Account

Posts of MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

newest first

#5762Text
Views19,500−50%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
10 h12,400
30 h19,500
  1. After 24 hours19,500
  2. Total to date19,500
#5761Text

46/2026 – mavzu   Içki işlar organi xodimining maʼnaviy qiyofasi: u qanday bölişi kerak? Huquq-tartibot tizimida zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, mukammal qonunlarni qabul qiliş mumkin. Ammo öşa texnologiyalarni boşqaradigan, qonunni hayotga tatbiq etadigan xodimning qalbida maʼnaviy nur, vijdon uyğoqligi va kasbiy or-nomus bölmasa, barça saʼy-harakatlar öz asl ruhini yöqotadi. Negaki, fuqaro davlatni, avvalo, köçada turgan patrul xodimi, mahalladagi profilaktika inspektori yoki tergov xonasidagi tergovçi timsolida köradi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev içki işlar organlari xodimlari va faxriylariga yöllagan tabrigida bu haqiqatni aniq va teran ifodalab berdi: «Odamlar bir xodimning muomalasi va xatti-harakatidan butun tizim haqida xulosa çiqaradi». Mana şu birgina jumlada butun tizimning obrö-eʼtibori va har bir xodim zimmasidagi ulkan maʼnaviy masʼuliyat mujassamlaşgan. «Içki işlar organlari töğrisida»gi Qonunning 8-moddasida har bir xodimning maʼnaviy qiyofasini belgilab beruvçi oltin qoida bitilgan: xodim fuqaroga murojaat etganida öz lavozimi, unvoni, ismi-şarifini aytişi, xizmat guvohnomasini körsatişi, murojaat sababini tuşuntirişi; fuqaro murojaat etganida uni diqqat bilan eşitişi şart. Inson qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda muomalada böliş esa qatʼiyan taqiqlanadi. Davlatimiz rahbarining PQ–5050-sonli qarori bilan tasdiqlangan konsepsiya tizimdagi tarbiyaviy işlarni «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qiliş – oliy burçimiz!» degan ğoya atrofida birlaştirdi. Bu boradagi islohotlarning mantiqiy davomi sifatida qabul qilingan «Içki işlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi» esa tizim hayotida tom maʼnoda buriliş yasadi. Uşbu Kodeksni xodimning «axloqiy konstitutsiyasi» deb ataş mumkin, çunki uning normalari xodimning nafaqat xizmat vaqtidagi, balki xizmatdan taşqaridagi har bir qadamini maʼnaviy mezonlar bilan ölçaydi. Xususan, xodim fuqarolar bilan muloqotda xuşmuomala, kamtar va bosiq bölişi, heç kimni kamsitmasligi, xizmatdan taşqari vaqtda dabdababozlik, şuhratparastlik, guruhbozlik, maişatbozlik va içkilikbozlik kabi illatlarga yöl qöymasligi şart. Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda axloqqa zid iboralarni işlatmasligi, davlat organlari va islohotlarga nisbatan işonçsizlik uyğotuvçi materiallar joylaştirmasligi lozim. Eng muhimi, Kodeks talablariga amal qiliş xizmat faoliyati samaradorligini baholaşning asosiy mezoni etib belgilandi. Bu şuni anglatadiki, tezkor tadbirda yuqori natija körsatgan, ammo fuqaroning şaʼnini kamsitgan, qöpollik qilgan yoki xizmatdan taşqarida nomunosib xatti-harakat sodir etgan xodim ilğor xodim böla olmaydi. Çunki kasbiy mahorat maʼnaviy yetuklik bilan birlaşgandagina haqiqiy professionallik yuzaga keladi. Taʼkidlaş joizki, Prezidentimiz yöllagan bayram tabrigida ilgari surilgan «Özingni angla va özgani qadrla» hamda «ÖZ» («Özimning Özbekistonim») ğoyalari bugun har bir xodimning hayotiy şioriga va kasbiy burçiga aylanişi şart. «Özingni angla» – bu, avvalo, kimning vorisi va kimning vakili ekaningni anglaşdir. U uç ming yillik davlatçilik tarixiga ega, «Kuç – adolatdadir» degan tamoyilni dunyoga taqdim etgan Sohibqiron Amir Temur avlodi. «Temur tuzuklari»da davlat xizmatçilari va sipohiylarning adolatli, halol, raiyatparvar bölişi davlat barqarorligining boş şarti sifatida körsatilgan. Hududiy içki işlar organlarida taşkil etilgan «Vatanparvarlik burçaklari»da «Temur tuzuklari»dan namunalar joylaştirilgani ham bejiz emas – bu xodimga tarixiy ildizlarini eslatib turuvçi maʼnaviy közgudir. Şu bilan birga, «özingni angla» – öz vakolating çegarasini va masʼuliyatini anglaş demakdir. Davlat xodimga maxsus vakolat, xizmat kiyimi, guvohnoma va zarur hollarda kuç hamda qurol işlatiş huquqini işonib topşirgan. Maʼnaviyati zaif odam qöliga vakolat tegsa, kibrga beriladi, özini fuqarolardan ustun qöya boşlaydi. Maʼnaviyati yuksak xodim esa vakolatni imtiyoz emas, balki masʼuliyat deb biladi – vakolati oşgani sari yanada kamtar va vazmin böladi. «Özgani qadrla» tamoyili esa har bir insonda öz yaqiningni körişni anglatadi. Xizmat faoliyatida xodim jamiyatning eng oğriqli nuqtalariga – oilaviy nizolar, öğrilik, firibgarlik, yöl-transport hodisalari, adaşgan yoşlar bilan boğliq vaziyatlarga duç keladi. Bunday muhitda işlaydigan odamda vaqt ötişi bilan kasbiy çarçoq va «emotsional sovuqqonlik» paydo böliş xavfi bor: inson taqdiriga oddiy statistika yoki navbatdagi bayonnoma sifatida qaraş ehtimoli kuçayadi. Bu xavfning yagona davosi – «Özgani qadrla» tamoyilidir. Murojaat bilan kelgan qariyani öz otangday, közi yoşlangan onaxonni öz onangday, adaşgan ösmirni esa öz ukang yoki farzandingday köra olsang, muomalang ham, qaroring ham özgaradi. Hatto huquqbuzarga nisbatan ham jazo muqarrarligini taʼminlaş barobarida, insoniy şaʼnini toptamaslik, uni töğri yölga qaytarişga intiliş – haqiqiy maʼnaviy yetuklik belgisidir. «ÖZ» («Özimning Özbekistonim») ğoyasi zamirida esa befarqlikni yengadigan daxldorlik tuyğusi yotadi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, har bir xonadonning osoyiştaligini öz oilang tinçligidek asraş uşbu ğoyaning amaliy ifodasidir. Amaliyotda ikki nafar xodim bir xil qonuniy talabni ikki xil tarzda qöyişi mumkin: biri qöpol, jerkib gapirsa, fuqaro qonunni buzgan taqdirda ham özini haqoratlangan his qiladi va bu norozilik uyğotadi; boşqasi özini taniştirib, bosiq va hurmat bilan tuşuntirsa, hatto huquqbuzar ham xatosini tan oladi. Demak, ijobiy imij sunʼiy reklama yoki balandparvoz hisobotlar bilan yaratilmaydi. U uçta asosiy omilga tayanadi: taşqi köriniş va saf madaniyati, nutq madaniyati va tinglaş sanʼati, nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlik. Kasbiy madaniyat kodeksi talablariga muvofiq, xodimning kiyinişi orasta va qatʼiy qoidalarga mos bölişi şart; ğijimlangan forma, tozalanmagan poyabzal yoki loqayd qiyofa davlat ramziga hurmatsizlikdir. Fuqaroni gapini bölmay, samimiy tinglaş esa muammoning yarmini yeçadi. Şuningdek, hissiyotga beriliş, jahl ustida qöpol söz aytiş yoki ortiqça kuç işlatiş – xodimning mağlubiyati. Agressiv yoki provokatsion vaziyatlarda muşt bilan emas, aql, psixologik bilim va vazmin söz bilan vaziyatni yumşatiş zarur. Tizimning ertangi kuni yoş kadrlarning qanday tarbiyalanişiga boğliq. Ayniqsa, xodim xizmatga kirgan dastlabki bir yil uning kelgusi kasbiy yölini belgilaydi. Ilk kunlardanoq halol, vijdonli ustozga tuşgan yoş xodim kelgusida har tomonlama yetuk mutaxassis, haqiqiy xalqparvar xodim, el suygan rahbar bölib yetişadi; loqaydlik va nopok muhit esa eng ezgu niyatlarni ham söndirişi mumkin. Içki işlar organi xodimining maʼnaviy qiyofasi haqida söz yuritganda, köpinça eʼtibordan çetda qoladigan, ammo aslida xodimni har kuni xizmatga ilhomlantirib turadigan bir muqaddas qörğon bor – bu uning oilasi. Çindan ham, uyida xotirjamlik, mehr-oqibat va özaro tuşuniş hukm surgan xodim xizmatga pok qalb, kötarinki ruh bilan keladi. Uning oilasi – uning maʼnaviy qalqoni. Şuning uçun ham PQ–5050 hamda PQ–10-sonli qarorlarda har bir rahbar zimmasiga öz qöl ostidagi xodimlarning oilaviy-maişiy muammolarini örganiş, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qöllab-quvvatlaş masʼuliyati muhim vazifa sifatida yuklatilgan. Maʼnaviyatning eng yuksak çöqqisi xizmat burçini bajariş çoğida el-yurt tinçligi uçun jonini fido qilgan mard va jasur xodimlarning uçmas xotirasidir. «Vatanparvarlik burçaklari» va muzeylardagi ularning siymosi bugun safda turgan har bir xodimga masʼuliyat yuklaydi: Vatan tinçligi va xizmat libosi şaʼniga aslo doğ tuşirmaslik – vijdon amridir.

