🆕 Uzum Market’da sport tovarlarining xususiyatlarini yangiladik Hamkorlar, «Sport va hordiq» toifasidagi ayrim tovarlarning xususiyatlarini yangiladik. 😀 O‘zgarishlar quyidagi tovarlarga tegishli: 😀 yugurish yo‘lakchalari; 😃 velotrenajyorlar; 😄 eshkak eshish trenajyorlari; 😁 elliptik trenajyorlar; 😀 trenajyorlar uchun aksessuarlar; 😀 vibrotrenajyorlar; 😀 inversion stollar; 😀 mini-trenajyorlar; 😀 kuch mashqlari uchun trenajyorlar; 😀😀 mashq skameykalari va stoykalar; 😀😀 stepperlar. Agar siz ushbu tovarlarni sotsangiz, sotuvchining shaxsiy kabinetidagi tovar kartochkasini tahrirlashning uchinchi bosqichida ularning xususiyatlarini tekshirishingizni so‘raymiz. Zarur bo‘lsa, ma’lumotlarga o‘zgartirish kiriting va tovar kartochkalaringiz platformadagi qidiruv natijalarida yaxshiroq ko‘rinishi, xaridorlar esa o‘zlariga kerakli tovarni tezroq topishi uchun ularni saqlab qo‘ying. Tovar atributlariga va ularni to‘liq to‘ldirishga e’tiborli ekanligingiz uchun rahmat 🤝 🍇🍇🍇🍇🍇 🆕 Обновили характеристики товаров для спорта на Uzum Market Партнёры, мы обновили характеристики некоторых товаров в категории «Спорт и отдых». 😀 Изменения коснулись следующих товаров: 😀 беговые дорожки; 😃 велотренажёры; 😄 гребные тренажёры; 😁 эллиптические тренажёры; 😀 аксессуары для тренажёров; 😀 вибротренажёры; 😀 инверсионные столы; 😀 мини-тренажёры; 😀 силовые тренажёры; 😀😀 скамьи и стойки; 😀😀 степперы. Если вы продаёте эти товары, просим проверить характеристики на третьем шаге редактирования карточки товара в личном кабинете продавца. При необходимости, внесите изменения и сохраните их, чтобы карточки товаров лучше появлялись в результатах поиска на площадке, а покупатели быстрее могли найти желаемое. Спасибо за внимательное отношение к атрибутам и их заполнению 🤝
Open in TelegramPosts of Uzum Sotuvchilari | Продавцы Uzum
💜 Kapitalbank hisob raqami va MFO ma’lumotlarini tekshiring Hamkorlar, eslatib o‘tamiz: Kapitalbank filiallari yagona MFO 01158 raqamiga o‘tdi. Bunda nafaqat MFO, balki hisob raqamingiz raqami ham o‘zgardi. 😀 Nima qilish kerak: 😀 Kapitalbank filialingizga murojaat qilib, amaldagi bank rekvizitlaringizni, shu jumladan, hisob raqamingizni ham aniqlashtiring; 😀 sotuvchining shaxsiy kabinetidagi «Shaxsiy ma’lumotlar» → «Rekvizitlar» bo‘limida ma’lumotlarni tekshiring; 😀 zarur bo‘lsa, ularni yangilang. ‼️Muhim: sotuvchining shaxsiy kabinetida bank rekvizitlari yangilanmasa, o‘tkazilgan mablag‘lar hisobingizga kelib tushmaydi. Hamkorligingiz uchun rahmat 🤝 🍇🍇🍇🍇🍇 💜 Проверьте расчётный счёт и МФО Kapitalbank Партнёры, напоминаем: филиалы Kapitalbank перешли на единый МФО 01158. При переводе поменялся не только МФО, но и номер вашего расчётного счёта. 😀 Что нужно сделать: 😀 уточнить актуальные реквизиты, включая расчётный счёт, в своём филиале Kapitalbank; 😀 проверить данные в личном кабинете продавца в разделе «Личные данные» → «Реквизиты»; 😀 при необходимости, обновить их. ‼️Важно: без обновления реквизитов в личном кабинете продавца перечисленные средства не будут поступать на ваш счёт. Благодарим за сотрудничество 🤝
Open in Telegram🆕 Uzum Market’da «Barakali juma» aksiyasiga tayyorgarlik ko‘ramiz Hamkorlar, 2026-yil 27-noyabrdan 30-noyabrgacha Uzum Market’da «Barakali juma» aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Chegirmalar mavsumi davom etmoqda, xaridorlar esa tovarlarni tanlashda va narxlarni solishtirishda davom etmoqda. Tovarlaringiz narxlarini oldindan tekshirib, xaridorlarga haqiqiy chegirmalar taklif qilishni tavsiya etamiz. Aksiya oldidan narxlarni oshirish xaridorlar ishonchiga va ularning xarid qilish qaroriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu davrda «Katta chegirmalar vaqti» oylik aksiyasi ham davom etadi. Uning yordamida sotuvchining shaxsiy kabinetidagi «Aksiyalar taqvimi» bo‘limida tovarlaringizga chegirmalar belgilashingiz mumkin. «Barakali juma» aksiyasi davomida savdolaringiz barakali bo‘lishini tilaymiz 🤝 🍇🍇🍇🍇🍇 🆕 Готовимся к «Щедрой пятнице» на Uzum Market Партнёры, с 27 по 30 ноября 2026 года на Uzum Market пройдёт акция «Щедрая пятница». Сезон распродаж продолжается, и покупатели по-прежнему выбирают товары и сравнивают цены. Рекомендуем заранее проверить цены на ваши товары и предложить покупателям реальные скидки. Повышение цен перед распродажей может негативно повлиять на доверие покупателей и их решение о покупке. В этот период также действует месячная акция «Время больших скидок». С её помощью вы можете установить скидки на товары в разделе «Календарь акций» личного кабинета продавца. Желаем успешных продаж в период «Щедрой пятницы» 🤝
Open in Telegram💜 Ijtimoiy tarmoqlardan xaridorlarni reklama havolalari orqali jalb qiling Hamkorlar, agar siz tovarlaringizni Telegram, Instagram yoki blogerlar orqali targ‘ibot qilsangiz, xaridorlarni Uzum Market’dagi tovar yoki do‘koningiz sahifasiga yo‘naltirish uchun «Reklama havolalari» vositasidan foydalanishni tavsiya qilamiz. Ularni sotuvchining shaxsiy kabinetida yaratib, keyin post yoki reklamaga joylashtirishingiz mumkin. Xaridorlar havola orqali taklifingizga o‘tishi, siz esa hisobotda havola orqali necha marta o‘tilgani va targ‘ibot natijalarini ko‘rishingiz mumkin. 😀 Reklama havolasini sotuvchining shaxsiy kabinetida yaratishingiz mumkin. Tovarlaringizga xaridorlar e’tiborini jalb qilish va targ‘ibot natijalarini baholash uchun ushbu vositadan foydalaning 🤝 🍇🍇🍇🍇🍇 💜 Привлекайте покупателей из соцсетей с помощью рекламных ссылок Партнёры, если вы продвигаете товары в Telegram, Instagram или через блогеров, рекомендуем использовать инструмент «Рекламные ссылки» для перехода на товар или магазин на Uzum Market. Создать их можно в личном кабинете продавца, а затем добавить в публикацию или рекламу. Покупатели смогут перейти по ссылке к вашему предложению, а вы — посмотреть количество переходов и результаты продвижения в отчёте. 😀 Создать рекламную ссылку можно в личном кабинете продавца. Используйте инструмент, чтобы привлекать внимание к своим товарам и оценивать результаты продвижения 🤝
Open in Telegram💜 «Buyurtmalarni ko‘paytirish» vositasi haqida fikringizni baham ko‘ring Hamkorlar, sizni «Buyurtmalarni ko‘paytirish» targ‘ibot vositasi bo‘yicha so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz. Ushbu vositadan foydalanishda nimalar sizga qulay, qaysi jihatlari tushunarsiz va qanday savollar tug‘ilayotganini biz bilan o‘rtoqlashing. So‘rovnoma 3–5 daqiqa vaqt oladi. Uni rus yoki o‘zbek tilida to‘ldirishingiz mumkin. 😀 So‘rovnomada havola orqali ishtirok etishingiz mumkin. Fikringiz bilan o‘rtoqlashayotganingiz uchun rahmat 🤝 🍇🍇🍇🍇🍇 💜 Поделитесь мнением об инструменте «Буст заказов» Партнёры, приглашаем вас пройти опрос об инструменте продвижения «Буст заказов». Расскажите, что вам удобно, что остаётся непонятным и какие вопросы возникают при работе с инструментом. Опрос займёт 3-5 минут. Вы можете пройти его на русском или узбекском языке. 😀 Пройти опрос можно по ссылке. Спасибо, что делитесь своим мнением 🤝
