NAMDTU OLIMLARI BELARUSDA: YANGI ILMIY HAMKORLIK VA QÖŞMA LOYIHALAR SARI Namangan davlat texnika universiteti olimlari Belarus davlat universitetida ilmiy stajirovkani boşladi. Xorijiy safar doirasida universitetning Yaşil transformatsiya va iqlim özgarişi kafedrasi professori F.F. Hoşimov, Kimyo muhandisligi kafedrasi mudiri A.K. Oxundadayev hamda kafedra dotsenti M.I. Soliyev Minsk şahrida ilmiy izlanişlar olib bormoqda. Dastlabki uçraşuvda NamDTU delegatsiyasi Belarus davlat universiteti huzuridagi Fizik-kimyoviy muammolar ilmiy-tadqiqot instituti direktori, kimyo fanlari nomzodi, dotsent Yevgeniy Grinyuk bilan muloqot ötkazdi. Olimlar institutning ilmiy yönalişlari, zamonaviy laboratoriya imkoniyatlari va istiqbolli tadqiqot loyihalari bilan tanişdilar. Stajirovka davomida delegatsiya zamonaviy avtomatlaştirilgan viskozimetr va reotestometr qurilmalarining işlaş jarayonini örgandi. Uşbu uskunalar suyuqliklarning qovuşqoqligi, gidrogellarning elastikligi, mustahkamligi va boşqa fizik-kimyoviy xususiyatlarini yuqori aniqlikda tadqiq etiş imkonini beradi. Eng muhimi, taşrif doirasida gidrogellar sintezi va polimer materiallarning xususiyatlarini örganiş böyiça qöşma ilmiy tadqiqotlar olib boriş, natijalarni xalqaro naşrlarda eʼlon qiliş hamda “Belarus–Özbekiston” qöşma ilmiy loyihalar tanloviga taklif tayyorlaş yuzasidan dastlabki kelişuvlarga erişildi. Bu hamkorlik NamDTU olimlari uçun ilğor ilmiy laboratoriyalar tajribasini özlaştiriş, tadqiqotlar kölamini kengaytiriş va xalqaro ilmiy loyihalarda iştirok etiş imkoniyatlarini oşiradi. Batafsil 👀На русском 👀In English NamDTU rasmiy axborot kanallari: Web-site |Telegram |Instagram| XFacebook |YouTube | LinkedIn
Open in Telegram
NamDTU • NamSTU • НамГТУ
Namangan davlat texnika universitetining rasmiy telegram kanali Official Telegram channel of Namangan State Technical University Официальный Telegram-канал Наманганского государственного технического университета
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 24, 2026 | 558 |
| Nov 25, 2026 | 652 |
Most viewed this month
- 01Views964Forwards—Reactions4Comments—
- 02Views833Forwards—Reactions3Comments—
- 03Views790Forwards—Reactions2Comments—
- 04Views703Forwards—Reactions4Comments—
Latest posts
KOREYALIK INVESTOR NAMANGAN DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETIDA DUAL TAʼLIM ASOSIDA EKSPORTGA ASOSLANGAN IT KOMPANIYA VA SANOAT KORXONASI TAŞKIL QILADI Namangan davlat texnika universitetida Koreyalik investor tomonidan dual taʼlim asosida eksportga yönaltirilgan IT kompaniya va sanoat korxonasini taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Loyihaning eng muhim jihati — talabalar universitetda tahsil oliş bilan birga real işlab çiqariş jarayonlarida iştirok etişi, kasbiy tajriba orttirişi, daromad topişi va kelgusida iş bilan taʼminlaniş imkoniyatiga ega bölişidir. Uşbu istiqbolli loyiha yuzasidan universitetda Koreyaning Pathfinder va ORHEUNIL kompaniyalari vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda Namangan viloyati hokimining sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş böyiça maslahatçisi Şerzod Tursunov, universitet rektori, professor Oybek Ergaşev, Raqamli texnologiya