#DXX
🕋 “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga uringanlar aniqlandi
🙏 Bugungi kunda fuqarolarning “Umra” ibodatini ado etishlari uchun keng imkoniyatlar berilgan. Ammo ayrim shaxslar tomonidan fuqarolarni “Umra” ziyoratiga belgilangan tartib-qoidalarga zid ravishda, noqonuniy yo‘llar bilan yuborishga urinish holatlari uchrab turibdi. Oqibatda, insonlar ziyoratga borish umidida mablag‘ to‘plab, turli va’da va bahonalar bilan sarson-sargardon bo‘lmoqda.
🔥 Bu kabi salbiy holatlarga chek qo‘yish yuzasidan DXX tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida muntazam ravishda faol tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan,
1️⃣ Navoiy viloyatida o‘tkazilgan faol tadbirda Qiziltepa tumanida yashovchi, 1979 y.t. shaxs go‘yoki “Umra” ziyoratiga yuboruvchi turistik firmalardagi yaqin tanishlari orqali 2 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 2500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Ushbu shaxsga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
2️⃣ Namangan shahrida yashovchi, 1981 y.t. shaxs ham o‘zini turistik firma vakili sifatida tanishtirib, 3 nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga jami 3150 AQSH dollari talab qiladi.
O‘tkazilgan faol tadbirda mazkur shaxs oldindan 1100 dollarni olgan vaqtda ushlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u muqaddam bir necha marotaba firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan va hozirda JKning 168-moddasi 4-qismi bo‘yicha probatsiya nazorati ostida jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lgan.Hozirda unga nisbatan ham JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
3️⃣ Fuqarolarni noqonuniy “Umra” ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq yana bir faol tadbir Qo‘qon shahrida ham o‘tkazildi. Unda turistik firma rahbari “Umra” ziyoratini tashkil etishga huquqiga ega bo‘lmay turib, 2 nafar fuqaroni muqaddas ziyoratga yuborish evaziga jami 2300 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Ushbu shaxsga nisbatan JKning 25,168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
🔥 Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating.
✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube