Views growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 749 |
| 5 h | 831 |
| 9 h | 952 |
- After 6 hours831
- Total to date952
Hours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 749 |
| 5 h | 831 |
| 9 h | 952 |
Hours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 23 h | 1,100 |
| 26 h | 1,140 |
Hours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 23 h | 1,060 |
| 26 h | 1,090 |
Kasb egalari yohud istisnolar Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib kasb egalarini ikki turga ajratdim: 1. Kasb tanlagan insonlar. 2. Kasb uni tanlagan insonlar. Bizlarning ko'pchiligimiz 1-toifaga mansubmiz. Ya'ni mehnat, mashaqqat, intizom asosida ko'zlangan maqsadga erishamiz. Hech e'tibor berganmisiz, ba'zi insonlar biz kabi mehnat qilmasa-da, biz kabi mashaqqat chekmasa-da, bizchalik intizom qilmasa-da, biz bilan teng natija qiladi. Ba'zan esa bizdan ham yaxshiroq natijalarga erishadi. Ana o'sha insonlar 2-toifaga kiradi. Ular tug'ma talantlar. Siz hech qachon bu turdagi insonlar bilan o'zingizni solishtirmang. Bu huddi, Cobalt va Testla'ni solishtirish bo'ladi. Tashqi ko'rinishingizni o'xshatishingiz mumkin, ammo motoringizni o'zgartira olmaysiz. Testla 2 soniyada 100 ga chiqishi mumkin. Cobalt'da ancha vaqt ketadi. Yetolmayapman deb ezilmang. Chunki u Testla va Testla bo'lib tug'ilgan. Tug'ilganida u sizdan yillar oldinda bo'lgan. Chaqaloqligida ham u sizdan bir necha yil oldinroqda edi. Startup va ta'lim sohalarida ko'p yangiliklarni ko'rib qolaman: 1. "15 yoshli bola startupiga 1 million dollar jalb qilibdi!". Haqiqat. Ammo, mediachilar shunchaki, shu xabarni olishadi-da, keyin ommaga e'lon qiladi. "Qo'shnining bolasi". U bolaning holati umuman qiziq emas. O'sha 15 yoshli bolaning dadasi kazo-kazo yoki dadasining bir o'rtog'i yordami bilan nimadir qilgani yoki u bolaning tug'ma qobiliyat egasi ekanligini umuman hisobga olishmaydi. Keyin jamiyatimizdagi bir dunyo yoshlar o'sha Testlaga o'xshashga harakat qilib, o'zini istisno sanab, turli muammolarga duchor bo'lishadi. Natijada, ruhiy muammolarga uchrashadi. 2. "Bizning o'quvchimiz 3 oyda 8 IELTS ni qo'lga kiritdi.". Haqiqat. Ammo, u bolaning bu markazga kelguncha to'plangan bilimlari, qobiliyatlari umuman hisobga olinmaydi. "Bizning o'quvchimiz". Bu degani hamma shu natijani oladi degani emas. 3. "Bir o'quvchimiz 4 oyda $1000 lik ishga kirdi". Haqiqat. Lekin, u bola tanishidan referral olib, bozor yaxshi paytida kirganligini e'tirof etishmaydi. Hammada shunday imkoniyat bor degani emas-ku. Bir bola kursga kelib, shu natijaga erisha olmasa, markazning ham sohaning ham qadri toptaladi. Men ushbu post bilan siz ularga teng kela olmaysiz demoqchi emasman. Shunchaki, ulardan ko'proq mehnat qilib, ulardan pastroq natija qilsangiz, ruhiyatingizni tushirmang demoqchiman. Ba'zi zehn egalari borki, ular eshitgan narsasini eslab qoladi. Bizga o'xshab 10 martalab takrorlamaydi. Masalan, meni olaylik. Men hech qachon san'atni tanlamaganman. Sportni tanlamaganman. Ular meni tanlashgan. Otamdan shu ikkita qobiliyat