vazirligi hududiy shöbasi boshliği R.Holmatov, IT Park Namangan viloyati filiali vakillari hamda koreyalik kompaniya vakillari iştirok etdi. Muloqotda IT kompaniya va sanoat korxonasini taşkil etiş, dual taʼlimni rivojlantiriş, talabalarni işlab çiqarişga jalb qiliş, şuningdek, töqimaçilik va dizayn yönalişlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, yangi mahsulotlar yaratiş, ularni içki va taşqi bozorlarga olib çiqiş hamda talabalar iştirokida kiçik işlab çiqariş taşabbuslarini yölga qöyiş istiqbollari körib çiqildi. Batafsil 👀На русском 👀In English NamDTU rasmiy axborot kanallari: Web-site |Telegram |Instagram| XFacebook |YouTube | LinkedIn
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 62 |
| 2 h | 502 |
| 4 h | 736 |
- After 1 hour502
- Total to date736
SPORT KUNI — MINI-FUTBOL MUSOBAQASI! Namangan davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti talabalari örtasida Sport kuni munosabati bilan mini-futbol musobaqasi taşkil etildi. Musobaqadan közlangan asosiy maqsad talaba-yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, sportga bölgan qiziqişni yanada oşiriş, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş hamda jamoaviylik, döstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaşdan iborat. Qiğin va murosasiz keçgan bellaşuvlar davomida talabalar özlarining jismoniy tayyorgarligi, çaqqonligi va jamoada işlaş mahoratini namoyon etdilar. Batafsil 👀На русском 👀In English NamDTU rasmiy axborot kanallari: Web-site |Telegram |Instagram| XFacebook |YouTube | LinkedIn
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 305 |
| 2 h | 612 |
| 4 h | 790 |
- After 1 hour305
- Total to date790
NAMDTUDA “ENG YAXŞI TYUTOR” TANLOVI ĞOLIBLARI ANIQLANDI! Namangan davlat texnika universitetida tyutorlarning faoliyati, taşabbuskorligi, tarğibot işlari hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirişga qöşayotgan hissasini eʼtirof etiş maqsadida taşkil etilgan “Eng yaxşi tyutor” tanlovi ğoliblari aniqlandi. Tanlovning quyidagi nominatsiyalari böyiça ğoliblar munosib taqdirlandi: 🏅 “Eng faol tarğibotçi tyutor” nominatsiyasi 🥇 1-örin — Ogaliqov Mirzaakbar Botiraliyeviç (Energetika muhandisligi fakulteti); 🥈 2-örin — Odilov Muzaffar Abduqahhor öğli (Axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt fakulteti); 🥉 3-örin — Abdurazaqov Sohibjon Sodiqjonoviç (Biznesni boşqariş fakulteti). 📚 “Eng faol kitobxon tyutor” nominatsiyasi 🥇 1-örin — Salomov Abduaziz Abduraximjonoviç (Transport va logistika fakulteti); 🥈 2-örin — Abduahatov Mahmudjon Maʼrufjon öğli (Mexanika va yengil sanoat muhandisligi fakulteti); 🥉 3-örin — Kenjayev Muzaffar Mirzaraximoviç (Yaşil transformatsiya va texnologiya fakulteti). 🚀 “Eng faol taşabbuskor tyutor” nominatsiyasi 🥇 1-örin — Şaropov Şuhratjon Töyçiyeviç (Iqtisodiyot fakulteti); 🥈 2-örin — Xaydarov Uluğbek Adhamoviç (Arxitektura va quriliş fakulteti); 🥈 2-örin — Mamadaliyev Abdumalik Valihanoviç (Axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt fakulteti); 🥉 3-örin — Muxitdinov Zohid Uktamoviç (Transport va logistika fakulteti). Barça ğoliblarni munosib natijalar bilan tabriklaymiz! Tyutorlik faoliyatida yangi taşabbuslar, samarali mehnat va yuksak natijalar tilaymiz! Batafsil 👀На русском 👀In English NamDTU rasmiy axborot kanallari: Web-site |Telegram |Instagram| XFacebook |YouTube | LinkedIn
