Assalomu alaykum yaxshimisizlar hammadan uzr so'riymiz bu jonli efirga tayyorgarlik uchun ochilgandi. Salomat bo'linglar.
Open in TelegramPosts of "Muslimaat Turkiya" markazi
NAFS — INSONNING ENG KATTA SINOVLARIDAN BIRIDIR. Ba’zan insonning eng katta jangi tashqi dunyo bilan emas, o‘z qalbi ichida kechadi. Bu — nafs bilan kurashdir. Nafs insonni oson yo‘lga boshlaydi, sabr qilishdan charchatadi, gunohni arzimas qilib ko‘rsatadi. Unga ergashish oson, ammo uni jilovlash uchun iroda, sabr va mustahkam iymon kerak. Nafs istagan narsaning hammasi ham biz uchun foydali emas. Ba’zan qalbimiz xohlagan narsadan voz kechishimiz, tilimizga kelgan so‘zni aytmasligimiz, g‘azabimizni yutishimiz va hech kim ko‘rmayotgan paytda ham to‘g‘ri yo‘lni tanlashimiz kerak bo‘ladi. Unutmang, haqiqiy kuch boshqalarni yengishda emas, o‘z nafsini jilovlay olishdadir. Insonning qadri har bir istagiga erishganida emas, balki Alloh rozi bo‘lmaydigan istaklaridan voz kecha olganida namoyon bo‘ladi. Nafs bilan kurash bir kunlik ish emas. Bu — har kuni davom etadigan, ba’zan yiqilib, yana turishni, xato qilib, tavba bilan qaytishni talab qiladigan yo‘ldir. Eng buyuk g‘alabalardan biri — o‘z nafsing ustidan qozongan g‘alabangdir! Asosiy savollaringizga tezkor javob olish imkoniyati @muslimaat_turkiya Yaqinlar uchun💋 https://t.me/muslimaat_markazi. Izohlarda o'z fikringizni qoldiring! 😊
Open in Telegram🌿 ISLOMDA POKLIK VA OZODALIK — IYMON GO‘ZALLIGIDIR. Poklik — bu shunchaki tashqi ko‘rinish emas, balki insonning hayot tarzi, qalbi va ma’naviyatida namoyon bo‘ladigan go‘zallikdir. Islom dini bizni nafaqat qalbimizni hasad, kibr va gina-quduratdan poklashga, balki tanamizni, kiyimimizni, uyimizni va atrof-muhitimizni ozoda saqlashga ham o‘rgatadi. Rasululloh ﷺ poklikka alohida e’tibor qaratganlar. Zero, pokiza inson o‘ziga ham, atrofidagilarga ham hurmat bilan munosabatda bo‘ladi. Haqiqiy poklik tahorat bilan boshlanib, go‘zal xulq bilan davom etadi. U kiyimimizda, uyimizda, ko‘chamizda, so‘zlarimizda va qalbimizda aks etadi. 🌱 Unutmang: ozodalik — madaniyat, poklik — go‘zal fazilat, qalb pokligi esa insonning eng ulug‘ ziynatlaridan biridir. Keling, poklikni faqat odat emas, balki hayotimizning ajralmas qismiga aylantiraylik. Chunki pokiza hayot — go‘zal xulq va yuksak ma’naviyat sari qo‘yilgan muhim qadamlardan biridir. Asosiy savollaringizga tezkor javob olish imkoniyati @muslimaat_turkiya Yaqinlar uchun💋 https://t.me/muslimaat_markazi. Izohlarda o'z fikringizni qoldiring! 😊
Open in Telegram📚 ILM YO‘LIDA O‘ZINGIZGA ORTIQCHA QULAYLIK YARATMANG! Ilm yo‘li — faqat istak va havas bilan bosib o‘tiladigan yo‘l emas. Bu yo‘l sabr, intizom, fidoyilik va nafs bilan kurashishni talab qiladi. Ba’zan darsga borish o‘rniga dam olishni, vazifani bajarish o‘rniga ertaga qoldirishni, qiyinchilikka duch kelganda esa osonroq yo‘lni tanlashni istaymiz. Ammo unutmang: Har safar o‘zingizga ortiqcha qulaylikni tanlaganingizda, maqsadingizdan bir qadam uzoqlashishingiz mumkin. Ilm yo‘lida o‘zingizni qiynash emas, o‘zingizni tarbiyalash muhim. Qulaylikka qul bo‘lmang, lekin tanangiz va ruhingizning haqqini ham unutmang. Dam olish — sustlik emas, zarurat. Ammo har bir qiyinchilikdan qochish odatga aylansa, maqsadga yetish qiyinlashadi. Ilm talabasi har doim ham o‘zi istagan sharoitni kutib o‘tirmaydi. Vaqti kam bo‘lsa, vaqtini tartibga soladi. Charchasa, dam olib, yana davom etadi. Tushunmasa, qayta o‘qiydi. Unutsa, takrorlaydi. Chunki u ilmning qadrini biladi va maqsadiga sodiq qoladi. 🌿 Ilm yo‘lida qulaylikni emas, maqsadingizni ustun qo‘ying! Asosiy savollaringizga tezkor javob olish imkoniyati @muslimaat_turkiya Yaqinlar uchun💋 https://t.me/muslimaat_markazi. Izohlarda o'z fikringizni qoldiring! 😊
Open in Telegram🌿 ILM YO‘LIDAGI QIYINCHILIKLARGA BARDOSH BERISH. Ilm yo‘li — sabr, matonat va fidoyilik yo‘lidir. Bu yo‘lda ba’zan charchoq, tushkunlik, vaqt yetishmasligi va turli sinovlarga duch kelamiz. Ammo shuni unutmaylik: qadrli maqsadlarga osonlik bilan erishilmaydi. Ba’zan bir sahifani tushunish uchun qayta-qayta o‘qishga, bir masalani anglash uchun uzoq izlanishga to‘g‘ri keladi. Ba’zan esa qalbimizda dangasalik va umidsizlik paydo bo‘ladi. Ana shunday damlarda o‘zimizga bir savol beraylik: ''Men bu yo‘lga nima uchun chiqqan edim?'' Ilm olishni boshlash — jasorat, uni davom ettirish esa sabrdir. Haqiqiy matonat — hech qachon charchamaslik emas, balki charchagan paytingizda ham maqsadingizni unutmaslikdir. ✨ Qiyinchiliklar sizni ilm yo‘lidan qaytarmasin, aksincha, yanada matonatli bo‘lishingizga sabab bo‘lsin. Chunki bugungi sabringiz ertangi kamolingizga yo‘l ochishi mumkin. Alloh barchamizga manfaatli ilm, mustahkam iroda va ilm yo‘lida bardavom bo‘lishni nasib etsin. Asosiy savollaringizga tezkor javob olish imkoniyati @muslimaat_turkiya Yaqinlar uchun💋 https://t.me/muslimaat_markazi. Izohlarda o'z fikringizni qoldiring! 😊
Open in Telegram🧕G‘assollik ilmi — inson hayotidagi eng mas’uliyatli va savobli amallardan biri bo‘lib, poklik, mehr va marhumga hurmatni o‘zida mujassam etadi. Marhumni shariat ko‘rsatmalariga muvofiq yuvish va kafanlash tartiblarini o‘rganish — har bir musulmon jamiyati uchun muhim ehtiyojdir.🌸 G‘assollik ilmi to‘garagimizda marhumni yuvish odoblari, zaruriy hukmlar va amaliy masalalarni ustozlar rahbarligida o‘rganib, bilimlarimizni mustahkamlaymiz. ''Muslimaat'' ta'lim markazimizda ilm olish siz uchun qiziq bo'lsa hoziroq ro'yxatdan o'ting! Asosiy savollaringizga tezkor javob olish imkoniyati @muslimaat_turkiya Yaqinlar uchun💋 https://t.me/muslimaat_markazi. Izohlarda o'z fikringizni qoldiring! 😊