Open in Telegram
Views19,500−50%vs avg
Forwards—
Reactions34
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
10 h12,600
30 h19,500
  1. After 24 hours19,500
  2. Total to date19,500
#5755Photo

ИИВ Академиясига якуний суҳбатсиз ўқишга кириш тартиби белгиланди Ҳукумат қарори билан Ички ишлар вазирлиги Академияси бакалавриатининг кундузги таълим шаклига қабул қилиш тартиби тўғрисидаги низомга қўшимча киритилди. Унга кўра, Президентнинг 2026 йил 7 апрелдаги ПҚ–134-сон қарорига мувофиқ қуйидаги тоифадаги номзодлар якуний суҳбатсиз белгиланган йиллик квота доирасида тўғридан-тўғри ўқишга қабул қилинади: ИИВ тизимида муддатли ҳарбий хизматни намунали ўтаган; Республика ва халқаро спорт мусобақаларида ёки фан олимпиадаларида 1-ўринни қўлга киритган; Қуролли Кучлар сафида муддатли ҳарбий хизматни ўтаётган ҳарбий хизматчиларнинг умумий сонига мутаносиб равишда ИИВга ажратилган квота доирасида белгиланган тартибда саралаб олинган муддатли ҳарбий хизматчилар. Ушбу тоифадаги номзодлар дастлабки танлов ва махсус касбий танлов натижаларига кўра талабаликка қабул қилинади. @manaviyat_va_marifat_darsi

Open in Telegram
Views66,500+71%vs avg
Forwards—
Reactions118
Comments—
#5754Text

