🇩🇪 GERMANIYADA ISHLASH UCHUN TO‘LIQ BEPUL DASTUR! Migratsiya agentligi va “RRG AG” tashkiloti qurilish sohasi mutaxassislarini Germaniyada ishlashga taklif qiladi! 💼 Vakansiyalar: Ish o‘rinlari: 200 ta Ish vaqti: haftasiga 5 kun, 40 soat Sinov muddati: 6 oy 💶 Oylik ish haqi: 2 500 yevro (qo‘lga tegadigan) 🔣 Nomzod hisobidan qoplanadigan xarajatlar: • Germaniyada turar joy — oyiga 300 yevro; • oziq-ovqat xarajatlari. 👤 Kimlar ishtirok etishi mumkin? • 18–39 yoshdagi, oliy yoki kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi diplomga ega nomzodlar. Talablar: • tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 yillik texnikum yoki kollej diplomi; • so‘nggi 5 yil ichida tegishli sohada kamida 2 yillik ish tajribasi. 🧮 Imtiyozlar: 📖 Talabgorlar Toshkent shahridagi “Berlitz” o‘quv markazida 8 oy davomida A1 darajadan B1 darajagacha bepul nemis tili kursida o‘qitiladi. Xarajatlar Migratsiya agentligi va ish beruvchi tomonidan qoplanadi. 🧮 Til sertifikati imtihoni, viza va aviachipta xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Mehnat sharoitlari — ish haqi, ustamalar, sug‘urta, ta’til va boshqa imtiyozlar — Germaniyadagi xodimlar bilan teng darajada belgilanadi. Nomzodlar bilan 6 oylik sinov muddatini o‘z ichiga olgan muddatsiz mehnat shartnomasi tuziladi. 📌 Germaniyaga joylashganingizdan so‘ng oila a’zolaringizni doimiy yashash uchun olib kelish hamda bolalar uchun nafaqa olish imkoniyati mavjud. 📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun kerakli yo‘nalish ustiga bosing: • G'isht teruvchi • Qurilish duradgor • Qurilish chilangar • Sanoat mexanigi • Qurilish kran operatori • Qurilish payvandchi • Qurilish beton quyuvchi 🗓 Muddatlar: Arizalar joriy yilning 30-sentyabriga qadar qabul qilinadi. Ish beruvchilar bilan onlayn suhbatlar joriy yilning oktyabr oyidan boshlab har hafta o‘tkaziladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar guruhlar shakllanishiga qarab o‘qishga jalb etiladi. 📞 Murojaat uchun: 1282 📢 Yaqinlaringizga ulashing! 👉 So‘nggi yangiliklardan “Xorijda ish” kanali orqali xabardor bo‘lib boring!
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 36 h | 66,675 |
| 50 h | 72,662 |
- Total to date72,662








