⚡️ Xorazm maqom ansambli “zör tv” telekanalida! Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq artistlari Ğofurjon va Ğulomjon Eşçanovlar boşçiligidagi Xorazm maqom ansambli ijodiy jamoasi “ZÖR TV” telekanalining “Uxlamaysizmi?” körsatuvida iştirok etdi. Körsatuv davomida Xorazm vohasining boy musiqiy merosi, milliy maqom san’atining betakror namunalari hamda xalqimiz qalbidan çuqur joy olgan kuy-qöşiqlar namoyiş etildi. Ijodiy çiqişlar orqali Xorazm maqom ijroçiligining öziga xos jozibasi, milliy san’atimizning boyligi va ustozlar an’analarining davomiyligi keng jamoatçilikka namoyon etildi. Mazkur çiqiş milliy maqom san’atini keng tarğib qiliş, Xorazm maqom ijroçiligi an’analarini asrab-avaylaş hamda ustozlar merosini kelajak avlodga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy maqom san’atimizni asrab-avaylaş va keng tarğib etişga qaratilgan ijodiy faoliyat izçil davom etmoqda. 📱 Telegram l 📱 Instagram l 📱 Facebook l 📱 Youtube l
Open in Telegram
MAQOM MARKAZI
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Toshkent sh. Mahtumquli ko‘chasi 49-uy Biz haqimizda 📨 [email protected] 📞+ 998 (71) 286 31 77
Most viewed this month
- 01Views225Forwards—Reactions—Comments—
- 02Views210Forwards—Reactions2Comments—
- 03Views209Forwards—Reactions1Comments—
Latest posts
⚡️ Özbekiston — bağrikenglik va totuvlik diyori Qoraqalpoğiston Respublikasining Ellikqal’a tumanidagi 18-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Özbekiston — bağrikeng diyor” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi. Tadbirda Özbek milliy maqom san’ati markazi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölimining ijodiy jamoasi milliy kuy-qöşiqlar bilan iştirok etib, tadbirga özgaça fayz va tarovat bağişladi. Milliy kuy-qöşiqlar orqali yurtimizda hukm surayotgan tinçlik, döstlik, özaro hurmat va millatlararo totuvlik kabi ezgu qadriyatlar tarannum etildi. Mazkur tadbir xalqimizga xos bağrikenglik an’analarini keng tarğib etiş, yoş avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va mehr-oqibat tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qildi. 📱 Telegram l 📱 Instagram l 📱 Facebook l 📱 Youtube l
Open in Telegram⚡️ “Xoribulbulning navosi — temur yurtida” konsert dasturi bölib ötdi Qaşqadaryo viloyatida Ozarbayjon madaniyati, adabiyoti va san’ati haftaligi doirasida “Xoribulbulning navosi — Temur yurtida” nomli konsert dasturi bölib ötdi. Mazkur madaniy tadbirda Ozarbayjon Respublikasidan taşrif buyurgan sozanda va xonandalar, Özbek milliy maqom san’ati markazi Qaşqadaryo viloyati hududiy bölimining ijodiy jamoasi hamda qaşqadaryolik yakkaxon xonandalar iştirok etdi. Konsert davomida ikki xalqning boy musiqiy merosi, milliy kuy-qöşiqlari va betakror ijroçilik an’analari namoyiş etildi. Ozarbayjon va özbek san’atkorlarining çiqişlari tomoşabinlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi. Mazkur konsert ikki xalq örtasidagi azaliy döstlik, madaniy hamkorlik va ijodiy aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qildi. 📱 Telegram l 📱 Instagram l 📱 Facebook l 📱 Youtube l
Open in TelegramConnections
Similar channels
СТИХИЯ@stihiafestivalMusic1.68K
PLOVISTAN@plovistanMusic1.69K
YESBRO SLY [official channel]@therealyesbroMusic1.88K
Green71✅@green_71Music1.89K
RUXSOR FM | ONLINE@radioruxsorfmMusic1.48K
EXO ◑ KYUNGSOO🐧@kyungsoo_sng_uzbMusic1.43K
BOLAJON_MP3_KLIP@bolajonmusicMusic1.32K
TOLIBJON ISROILOV@tolibjon_isroilovMusic1.31K