45/2026 – mavzu   OTAŞIN ŞOIR, TARJIMON VA DRAMATURG   Betakror iste’dodi, noyob qobiliyati bilan ijod olamiga momaguldurakdek jarang soçib kirib kelgan qalam sohiblari haqida söz ketganda, «u adabiyot osmonida çaqnagan çaqmoq edi» degan ϐikr aytiladi. Afsuski, bunday hollarda, har qança yolqinlanmasin, çaqmoqning umri qisqa ekanini xayoldan faromuş qilamiz. Bunga hassos şoir, mohir mutarjim va donği hamon tillarda doston bölgan dramalar mualliϐi Usmon Nosirning juda qisqa, ammo mazmunli umri yorqin misol böla oladi.   SELDAY KELGAN ILHOM 1927-yilda Usmon Nosirning «Haqiqat qalami» nomli ilk şe’ri «Yangi yöl» gazetasida bosilib çiqqanda, u hali ön beş yoşga ham tölmagan edi. Şundan söng çaqmoq şoirning yurakdan çiqib yuraklarga yöl olgan bir qator naϐis şe’rlari dunyoga keldi. 1931-yilda esa fuqarolar uruşi mavzuyiga bağişlangan «Norböta» nomli dostoni «Yangi Farğona» gazetasida e’lon qilinadi. 1932-yil uning ilk şe’riy töplami «Quyoş bilan suhbat» dunyo yuzini körgaç, şoirning öz iborasi bilan aytganda, ilhomi selday toşib, bir-biridan naϐis nazmiy javohirlarni hamda «Naxşon», «Nil va Rim» kabi benazir dostonlarni yaratdi. 1934-yilda «Traktorobod», 1935-yil «Yurak» va 1936-yilda «Mehrim» nomli şe’riy kitoblari naşr etiladi. Omma e’tiboriga havola etilgan asarlari şe’riyat ixlosmandlarini hayajonga keltirganini körgan şoir öz ijodiga yanada talabçanroq bölarkan, ayni paytda, qalb qörida yetilgan şe’rlaridan faxr tuyadi: Sen yuragimning çaşma suvi sen, Sen közlarimning gavhar nurlari. Sening bahongni kim sörasa, de: «Bahom umringning bahosiga teng!»   Usmon Nosir şe’riyati heç bir ijodkornikiga öxşamagani, an’anaviy andaza-yu qoliplarga siğmagani bilan ham öziga xosdir. Ahamiyatlisi, har bir şe’rida şoirning otaşin, isyonkor ruhi sezilib turadi. Masalan, «Yurak» şe’rida Itoat et! Agar sendan Vatan rozi emas bölsa, Yoril, çaqmoqqa aylan sen, Yoril! Mayli, tamom ölsam!.. deya xitob qiladi.   «Yana şe’rimga» sonetida esa   Şe’rim! Yana özing yaxşisan, Boqqa kirsang, gullar şarmanda. Bir men emas, hayot şaxsisan, Jonim kabi yaşaysan manda. Yuragimning dardi – naqşisan, Qilolmayman seni heç kanda! Öt bölurmi işqi yöq tanda? Dardimsanki, şe’rim yaxşisan. degan ötliğ satrlarni bitadi.   ÖZBEKONA YANGRAGAN ÖGIRMALAR   Usmon Nosir betakror şe’riy asarlar yaratişdan taşqari, adabiy tarjima bilan ham şuğullangan. Xususan, Nikolay Dobrolyubovning «Haqiqiy kun qaçon keladi?» nomli salmoqli asari, V. Kirşonning «Uluğ kun» dramasini hamda jahon adabiyotining yirik şoirlaridan bölmiş Geyne, Gyote, Bayron şe’rlaridan ham tarjimalar qildi. Ayniqsa, Aleksandr Puşkinning «Boğçasaroy fontani», Mixail Lermontovning «Iblis» kabi jahoniy dovruq taratgan dostonlarni özbek tiliga mahorat bilan ögirdi. Usmon Nosir Puşkinni ham, Lermontovni ham ayriça bir muhabbat bilan sevardi. Tadbirlarda va turli yiğinlarda ularning eng sara va maşhur şe’rlarini yoddan öqib, köpçilikni hayrat barmoğini tişlaşga majbur qilardi. Şunday bölsa-da, «Boğçasaroy fontani»ni özbek tiliga ögirişdan oldin Puşkin şe’riyatining ruhini ança tasavvur qilgan şoir dostonning yaratiliş tarixi, uning badiiy şakliy xususiyatlarini çuqur örgandi. Natijada Puşkin asari ruhini saqlab qolgan holda ögirilgan quyma satrlar xuddi özbek tilida yozilgandek ravon öqiladi. Şuning uçun ham öz davrining yetuk şoiri bölgan Çölpon «U asl nusxadan ham ötkazib yuboribdi» deya Usmon Nosirni qutlagan edi. Agar şoir Puşkin dostonini davlat buyurtmasi asosida tarjima qilgan bölsa, Lermontovning maşhur «Iblis» asarini qalb amri bilan özbekona gapirtirişga tutindi. Ögirma juda qisqa muddatda amalga oşirilganiga qaramay, u özbek tarjima san’atida katta voqelik böldi. Zero, Usmon Nosir Puşkin va Lermontov kabi jahon adabiyotining uluğ namoyandalari asarlarini ularning mazmun va jozibasiga şikast yetkazmasdan turib, boşqa tilga ögiriş mumkin emas, degan aqidaga birinçilardan bölib zarba berdi.   SAHNAGA SIĞMAGAN SATRLAR Usmon Nosir özini nafaqat iste’dodli şoir, balki dramaturg sifatida ham namoyon etadi. Dramaturgik asarlari bilan keng jamoatçilikni hayratda qoldirgan vaqtda uning yoşi bor-yöği 18 da bölgan. Xususan, «Nazirjon Xalilov» dramasini yaratganda ayni şu yoşda edi. Bir yildan söng esa «Zafar», «Ğalaba» kabi sahna asarlari paydo bölgan. Bular yoş özbek dramaturgiyasida özgaça hodisa bölib, öz davrining eng dolzarb mavzularini aks ettirgan. Uning «Duşman» (1931), «Sönggi kun» (1932), «Atlas» (1935) pyesalari Qöqon teatrida sahnalaştirilgan. Natijada otaşin şoirning otaş yuragidan otilib çiqqan quyma satrlar teatr sahnalaridan taşqariga çiqib, minglab yuraklarni larzaga keltirgan. Umuman olganda, Usmon Nosir 6–7 yil qizğin ijod qildi. Şu qisqa davr içida u beşta şe’rlar töplami va ikki doston hamda tört drama yaratdi. Şuning uçun ham – özbek adabiyoti tarixida birinçi va oxirgi marta – 1937-yilning 27-yanvar kuni şoir adabiy faoliyatining 10 yillik yubileyi keng nişonlangan. Biroq bayram tadbiridan yarim yil ötib, Yozuvçilar uyuşmasida yoş şoirning «xulq-atvori» muhokama qilingan majlis bölib ötgan. Yiğilişdan ikki kun ötib, 14-iyul kuni endigina 24 yoşga tölgan Usmon Nosir Yozuvçilar uyuşmasi a’zoligidan öçirilgan va hibsga olingan. Maş’um «uçlik»ning qarori bilan ön yilga mahkum etilib, umrining va ijodining eng gullagan davrini sovuq ölkalardagi lagerlarda ötkazgan. Söngsiz qiynoqlar va oğir xastalik tufayli 1944-yil 9-martda vafot etgan.   SÖNGSÖZ ÖRNIDA Ming taassuf, buyuk qalam sohiblari tomonidan «Şarq Puşkini», «Özbeklarning Lermontovi» degan yuksak sifatlaşlar bilan şaraϐlangan milliy şe’riyatimiz osmonidagi eng yorqin yulduz juda erta söndi. Taskin şuki, bor-yöği öttiz ikki yil yaşagan şoirning haqiqiy umri uning yoniq yurak bilan yozilgan şe’rlarida, özbekona gapirgan ögirmalari, betakror iste’dodini bor böyi bilan namoyon etgan doston va dramalarida davom etmoqda. Şoirning «Ming yillardan keyin ham, Unutmas meni boğim. Şe’rlarim yangrab qolur… Bir umrga ölmayman» degan başoratomuz sözlari bizning kunlarimizga kelib, ayni haqiqatga aylandi. Prezidentimizning 2022-yil 10-fevraldagi «Otaşin şoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nişonlaş töğrisida»gi qaroriga köra, şoir hayoti va faoliyatini, xususan, uning qatağon davrida keçgan yillarini örganiş, hozirga qadar noma’lum bölib kelayotgan qölyozma asarlarining taqdiri haqida ma’lumotlar töplaş maqsadida işçi guruh tuzilib, uning Içki işlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, şuningdek, Rossiyadagi tegişli arxiv materiallari bilan tanişişi uçun şaroit yaratildi. Namangan şahrida Usmon Nosir haykali örnatilib, Toşkent va Namangan şaharlaridagi köçalarga Usmon Nosir nomi berildi. Har yili umumiy örta ta’lim muassasalari, ijod maktablari öquvçilari örtasida Usmon Nosir hayoti va ijodiga bağişlangan «Unutmas meni boğim» mavzuyida inşolar tanlovi ötkaziş esa yaxşi bir an’anaga aylandi.   Temir QURBON, filologiya fanlari nomzodi. https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi

Open in Telegram
Views57,400+48%vs avg
Forwards—
Reactions131
Comments—
#5753Text

