Endi uy sotib olishdan oldin qurilish hujjatlarini online tekshirish mumkin Oʻzbekistonda uy sotib olishdan oldin qurilish hujjatlarini Yagona portal (MyGovUz) orqali tekshirish imkoni yaratildi. Xizmat 30 dan ortiq yoʻnalishdagi obyektlarni qamrab oladi. Portal orqali quyidagilarni bilish mumkin: • Obyektning nomi, aniq manzili, toifasi va foydalanishga topshirish muddati; • Qavatlar va xonadonlar soni, umumiy maydoni hamda loyiha qiymati; • Buyurtmachi, loyihachi va pudratchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar. Ma’lumotlarni ko‘rish bilan birga, obyektning qonuniyligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlarni yuklab olish imkoniyati ham yaratilgan: • Arxitektura-shaharsozlik kengashi xulosasi; • Ekspertiza xulosasi; • Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun berilgan ruxsatnoma. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi
Open in Telegram
Nasafnews.uz | Rasmiy kanal
❗Murojaat va reklama uchun: @nasafnewsuzgayoz Hamkor sahifalar: @karimovuz 15 k @foydalixona 8 k "nasafnews.uz" saytining Telegram'dagi rasmiy sahifasi orqali Qashqadaryo hayotiga oid rasmiy va ishonchli maʼlumotlarni kuzatib borishingiz mumkin.
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 12, 2026 | 7,280 |
| Nov 13, 2026 | 7,405 |
| Nov 14, 2026 | 6,800 |
| Nov 16, 2026 | 7,257 |
| Nov 17, 2026 | 7,000 |
| Nov 19, 2026 | 6,870 |
| Nov 20, 2026 | 6,480 |
| Nov 21, 2026 | 6,730 |
| Nov 23, 2026 | 7,590 |
| Nov 25, 2026 | 3,280 |
Most viewed this month
- 01Views8.82KForwards—Reactions15Comments—
- 02Views8.39KForwards—Reactions16Comments—
- 03Views7.8KForwards—Reactions14Comments—
- 04Views7.59KForwards—Reactions47Comments—
Latest posts
🌳15 ming tupdan ziyod 20 turdagi ko‘chat ekish ishlari boshlandi "Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati xabar berishicha, “yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi doirasida "Hududgaz Qashqadaryo" gaz taʼminoti filiali tomondan 16 ta shahar va tumanlarda 15 ming tupdan ziyod 20 turdagi ko‘chat ekish ishlari boshlandi. Mazkur xayrli tashabbus nafaqat hududlarni obodonlashtirish, balki yashil maydonlarni kengaytirish, atrof-muhit musaffoligini asrash va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi
Open in TelegramHamroyev G‘ayratjon Sultonovichni Nishon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi G‘ayratjon Hamroyev - 1985-yil Kasbi tumanida tug‘ilgan. U Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Tayinlovga qadar u viloyat hokimligida sho‘ba mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Faoliyati davomida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i hamda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida ham ishlagan. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi
Open in Telegram❗️Gazlashtirilmagan xonadonlar uchun elektr energiyasining bazaviy meyori 350 kVt·soatga oshirildi Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, isitish mavsumida tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan yoki gaz yetkazib berish imkoniyati cheklangan hududlardagi xonadonlar noyabr oyidan boshlab 350 kVt·soatgacha elektr energiyasi uchun 1 kVt·soatni 650 so‘mdan to‘lashini aytmoqda. Yangi tartib 1 noyabrdan amal qiladi. Imtiyoz tasdiqlangan ro‘yxat asosida avtomatik qo‘llaniladi — ariza yoki qo‘shimcha hujjat talab etilmaydi. Ro‘yxatlarni billing tizimiga kiritish 25 noyabrga qadar yakunlanishi belgilangan. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi
Open in Telegram❗️O‘qituvchilarning 62,3 foizi kasbiy sertifikatlashdan o‘ta olmadi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024–2026 yillarda sertifikatlash testlarida qatnashgan 47 936 nafar pedagogning 62,3 foizi yetarli ball to‘play olmagan. Sertifikat olganlar orasidan: ➖ 12 693 nafari 56–70 ball; ➖ 4 778 nafari 72–85 ball; ➖ 608 nafari esa 86 va undan yuqori ball to‘plagan. Sertifikatlashdan muvaffaqiyatli o‘tganlar ulushi davlat universitetlari bitiruvchilari orasida 39,9 foiz, pedagogika universitetlari bitiruvchilari orasida esa 37,2 foizni tashkil etgan. Testlarda qatnashganlar mamlakatdagi jami pedagoglarning 6,9 foiziga teng. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi
Open in Telegram❗️Qarshi tumanining ayrim mahallalarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi Beshkent shahri aylanma avtomobil yo‘lining 3 km qismida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotganini inobatga olib, kelgusida gaz quvurini taʼmirlash maqsadida avtomobil yo‘lini qaytadan qazish yoki yopiq usulda teshib o‘tish ishlariga zarurat tug‘ilmasligi uchun tuman markazini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, 35 yildan ortiq vaqtdan buyon foydalanib kelinayotgan 325 mm diametrli o‘rta bosimli yer osti gaz quvurini taʼmirlash rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 2026-yil 20-noyabrdan 7-dekabrga qadar quyidagi mahallalardagi jami 2 722 ta isteʼmolchi, jumladan, 2 699 ta xonadon va 23 ta kichik hamda o‘rta biznes subyektida tabiiy gaz taʼminoti to‘liq vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Qashqadaryo” GTF matbuot xizmati xabar berdi. Gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladigan mahallalar: • “Alisher Navoiy” MFY — 549 ta xonadon; • “Rovot” MFY — 424 ta xonadon; • “Xitoykent” MFY — 541 ta xonadon; • “Bunyodkor” MFY — 396 ta xonadon; • “Bodomzor” MFY — 362 ta xonadon; • “Navro‘z” MFY — 307 ta xonadon; • “Quyi Beshkent” MFY — 29 ta xonadon; • “Yuqori Beshkent” MFY — 91 ta xonadon. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi
Open in Telegram“Omadli Yil” yangi yil aksiyasi 🎄 Ucell özining 30 yilligini nişonlaşni davom ettiradi! Aksiya doirasida eng yuqori komplektatsiyadagi ZEEKR 001 Ultra avtomobili, şuningdek, iPhone 18 Pro Max, Apple Watch va AirPods öynaladi. Şuningdek, “Bor 90”, “Bor 110” yoki “Bor 160” tariflariga ulangan yangi abonentlar abonent töloviga muddatsiz çegirmaga ega böladilar! Bor 90: oyiga 90 000 söm örniga 80 000 söm. Bor 110: oyiga 110 000 söm örniga 95 000 söm. Bor 160: oyiga 160 000 söm örniga 130 000 söm. 📅 Aksiya muddati: 2026-yil 2-noyabrdan 20-dekabrgaça (şu kun ham qöşilgan holda). Batafsil
Open in Telegram🏔16 yoshli qashqadaryolik alpinist Himolay tog‘laridagi Ama-Dablam cho‘qqisini zabt etdi Qashqadaryolik 16 yoshli yosh alpinist Timur Rustamov o‘zining jasorati, qat’iyati va yuksak maqsadlari bilan barchaga namuna bo‘ldi. U Nepalning Himolay tog‘ tizmasida joylashgan, dengiz sathidan 6812 metr balandlikdagi mashhur Ama-Dablam cho‘qqisiga muvaffaqiyatli ko‘tarilib, O‘zbekiston bayrog‘ini dunyoning eng baland tog‘ cho‘qqilaridan birida mag‘rur hilpiratdi. Ama-Dablam Himolay tog‘larining eng go‘zal va texnik jihatdan murakkab cho‘qqilaridan biri hisoblanadi. Uning tik qoyali yonbag‘irlari, muzliklari va keskin ob-havo sharoitlari alpinistlardan yuqori mahorat hamda puxta tayyorgarlikni talab qiladi. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi
Open in TelegramChorvachilikni rivojlantirish, yangi imkoniyatlar va imtiyozlar! @nasafnewsuz rasmiy sahifasi
Open in TelegramYo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi: Elektron deklaratsiya xavf darajasi past deb baholansa, bojxona xodimisiz avtomatik rasmiylashtiriladi. Bojsiz olib kirish: • xalqaro aeroportlar orqali – 1000 $ • temir yo‘l va daryo orqali – 500 $ • avtomobil (piyoda) punkti orqali – 300 $ • alkogol – 2 litr • sigareta – 200 dona, sigara – 5 dona, tamaki – 100 gr • atir – 3 dona (har biri 300 ml dan oshmagan) • BFQ – 10 xil nomda (jami 3 kg gacha) Notijorat maqsadda olib kirayotgan shaxs temir yo‘l, daryo va avtomobil punktlari orqali 2 kundan kam, aeroport orqali 3 kundan kam bo‘lsa yoki bir oy ichida xorijda 3 va undan ortiq marta bo‘lsa, bojsiz olib kirish normalari qo‘llanilmaydi. Deklaratsiyasiz olib chiqish: • pul – 5000 $ gacha • guruch – 3 kg, non-bulka – 5 kg • go‘sht mahsulotlari – 2 kg, shakar – 2 kg, o‘simlik moyi – 2 kg • meva-sabzavot – 40 kg gacha • zargarlik buyumlari – 65 gr oltin va 200 gr kumush. Naqd milliy va xorijiy valyutada 100 mln so‘m ekvivalentidan ortiq mablag‘ni olib chiqish mumkin emas. @nasafnewsuz rasmiy sahifasi
Open in TelegramConnections
Similar channels
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati | Rasmiy kanal@yhxx_uzNews and media21K
Kitob tumani hokimligi| RASMIY🇺🇿@kitab_districtNews and media20.3K
Toşkentdan gapiramiz...@rmmmtshbNews and media20.6K
Dehqonobod tumani hokimligi@dehqonobodpressNews and media20.2K
Jurnalist24.uz@jurnalist24uzNews and media20.7K
Нетипичная Бухара@devuwky_buxaryNews and media19.8K
Farg'onaliklar@fargonalilarNews and media21K
Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати@andpressNews and media19.8K
