HONOR 700 va HONOR 700 Pro Xitoyda rasman sotuvga chiqdi. Bu safar kompaniya oddiy yangilanish bilan cheklanmagan. 😳 Eng qiziqarli jihatlari: 🔥 9000 mAh ulkan batareya — 80W tezkor quvvatlash 📸 200 MP asosiy kamera 🔭 50 MP periskop kamera — 3.5x optik zum 🛡 IP68, IP69 va IP69K himoyasi 📱 6,57 dyuymli 1.5K OLED, 120 Hz ekran 🤯 Orqa tomonida ham 1,59 dyuymli qo‘shimcha ekran mavjud! Pro versiyasida esa: Snapdragon 8 Gen 5 protsessori 50W simsiz quvvatlash Flagman darajasidagi imkoniyatlar Eng qizig‘i, shuncha katta batareyaga qaramay, smartfon korpusining qalinligi atigi 7,96 mm! 📌 Hozircha Xitoy bozorida sotuvga chiqarildi. @mirfayoz_blog
Open in Telegram
Mirfayoz Blog | Texnobloger
💡 Texnologiya sodda tilda 📱 Smartfon / Noutbuk obzorlari 🤖 AI • Gadjetlar • Layfhaklar Instagram: instagram.com/mirfayoz_blog Reklama: @mirfayoz_ads
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 2, 2026 | 12,800 |
| Nov 3, 2026 | 13,900 |
| Nov 4, 2026 | 15,950 |
| Nov 7, 2026 | 14,500 |
| Nov 9, 2026 | 10,700 |
| Nov 10, 2026 | 10,673 |
| Nov 12, 2026 | 10,350 |
| Nov 14, 2026 | 10,535 |
| Nov 17, 2026 | 10,100 |
| Nov 18, 2026 | 8,950 |
| Nov 27, 2026 | 3,395 |
Most viewed this month
- 01Views18KForwards—Reactions57Comments—
- 02Views14.5KForwards—Reactions38Comments—
- 03Views13.9KForwards—Reactions79Comments—
- 04Views13.9KForwards—Reactions37Comments—
Latest posts
🤖 AI Journey 2026: sun’iy intellekt bo‘yicha 300 dan ortiq yetakchi mutaxassis 26–28-noyabr kunlari Moskvada Rossiya va boshqa mamlakatlardan olimlar, dasturchilar hamda texnologiya kompaniyalari vakillari yig‘iladi. 📅 26-noyabr — Jamiyat. Sun’iy intellekt agentlari dunyosida insonning o‘rni qanday? Xitoylik fantast yozuvchi, «AI 2041» kitobi hammuallifi Chen Qiufan shu savol haqida so‘z yuritadi. Dasturda tibbiyot, sport va transportda sun’iy intellektdan foydalanish ham muhokama qilinadi. 💼 27-noyabr — Biznes. Mavzu — iqtisodiyotda sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish. Ma’ruzachilar orasida ByteDance bosh eksperti Li Tan va 16 yoshli hindistonlik tadbirkor Raul Aju bor. 🔬 28-noyabr — Fan. Natasa Przulj (MBZUAI), Valeriy Babushkin (BP) va Ivan Oseledets (AIRI) ishtirokida ilmiy tadqiqotlarda sun’iy intellekt, yangi avlod modellari va avtonom agentlar muhokama qilinadi. ▶️ Dastur bilan tanishing va konferensiyani jonli efirda tomosha qiling.