44/2026 – mavzu   ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA KITOBXONLIK MADANIYATI   Bugungi globallashuv davrida, axborot oqimi haddan tashqari ko‘paygan va turli gibrid xavf-xatarlar ortib borayotgan zamonda inson tafakkurini shakllantirish, ongi va dunyoqarashini yuksaltirishda kitobning ahamiyati aslo pasaygani yo‘q. Aksincha, ma’naviy barqarorlikni saqlash uchun kitob mutolaasi hayotiy zaruratga aylanmoqda. Bu jarayon jamiyat osoyishtaligini ta’minlashdek mas’uliyatli va sharafli vazifani bajarayotgan ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.   Kasbiy mahoratning ishonchli tayanchi «Bir millatni yo‘q qilish uchun uning kitobini yoqish shart emas, mutolaani bas qilsang kifoya», degan edi taniqli mutafakkirlardan biri. Bu fikrning mantiqiy davomi sifatida aytish joizki, kitob o‘qishdan to‘xtagan jamiyat o‘z taraqqiyotini ham to‘xtatadi. Zero, mutolaa insonning dunyoqarashini boyitib, fikrlash doirasini kengaytiradi, uni ma’nan yuksaltiradi. Intellektual quvvat va fikriy yetuklikdan mahrum bo‘lgan ong esa tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va murakkab qarorlar qabul qilishda ojiz bo‘lib qoladi. Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyati bevosita inson taqdiri, jamoat tartibi va qonun ustuvorligi bilan bog‘liq bo‘lib, u har kuni turli vaziyatlar, muammolar va murakkab jinoyatlar bilan yuzma-yuz keladi. Aynan shunday paytda uning eng asosiy tayanchi – bilim, mantiqiy fikrlash va kitob mutolaasidir. Mas’uliyatli vazifalarni bajaruvchi xodimning murakkab hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri, qonuniy va adolatli qarorga kelishi uning faqat xizmat tajribasigagina emas, balki chuqur bilim va yuksak mantiqiy fikrlashiga ham bevosita bog‘liq. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish joizki, kitob mutolaasi ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatining turli jabhalarida yuqori samara beradi. Xususan: – muloqot madaniyati va stressga bardoshlilikda: har kuni turli fe’l-atvorli va kayfiyatdagi fuqarolar, nizoli vaziyatlar hamda jinoyatchilik bilan yuzma-yuz keladigan xodim uchun psixologik barqarorlik juda muhim. Mumtoz va zamonaviy badiiy adabiyotlarni o‘qish xodimning empatiya (boshqalar histuyg‘usini tushunish) hissini oshirib, zo‘riqishlarni yengishga va fuqarolar bilan muloqotda vazmin bo‘lishga yordam beradi; – mantiqiy fikrlashda: detektiv va psixologik asarlar, tergovchi va tezkor xodimlarda mantiqiy fikrlash, voqealar o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishini ko‘ra olish va sinchkovlik kabi kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantiradi; – profilaktik ishlar samaradorligini oshirishda: ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari bevosita jamiyatning ichida, mahallalarda faoliyat yuritadi. Yuqori dunyoqarash va so‘z boyligiga ega bo‘lgan inspektor aholi o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini ta’sirchan va ishonchli tarzda olib bora oladi. Tizimda kitobxonlikni ommalashtirish Ichki ishlar organlarida xodimlarning madaniy-ma’rifiy saviyasini oshirish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, IIV tasarrufida jami 223 ta kutubxona hamda 196 ta «Innovatsion kutubxona burchagi» faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, vazirlik Akademiyasi Axborot-resurs markazi fondi qariyb 300–400 ming nusxa atrofidagi adabiyotlarni qamrab olgan bo‘lib, ular huquqiy, badiiy, psixologik hamda elektron adabiyotlar bilan muntazam boyitib borilmoqda. Xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va ularning ma‘naviyatini oshirish maqsadida «Eng yaxshi kitobxon xodim» ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar rag‘batlantirilmoqda. Shuningdek, haftaning belgilangan kunlarida taniqli yozuvchi va shoirlar, olimlar bilan ijodiy uchrashuvlar, yangi kitoblar taqdimoti tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, xodimlarning intellektual salohiyati va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida IIV Akademiyasining raqamli platformalari, sohaviy ilmiy jurnallar hamda Yoshlar ishlari agentligining «Mutolaa» kabi elektron kutubxona loyihalari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular xodimlarning kasbiy adabiyotlardan keng foydalanishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishiga xizmat qilmoqda. Ma’naviy xazina Xodimning dunyoqarashi va kasbiy mahoratini shakllantirishda quyidagi adabiyotlar to‘plami muhim ahamiyat kasb etadi: Huquqiy va siyosiy adabiyotlar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy qonunchilik to‘plamlari va inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlar. Badiiy va milliy mumtoz asarlar: Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek, Abdulla Qahhor asarlari – insoniylik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash uchun. Jahon adabiyoti namunalari va psixologik asarlar: Lev Tolstoy, Fyodor Dostoyevskiy, Erix Mariya Remark asarlari, shuningdek, inson psixologiyasi va muloqot san’atiga oid manbalar (Deyl Karnegi, Viktor Frankl va boshqalar). Tarixiy va vatanparvarlik asarlari: Amir Temurning «Temur tuzuklari», Jaloliddin Manguberdi haqidagi tarixiy manbalar – mardlik va davlatchilik madaniyatini o‘rganish uchun. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Ichki ishlar vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, u tizim xodimlari, harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish hamda yuksak vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan. Xulosa o‘rnida Xalqimizda «Kitob – beminnat ustoz», «Kitobsiz inson – qanotsiz qush» degan hikmatli naqllar bejiz aytilmagan. Vatan tinchligi va el osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan yurt posbonining qalbida vatanparvarlik tuyg‘usi bilan birga yuksak ma’naviyat, mutolaaga mehr mujassam bo‘lsa, bunday tizim har qanday murakkab vazifani muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo‘ladi. Kitobxon xodim – o‘z muomalasi, adolatli qarorlari va chuqur bilimi bilan fuqarolarning ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchi yanada ortishiga xizmat qiladi. Osoyishtalik posbonining qalbidan kitob mustahkam o‘rin egallar ekan, jamiyatimizda adolat va osoyishtalik yanada mustahkamlanadi, yurt taqdiriga daxldorlik hissi ortadi.   Feruz YO‘LDOSHOV, o‘z muxbirimiz. 🎬 VIDEO FORMATDA KORISH 👈

