LGdan MACBOOKgacha 💻
Bu arxivdagi rasm. Oddiy lg noutbukda dars o’tardim. Uniyam koreyalik tanish opam unga o’zbek tilini o’rgatganim uchun tekinga yuborgan edi sovg’a qilib🥹o’shanda yomon alam qiganidi haligacha esimdan chiqmidi.
Online darsga endi o’tgan paytlarim. O’quvchilarim 1-5 dona bo’lardi pul yetmasdi. Noutbugim yo’q, eski uyimizdagi kompyuterda dars o’tardim logitech kamera olib zoomdan. Qanchaga oganim esimda yo’q lekin o’sha payt man uchun o’sha summa qimmat bo’gani esimda aniq…..Xullas oradan 3 oy o’tar o’tmas kamera ishlami qoldi🫠qarindoshlarimdan qarzga pul so’radim 4-5 oyda qaytaraman deb. Lekin hech kimdan sado chiqmadi😅qo’lida tayinli ishi yo’q odamga kim qarz beradi hozir?! Yomon alam qigan o’shanda…..
Keyin majbur o’sha koreyalik opamdan 500$ so’raganman 2023-yil adashmasam. Pul beraman lekin dollar oshsa san ziyon qilasan undan ko’ra man sanga noutbuk obersamchi koreyadan yuboraman diganla. Hijolat bo’lib yo’q shartmas diganman xohlasam ham🤭U noutbuk kegan aeroportdan ogani borganman o’shanda mandan baxtli odam yo’g’idi ishonila. Agar o’shanda koreyalik opam podderjka qimaganda va ayniqsa Alloh buni xohlamaganda hozirgi Muslima ssem bo’masmidi🥹
Hozir bir paytlar manga faqat ushalmas orzu bo’gan macbook, iphone, dars stoli, original koreys kitoblari hamma narsam bor Alhamdulillah.