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 532 |
| 4 h | 964 |
- After 1 hour532
- After 6 hours964
- Total to date964
PREZIDENT MAKTUBI — BUTUN YOŞ AVLOD UÇUN HAYOTIY SABOQ VA MASʼULIYAT DAʼVATI Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 23-noyabr kuni eʼlon qilingan “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub” mazmun-mohiyati Namangan davlat texnika universiteti talabalari eʼtiboriga havola etildi. Universitet rektori Oybek Ergaşev talabalar bilan muloqot davomida maktubda bayon etilgan hayotiy qaraşlar, samimiy nasihatlar va muhim tamoyillar haqida söz yuritib, uning mazmunini yoşlar bilan örtoqlaşdi. Maktubda ilgari surilgan fikrlar muayyan bir murojaat doirasidan ança keng maʼnoga ega bölib, butun yoş avlod, barça farzandlarimiz uçun muhim hayotiy yöriq va tarbiyaviy saboqdir. Unda Vatanga muhabbat, xalq manfaatiga xizmat qiliş, ilm-maʼrifatga intiliş, vaqtni qadrlaş, halollik, mehnatsevarlik va ajdodlarga munosib voris böliş kabi qadriyatlar teran ifodalangan. Rektor uşbu tamoyillarning har bir yoş hayotidagi örni haqida töxtalib, talabalarning bilim olişga masʼuliyat bilan yondaşişi, tanlagan kasbini puxta egallaşi hamda kelajakda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan yetuk mutaxassislar bölib yetişişi muhimligini taʼkidladi. Zero, bugungi talaba — ertangi kunning mutaxassisi, olimi, rahbari va jamiyat bunyodkoridir. Uning bilimi, dunyoqaraşi va hayotiy pozitsiyasi mamlakat kelajagini belgilaydi. Maktubning boş ğoyasi — har bir yoşni Vatan taqdiri uçun masʼuliyatni his etadigan, ilmli, halol, fidoyi va munosib inson bölib voyaga yetişga undaşdir. Batafsil 👀На русском 👀In English NamDTU rasmiy axborot kanallari: Web-site |Telegram |Instagram| XFacebook |YouTube | LinkedIn
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 155 |
| 2 h | 662 |
- Total to date662
Forwarded from ÖzLiDeP - Namangan
😎Namanganda ÖzLiDePning viloyat konferensiyasi bölib ötdi 💠Bugun viloyat Ma'rifat maskanida ÖzLiDeP Namangan viloyat partiya taşkilotining navbatdagi konferensiyasi bölib ötdi. Unda partiyaning dekabr oyida ötkazilişi rejalaştirilgan Kongressiga tayyorgarlik masalalari körib çiqildi. Tuman va şahar konferensiyalarida bildirilgan takliflar umumlaştirilib, hududlarda partiya faoliyatini takomillaştiriş böyiça ustuvor vazifalarga e’tibor qaratildi. Konferensiyada tadbirkorlar va fermerlar manfaatlarini himoya qiliş, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlaş hamda aholi bandligini oşirişga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş muhimligi ta’kidlandi. Şuningdek, yoşlar, işbilarmon xotin-qizlar, özini özi band qilgan fuqarolar hamda ta’lim va tibbiyot sohasi vakillari bilan muloqotni kengaytiriş masalalariga töxtalib ötildi. Viloyatdagi partiya taşkilotlari va mahalliy Kengaşlardagi deputatlik guruhlari hamkorligini kuçaytirişga ham alohida e’tibor qaratildi. Aholi va tadbirkorlar kötargan muammolarni tegişli ijro organlariga yetkaziş, ularning yeçimi ustidan deputatlik nazoratini olib boriş muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi. Konferensiya yakunida Kongressga tayyorgarlikning navbatdagi bosqiçida amalga oşiriladigan taşkiliy vazifalar belgilab olindi. #ÖzLiDeP #Konferensiya #Namangan ÖzLiDeP Namangan viloyati Kengaşi Matbuot xizmati 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook
Open in TelegramForwarded from Edu.uz
#Universida2026_2027 “Universiada – 2026/2027” respublika final bosqiçiga start berilmoqda! Talaba-yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, sportni ommalaştiriş, iqtidorli sportçilarni aniqlaş hamda ularning mahoratini oşiriş maqsadida an’anaviy “Universiada” sport musobaqalarining 2026/2027-öquv yilidagi respublika final bosqiçi boşlanmoqda. Musobaqalar 2026-yil 1-dekabr kuni Xorazm viloyatida boşlanib, 2027-yil 25-aprelga qadar davom etadi. Musobaqalar taqvimi: ↪️1–4-dekabr — Xorazm viloyati Şaxmat va şaşka ↪️9–12-dekabr — Toşkent viloyati Stol tennisi ↪️15–18-dekabr — Samarqand viloyati Street workout 2027-YIL ↪️19–23-yanvar — Jizzax viloyati Belboğli kuraş ↪️26–30-yanvar — Sirdaryo viloyati Dzyudo ↪️2–6-fevral — Farğona viloyati Erkin va yunon-rum kuraşi ↪️16–19-fevral — Namangan viloyati Yengil atletika ↪️23–27-fevral — Andijon viloyati Kuraş ↪️2–7-mart — Qaşqadaryo viloyati Futbol ↪️16–19-mart — Surxondaryo viloyati Badminton ↪️24–27-mart — Toşkent şahri Stritbol ↪️6–11-aprel — Qoraqalpoğiston Respublikasi Voleybol (erkaklar va ayollar) ↪️13–18-aprel — Buxoro viloyati Gandbol (erkaklar va ayollar) ↪️20–25-aprel — Navoiy viloyati Basketbol (erkaklar va ayollar). Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 285 |
| 2 h | 545 |
- After 1 hour285
- Total to date545
NAMDTU TALABALARI — “UNIVERSIADA–2026” RESPUBLIKA BOSQIÇIGA YÖLLANMA OLDI! Namangan davlat texnika universiteti talabalari “Universiada–2026” sport musobaqalarining şaşka va şaxmat yönalişlarida munosib natija qayd etib, har ikki yönalişda ham 1-örinni qölga kiritdi. Jumladan: 🥇 Rahimjonov Ibrohim — 14A-23-guruh talabasi, shaxmat bo‘yicha 1-o‘rin. 🥇 Kamalov Ulug‘bek — 12-ATT-24-guruh talabasi, shashka bo‘yicha 1-o‘rin. Ğoliblar mazkur natijalari bilan “Universiada–2026” musobaqalarining Respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi. Talabalarimizni uşbu yutuq bilan tabriklaymiz! Respublika bosqiçida ham zafarlar yor bölsin! Batafsil 👀На русском 👀In English NamDTU rasmiy axborot kanallari: Web-site |Telegram |Instagram| XFacebook |YouTube | LinkedIn
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 333 |
| 2 h | 700 |
| 4 h | 833 |
- After 1 hour333
- Total to date833
Forwarded from Edu.uz
🇺🇸 Donald Tramp Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan sovğa qilingan özbek milliy ayvonlari uçun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi. Donald Trampning qayd etişiça, ötgan hafta Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Sidiqov va AQŞ Içki işlar vaziri Dag Burgum iştirokida ötkazilgan taqdimot marosimi çoğida «Marine One» vertolyotida uşbu ayvonlar ustidan uçib ötiş uning uçun alohida şaraf bölgan. U özbek ustalarining mahorati va mehnatiga yuqori baho berib, ayvonlar 200 yillik toğ yonğoği yoğoçidan tayyorlanganini alohida ta’kidladi. Uning sözlariga köra, özbekistonlik