Open in Telegram😀 FBO sxemasi bo‘yicha taymslot qoidalarini buzganlik uchun jarimalar haqida eslatib o‘tamiz Hamkorlar, 2026-yil 1-dekabrdan boshlab FBO sxemasi bo‘yicha yetkazmalar uchun tasdiqlangan taymslot qoidalarini buzganlik uchun jarimalar qo‘llanila boshlaydi. Iltimos, band qilingan vaqtda omborga yetib keling va tovarlarni yetkazib berish qoidalariga rioya qiling. Bu omborga tovarlarni qabul qilish jarayonini rejalashtirishga va boshqa sotuvchilar uchun kechikishlar yuzaga kelishining oldini olishga yordam beradi. 😀 Jarimalarning shartlari va miqdori haqida avvalgi postimizda batafsil ma’lumot bergan edik. Yetkazmalarni rejalashtirishda jarimalar kuchga kiradigan sanani inobatga olishingizni so‘raymiz 🤝 🍇🍇🍇🍇🍇 😀 Напоминаем о штрафах за нарушение таймслотов по схеме FBO Партнёры, с 1 декабря 2026 года начнут действовать штрафы за нарушение подтверждённых таймслотов для поставок по схеме FBO. Пожалуйста, приезжайте в забронированное время и соблюдайте правила поставки. Это помогает складу планировать приёмку и снижать риск задержек для других продавцов. 😀 Подробнее об условиях и размерах штрафов рассказывали в предыдущем посте. Просим учитывать дату начала действия штрафов при планировании поставок 🤝
Open in Telegram💜 Brendlarni sertifikatlash va himoya qilish bo‘yicha vebinar haqida fikr-mulohazalaringizni ulashing Hamkorlar, biz Uzum Market sertifikatlash va brendlarni himoya qilish bo‘limi rahbari Andrey Yevseev bilan "Savol-javob" formatida onlayn vebinar o‘tkazdik. 😀 Vebinar haqida fikr-mulohazalaringizni havola orqali ulashishingiz mumkin. Sizning javoblaringiz keyingi uchrashuvlarimizni yanada foydali va qiziqarli qilishga yordam beradi. Ishtirokingiz uchun tashakkur 🤝 🍇🍇🍇🍇🍇 💜 Поделитесь обратной связью о вебинаре по сертификации и защите брендов Партнёры, мы провели онлайн-вебинар в формате «Вопрос-ответ» с руководителем отдела сертификации и защиты брендов Uzum Market Андреем Евсеевым. 😀 Поделиться обратной связью о вебинаре можно по ссылке. Ваши ответы помогут нам сделать следующие встречи ещё полезнее и интереснее. Спасибо за участие 🤝
Open in Telegram💜 Brendlarni sertifikatlash va himoya qilish bo‘yicha "Savol-javob" vebinariga qo‘shiling Hamkorlar, bir soatdan so‘ng, soat 14:00 da Uzum Market sertifikatlash va brendlarni himoya qilish bo‘limi rahbari Andrey Yevseev bilan onlayn vebinar boshlanadi. Uzum Market’da tovarlarni sertifikatlash va brendlarni himoya qilish bilan bog‘liq savollaringiz va holatlaringizni muhokama qilamiz. 😀 Zoom orqali vebinarga qo‘shilish Sizni uchrashuvda kutib qolamiz! 🤝 🍇🍇🍇🍇🍇 💜 Подключайтесь к вебинару «Вопрос-ответ» по сертификации и защите брендов Партнёры, через час, в 14:00, начнётся онлайн-вебинар с Андреем Евсеевым — руководителем отдела сертификации и защиты брендов Uzum Market. Обсудим ваши вопросы и кейсы, связанные с сертификацией товаров и защитой брендов на Uzum Market. 😀 Подключиться к вебинару в Zoom Будем ждать вас на встрече! 🤝
Open in Telegram🆕 Kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar toifalari uchun xususiyatlar yangilandi Hamkorlar, biz kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar toifalarida tovar kartochkasini tahrirlashning uchinchi bosqichidagi xususiyatlarni yangiladik. Amaldagi kartochkalaringizni tekshirib, tovarlaringizga mos keladigan satrlarni to‘ldirishni tavsiya qilamiz. 😀 Xususiyatlarni qanday tekshirish mumkin: 😀 shaxsiy kabinetingizda tahrirlash uchun tovar kartochkasini oching; 😀 uchinchi bosqichga o‘ting; 😀 ko‘rsatilgan xususiyatlarni tekshiring va yetishmayotganlarini qo‘shing. Avval eng ko‘p sotiladigan tovarlaringizdan boshlashingiz mumkin. To‘ldirilgan xususiyatlar xaridorlarga tovarlarni qidiruv va filtrlar orqali topish, o‘zaro solishtirish hamda xarid haqida qaror qabul qilishda yordam beradi. Masalan, mato tarkibi, kiyimning qomatda qanday turishi va mavsumiyligi xaridorga narsaning unga mos kelish-kelmasligini buyurtma berishdan oldin tushunishga yordam beradi. Xaridorlarga tovarlaringizni tanlash osonroq bo‘lishi uchun kartochkalarni tekshirib chiqing 🤝 🍇🍇🍇🍇🍇 🆕 Обновили характеристики для категорий одежда, обувь и аксессуары Партнёры, мы обновили характеристики в категориях одежда, обувь и аксессуары на третьем шаге редактирования карточки товара. Рекомендуем проверить действующие карточки и заполнить поля, которые подходят вашим товарам. 