Open in Telegram❤️Qur’on — qalblarga nur, ruhlarga taskin va hayotimizga hidoyat bag‘ishlovchi Allohning muborak kalomidir. Har bir yodlangan oyat — qalbimizda saqlanadigan bebaho xazina, har bir takror esa shu xazinani yanada mustahkamlaydigan qadamlardir. Qur’on yodlash orqali nafaqat oyatlarni xotiramizga muhrlaymiz, balki qalbimizni ma’naviy boyitib, hayotimizni uning nuri bilan bezaymiz. To‘garagimizda birgalikda yod olamiz, takror qilamiz va ustozlar ko‘magida Qur’on bilan bog‘liqligimizni yanada mustahkamlaymiz. Qur’onni qalbiga jo qilmoqchi bo‘lgan aziz opa-singillar, sizni ilm va baraka sari chorlaymiz — bugun boshlagan qadamingiz umringizga nur, qalbingizga huzur olib kelsin!🤍 Asosiy savollaringizga tezkor javob olish imkoniyati @muslimaat_turkiya Yaqinlar uchun💋 https://t.me/muslimaat_markazi. Izohlarda o'z fikringizni qoldiring! 😊
Open in Telegram❤️Arab tili — Qur’oni Karim nozil bo‘lgan, qalblarga nur va tafakkurga teranlik baxsh etuvchi muborak tildir. Bu tilni o‘rganish orqali Qur’on oyatlari ma’nosini chuqurroq anglash va islomiy merosimizga yanada yaqinlashish imkoniga ega bo‘lasiz.❤️ Arab tili to‘garagimizda birgalikda o‘rganamiz, izlanamiz va ilmimizni mustahkamlab, ma’naviy kamolot sari intilamiz. Ilmga oshno qalblar safida bo‘lishni istasangiz, bizga qo‘shiling — bugun boshlagan qadamingiz ertangi yutuqlaringizga poydevor bo‘lsin! ''Muslimaat'' ta'lim markazimizda sizni kutamiz! Asosiy savollaringizga tezkor javob olish imkoniyati @muslimaat_turkiya Yaqinlar uchun💋 https://t.me/muslimaat_markazi. Izohlarda o'z fikringizni qoldiring! 😊
Open in Telegram🧕Hadis — Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ ning muborak so‘zlari va hayot yo‘llarini o‘rgatuvchi bebaho xazinadir. Har bir hadis qalbimizga nur, hayotimizga hikmat va amallarimizga go‘zal namuna bag‘ishlaydi.🤍 Keling, Rasululloh ﷺ sunnatlarini chuqurroq o‘rganib, ilmimizni ziyoda va hayotimizni mazmunli qilaylik. Hadis to‘garagimizda ilm yo‘lida birlashamiz, muborak merosni o‘rganamiz va olgan bilimlarimizni hayotimizga tatbiq etamiz. Hadis ilmiga oshno bo‘lishni istagan barcha opa-singillarni to‘garagimizga taklif qilamiz — zero, ilm sari qo‘yilgan har bir qadam ezgulikka eltadi! Hadis ilmining so'ngida - Ijoza beriladi! Asosiy savollaringizga tezkor javob olish imkoniyati @muslimaat_turkiya Yaqinlar uchun 💋 https://t.me/muslimaat_markazi. Izohlarda o'z fikringizni qoldiring! 😊
Open in TelegramOtamning roziliklari — Ularning bir og‘iz “roziman” degan so‘zlari menga mingta maqtovdan ham qadrliroq tuyuladi. Men uchun bu dunyodagi eng katta baxt va bebaho boylikdir. Chunki otamning duosi bor ekan, hayot yo‘limda qanday qiyinchilik bo‘lmasin, qalbimda kuch topaman. Siz qanday fikrdasiz? Asosiy savollaringizga tezkor javob olish imkoniyati @muslimaat_turkiya Yaqinlar uchun⤵️ https://t.me/muslimaat_markazi. Izohlarda o'z fikringizni qoldiring! 😊