menga o'tgan. Musiqa sohasida hech qayerda o'qimanman. Ammo, 2-3 yil o'qiganlar bilan bemalol bellasha olaman. Bu degani, men tug'ilganimda san'at borasida tengdoshlarimdan 2 yil oldinda bo'lganman. Sportda ham shunday. Men sog'lom bo'lishlik uchun sportga bormayman. Shunchaki, borgim kelgani uchun, uni ich-ichimdan xohlaganim uchun boraman. Meni sport tanlagan. Ba'zilarda esa teskarisi, ular sportni tanlashgan. Ular esa sog'lom bo'lishlik uchun borishadi. Hurmatli media mas'ullari! Iltimos, istisnolarni ommaga olib chiqmang! Fikrimda kamchiliklar bo'lsa, uzr so'rayman. Bu shaxsiy tajribamdan, o'z xulosalarimni ulashdim. @mukhammadkarim_tukhtaboev
Open in TelegramHours after publication
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 39 h | 1,530 |
| 67 h | 1,850 |
Shanba kuni Najot Ta'limda bir nechta mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil etiladi. Hamma uchun ochiq, keling, suhbatlashamiz. Sahnadoshlarim Otabek va Elzodxon. Ular hozirda VoiceLab startupini qurishmoqda. Asosan Engineering, Startup, AI haqida gaplashamiz. @mukhammadkarim_tukhtaboev
Open in TelegramTabiatan mehribon insonman. Kecha mehrim bir jo'shib Claude'ni sizlab murojaat qildim 1 kun davomida. Ajoyib ko'rinarkan. Bugun negadir, "Muhammadkarim aka" deyishni boshladi. Hech aka demasdi. @mukhammadkarim_tukhtaboev
Open in TelegramGoogle email nomingiz o'zingizga yoqmaydimi? Menga ham yoqmasdi. Ancha avval tanlagandim. Hozir qarasam, Google email'ni o'zgartirishni ochib qo'yibdi. Eski xabarlarni yo'qotmaysiz. Kimdir eskisiga email yozsa ham yangisiga keladi. Zo'r bo'libdi. Sizga ham kerakmidi shu narsa? Link: https://myaccount.google.com/google-account-email #email @UmarSadullayev
Open in TelegramKitobxonlar bormi? Chellenj bo'lyapti ekan, qatnashamiz. 3 oyda 31 ta kitobni o'qib tugatishimiz kerak. Men kecha boshladim va 1 ta oldinga o'tib olib, xabar beraman degandim. Agar bu chellenj og'irlik qilsa, yengilroq boshqa chellenj ham bor ekan. Yoki o'zingiz yaratsangiz bo'larkan. 1-2-3-o'rinlarga mendan bitta osh. Toshkent markazidagi birorta restoranda o'tiramiz. https://readup.uz/challengelar/1 Osh mavzusi faqat 31 talik chellenj'ga tegishli. Aytgancha, virtual kutubxonamga tashrif buyuring. 3D holatda ham ko'rishingiz mumkin. @mukhammadkarim_tukhtaboev
Open in TelegramAka LinkedIn'dan yozibdi. 500 ta olovcha yig'a olsak, ishga olamiz. @mukhammadkarim_tukhtaboev
Open in Telegram🤦♀️ Jensen made a rookie mistake. He had a board. In 2014, my board kicked me out for saying no to spies. In 2026, Jensen’s board kicked him out for saying yes to one. 🤨 So the board gets you either way. Founders — don’t have a board. Be the board 😏
Open in TelegramYandex ML School Uzbekistan yangi oqimni qabul qildi: 2000 dan ortiq arizadan 31 nafar ishtirokchi saralab olindi ⚡️O‘zbekistonda Yandex ML School dasturining ikkinchi bosqichi boshlandi. Menimcha, bu yerda nafaqat arizalar soni va yuqori raqobat, balki ishtirokchilar olgan bilimlarini qayerlarda qo‘llashni rejalashtirayotgani ham qiziq. 👍 Kimdir allaqachon ma’lumotlar bilan ishlaydi va mashinali o‘rganish bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirmoqchi. Yana kimdir bu texnologiyalarni tibbiyot, muhandislik, energetika va amaliy ilm-fanda qo‘llashni rejalashtirmoqda. Masalan, ishtirokchilardan biri apparat ta’minoti bo‘yicha muhandis bo‘lib ishlaydi va Edge AI yo‘nalishini o‘rganmoqchi. Bu sun’iy intellekt modellari ma’lumotlarni masofaviy serverga yubormasdan, bevosita qurilmaning o‘zida ishlaydigan texnologiyadir. 👉 Ta’lim ikki semestr davom etadi va bepul. Dasturda fundamental matematika bilan bir qatorda ML modellari ustida amaliy ishlash ham ko‘zda tutilgan. Birinchi oqim bitiruvchilari allaqachon mamlakatdagi texnologik va moliyaviy kompaniyalarda ish boshlagan. 👍 Sun’iy intellektga bo‘lgan qiziqish shunchaki yangi vositalarni o‘rganishdan aniq muammolarni ular yordamida hal qilish istagiga aylanayotgani quvonarli. @mukhammadkarim_tukhtaboev
Open in TelegramErkak kishini 2 xil narsa sindiradi. 1. Ichkilik 2. Qizlar Afsus: https://techcrunch.com/2026/11/11/nvidias-stock-drops-as-board-reportedly-preps-to-oust-ceo-jensen-huang/ @mukhammadkarim_tukhtaboev
Open in TelegramHTML'ning o'zida shunday grafikadagi o'yinni o'ynab ko'rganmisiz? Claude Artifacts orqali yaratilgan bu o'yinlarni bir kompyuteringizda sinab ko'ring. Shu bilan birgalikda, Claude Fable 5.2 modelga rahmat aytishni unutmang. Bu yerdan artifact'ni o'zingizga dublikat qilishingiz mumkin: https://claude.ai/artifact/MXxb36zKgN261ckbGhmNin @mukhammadkarim_tukhtaboev
Open in TelegramXordiq chiqarish uchun "Muzlik davri 1" multfilmini tomosha qildim. Hamma taniydigan bosh qahramon "Sid", devorga rasm chizish maqsadida bo'rni ishqalagandi, olov chiqib yerga tushdi. Shunda u do'stlariga aytdi, endi meni "Olov mabudi" deb chaqiringlar deb. Keyin esa birdan olov kattalashib ketdi. Do'stlari esa, unga qarab "Hey Olov mabudi, duming yonyapti!" dedi. Qahramon Sid ham hozirgi ba'zi dasturchilarga o'xshaydi. Kichik prompt bilan biror narsa yasashni o'rganib olsa, o'zini kuchli 10 yillik dasturchidek his qiladi. Istalgan loyihani qurib beraman, kommentda "+" qoldiring deydi. Loyiha kattalashganda dumi yonib ketishini bilmaydi. Ushbu postni Sid'ga oxshaydigan olov mabudlariga yuborib qo'ying. Dumi kuyishidan asragan bo'lasiz. @mukhammadkarim_tukhtaboev
Open in TelegramHusan ismli bir bola O’zbekistonda 3-bo’lib Y Combinator’ga qo’shilibdi. Avvalo, chin dildan tabriklayman. Barcha yaxshi niyatlariga yetib yursin. Shaxsan u bolani tanimayman. Ammo, hozir LinkedIn profiliga ko’zim tushib qoldi. YC’ga qo’shilishgacha bo’lgan vaqtda nimalar bilan shug’illangani meni qiziqtirdi. To’g’risini aytsam, mening e’tiborimni bittagina narsasi torta oldi xolos. Karate bo’yicha 5 yillik tajribaga ega va sport ustasi ekan. Sport nafaqat sog’lik, balki intizom demakdir. Buncha muddat ichida “intizom” inson tabiatiga singib ketadi. O’ylaymanki, hozirgi natijalarida sportning o’rni juda katta. @mukhammadkarim_tukhtaboev
