Va alaykum assalom! Rahmat, o‘zingiz yaxshimisiz? ☺️ Alhamdulillah, yangi o‘quv yilini yaxshi kayfiyat va katta maqsadlar bilan boshlab oldik.
Ha, albatta, Mindskills platformasidan foydalanayapmiz. Rostini aytsam, biz ustozlar uchun ham, o‘quvchilar uchun ham juda qulay va foydali bo‘lyapti. Bolalar platformada mental arifmetikaga oid misollarni bajarishadi, turli qiziqarli o‘yinlar orqali bilimlarini mustahkamlashadi. Eng yoqadigan tomoni, ular buni oddiy mashg‘ulot deb emas, zavq bilan bajariladigan qiziqarli jarayon deb qabul qilishyapti.
Ayniqsa, misollarni tezroq va to‘g‘ri ishlashga, o‘z natijalarini yaxshilashga bo‘lgan intilishlari meni juda quvontiradi. Darslarimiz yanada jonli, qiziqarli va samarali bo‘lyapti.
Menimcha, zamonaviy ta’limda shunday platformalarning o‘rni juda katta. Biz ustozlarning mehnatini yengillashtirib, bolalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirayotganingiz uchun katta rahmat! Ishlaringizga rivoj, jamoangizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! ❤️