Posts of Mukhammad.man
Kuzgi ranglar🍂🍂🍂 Shu rasmni file formatini qoʻlga kiritish uchun qancha donat qilgan boʻlardingiz?🤓 Ijodimni qoʻllab donat qilmoqchi boʻlganlar uchun havola😎 👉🏻 taps.uz/mukhammadman
Open in TelegramAssalomu alaykum. Nega bu bola ko'rinmay ketdi deganlar, havotir olmang🤓. Hozirda yangi fotogalereya ustida ishlamoqdaman 😎 Yaqin kunlarda e'lon qilaman📸 sizlarga qiziq mavzuda bo'ladi in shaa alloh 🤓🤝 👉🏻 @mukhammadman
Open in TelegramForwarded from Aziz | Marketing
Telegramda gaplashish “ma’daniyati” bo‘yicha qo‘llanma ❗️ Telegramda yozish ham alohida skill ekanini oxirgi paytlar tushunib borvommn Shuning uchun kichkina qo‘llanma: — “Assalomu alaykum” deb yozib, javob kutib o‘tirmang. Salom. Nima masalada yozganingizni ham shu xabarning o‘zida yozsangiz bo‘ladi. Intriga qilish shart emas, bu serial emas. — “Bitta savolim bor edi” demang. Savol bo‘lsa — bering. Savol berishga ruxsat olish uchun alohida savol berish shart emas :) — “Oka, bormisiz?” Yo‘q, Telegramni vasiyat qilib ketganman. Nima kerakligini yozib qoldiring. Bo‘shaganimda ko‘raman. — Ketma-ket 7 ta xabar yubormang. “Aziz aka” “Assalomu alaykum” “Yaxshimisiz” “Ishlar yaxshimi” “Bitta masala bor edi” “Aytvorsam bo‘ladimi?” “???” Bularning hammasini bitta xabarga sig‘dirsa bo‘ladi. — “???” yuborish javobni tezlashtirmaydi. Aksincha, javob berish istagini sekinlashtirishi mumkin. — Voice 5 daqiqa bo‘lsa, oldindan ogohlantiring. 30 soniyalik masalani 4:47 daqiqalik podkastga aylantirish shart emas. — “Tezda javob bering” deb yozishdan oldin o‘ylab ko‘ring. Siz uchun shoshilinch bo‘lgan narsa boshqa odam uchun ham avtomatik ravishda shoshilinch bo‘lib qolmaydi. — Kontekstsiz fayl, link yoki screenshot tashlamang. “Shuni ko‘rib bering” emas. Nimani ko‘rish kerak? Nima haqida fikr kerak? Muammo qayerda? — Ish bo‘yicha yozayotgan bo‘lsangiz, maqsadni boshidan ayting. “Hamkorlik bo‘yicha yozayotgandim. Xizmatimiz mana bu. Taklifimiz mana bu.” Tamom. Ikkala tomon ham vaqt tejaydi. Va eng muhimi: Telegram — eshik emas. Xabar yuborganingiz bilan odam uni shu sekundda ochishi, o‘qishi va javob berishi shart emas. Yaxshi kommunikatsiya — chiroyli so‘zlar emas. Boshqa odamning vaqtini hurmat qilish.
Open in TelegramAssalomu alaykum 🤓 Ijodimni kuzatib uni qoʻllab quvvatlayotganingiz uchun alohida rahmat👍 Bu donat orqali boʻladimi yoki “Yoqtirma” reaksiyalar, izohlar koʻrinishidami barchasi men uchun qadrli 😎🤝 Kuzatishda davom eting✅ men esa ijodda davom etaman🚀 @mukhammadman
Open in Telegram