😀 Как проверить характеристики: 😀 откройте карточку товара на редактирование в личном кабинете; 😀 перейдите к третьему шагу; 😀 проверьте указанные характеристики и добавьте недостающие. Начать можно с товаров, которые продаются чаще всего. Заполненные характеристики помогают покупателям находить товары через поиск и фильтры, сравнивать их и принимать решение о покупке. Например, состав ткани, посадка и сезонность помогут понять, подходит ли вещь, ещё до заказа. Проверьте карточки, чтобы покупателям было проще выбирать ваши товары 🤝
Open in Telegram💜 Fikr-mulohazangizni qadrlaymiz Hamkorlar, rus tilidagi «Savol-javob» onlayn vebinariga qo‘shilgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Fikr-mulohazangiz uchun minnatdor bo‘lamiz — u keyingi vebinarlarni siz uchun yanada foydali va qulay qilishga yordam beradi. Shaklni to‘ldirish atigi bir necha daqiqa vaqt oladi. 😀 Qayta aloqa shakli Ishtirokingiz va faolligingiz uchun tashakkur 🤝 🍇🍇🍇🍇🍇 💜 Ценим вашу обратную связь Партнёры, спасибо всем, кто подключился к онлайн-вебинару «Вопрос-ответ» на русском языке. Будем благодарны за ваше мнение — оно поможет сделать следующие вебинары более полезными и удобными для вас. Заполнение формы займёт всего пару минут. 😀 Форма обратной связи Спасибо за участие и вовлечённость 🤝
Open in Telegram🔥 Rus tilida «Savol-javob» vebinari 30 daqiqadan so‘ng «Savol-javob» formatidagi onlayn vebinar boshlanadi. 😀 Boshlanishi: 16:00 😀 Format: onlayn, Zoom 😀 Spiker: Behzod Qodirov, Uzum Market sotuvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari. 😀 Ulanish uchun havola Qo‘shiling — savollaringizni jonli efirda ko‘rib chiqamiz 🤝 🍇🍇🍇🍇🍇 🔥 Вебинар «Вопрос-ответ» на русском языке Через 30 минут начинается онлайн-вебинар в формате «Вопрос-ответ». 😀 Начало: 16:00 😀 Формат: онлайн, Zoom 😀 Спикер: Бехзод Кодиров, руководитель отдела поддержки мерчантов Uzum Market. 😀 Ссылка для подключения Подключайтесь — разберём ваши вопросы в прямом эфире 🤝
Open in Telegram😀 Komissionerlik bo‘yicha o‘zgarishlarni Soliq tizimida tasdiqlang Hamkorlar, komissionerlik shartnomasining amal qilish muddati 2026-yil oxirida tugaydigan hamkorlar uchun Soliq tizimidagi komissionerlik ma’lumotlarini yangiladik. Agar bu o‘zgarishlar sizga ham tegishli bo‘lsa, ularni MySoliq shaxsiy kabinetingizda tasdiqlashingiz kerak. Yuqoridagi kartochkalarda kerakli yozuvni qayerdan topish va o‘zgarishlarni qanday tasdiqlashni ko‘rsatdik. 😀 O‘zgarishlarni Soliq tizimida tasdiqlash bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnomani havola orqali topishingiz mumkin. O‘zgarishlarni tasdiqlaganingizdan so‘ng, bu haqda albatta Uzum Market biznesni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga xabar bering. Mutaxassislar ma’lumotni keyingi tekshiruvga yuborishadi 🤝
Open in Telegram😀 Подтвердите изменения по комиссионерству в системе Soliq Партнёры, мы обновили данные по комиссионерству в системе Soliq для тех, у кого срок действия договора комиссионера подходит в концу в 2026 году. Если изменения коснулись вас, необходимо подтвердить их в личном кабинете MySoliq. В карточках выше показали, где найти нужную запись и как подтвердить изменения. 😀 Пошаговая инструкция по подтверждению изменений в Soliq доступна по ссылке. После подтверждения обязательно сообщите об этом в бизнес-поддержку Uzum Market — специалисты передадут информацию на дальнейшую проверку 🤝
