugungi natijalari asosiy zamini bo‘lib qolmoqda deyish mumkin. 2 ta frontdayam yuqori energiya talab qilinadigan "telba futboli" bilan maksimal stabillik saqlab qolinayotganligi ham bejiz emas.
Open in TelegramTo‘g‘ri, "Barsa" ancha tejamkor rejimda o‘ynadi: liderlarga dam berdi, keyingi o‘yinlar uchun asrab qo‘ydi — Flik maksimalistlik qilmadi, to‘g‘ri. Lekin baribir ham qanaqa yondashuv yoki raqib bo‘lmasin, "Barselona"ning futboli o‘zgarmaydi, shunisiga neytral muxlis maza qiladi. Ozarbayjonga — Bokuga ham aynan o‘sha jozibali futbolni ko‘rish maqsadida katta turizm oqimi borgan edi. Bugun ham o‘sha yuqori intensiv pressing, o‘sha elita darajadagi intensivlik, o‘sha doimiy pozitsion futbol sezilib turgan edi. 2-taymda 3 xG, 7 ta xavfli vaziyat — baribir tejamkor deyilgani bilan katta energiya talab qiladigan o‘yinga intildi, plyus 76-daqiqada 1:4 hisobida Rafinyani hujumga tashladi. Ha, Flik ham ancha maksimalistlikni yig‘ishtirib, tejamkor rejimga o‘tgan, lekin o‘z futbolidan to‘liq chekinmaydi. Baribir 1:4 da ham hujumga intiladi, hatto "Sabah"ga qarshi ham — joning sog‘ bo‘lgurlar!
Open in TelegramPSJga pozitsion hujumda markaziy himoyachi Ermoso 9-lik zonada paydo bo‘lib gol urib ketmoqda — shok! Noodatiy hech narsa yo‘q, bu — Gasperini futboli belgisi, bu uning "telba" "Roma"si!
Open in TelegramBalde pozitsion kenglikni ta’minlash, progressiv to‘p tashishlar, markazga ko‘chib reyd uyushtirish va kombinatsion bog‘lamda ishtirok etish kabi funksiyalarda elit darajadagi kam sonli himoyachilardan biri. Bugungi o‘yinda "Barsa"dagi asosiy performans, menimcha, Baldeda edi. U nihoyat ideal formasiga qaytish umid uchqunlarini ham bergandi, lekin stabil karerasiga bolta uradigan muammo — jarohat uni yana zaxiraga mixlab qo‘ydi. Bugungi o‘yinda 60 daqiqada Balde: • To‘pga teginish — 49 ta; • To‘pni olib yurishlar soni — 24 ta (umumiy masofasi 335 m, o‘rtachadan yuqori); • To‘pni oldinga (raqib jarima maydoni tomon) olib yurishlar soni — 9 ta (umumiy masofasi 187 m, o‘rtachadan ancha yuqori). To‘g‘ri, "Sabah" fonida bu performans unchalik ko‘zga tashlanmasligi mumkin, lekin bu aslida praym Baldening asosiy funksiyalari edi. Balde va Kunde bilan "Barsa" pozitsion hujumda qanotlariga kreativlik hamda tezlik olib kiradi: Kunde yuksak texnikasi bilan, Balde esa sprinter tezligi va to‘p tashishlari bilan.
Open in Telegram"Nasaf"dan 1:0 ni ushlash bo‘yicha "Arsenal"ga, o‘z navbatida Ro‘ziqul Berdiyevdan Artetaga master-klass! Haqiqatan ham, 2-taymda o‘yin kartinasida "Al-Xolidiya" to‘p nazoratini total qo‘lga olib, tempni o‘ziga og‘dirgandek ko‘rindi, lekin keskinlik yarata olmadi. Berdiyev G‘aybullayevni maydonga tashlab, 3 ta markaziy himoyachi bilan ortga surildi. Ammo o‘yinda ham, statistikada ham "Nasaf" ancha tartibli himoyalandi: 2-taymda zarbalar 17/9 (aniq zarbalar 4/1) "Nasaf" foydasiga! "Xolidiya" pozitsion hujumda birorta jiddiy xavfli vaziyat tashkillashtira olmadi. Pressingda ham, umuman to‘psiz o‘yinda ham "Nasaf" ancha tetik ko‘rindi — Berdiyev o‘yin oldidan futbolchilarga Qashqadaryo tandiridan bergan ko‘rinadi! "Nasaf" haqida yana bir qator muhim jihatlarni qisqacha aytib o‘tmoqchiman: • Adenis Shala — Superligadagi transfer narxi, maoshidan kelib chiqib hamda kutilgan o‘yinni bera olish effekti tomonlama eng zo‘r legioner. Haqiqiy underrated! • Ro‘ziqul Berdiyev — taktik xilma-xillik hamda raqibdan va jamoasidagi bor resursdan kelib chiqib sxema almashtirish bo‘yicha eng zo‘r moslashuvchan murabbiy. Shu mavsumning o‘zidayoq, taxminan o‘zim ko‘rganim, 7 ta har xil sxemani sinab ko‘rdi. Bugun esa 4-1-4-1 da o‘ynadi. Hujumda Kilian Mbappe Yusuf Otubanjong bilanam uzingga torta oladigan darajada guzalsan Nasaf!