Open in Telegram
Views35,600−8%vs avg
Forwards—
Reactions120
Comments—
#5752Text

43/2026 – mavzu   «Mahallabay» ishlash aholi farovonligi va odamlarni rozi qilishga xizmat qilyapti   Mamlakatimizda jamiyat ravnaqi va barqarorligi, avvalo, uning quyi bo‘g‘ini hisoblanmish mahallaning obod, tinch va farovonligi bilan belgilanadi. Shu bois aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi sa’y-harakatlar bevosita joylarda yangicha tizim – «mahallabay» ishlash asosida tashkil etilmoqda. So‘nggi yillarda mahallalar «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» konsepsiyasini hayotga tatbiq etishda eng muhim tashkiliy-institutsional bo‘g‘inga, aholiga eng yaqin xalqchil tuzilmaga aylandi. Ilgari hududlardagi ijtimoiy muammolar asosan markazlashgan tarzda, yuqoridan hal etilib, quyiga uzatilardi. Bu esa ba’zi hollarda odamlarning haqiqiy dard-u tashvishlari e’tibordan chetda qolishiga sabab bo‘lardi. Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan yangi yondashuv – «mahallabay» ishlash tizimi eskicha qarashlarni o‘zgartirib, ustuvor vazifalarni bevosita mahallaning o‘zidan, odamlarning kundalik turmush tarzidan kelib chiqqan holda belgilashda muhim dasturilamal bo‘ldi. Bugun mahallalarda faoliyat yuritayotgan fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotinqiz lar faoli, ijtimoiy xodim, soliq inspektori va mahalla bankiridan iborat mas’ullar o‘z ishini xonadonma-xonadon yu rishdan , aholi dardini tinglashdan boshlamoqda . E ’tiborlisi , bu jara yonda mahallalardagi iqtisodiy holat, bandlik darajasi, oilalarning daromad manbalari va tomorqa yerlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari singari masalalar bosqichma-bosqich tahlil qilib borilmoqda. Natijada umumiy hisobotlardan voz kechilib, har bir oila va fuqaro taqdiriga manzilli yondashilgani tufayli muam molar mahallaning o‘zida ortiqcha qog‘ozbozliksiz yechimini topmoqda. Jumladan , yoshlar va xotin-qiz larning tadbirkorlikka qiziqishlari aniqlanib, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida maxsus o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. O‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga zarur asbob-uskunalar xarid qilish uchun subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berilmoqda. Mahalla bankirlari – banklarning eng quyi bo‘g‘ini sifatida hududlar ning biznes imkoniyatlarini o‘rganib, fuqarolarning tashabbuslarini tayyor loyihalarga aylantirishga ko‘maklashmoqda. Ular «xonadonbay» tizimi asosida har bir oilaga maqbul biznes rejalarni taklif etish barobarida, kredit ajratish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va tayyor mahsulotni sotishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yaqindan hamrohlik qilmoqda. Natijada fuqarolar barqaror daromad manbayi hisoblangan mehnatga jalb etilmoqda. So‘nggi yillarda mahalla fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratilib, barcha qulayliklarga ega zamonaviy mahalla binolari qad rostlamoqda. Bu esa fuqarolarning murojaat qilishi va ularga sifatli xiz mat ko‘rsatish uchun katta imkoniyat yaratmoqda. Mahallalarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash maq sadida joriy etilgan «Mahalla byudjeti» tizimi vakolatlarning quyi bo‘g‘inlarga beri lishi yo‘lidagi chinakam muhim qadam bo‘ldi. Buning amaliy ifodasini ayni hududdan tushadigan mahalliy soliqlarning bir qismi ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr tarmoqlari va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga yo‘naltirilayotgani misolida ko‘rish mumkin. Shuningdek, «Obod mahalla», «Obod qishloq», «Obod ko‘cha», «Obod xonadon» va «Yashil makon» kabi loyihalar yurtimiz go‘shalarini tubdan yangilab , ekologik toza va qulay yashash muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. «Mahallabay» ishlash tizimida «mahalla yettiligi» tarkibida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlarining xizmati alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, «Poytaxt namunasi» asosida hududlarda xavfsiz muhit yaratish borasidagi islohotlar aholi ning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatli. Zotan, davlat siyosatining samaradorligi faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan emas, balki fuqarolarning tinch- osoyishta umr kechirishi, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi va hayotdan roziligi bilan o‘lchanadi. Odamlarning o‘z muammolari bilan yolg‘iz qolmay, davlat g‘amxo‘rligini his etayotgani «mahallabay» ishlash tizimining bosh natijasidir. Xalq roziligiga erishish – tinimsiz harakat, odamlar ishonchini oqlash va har bir insonga adolatli munosabatda bo‘lish demakdir. Mahalla institutiga qaratilayotgan yuksak e’tibor hamda «mahallabay» ishlash tizimining hayotga muvaffaqiyatli tatbiq qilinishi yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini oshirish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda muhim tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda.   Gulnoza TURG‘UNBOYEVA, o‘z muxbirimiz 🎬 VIDEO FORMATDA KORISH 👈

Open in Telegram
Views33,400−14%vs avg
Forwards—
Reactions109
Comments—
#5751Text

42/2026 – mavzu BURCH, SHARAF, SADOQAT    Bugungi kunda yurtimiz hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh maqsadi – inson qadrini ulug‘lash va uning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunday ezgu maqsadni hayotga tatbiq etishda ichki ishlar organlari xodimlari eng oldingi safl arda turibdi.   2017-yil 9-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlarida mavjud muammo va kamchiliklar tanqid qilib, tizim oldida turgan istiqboldagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, soha xodimlari eskicha fikrlashdan voz kechib, o‘z burchini elga xizmat qilish tamoyiliga asoslanib bajarish kerakligini ta’kidladi. Yurtimizda insonning hayoti, erkinligi, sha’ni va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. U tinch-osoyishta yashashga haqli. Inson turli jinoiy tajovuzlardan himoya qilinishi kerak. Mazkur huquqlarning ta’minlanishida esa ichki ishlar organlari muhim o‘rin tutadi. Qayerdaki qonun ustuvor bo‘lsa, o‘sha joyda taraqqiyot bo‘ladi, inson qadr topadi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «Agar davlat tayanadigan asosiy ustun qonun bo‘lsa, uning kuchini amalda namoyon etadigan eng samarali tizim, bu – ichki ishlar sohasi, desak, ayni haqiqat bo‘ladi». Ushbu mas’uliyatli vazifalarni samarali bajarish, ichki ishlar organlarini xalq mehri va ishonchini qozongan, xalqchil tuzilmaga aylantirish uchun tizimda so‘nggi yillarda keng qamrovli islohotlar o‘tkazilmoqda. Yangi ichki ishlar organlarida boshqaruv strategiyasining markaziga inson huquqlari va manfaatlari qo‘yildi. So‘nggi o‘n yil mobaynida tizim xodimlarining kasb mahoratini, muloqot madaniyatini, ma’naviyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, xushmuomala, adolatparvar, o‘z burchiga sadoqatli, halol va xolis huquq-tartibot posbonigina aholi hurmatini qozonadi. Ichki ishlar organlari xodimlarining jamiyatdagi obro‘si faqatgina zamonaviy texnika yoki chiroyli xizmat libosi bilan emas, balki xalqning ularga bo‘lgan ishonchi bilan o‘lchanadi. Ishonch esa adolat va halollik ustiga quriladi. Osoyishtalik posbonlarini Vatanga muhabbat, burchga sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalash kechiktirib bo‘lmas vazifa hisoblanadi. Bu borada Prezidentimizning 2021-yil 2-apreldagi «Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasining tasdiqlangani muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratishdir. Mamlakatimizda qabul qilingan 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi davlat boshqaruvi va qarorlar qabul qilish tizimida ayollar ulushini bosqichma-bosqich oshirishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan. Mazkur davlat siyosatining uzviy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida ham tub burilishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ayol xodimalarni rahbarlik lavozimlariga tayinlash va ularning salohiyatidan samarali foydalanish amaliyoti yangi bosqichga ko‘tarildi. Zamonaviy rahbar qiyofasi — yuqori professionallik, innovatsion fikrlash, ma’naviy yetuklik va xalq bilan yaqin muloqot uyg‘unligidir. IIV Akademiyasi magistratura bitiruvchisi nafaqat boshqaruvchi, balki sohadagi islohotlarni hayotga tatbiq etuvchi asosiy kuch hisoblanadi. Bugun IIV Akademiyasi Magistraturasida eskirgan stereotiplardan voz kechgan, yangicha fikrlaydigan va qonunni qat’iy himoya qiladigan, muloqot madaniyatida, professionalizmda, adolatda, halollikda, xolislikda ibrat bo‘ladigan yuqori malakali, zamonaviy rahbarlar tahsil olmoqda. Rahbarlik lavozimlariga tayinlashda xodimlarning shaxsiy va kasbiy fazilatlariga ustuvorlik berilmoqda. Yangi avlod ichki ishlar organlari rahbarlariga qo‘yiladigan talablar bo‘lgan kreativlik, stressga chidamlilik, jamoa bilan ishlash, liderlik qobiliyatlari va ma’naviy saviyasiga e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda alohida yondashuv asosida manzilli ishlash mexanizmlari joriy etilyapti. Jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda sun’iy intellektdan, dronlardan va boshqa zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga kirishildi. Darhaqiqat, bugungi kunda qaysi sohada bo‘lmasin, faoliyat samaradorligi ko‘p jihatdan zamonaviy axborot texnologiyalaridan qay darajada foydalanishga bog‘liq. Ayni maqsadda, barcha hududlarda «Xavfsiz shahar» tizimining sun’iy intellekt asosida boshqariluvchi «Qalqon» nomli dasturiy platformasi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Yangi mexanizmlarga ko‘ra, raqamli texnologiyalar va IT sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishda nazariya va amaliyot to‘liq birlashtirildi. Endilikda IIV Akademiyasi bitiruvchilari zamonaviy blokcheyn, kriptoaktivlar va mobil qurilmalar kriminalistikasini mukammal bilishi, internet orqali sodir etilayotgan qonunbuzarliklarni «issiq izidan» fosh etish mexanizmlarini qo‘llashga oid bilimlarga ega bo‘lishi davr talabidir. Jinoyat sodir etilgandan keyin chora ko‘rish emas, balki hududning ijtimoiy-iqtisodiy holatini tahlil qilib, jinoyatga moyil omillarni barvaqt aniqlash va yo‘q qilish yangi mexanizmning o‘zagi hisoblanadi. Yangi O‘zbekistonning ichki ishlar organlari xodimlari xalqimizning ishonchli himoyachisi va ko‘makchisidir. Ular davlatimiz rahbari tomonidan o‘zlariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rliklarni, bildirilayotgan ishonchni o‘z hayoti va xizmat faoliyatida his etmoqda. Bundan ruhlanib, xalqimizning davlatdan rozi bo‘lib, sohaning har bir xodimi timsolida o‘z himoyachisini ko‘rishlariga erishish yo‘lida bor bilim va mahoratlarini ishga solishga tayyordirlar.   Sharif QOBILOV, IIV Akademiyasi professori, iste’fodagi polkovnik.

