FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
Mingbuloq tuman hokimi Ahrorbek Mansurov hamda tuman hokimi örinbosari Jamşidbek Rahimov Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabulini ötkazdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy himoya, uy-joy, yer munosabatlari, tadbirkorlik, infratuzilmani yaxşilaş hamda boşqa masalalar yuzasidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglandi.
Har bir murojaat mas’ullar iştirokida atrofliça örganilib, muammolarning qonuniy va amaliy yeçimini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratildi.
Murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bölsa, qöşimça örganiş va vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ul taşkilot va mutasaddilarga aniq topşiriqlar berildi. Ularning ijrosini ta’minlaş, belgilangan vazifalarning öz vaqtida va sifatli bajarilişini nazorat qiliş böyiça tegişli çoralar belgilandi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari ortida turgan muammolarni çuqur örganiş, aholining qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlaş hamda har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondaşiş muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
Mingbuloq tumanida aholi murojaatlari bilan işlaş, ularni öz vaqtida körib çiqiş va amaliy natija bilan ta’minlaş borasidagi işlar izçil davom ettiriladi.