Forwarded from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
🐈 Toshkentda CATx Show xalqaro mushuklar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi 21–22-noyabr kunlari poytaxtimizdagi High Town Mall savdo markazida CATx Show xalqaro mushuklar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbir turli zotdagi mushuklar, ularning parvarishlovchilari, xalqaro ekspertlar va hayvonot ixlosmandlarini bir joyga jamladi. Tashrif buyuruvchilar turli zotdagi mushuklar bilan yaqindan tanishish, mutaxassislar bilan suhbatlashish hamda uy hayvonlarini parvarish qilish bo‘yicha foydali ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ko‘rgazmaning eng ezgu tashabbuslaridan biri «Hayot» nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan boshpanasiz mushuklarni yangi oilalarga berish aksiyasi bo‘ldi. Natijada qariyb 40 ta mushuk o‘zining mehribon egalarini topdi. Shuningdek, Purina kompaniyasining boshpanasiz hayvonlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Davaj pomozhem» xayriya aksiyasi ham o‘tkazildi. 🐾 CATx Show nafaqat mushuksevarlar uchun qiziqarli tadbir, balki hayvonlarga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga yangi hayot imkoniyatini berishning yorqin namunasi bo‘ldi. — 🐈 В Ташкенте прошла международная выставка кошек CATx Show 21–22 ноября в столичном High Town Mall состоялась международная выставка кошек CATx Show, объединившая заводчиков, международных экспертов и любителей животных. Посетители смогли увидеть представителей различных пород, пообщаться со специалистами и узнать больше об особенностях содержания и ухода за домашними питомцами. Особое место в программе заняла благотворительность. Совместно с ННО «Hayot» была организована акция по пристройству кошек из приютов. В результате почти 40 кошек обрели новый дом и любящие семьи. Также в рамках выставки прошла благотворительная акция «Давай поможем» от Purina в поддержку бездомных животных. 🐾 CATx Show стала не только ярким событием для любителей кошек, но и напоминанием о том, как важно заботиться о животных и дарить им шанс на счастливую жизнь. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Open in Telegram









