Posts of Davron Akbar - anomal fikrlar
Har kuni bir muammo: telegramimni buzib kirishdi, telegramimga ulanib olishdi, deyishadi. Bunga har xil havolalarga kirish, apk larni o’rnatish sabab bo’lishini hamma bilsa kerak. Meni boshqa narsa qiziqtiradi: telegramda ikki bosqichli parol bor. Shuni yoqib qo’ysa ham, ulana oladimi? Telegramga nomer orqali ulanar, lekin ikki bosqichli parolni aniqlay olmasa kerak deb o’ylayman. @meningcha_blog
Open in TelegramTo’yim 13-14-15-noyabr kunlari bo’lgan bo’lsa, 12-noyabrdan yomg’ir yog’ishni boshladi, 16-noyabr kuni tindi. To’yga kelganlar peshanam sho’rligini, yoshligimda ko’p qirmoch yeganimni (shunaqa irimi bor) aytishdi. Haqqatanam, aynan to’yimga aloqador kunlar yomg’ir yog’di, to’y o’tdi hamki, quyosh charaqlab, havo ham isib, yomg’irdan asar qolmadi. Lekin… Bunda juda katta hikmat borligini tushundim. Rasulimizdan kelgan bitta hadis bor, uning matnida yomg’ir paytidagi duo Alloh tomonidan qaytarilmasligi aytilgan. Bu degani aynan yomg’ir paytidagi duo, albatta, ijobat bo’ladi. Shu kunlar davomida to’yga kelgan minglab odamlar duo qildi, bir necha o’n minglab odamlar masofadan bo’lsa ham, baxt tilab tabrikladi. Alloh menga nima kerakligini mendan ko’ra ko’proq bilguvchi zotdir! @meningcha_blog
Open in TelegramNotarius tomonidan berilgan Nikoh shartnomasiga ko’ra er-xotinning mulki “umumiy mulk” hisoblanarkan. Kampirjonning stipendiyasini sekin ishlatib yotibmiz) @meningcha_blog
Open in TelegramMaktabda Marhabo degan ustozimiz bo’lardi. Alloh salomat qilsin! Shu ustoz bitta fandan bitta katakka 14 ta “besh”ni qo’yib berganini eslayman. O’shanda ko’p ustozlar rosa borsa, ikkita “besh” qo’yib berardi. Ular esa har bir topshiriqqa alohida “besh” qo’yardi. Shu paytlari kim ko’p “besh” olishga qattiq raqobat ketardi. Haftalik baholar sanalardi. Eng ko’p baho olgan o’quvchi o’zini hokimday tutardi. O’sha ustozni hozir eslab qoldim: naqadar to’g’ri yo’l tutgan ekan-a! Agar o’shanda mehnatimizni past baholaganda biz harakat ham qilmasdik, maktabning fundamental bilimlarini ham chuqur egallamasdik. Baho qo’yishda saxiy bo’ling! Xatosi uchun “to’rt” emas, to’g’risi uchun “besh” qo’yishni o’rganing!!! @meningcha_blog
Open in TelegramErkak muammolarini yuzta ayol bir bo’lib ham ko’tara olmaydi deb o’ylayman. Erkakni qarzlar, mas’uliyat, erkaklik g’ururi va nimadirga “doljinlik” mahv etadi. @meningcha_blog
Open in TelegramInsonni qanday ekanini bilish uchun 3 ta shart kerak: 1) qo’shni bo’lish; 2) safarga chiqish; 3) pul oldi-berdi qilish Shu uch narsa insonning asl yuzini ko’rsatib beradi. @meningcha_blog
Open in TelegramBizdagi to’y udumi haqida! Bizning hududda, shuningdek, to’yimda to’y jarayoni deyarli to’yxonada bo’lmaydi. Hamma o’z hovlisida qiladi. To’ydan oldingi kun “vecher” deyiladi. Shu kuni hamma qarindoshlar, tanish-bilishlar keladi, bitta uyga olib kirib mehmon qilinadi, mabodo raqsga tushaman desa, tashqarida raqsga tushishi mumkin bo’ladi. Ertasi kuni - to’y kuni. Unda kortej bo’lmaydi (ba’zilar qilishi mumkin), kuyov navkarga boriladi, madaniyat bilan dasturxon ustida ovqatlanib, qaytiladi. Keyin kelinni ayollar kuyovnikiga olib keladi, biroz muddatdan keyin hovlida kelinsalom qilinadi. Kelin kuyovdan boshqa hammaga salom beradi. Shundan keyin to’y tugaydi😁 @meningcha_blog
Open in TelegramBir yarim yil chilla saqlayman, onasini emsin! Hech kim meni bezovta qilmasin. @meningcha_blog
Open in TelegramBarcha yaqinlarimizni nikoh to’yimiz (nikoh oldi bazm) ga taklif etamiz. Taklifnoma matni suratda ko’rsatilgan! @renessansstudy @meningcha_blog
Open in TelegramHoshimjonning sehrli qalpog’idan bo’lsa-yu, ko’rinmas bo’lib qolsam. Ne-ne ishlarni qilib tashlardim-a, e-voh! Horami xayollarim bor-da, fikri buzuqlar! @meningcha_blog
Open in TelegramNimadan qattiq qo’rqsang, uni juda ko’p o’ylasang, albatta, shu sodir bo’ladi. Buni qonuniyat sifatida ilm-fanga kiritishganmi - bilmayman, lekin qonuniyat sifatida qabul qilish mumkin ekan. @meningcha_blog
Open in Telegram