Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im uchun
Ey Hojam... sizga bo‘lgan sevgim to‘lib toshganda bu yuragimda sizga atalgan muhim so‘zlarim bor...
Bugun shu so‘zlarimni tilimga ko‘chirishimga ijozat bering...
Menga bergan va‘daningizga ishonib, manzilimiz ohiri nikoh atalmish go‘zal visol bo‘lishini Allohdan so‘rab duoda bo‘layotgan bir ojizaning dildagi bitiklari deb biling.
Ba‘zida sizni rashk qilib, no o‘rin so‘zlar bilan ko‘ngligizni ranjitsam, ayolligimga borib, hisiyotga berilsam buni "Behuda so‘zlar" deb emas "Ojizaning muhabbati" deb qabul qiling.
Sizdan kutadigan mehrim-u e‘tiborimni, "Meni yaxshi ko‘rmaysiz" deb arazlashimni, doim o‘zgarib turadigan kayfiyatimni...
"Injiqlik" deb emas "Ayollik fitrati" deb qabul qiling...
Bu ojiz aqlim bilan teran fikrlaringizni mag‘zini chaqishga zakovatim yetmasa, "Ayollar tovuq miyya" degan haqoratni emas. "Ayollarning aqli va dini noqisdir" degan hadsni yodga oling...
Zero ayollar ojizaligi va noqisligi bilan go‘zaldir...
Behuda rashkim ham, no o‘rin jahlim ham, yosh boladek kulishim-u sababsiz yig‘lashimni, gohida o‘zim ham tushuna olmaydigan fitratimni erkalik va injiqlik emas, "Qiyshiq qovurg‘am" deb qabul qiling...
Alloh umringizni uzun rizqingizni ulug‘ qilsin, oilangiz uchun chekayotgan zahmatlaringiz, qilayotgan mehnatlaringizni Robbim qiyomat kuni "Foydangizga hujjat qilsin"
"Sizni jannat bilan siylasin deb haqqingizga duo qiluvchi"
"Qiyshiq qovurg‘angiz"
Muslima🌷