Open in TelegramRus tilini bilmasdim. Lekin bir kuni ruscha gaplashayotganimni sezib qoldim. Xabaringiz bor, Taekwondo sporti bilan shug‘ullanaman. Mashg‘ulotlarimiz to‘liq rus tilida olib boriladi. Ishoning, boshida rus tilidan deyarli nol edim. Uni o‘rganishga harakat ham qilmagandim. Ammo shu 3 yil davomida qulog‘imga turli so‘zlar, iboralar kirib qolgan ekan. Bir kuni zalimizdagi o‘zbek tilini umuman bilmaydigan do‘stim Mixail bilan ruscha gaplashib ketayotganimni sezib qoldim. Muloqotimizni zo‘r deya olmayman. Lekin fikrlarimni tushuntira olayotganimni, uning gaplarini ham tushunayotganimni angladim. Qizig‘i, bu faqat sport zalidagi rus tili edi. Boshqa mavzularda bunchalik erkin gaplasha olmasdim. Aslida mashg‘ulotlarda ishlatiladigan iboralar unchalik ko‘p emas: "Charchadim", "Kech qoldim", "Menga ham lapa olib kel", "Murabbiy nima dedi?", "Nechta qilarkanmiz?" va hokazo. Shu kabi oddiy iboralarni qayta-qayta eshitib, o‘zim ham bilmagan holda o‘zlashtirib olgan ekanman. Keyin bir narsani o‘ylab qoldim. Agar bu metod sport zalida ishlagan bo‘lsa, nega boshqa joylarda ham ishlamasligi kerak? Masalan, taksida, kafeda, do‘konda, restoranda yoki ishxonada. Axir kundalik hayotimizdagi har bir vaziyatning o‘ziga xos, doim takrorlanadigan so‘zlari va iboralari bor. Demak, rus tilini birdaniga mukammal o‘rganishga urinish o‘rniga, uni real hayotdagi kichik-kichik vaziyatlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Aynan shu o‘zimda sinab ko‘rgan tajribamdan kelib chiqib, rus tili bo‘yicha tajribali ustozlar bilan maslahatlashgan holda russian.gg loyihasini ishlab chiqishni boshladik va 4000+ foydalanuvchilarimiz bor. Hozir platformada: - 90 kunlik rus tili darslari; - 40 ta hayotiy vaziyatga asoslangan mashg‘ulot; - O‘rganishni qiziqarli qiladigan 5 ta o‘yin mavjud. Har kuni soatlab o‘tirib dars qilish shart emas. Bugun 10–15 daqiqa ajratib, masalan, «Do‘kondagi muloqot»ni o‘rganing. Ertaga «Taksidagi muloqot»ni. https://russian.gg Foydalanib ko‘ring. Kamchilik yoki taklifingiz bo‘lsa, bizga yozing. Har bir fikringiz mahsulotni yaxshilashimizga yordam beradi. https://russian.gg/feedback @mukhammadkarim_tukhtaboev
Open in TelegramBalki, bularga ChatGPT’ga yuborgan promptimni shunchaki test ekanini aytarmiz. Demak, bizning kichik agent vakansiya va resume’ni to’g’ri match qilib, apply qilgan. @mukhammadkarim_tukhtaboev
Open in TelegramDangasalar uchun lifehack Avvallari "10 ta joyga ishga topshirdim, bittasi ham aloqaga chiqmadi!" degan baxonalar bo'lardi. Siz uchun maxsus workflow. 1. ChatGPT'ning work rejimini ochasiz, 2. CV'ni yuklab, unga mos bo'lgan, talablar asosida top 100 ta ish o'rinlarini topishligini aytasiz. 3. Shakllangan 100 ta ish o'rniga ariza qoldirishini aytasiz. ChatGPT bu jarayonni o'zining virtual browseri orqali amalga oshiradi. Balki, buni startup qilib, online hizmatga aylantirarsiz. Bu jarayonning davomi o'laroq, kompaniya recruiter'laridan kelgan javoblarga ham AI ning o'zi javob berib, interview belgilar. Siz esa biror dashboardda jarayonni kuzatib turishingiz mumkin. @mukhammadkarim_tukhtaboev
Open in Telegram