Account

Posts of Mediik - Tibbiy Ilova

newest first

#45Photo

Forwarded from Paiziev24

Men sarmoya kiritgan yana bir kompaniya — Mediik. Avval u Madadio deb atalardi. Mediik tarixi 2022-yil yozida boshlangan. Amerikadan qaytganimda dadam uyda yo‘q edilar. Bilsam, bir kun oldin yurak xurujini boshdan kechirib, shifoxonaga yotqizilgan ekanlar. Keyin dadamning yuraklarida operatsiya o‘tkazildi. O‘shanda yetuk kardiologlardan biri — Muzaffar aka bilan tanishdim. Operatsiyadan keyin dadamning tiklanishlari ancha vaqt oldi. Shu davrda bizni eng ko‘p qiynagan narsa kerak paytda shifokor bilan bog‘lanish va dadamning ahvollarini real vaqtda kuzatib borish imkoni yo‘qligi edi. Shu tajribadan so‘ng Muzaffar aka bilan yurak xurujidan keyin tiklanayotgan bemorlar uchun telemeditsina ilovasini yaratishga kelishdik. Dastlab Huawei qurilmalarini dadamning qon bosimlarini o‘lchash uchun sinab ko‘rdik. Vaqt o‘tib, ilovani kengroq auditoriyaga moslashtira boshladik. Foydalanuvchilar o‘z salomatlik ko‘rsatkichlarini kuzatib borishlari uchun ilovani Apple Health, Google Health va fitnes bilaguzuklari bilan integratsiya qildik. Bugun Mediik’ning o‘z fitnes brasleti (bilaguzuk) bor. Ularning dizayni WHOOP brasletini eslatadi, funksiyalari esa ko‘proq. Mediik yordamida iste’mol qilayotgan ovqatingizning kaloriyasini, jismoniy faolligingizni va uyqu sifatini kuzatib borishingiz mumkin. Ozish yoki fitnes bilan shug‘ullanish uchun ilovadan bilaguzuksiz ham foydalansa bo‘ladi. Ilovada telemeditsina xizmatlari ham mavjud. Loyiha co-founder’i va bosh direktori Kamronbekning rejalari katta. Biz investor sifatida uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bugun oilamizning barcha a’zolari va do‘stlarim Mediik foydalanuvchilari. @paiziev24

Open in Telegram
Views132−80%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#43Video
Views1,230+83%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#41Photo
Views707+5%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#31Photo
Views553−18%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#27Video
Views577−14%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#25Photo
Views404−40%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#24Video
Views907+35%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#21Photo
Views667−1%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—