Open in TelegramJadvalda katta gigantlar oldida turgan yana bir jamoa — "Betis"ning bu natijasini murabbiy faktoriga bemalol taqasak bo‘ladi: "eski bo‘ri", qariya Manuel Pellegrini. "Slovan"ga qarshi o‘yinda ham asosiy tarkibning naq 5 nafar o‘yinchisini (markaziy himoya tandemi Bartra va Natan, qanotda Belyerin, markazda Roka va Bernal) zaxirada qoldirdi. Aytishingiz mumkin: "Buning uchun "Betis"da yaxshi shakllangan raqobatli tarkib ham bor-da, hujumda esa yaxshi saviyadagi ijrochilar yetarli!" Lekin mana shu o‘rta saviyadagi resurslar bilan ham ikkita frontda super natija qayd eta olayotganligi — Pellegrinining jamoaga ko‘chirgan "ko‘rinmas tizimi" mahsuli. O‘sha rotatsiyalar bilan ikkita frontni maksimal stabil ushlab tura olayotganligi ham uning bagajidagi boy tajriba mevasi aslida. Pellegrini Pep yoki Arteta singari qattiq tizimda boshqaradigan muhandis emas. U — chetdan ko‘rinmaydigan yumshoq tizimi va individual ijrochilarga to‘liq erkinlik bera oladigan, ularni top darajaga ko‘tara oladigan tajribali mutaxassis. "Goat", Ezzalzuli, Isko kabi ijrochilar aynan Pellegrini tizimida qayta tramplin olib, progressga erishmoqda. "Slovan"ga qarshi o‘yinda ham 742 ta pas va 70 foiz to‘p nazorati — Sloveniyada ham Pellegrini futboli atmosferasi anqib ketgan edi!
Open in Telegram"Komo"ning, xususan, Fabregasning cheklangan, o‘rta klassdagi resurslar bilan stabilligining zamirida Fabregasning pragmatizmi yotibdi aslida. To‘g‘ri, Fabregas natijalarni o‘zining futbolidan chekinmasdan qo‘lga kirityapti. Natija uchun yoki bor masallig‘idan kelib chiqib kuchni to‘g‘ri taqsimlash maqsadida boshqa falsafaga murojaat qilmayapti. Umuman o‘yin tempini raqibga topshirmasdan, komfort hisob sharoitida ham Fabregas jamoaga shunaqa mentalitetni singdirganki, natija jamoani aldab qo‘ymaydi. Ya’ni urg‘uni himoyalanishga qaratib, himoya liniyasi ortga chekinib, ehtiyotkorlik rejimi yoqilmaydi. Fabregasniki — zamonaviy stildagi pragmatizm. To‘liq o‘yin tempi raqibga topshirilmaydi, hammasi balansli. To‘pga, temp nazorati bilan himoyalanishga kuchni taqsimlaydi. Tushunishingiz uchun: yarim himoyada hozir "Milan"ga kerak bo‘lmay qolgan Richchini rotatsiya quroli qilib yuribdi markazda. Yarim himoyachi bo‘lgan Kunyaning universalligidan kelib chiqib, u o‘ynamagan pozitsiyasi qolmadi. Butun boshli o‘ng qanot yosh vinger Liberaliga qolib ketgan. Bunaqa resurslar bilan bunaqa stabillikni Fabregas faktoriga, uning zamonaviy pragmatizmiga taqashimiz mumkin bemalol.