Open in Telegram
Views46,400+19%vs avg
Forwards—
Reactions188
Comments—
#5734Video
Views124,000+219%vs avg
Forwards—
Reactions143
Comments—
#5724Text

41/2026 – mavzu DAVLAT TILI – MILLIY G‘URUR VA MA’NAVIY QADRIYATLAR POYDEVORI (21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni) 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi qonunning 1-moddasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir», deb belgilab qo‘yilgani o‘zbek xalqining har bir vakili qalbida milliy g‘urur hissini beqiyos darajada kuchaytirdi. Tilimizga davlat tili maqomi berilgani uni milliy qadriyatlarimiz asosida boyitishda, rivojlantirishda muhim omil bo‘ldi. Ushbu tarixiy voqeadan so‘ng, eng avvalo, xalq orasida deyarli ommalashib ulgurgan rasmiy atama va joy nomlarini o‘zbekchalashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, rayon tumanga, posyolka qo‘rg‘onga aylandi. Toshkent shahridagi Oktabr tumani Shayxontohur, Kuybishev tumani Mirzo Ulug‘bek, Lenin tumani Mirobod deb atala boshlandi, vazir atamasi ministr so‘zi o‘rnini egalladi. Albatta, bunga erishish o‘zo‘zidan bo‘lmaganini, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarda o‘ziga xos to‘siq va qarshiliklar bo‘lganini bugun 50 yoshdan oshgan avlod vakillari yaxshi bilishadi. Masalan, o‘sha vaqtda Samarqand viloyati hokimligida mas’ul lavozimda xizmat qilgan kishilardan biri shunday eslaydi: «1991-yilning 1-sentabriga hali ancha bor edi. Samarqandning bosh maydoniga maydonning asl otini Ko‘ksaroyni va bu maydonga keladigan katta ko‘chalarga Amir Temur va temuriylar Husayn Boyqaro, Ulug‘bek, Zahiriddin Bobur nomlarini qo‘ygandik. «Известия» gazetasida esa «Qonxo‘r Temur bu safar Samarqandni qonsiz va jangsiz bosib oldi...» deb boshlangan xabar ham berilgandi. O‘sha vaqtlardagi Samarqand shahar kommunistlarining birinchi sekretari viloyat ijroqo‘mitasiga boshdan-oyoq dag‘dag‘adan iborat telegramma yozib (istaganlarga ko‘rsatishim mumkin), «Amir Temur otini Samarqanddagi katta ko‘chaga berish shahar aholisiga nisbatan hurmatsizlik ekanligini, Frunzega nisbatan bepisandlik ekanligini» bildirgandi. Oradan ko‘p o‘tmay esa uning bir davlatga elchi etib tayinlangani to‘g‘risidagi xabarni gazetadan o‘qidim». O‘zbek tili oltoy tillari oilasining turkiy tillar guruhiga kiruvchi eng qadimiy tillaridan biri hisoblanadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni 50 million kishiga yetgan. Bu, albatta, tilimizning rivojlanib borayotgani belgisi. Ammo axborot texnologiyalarining barcha sohalarga kirib borishga ulgurgani, raqamli texnologiyalar keng joriy etilayotgani, internet tarmoqlari – axborot almashinuvining eng maqbul usuliga aylanib bo‘lgani tillarning rivojlanishiga jiddiy to‘siqlarni yuzaga keltirayotgani ham sir emas. Shuning uchun tilimizni, uning sofligini saqlab qolish masalasi bugungi kunning jiddiy masalalaridan biri hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tillarning yo‘qolib borishiga ikkita katta sabab ko‘rsatilmoqda. Asosiy sabab – o‘sha tilning internet tiliga aylanmaganligi bo‘lsa, ikkinchisi esa o‘zidan yuqori mavqedagi til soyasida qolib ketishi ekan. Xo‘sh, tilning internet tiliga aylanishi deyilganda nima nazarda tutiladi? Tilshunos olima G.Toyirova shunday ta’riflaydi: «Internet kompyuter texnologiyalariga tayanadi. Kompyuter lingvistikasida «kompyuterning tilni tanishi» degan tushuncha bor. Kompyuter tilni «tanishi» uchun bu tilni «bilishi» zarur. Kompyuterning matndagi xatolarni tuzatishi, matnni qayta ishlashi, tarjima qilishi, so‘zlarga izoh bera olishi, tilni o‘rgatishi, matnni bir alifbodan ikkinchi alifboga o‘tkazib berishi, til ifodalarini tasniflashi, tartiblashi, biror tilda gapirishi, yozishi uning tilni tanishi asosida amalga oshiriladi. Demak, sun’iy intellekt ma’lum tilni «tanisa», o‘sha til asosida ishlaydi». Albatta, bu masalaga bugungi kunda davlatimiz rahbariyati tomonidan jiddiy e’tibor qaratilyapti. Bunga Vikipediya elektron ensiklopediyasida o‘zbekcha materiallarning ko‘payganini misol qilsa bo‘ladi. Ikkinchi sabab esa tilimizga yanada jiddiy xavf tug‘diradi. Negaki, bizda sovet davrida rus tiliga ishtiyoqmandlar ko‘paygani kabi, bugun ham negadir ingliz va boshqa xorijiy tillarda so‘zlashiga havasmandlar ko‘p. Bu yaxshi. Ammo Prezidentimiz o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: «Biz yoshlarimizning jahon tillarini egallashga bo‘lgan ulkan qiziqish va intilishlari ni har doim qo‘llab-quvvatlaymiz», – deb ta’kidlar ekan, XX asr boshida olti tilli – o‘zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida lug‘at tuzgan ma’rifatparvar Is’hoqxon Ibratning quyidagi so‘zlarini eslatadi: «Biz ning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero o‘z tiliga sadoqat – Vataniy ishdir». Darhaqiqat, ona tilimiz juda boy bo‘lib, dunyodagi hech bir tildan kam emas. Masalan, uning boylig xususida milliy g‘ururimiz yuksalishiga sabab bo‘lgan misollardan birini sevimli shoirimiz Abdulla Oripov xotiralarida o‘qigandim. Shoir Italiyaga borganida Dantening «Ilohiy komediya»sini tarjima qilganini aytadi. Shunda bir italyan shoiri: «Bu shoh asarni tarjima qilishga o‘zbek tilining kuchi yetadimi?» – deb so‘raydi. Shunda shoirimiz birgina «shamol» so‘zining shabada, nasim, yelvizak, bo‘ron, to‘zon, quyun, izg‘irin, shuvot kabi yigirmadan ziyod sinonimlarini aytib bergan ekan. Albatta, bu millatimiz taniqli vakilining bir shaxs bilan bo‘lgan muloqoti tufayli bizga hadya etilgan g‘ururlanish edi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida tarixda birinchi marta ushbu nufuzli xalqaro tashkilot minbaridan turib o‘zbek tilida nutq so‘zlagani millatimizga beqiyos g‘urur baxsh etgan edi. Xullas, tilimiz rivojiga hukumat darajasida alohida e’tibor qaratilib, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan. Mazkur hujjatlar asosida bir qator tadbirlar uyushtirilmoqda. Masalan, mamlakatimizda har yili oktabr oyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan «O‘zbek tili oyligi» ma’naviyma’rifiy tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Shu o‘rinda Prezidentimizning 2020-yil 20-oktabrdagi «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonini alohida ta’kidlash joiz. Mazkur farmon bilan 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlangan bo‘lib, unda ko‘zda tutilgan har bir topshiriq belgilangan muddatda baja rilsa, albatta, ko‘zlangan maqsadga erishamiz. Saodat JUMANOVA, IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarix fani o‘qituvchisi. ———————————————————————- Telegram | WORD | PDF | RUS | 2026 barchasi 🎬 VIDEO FORMATDA KORISH 👈