Open in Telegram💜 Fikr-mulohazangizni qadrlaymiz Hamkorlar, o’zbek tilidagi «Savol-javob» onlayn vebinariga qo‘shilgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Fikr-mulohazangiz uchun minnatdor bo‘lamiz — u keyingi vebinarlarni siz uchun yanada foydali va qulay qilishga yordam beradi. Shaklni to‘ldirish atigi bir necha daqiqa vaqt oladi. 😀 Qayta aloqa shakli Ishtirokingiz va faolligingiz uchun tashakkur 🤝 🍇🍇🍇🍇🍇 💜 Ценим вашу обратную связь Партнёры, спасибо всем, кто подключился к онлайн-вебинару «Вопрос-ответ» на узбекском языке. Будем благодарны за ваше мнение — оно поможет сделать следующие вебинары более полезными и удобными для вас. Заполнение формы займёт всего пару минут. 😀 Форма обратной связи Спасибо за участие и вовлечённость 🤝
Open in Telegram🔥 O‘zbek tilida «Savol-javob» vebinari 30 daqiqadan so‘ng «Savol-javob» shaklidagi bepul onlayn vebinar boshlanadi. 😀 Boshlanishi: 16:00 😀 Format: onlayn, Zoom 😀 Spiker: Sherzod Xudoyberdiyev — Uzum Market biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘limining ikkinchi liniya supervayzeri. 😀 Ulanish uchun havola Qo‘shiling — savollaringizni jonli efirda ko‘rib chiqamiz 🤝 🍇🍇🍇🍇🍇 🔥 Вебинар «Вопрос-ответ» на узбекском языке Через 30 минут начнётся бесплатный онлайн-вебинар в формате «Вопрос-ответ». 😀 Начало: 16:00 😀 Формат: онлайн, Zoom 😀 Спикер: Шерзод Худойбердиев — супервайзер второй линии отдела бизнес-поддержки Uzum Market 😀 Ссылка для подключения Подключайтесь — разберём ваши вопросы в прямом эфире 🤝
Open in Telegram😀 FBO sxemasi bo‘yicha sotuvchilarga tavsiya Hamkorlar, hozir FBO sxemasi bo‘yicha ishlashda bo‘sh taymslotlarni topish qiyinlashayotganini ko‘ryapmiz. Savdolar davom etishi uchun FBS va DBS sxemalarini ko‘rib chiqishni tavsiya qilamiz. Bu sxemalar tovarlarni o‘z omboringizda yoki ijaraga olingan omborda saqlash va bunda tovarlarni oldindan Uzum Market omboriga olib borishni kutmaslik imkonini beradi. 😀 Sxemalar qanday ishlaydi: 😀 FBS — tovarlarni o‘z omboringizda saqlaysiz va buyurtma tushgach, uni Uzum Market omboriga yoki qabul qilish punktiga topshirasiz. Xaridorga yetkazib berishni marketpleys tashkil qiladi. FBS sxemasi haqida batafsil ma’lumotni sotuvchi yo‘riqnomasida o‘qishingiz mumkin 😀 DBS — tovarlarni o‘z omboringizda saqlaysiz va buyurtmalarni xaridorlarga o‘zingiz yetkazib berasiz yoki yetkazib berish xizmatidan foydalanasiz. Batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishishingiz mumkin. O‘z biznesingizga mos keladigan sxemani tanlashni tavsiya qilamiz 🤝 🍇🍇🍇🍇🍇 😀 Рекомендация для продавцов по схеме FBO Партнёры, мы видим, что сейчас при работе по схеме FBO возникают сложности с наличием свободных таймслотов. Чтобы продажи продолжались, рекомендуем рассмотреть схемы FBS и DBS. Они позволяют хранить товары на своём или арендованном складе и не ждать предварительной поставки на склад Uzum Market. 😀 Как работают схемы: 😀 FBS — вы храните товары у себя и после получения заказа передаёте его на склад или в пункт приёма Uzum Market. Доставку покупателю организует маркетплейс. Подробнее про схему FBS можно прочитать в инструкции продавца; 😀 DBS — вы храните товары у себя и самостоятельно доставляете заказы покупателям или привлекаете для этого службу доставки. Подробнее можно ознакомиться по ссылке. Рекомендуем выбрать схему, которая подходит вашему бизнесу 🤝
Open in Telegram