Open in TelegramTezkor dahshat! "Arsenal" 1:0 hisobini ushlab qola olmadi. Niko Kovach buni epladi — "Arsenal"ga qarshi to‘psiz o‘yinda himoyada tartibli turib, natijani ham qo‘lga kiritish missiyasini bajarish bo‘yicha xohlagan klubga master-klass. Realizatsiyadan tashqari, "Borussiya"ning himoyada kompaktlik bilan ishonchli tura bilganini ham e’tirof etish kerak: misol, 30 zarba berdi (bu juda ko‘p), lekin shundan bor-yo‘g‘i 4 tasi aniq edi. "Borussiya" bu mavsum hazillashmayapti — boshqacha Kovach jamoasi bu mavsum.
Open in TelegramYuqorida aytilgan ssenariy takrorlandi deyarli. "Napoli" dastlab hisobda oldinga chiqib oldi — "Siti" yana "quvlovchi" rolida. Bunaqa vertikal futbolda o‘zini suvdagi baliqdek his qiladigan murabbiylar jamoasiga qarshi kompleks bor edi Mareskada — bu safar mag‘lubiyat emas, har holda yaxshi. Doku va Ndiayeni zaxirada qoldirib, "Arsenal"ga qarshi o‘yinni ham o‘ylagandi — jumladan, Diash va Husanovni ham. Lekin bu "Siti"ning mag‘lubiyatdan qutulishida Allegrining ham xizmati bor edi. Natijaga aldandi Maks hamda ortga surilishga majbur bo‘ldi — eski kasali, instinkt baribir ishlab ketdi. Sherkisi bor klub baribir avtobusdan teshik topib ketadi. Endi Napoli ayni dam 27-o'rin bilan hatto pley-of zonasidan tashqarida. Uyat!
Open in Telegram2-taymning dastlabki 10 daqiqasida "Real" 1 dan yuqori xG, vaholanki butun 1-bo‘limda 0.26 edi, umumiy 4 ta zarba, 3 tasi aniq — vaholanki butun 1-taymda bor-yo‘g‘i 4 dona zarba edi, aniq zarba yo‘q edi. To‘p nazorati ham total ustunlik "Real"da, PSVda hammasi 0-0-0 edi... 1-taymdagi pressingdan asar ham qolmagan edi, quyi blokka tushaldi. "Real"dan ultra-mega top, qo‘rqinchli shturm namoyish etildi — PSVni jarima maydoniga ko‘mib, sochib tashladi. "Real"dan "Bernabeu"da ochko olishning muhim sharti ham shu: 90 daqiqa o‘sha 1-taymdagi versiyani taqdim etibgina maqsadga erishish mumkin. PSVda esa bu jismoniy imkoniyatlar cheklangan. O'rtadagi zahira imkoniyatlari o'rtasidagi farq yuzaga chiqa boshlaydi.
Open in TelegramBirinchi taym uchun PSVdan top o‘yin! "Bernabeu"da to‘p nazoratini deyarli teng ko‘rsatkichda olib borib, "Real"ni agressiv kontr-pressing bilan o‘z jarima maydoni ichiga tiqib qo‘ygan PSVga shunchaki vau! Birinchi bo‘limda "Real" atigi 0.26 xG yig‘ib, darvozaga umuman aniq zarba bera olmadi hatto — PSV to‘pni raqib hujum vakillarigacha deyarli o‘tkazmayapti. Bu taymdagi ustunlik — qo‘rqinchli pressing mevasi. "Santyago Bernabeu"da "build-up"da o‘ta sovuqqon paslar bilan xotirjam chiqib ketishga esa shunchaki qoyil qolish kerak! Juda katta energiya talab qiladigan futbol namoyish etdi PSV — boshqachasiga "Bernabeu"da bunaqa yorqin performans ko‘rsatib ham bo‘lmaydi-da o‘zi. Endi ikkinchi taymda jismoniy ko‘rsatkichlar o‘rtaga chiqadi: bunaqa futbolni 90 daqiqa bir xil tempda o‘ynay oladimi Peter Bosh jamoasi — asosiy masala shu! Post tayyor gol ham tayyor. Valverdi biliardona gol bilan. Boshqa kimam bo'lardi.
Open in Telegram