Open in Telegram
Views129,000+232%vs avg
Forwards—
Reactions393
Comments—
#5720Text

40/2026 – mavzu Oilada yoş avlod tarbiyasi Mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olişga, bu yölda bor bilim va salohiyatini safarbar etişga qodir bölgan, azm-u şijoatli yoşlarni tarbiyalab voyaga yetkaziş – biz uçun eng muhim masaladir. Şavkat MIRZIYOYEV Jamiyatning ertangi kuni, porloq istiqboli va barqaror taraqqiyoti unda voyaga yetayotgan yoş avlodning har tomonlama barkamolligiga bevosita boğliq. Şu bois bugungi kunda ularning nafaqat ma’naviy-axloqiy jihatdan kamol topişi, balki zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallaşi, intellektual salohiyatini yuksaltirişi, şuningdek, jismonan soğlom va baquvvat bölib voyaga yetişi ustuvor vazifaga aylangan. Har birimiz uçun muqaddas qörğon hisoblanmiş oilaga, uning mustahkamligi va farzandlarimizning çuqur bilim-u hunarli, vatanparvar va ma’naviyatli insonlar bölib ulğayişiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Ota-ona – oilaning mustahkam ustunlari, farzandlar esa uning köz qoraçiğidek asrab-avaylanadigan eng şirin mevasidir. Farzandlar nihoyatda kuzatuvçan, ziyrak va taqlidçi bölişadi. Ular oilada kattalarning barça ijobiy hamda salbiy xatti-harakatlarini öziga singdirib boradi. Oilaviy munosabatlardagi sovuqqonlik, mehrsizlik yoki er-xotin örtasidagi doimiy kelişmovçiliklar bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir körsatib, uni tajang, jizzaki va özboşimça qilib qöyişi mumkin. Natijada bunday ruhiy zöriqiş va nazoratsizlik ostida qolgan yoşlar turli salbiy ta’sirlar, yot ğoyalar hamda jamiyat uçun xavfli bölgan zalolat yölidagi kimsalarning öljasiga aylanib qolişi heç gap emas. Ana şunday nozik va mas’uliyatli pallada oila qörğonini mustahkamlaş, farzandlar qalbiga mehr va ezgulik uruğini singdirişda bobo va buvilarning ham örni beqiyos. Ular boy hayotiy tajribasi, ertak, matal va hikoyalari orqali nabiralarga milliy qadriyatlarni singdirib, özligini anglaşida muhim köprik vazifasini bajaradi. Şu ningdek, ota-onalar iş va rözğor taşvişlari bilan band yoki ba’zan muammolar içida qolgan paytda farzandlarga çeksiz mehr va qalb haroratini baxş etib, ularga ma’naviy suyanç böladi. Zamonaviy ilm-fan va pedagogika tadqiqotlari şuni körsatadiki, inson miyasi taxminan 1,4 milliard hujayradan iborat bölib, çaqaloq dunyoga kelganda ularning aksariyati hali töliq şakllanmagan böladi. Miya hujayralari dastlab alohida, tarqoq holda joylaşadi. Biroq bola ulğaygan sari, ular örtasida özaro boğlovçi mustahkam riştalar paydo böla boşlaydi. Statistik ma’lumotlarga köra, tuğilgandan keyingi birinçi olti oy mobaynidayoq miyaning salohiyati 50 foizga, uç yoşgaça esa 80 foizga yetadi. Bu esa bolaning rivojlanişi öz holiça keçmasligini yaqqol körsatadi. Uşbu muhim davrda miyadagi hujayralar şunçaki boğlanişlar hosil qilmasligi, kelgusida çiroyli meva berişi uçun bolaga kiçik yoşidan ongli ravişda, puxta ta’lim-tarbiya beriş ğoyat ahamiyatlidir. Bugungi tezkor zamon farzand tarbiyasiga ham öz ta’sirini ötkazmay qolmayapti. Mutaxassislarning kuzatuvlariga köra, ota-onalar sutkaning bor-yöği bir yarim soatini farzandiga ajratarkan, xolos. Qolgan vaqt esa kundalik turmuş taşvişlari, iş va rözğor yumuşlari bilan ötib ketadi. Xöş, şu qisqagina vaqt ham qanday maqsadlarda sarflanmoqda? Töğri, har bir ota-ona «Bolamning qorni töq, usti but bölsin», deya tong sahardan keçgaça tinim bilmaydi. Ammo, afsuski, moddiy ta’minotga berilib, bolaning ma’naviy va ruhiy tarbiyasiga kam e’tibor qaratayotganimiz ham bor gap. Aytaylik, tarbiyani eng oddiy fazilat bölmiş rostgöylik misolida köraylik. Bolaga quruq nasihat qilib, yolğondan hazar qilişni uqtirişning özigina yetmaydi. Gohida kattalarning özlari bilmagan holda farzandini kiçikligidan aldovga örgatib qöyayotgani kişini öylantiradi. Masalan, ota uy telefoni yoki eşik qönğiroğiga javob berganda, «Falonçi sörasa, uyda yöq, deb ayt!» deya tayinlaş bilan bolaga nimani örgatadi?! Afsuski, bu kabi mayda yolğonlar allaqaçon kundalik turmuşimizning oddiy bir qismiga aylanib ulgurdi. Ertaga farzandimizning aldovlaridan boşimizga taşviş tuşganda, birinçi navbatda, bu «uruğ»ni kim ekkani haqida bir lahza öylab körişimiz kerak emasmikan? Şu bois, bolani yoşligidan rostgöylikka örgatiş bilan birga, unga omonatga xiyonat qilmaslik, har bir söz va işda mas’uliyatli bölişning mazmunini amalda singdirib boriş zarur. Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bugungi davrda yoşlarimizning turli gadjetlar ta’siriga haddan taşqari boğlanib qolişi har qaçongidan ham dolzarb muammo bölib turibdi. Nazoratsiz qolgan yoşlar internetdagi yot ğoyalar va «ommaviy madaniyat» unsurlari qurboniga aylanişi mumkin. Şu bois ota-onalar farzandlarining kimlar bilan döstlaşayotgani, maktabdagi öqişi va böş vaqti qanday ötkazayotgani va internetdan qanday maqsadlarda foydalanayotganidan doimo xabardor bölişlari şart. Ana şunday xatarlarning oldini olişda va farzandning ma’naviy kamoloti hamda tafakkurini töğri şakllantirişda kitobning örni beqiyosdir. Har kuni qöliga telefon yoki planşet olib, televizor qarşisida vaqt ötkazayotgan bolaning dunyoqaraşi ham şunga yaraşa bölib qolişi tabiiy. Ammo kitob öqib ulğaygan, mutolaaga mehr qöygan farzandning fikrlaş doirasi, zehni va bilim saviyasi tengdoşlaridan ança ustun turadi. Vaqtini behuda raqamli öyinlar va ijtimoiy tarmoqlarda sovurayotganlar emas, balki aynan kitobga döst bölib, ilm çöqqilarini zabt etgan zukko va irodali yoşlar kelajakda jamiyatni, katta jamoalar hamda zamonaviy loyihalarni işonç bilan boşqaradigan insonlar bölib yetişadi. Farzandlar kamoloti va kelajagimiz bilan boğliq bunday ezgu sa’y-harakatlar mamlakatimizda Boş qomusimiz va bola huquqlariga oid köplab qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qöyilgan. Jumladan, «Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi alohida qonun ham qabul qilingan bölib, ular yoşlarning ta’lim olişi, ijtimoiy himoyasi va barkamol bölib voyaga yetişiga xizmat qilmoqda. Xususan, Konstitutsiyamizning 78-moddasida quyidagi muhim qoidalar belgilab qöyilgan: «Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş hamda himoya qiliş, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan tölaqonli rivojlanişi uçun eng yaxşi şart-şaroitlarni yaratiş davlatning majburiyatidir. Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoşlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanişni, vatanparvarlik va Vatanga bölgan mehr-muhabbat tuyğularini şakllantiriş töğrisida ğamxörlik qiladi». Turmuş taşvişlarini elkama-elka engib ötayotgan er-xotinning bir-biriga yelkadoş bölişi, hurmatini joyiga qöyişi farzandlar uçun çinakam hayot maktabidir. Oilada ona mehr buloği bölsa, otaning adolatli va qat’iyatliligi bolani mas’uliyatga örgatadi. Farzand nasihatni unutişi mumkin, ammo köz öngidagi hayotiy ibratni heç qaçon yodidan çiqarmaydi. Buyuk mutafakkir şoirimiz Alişer Navoiy aytganidek: «Adab kiçik yoşliğlarni uluğlar duosiğa sazovor etar». Kattalarning hurmatini joyiga qöyib, ularning duosini olib ulğaygan yoşlar heç qaçon kam bölmaydi. Zero, farzand tarbiyasi faqat oilaning emas, butun jamiyatning kelajagini belgilaydigan uluğ mas’uliyatdir. Sarvar SOBIROV, jurnalist. ———————————————————————- Telegram | WORD | PDF | RUS | 2026 barchasi 🎬 VIDEO FORMATDA KORISH 👈