Open in Telegram🔢 ID-kartangizdagi raqamlar aslida nimani anglatadi? Ko‘pchilik bilmaydi, ammo JShShIR (PINFL) raqamlaridagi 14 ta raqam orasida siz haqingizdagi muhim ma’lumotlar kodlangan. Birinchi raqam — jinsingiz va tug‘ilgan asringizni, keyingi 6 ta raqam — tug‘ilgan sanangizni bildiradi. Oxirgi raqam esa raqamning to‘g‘riligini tekshirish uchun xizmat qiladi. ⚠️ JShShIR firibgarlar qo‘liga tushsa nima bo‘lishi mumkin? Agar u pasport ma’lumotlari, hujjatlaringiz fotosurati yoki SMS orqali kelgan tasdiqlash kodlari bilan birga begona shaxslar qo‘liga tushsa, nomingizga onlayn kredit rasmiylashtirish, soxta akkauntlar ochish yoki turli firibgarlik sxemalarida foydalanish xavfi bor. 🔒 ID-kartangiz suratini notanish odamlarga yubormang va SMS orqali kelgan tasdiqlash kodlarini hech kimga aytmang! @mirfayoz_blog
Open in Telegram📱 iPhone Duo’ni sotib olganlarning deyarli 30 foizi undan voz kechdi! Apple’ning bukiladigan smartfoni hammaning ham ko‘nglidan joy ololmadi. 9to5Mac o‘tkazgan, qariyb 6000 kishi qatnashgan so‘rovnomada ishtirokchilarning 30 foizga yaqini iPhone Duo’ni sotib olganidan keyin 14 kun ichida qaytarib berganini aytgan. Xo‘sh, ularga nima yoqmadi? 📸 Kimlargadir kameralar sifati ma’qul kelmagan. 🔓 Face ID o‘rniga Touch ID ishlatilishi yoqmaganlar bor. 📱 Tashqi ekran juda kichik deb hisoblangan. ⚖️ Ayrimlar smartfonni og‘ir va noqulay deb topgan. 🏜 Hatto bir foydalanuvchining telefoniga Sahroda qum kirib, bukiladigan mexanizmi to‘liq ochilmay qolgan. Qizig‘i, Apple bu qurilmani original iPhone’dan keyingi eng katta o‘zgarish deb atagan edi. @mirfayoz_blog
Open in TelegramTelegramʼdan foydalanasizmi? Unda mana bu ilovani ham bir koʻrib qoʻying! 👀 Fork — Telegramʼning noodatiy imkoniyatlarga ega norasmiy versiyasi. Oʻz Telegram akkauntingiz bilan kirasiz, barcha chatlar, guruhlar va kanallar oʻz joyida qoladi. Lekin Forkʼda oddiy Telegramʼda yoʻq qoʻshimcha funksiyalar ham bor: 🎧 Ovozli xona ochsangiz, u chatlar tepasida turadi. 🎮 Oʻyinlar uchun alohida yangiliklar lentasi va profil mavjud. Eng qizigʻi, hozir Forkʼda sovgʻalar tarqatilyapti! 🎁 Forkʼni yuklab oling va Daily Giftsʼga kiring. Telegram Sovgʻalarini yutib olish uchun har kuni bepul sovrinli oʻyinda qatnashing. Forkʼga 7 kun ketma-ket kirsangiz, har hafta oxirida GTA 6ʼni yuklab olish uchun kodlar va 1 yillik Telegram Premium obunalari sovringa qoʻyiladigan oʻyinda ham qatnasha olasiz! 🔥 👇 Daily Giftsʼga shu yerdan kiring: https://t.me/ForkDailyGiftsBot/app?startapp=m2f7be5n
Open in TelegramSamsung Galaxy AI endi pullik bo‘lishi mumkin! Samsung Galaxy AI funksiyalaridan bepul foydalanishga limit joriy etishni sinovdan o‘tkazmoqda. Yangi Max obunasini sotib olganlar esa AI imkoniyatlaridan 4 barobar ko‘proq foydalanishi mumkin. Obuna narxi oyiga 5 dollar bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, pullik obunachilar oddiy foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lmagan bir nechta eksklyuziv funksiyalarga ham ega bo‘ladi. @mirfayoz_blog
Open in TelegramConnections
Similar channels
Rozetked@rozetkedTechnologies650K
Uztelecom@uztelecomuzTechnologies80.3K
texno_go@texno_gooTechnologies114K
AI | DigiTech@digitechaiTechnologies53.9K
Teacher Azam@teacherazamTechnologies42.1K
Nizamoff@nizamoffTechnologies41.5K
IT Masters@itmastersuzTechnologies35.5K
Xojiakbar_mominoff | Texnobloger@xojiakbarmominoffTechnologies292K
Mentions
Rozetked@rozetked1 mention