🇺🇿25-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi oraliq yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✍️Kengash iqtisodiyotning 23 tarmog‘idagi 45 ta xalqaro kompaniyani birlashtiradi. Noyabr oyida uning tarkibiga ITOCHU Corporation va Deutsche Bank qo‘shildi.
🟠Davlat rahbari raisligida iyun oyida o‘tkazilgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan “yo‘l xaritasi” ijrosi hamda 11 ta idoralararo ishchi guruh faoliyati ko‘rib chiqildi.
🟠Muloqot markazida – investitsiya va soliq qonunchiligining barqarorligi, yer resurslaridan foydalanish, DXSh, energiya ta’minoti va biznesning moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyatlari. Islomiy moliyalashtirishni rivojlantirish, chiqindilarni qayta ishlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
🟠Yig‘ilish yakunida Kengash bayonnomasi imzolandi. Investorlarning takliflari tegishli idoralar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va Kengashning 2027-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda inobatga olinadi.
____
🇺🇿 25 ноября в Ташкенте под председательством министра инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Лазиза Кудратова состоялось очередное промежуточное заседание Совета иностранных инвесторов при Президенте Республики Узбекистан.
✍️ Совет объединяет 45 международных компаний из 23 отраслей экономики. В ноябре к нему присоединились ITOCHU Corporation и Deutsche Bank.
🟠Рассмотрены исполнение «дорожной карты», сформированной по итогам июньского заседания под председательством главы государства, и работа 11 межведомственных групп.
🟠В центре диалога – стабильность инвестиционного и налогового законодательства, землепользование, ГЧП, энергоснабжение и доступ бизнеса к финансированию. Обсуждены предложения по развитию исламского финансирования, переработке отходов и упрощению процедур привлечения иностранных специалистов.
🟠По итогам подписан протокол Совета. Предложения инвесторов будут проработаны с профильными ведомствами и учтены при определении приоритетов Совета на 2027 год.
____
🇺🇿On 25 November, Tashkent hosted the regular interim meeting of the Foreign Investors Council under the President of the Republic of Uzbekistan, chaired by Laziz Kudratov, Minister of Investment, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan.
✍️The Council brings together 45 international companies from 23 sectors of the economy. In November, ITOCHU Corporation and Deutsche Bank joined the Council.
🟠The participants reviewed the implementation of the roadmap developed following the June meeting chaired by the Head of State, as well as the activities of 11 interagency working groups.
🟠The dialogue focused on the stability of investment and tax legislation, land use, PPPs, energy supply and business access to financing. Proposals for the development of Islamic finance, waste recycling and simplifying procedures for engaging foreign specialists were discussed.
🟠The meeting concluded with the signing of the Council’s protocol. Investors’ proposals will be further developed in coordination with relevant government agencies and taken into account when defining the Council’s priorities for 2027.
◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X