hunarmandlar uşbu inşootlarni yaratiş uçun bir neça oy davomida oilalaridan uzoqda bölib, noqulay ob-havo şaroitida ham mehnat qilgan. Prezident bu ustalarni haqiqiy iste’dod sohiblari deb atadi. AQŞ Prezidentining ta’kidlaşiça, mazkur ayvonlarni şaxsiy mulk sifatida saqlab qoliş örniga, ularni jamoatçilik foydalanişi uçun taqdim etişga qaror qilgan. Ayni paytda ular Vaşingtondagi Tidal Basin suv havzasi sohilida, Jefferson memoriali va Vaşington monumenti körinib turadigan hududda joylaştirilgan. Şuningdek, Donald Tramp bir yildan söng Milliy qahramonlar boği oçilişi bilan mazkur ayvonlar şaharning eng gavjum va diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylanişiga işonç bildirdi. U yerda diplomatik qabullar, gözallik va madaniy tadbirlar, Sakura gullaşi festivali doirasida esdalik suratlari hamda turli jamoatçilik tadbirlarini ötkaziş rejalaştirilgan. "Özbekistonlik mohir ustalar haqiqiy iste’dod sohiblaridir! Ular uşbu gözal ayvonlarni yuksak mahorat bilan bunyod etişdi. Bu ayvonlar çindan ham hayratomuz!" - deb yozdi Donald Tramp. AQŞ Prezidenti, şuningdek, loyihani amalga oşirişda yaqindan hamkorlik qilgan Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi va AQŞ Milliy boğlar xizmatiga minnatdorlik bildirdi. Ma’lumot uçun, mazkur ayvonlar Özbekiston hunarmandlarining milliy me’morçilik an’analari va yuksak hunarmandçilik mahoratini Amerika jamoatçiligiga namoyon etuvçi öziga xos tuhfa böldi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 419 |
| 3 h | 633 |
| 4 h | 703 |
- After 1 hour419
- After 6 hours703
- Total to date703
Forwarded from Zakovat: Namangan
🔥OTMlar o’rtasidagi Intellektual olimpiadaning hududiy saralash o’yini yakuniga ko’ra quyidagi jamoalar respublika yo’llanmasini qo’lga kiritishdi: 1. Namangan davlat texnika universiteti. 2. Namangan davlat universiteti. 📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 495 |
| 3 h | 618 |
- After 1 hour495
- Total to date618
Connections
Similar channels
Edu.uz@eduuzEducation144K
National Erasmus+ Office Uzbekistan@erasmus_uzEducation4.71K
Yoşlar.edu.uz@yoshlareduuzEducation103K
Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali@andtexnikaEducation5.87K
TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali@ttatf2018Education5.3K
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat çet tillari instituti@ibratnamdchtiEducation4.58K
Zakovat: Namangan@namangan_zakovatnntHumor and entertainment2.42K
ÖzLiDeP - Namangan@uzlidep_namanganPolitics1.22K
Mentioned by
Edu.uz@eduuz10 mentionsLatest post
Yoşlar.edu.uz@yoshlareduuz2 mentionsLatest post
Davlatobod tumani hokimligi | rasmiy kanali@govuzdavlatobod1 mentionLatest post
TDTU Termiz filiali |Rasmiy kanali@ttatf20181 mentionLatest post
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat çet tillari instituti@ibratnamdchti1 mentionLatest post
Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali@andtexnika1 mentionLatest post
Mentions
Edu.uz@eduuz2 mentions, 2 reposts
ÖzLiDeP - Namangan@uzlidep_namangan1 mention, 1 repost
Donald J. Trump 🇺🇸@realdonaldtrump_en1 mention
Zakovat: Namangan@namangan_zakovatnnt1 mention, 1 repost
National Erasmus+ Office Uzbekistan@erasmus_uz1 mention, 1 repost