Open in TelegramMo‘min — zaiflikni bahona qilmay, Allohga suyanib kuch topadigan inson. Uning kuchi bilagida emas, nafsini jilovlay olishida, g‘azabini yuta olishida, gunohdan yuz o‘girishida va qiyinchilikda umidsizlikka tushmasligidadir. Ilm esa insonni kuchli qiladi. Ilm olish uchun bizning ''Muslimaat'' ta'lim markazimizga marhamat! Bu ilm dargohida siz o'zingiz uchun kerakli bo'lgan barcha bilimlarni egallashingiz mumkin. O‘zingiz, oilangiz va kelajagingiz uchun ilm olishga bugundan qadam qo‘ying. Asosiy savollaringizga tezkor javob olish imkoniyati @muslimaat_turkiya Yaqinlar uchun⤵️ https://t.me/muslimaat_markazi. Izohlarda o'z fikringizni qoldiring! 😊
Open in TelegramTahfiz o'zi qanday kurs? Tahfiz – bu Qur'oni Karimni mukammal tarzda, qoidalari bilan to'liq yod olish va uni qalbga ko'chirish maskani. 2 yil davom etadigan ushbu muborak yo'l sizni buyuk marra sari yetaklaydi. Kurs yakunida siz nafaqat to'liq Hofizi Qur'on bo'lasiz, balki muqaddas zanjirga ulangan Ijoza egasiga ham aylanasiz! Bu hayotingizdagi eng ma'noli va eng sharafli qaror bo'lishi aniq. Qur'on bilan yashang, qalbingizni nurga to'ldiring. Muslimaat ta'lim markazining ''Tahfiz kursimizga marhamat!" Asosiy savollaringizga tezkor javob olish imkoniyati @muslimaat_turkiya Yaqinlar uchun⤵️ https://t.me/muslimaat_markazi. Izohlarda o'z fikringizni qoldiring! 😊
Open in Telegram“O‘qishga kira olmadim… Endi nima qilaman?”deb o'ylayapsizmi? Albatta,Tahfiz dasturida o‘qing! Rasululloh ﷺ: «Allohning yer yuzidagi ahli bor». Sahobalar: «Ular kimlar, ey Allohning Rasuli?» deb so‘rashdi. U zot ﷺ: «Qur’on ahli — Allohning ahli va xos kishilaridir», dedilar. Muslimaat Ta’lim Markazida siz: — Qur’onni tajvid qoidalari asosida to‘g‘ri o‘rganasiz; — ustoz nazorati ostida to’liq yodlaysiz; — yodlaganlaringizni muntazam takrorlab, mustahkamlaysiz; — Qur’on bilan doimiy mashg‘ulot qilish odatini shakllantirasiz. Tahfiz kursimiz siz uchun qiziqarli bo'lsa — Muslimaat ta'lim markazimizda sizlarni kutamiz! Asosiy savollaringizga tezkor javob olish imkoniyati @muslimaat_turkiya Yaqinlar uchun⤵️ https://t.me/muslimaat_markazi. Izohlarda o'z fikringizni qoldiring — sizning fikringiz biz uchun muhim.😊
Open in Telegram📖Ilmli kishida ham kibr bo'ladimi? Va u qanday kechadi? 🎤Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Asosiy savollaringizga tezkor javob olish imkoniyati @muslimaat_turkiya Yaqinlar uchun⤵️ https://t.me/muslimaat_markazi
Open in TelegramAssalomu alaykum, aziz va hurmatli Ustozlar! 💡 Sizlarni Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xotirjamlik va ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz. Bizga bergan bilimlaringiz, mehringiz va sabringiz uchun katta rahmat. Har doim yuzingizdan tabassum arimasin! 💐 Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin! 🩷 Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning eng yaxshingiz Qur'onni o'rgangan va o'rgatganingizdir", deganlar. Allohim qilgan mehnatlaringizning ajr savobini ko'paytirib bersin!🌷 Alloh taolo qalbingizga sokinlik, oilangizga qut-baraka, rizqingizga kenglik ato etsin! Yo'lingizni doimo ilm nuri bilan yoritib, bizga berayotgan ilmingiz uchun O'zi sizga ikki dunyo saodatlarini nasib qilsin. Qadamlaringiz hamisha sobit, xizmatlaringiz xalqimiz va vatanimiz uchun bardavom bo'lsin! Hurmat va ehtirom ila, shogirdlaringiz.💐 Yaqinlar uchun: 💋 https://t.me/muslimaat_markazi
Open in Telegram“Qur’on yodlaysiz… lekin tez esdan chiqadimi?” “Hofizlikni orzu qilasiz, ammo qayerdan boshlashni bilmaysizmi?” Unda bu xabar aynan siz uchun! Ko’plab hofizalarni Qur’on yodlashiga sababchi bo’lgan Ta’lim markazimizda 2 yillik Offline Qur’on Hofizlik kursiga qabul boshlandi! 📖Bu kursda Qur’on shunchaki yodlatilmaydi… Murojaa bilan mustahkam yodlanadi — unutib ketmaslik uchun puxta tizim asosida. Xatolar bilan davom etib ketmaysiz! Har bir xato ustozlar tomonidan tekshirib, tuzatib boriladi. 🎓Ijoza olish imkoniyati mavjud. Lekin ijoza uchun 2 yil to‘liq ta’lim olish shart. 📖Darslarni Misrlik arab ustozlar olib boradilar — har bir ustozda 2 tadan ijoza mavjud. Kursga hamma bir xil qabul qilinmaydi. Avval darajangiz ustozlar tomonidan tekshiriladi, so‘ng mos bosqichga joylashtirilasiz. Tasavvur qiling… Bir necha yildan keyin Qur’onni mustahkam yod olgan, tajvid bilan to‘g‘ri o‘qiydigan va ijoza sari odimlayotgan siz… Qabul uchun hoziroq murojaat qiling! Joylar chegaralangan. Batafsil ma’lumot uchun admin 12soat ichida javob berishadi⬇️ @muslimaat_turkiya 📚Qur’on sizni kutmoqda… Balki bu sizning eng go‘zal boshlanishingizdir. Yaqinlar uchun: ⬇️ https://t.me/muslimaat_markazi
Open in TelegramMOTIRUDIY aqidasidamiz! Motirudiya aqidasi — islom olamidagi e'tiqodiy (aqidaviy) yo'nalishlardan biri bo'lib, unga 4-hijriy asrda yashab o'tgan buyuk alloma va mutakallim Imom Abu Mansur al-Moturudiy (vaf. 333/944 y.) asos solgan O'zbekiston va Markaziy Osiyo musulmonlarining mutlaq ko'pchiligi azaldan ushbu aqida yo'liga amal qilib kelishadi. 🌼Sizga o'z diningizni o'rganish qiziqarlimi? unda ''Muslimaat'' ta'lim markazimizga marhamat! Darslar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Rahimahullohning ilmiy meroslari asosida olib boriladi Asosiy savollaringizga tezkor javob olish imkoniyati @muslimaat_turkiya Yaqinlar uchun⤵️ https://t.me/muslimaat_markazi
Open in TelegramMuslimaat ta'lim markazi haqida nimalarni bilasiz? Muslimaat ta'lim markazi sizga o'zligingizni mukammal o'rganishga yordam beradi. Bu yerda siz: Qur'on Arab tili Fiqh Aqida Tazkiya Tavsir fanlarini malakali ustozlardan o'rganib jannatga eltuvchi yo'ldan yurasiz. Darslar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Rahimahullohning ilmiy meroslari asosida olib boriladi Muslimaat ta'lim markazida o'qishni istasangiz adminlarimiz bilan bog'laning! Asosiy savollaringizga tezkor javob olish imkoniyati @muslimaat_turkiya Yaqinlar uchun⤵️ https://t.me/muslimaat_markazi
Open in Telegram