Open in Telegram
Views128,000+229%vs avg
Forwards—
Reactions413
Comments—
#5708Text

39/2026 – mavzu   ZAMONAVIY DAVLAT XIZMATÇISI: ŞAXSIY MAS’ULIYAT, TAŞABBUSKORLIK VA NATIJADORLIK   Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning samarasi uni hayotga tatbiq etadigan insonning kasbiy mahorati, taşabbusi va fuqarolik pozitsiyasiga bevosita boğliq.   Davlat xizmatçisi fuqarolarning murojaatlarini tinglaydi, muammolarini hal etişda qatnaşadi, qonun va davlat siyosatining amaliy ijrosini ta’minlaydi. Uning har bir qarori, muomalasi, mas’uliyati va işga munosabati davlat idorasining obrösiga, imijiga, fuqarolarning davlatga bölgan işonçiga ta’sir qiladi. Zero, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida davlat xalq irodasini ifoda etişi va uning manfaatlariga xizmat qilişi, davlat organlari hamda mansabdor şaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi belgilangan. Şu bois davlat xizmatining markazida mas’uliyat, xalq manfaatiga daxldor vazifa turadi. Mas’uliyatni faqat topşiriqni bajariş yoki belgilangan muddatga rioya qiliş bilangina çeklab bölmaydi. Haqiqiy mas’uliyat – öz vazifasining jamiyat hayotidagi ahamiyatini anglaş. Zamonaviy davlat xizmatçisi muammoning mohiyatini tuşunişga, öz vakolati doirasida unga yeçim topişga yoki tegişli mas’ul xodimga yönaltirişga intiladi. Özbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi «Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi qonunida davlat fuqarolik xizmatçisining Konstitutsiya, qonunlar va boşqa hujjatlarga rioya qilişi, xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarişi, odob-axloq qoidalariga amal qilişi, manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymasligi hamda beğaraz va xolis bölişi kabi majburiyatlari tasdiqlangan. Bu talablar şunçaki işlab çiqilgan huquqiy me’yor emas. Qonunning zamirida oddiy, ammo juda muhim savol mujassam: «Men bugun öz vazifamni halol va vijdonan bajardimmi?» Ana şu savolni har kuni öziga bera olgan xodimda kasbiy mas’uliyat şakllanadi. Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida inson bilimli bölişi bilan birga, olgan bilimiga amal qilişi zarurligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, Avloniyning intizom haqidagi qaraşlari bugungi boşqaruv uçun ahamiyatlidir. Asarda işni öz vaqtida, tartibli va izçil bajariş taraqqiyotning muhim şartlaridan biri sifatida talqin qilinadi:   Davlatni koni, manbayi tartib-intizom, Sarvatni poydori erur iqtisodi tom. Muhtojliğ yuzini körar deb gumon qilmang, Tartibi birla yursa, kişining işi mudom.   Bu fikr bugungi davlat xizmatçisi uçun ham nihoyatda dolzarb. Qonunni bilişning özi kifoya emas – unga amal qiliş şart. Xizmat odobini bilişning özi yetarli emas – uni kundalik muomalada nam o y o n etiş kerak. Fuqaroga xizmat qiliş zarurligini anglaşning özi kamlik qiladi – buni amaliy faoliyat bilan isbotlaş lozim. Zamonaviy boşqaruvda davlat xizmatçisi faqat yuqoridan topşiriq kutib ötiradigan ijroçi emas, balki muammoni oldindan köradigan, taşabbuskor, yangilikka intiladigan mutaxassis bölişi muhim. Taşabbuskorlik – qonuniylik, mas’uliyat va vakolat doirasidagi faol harakat bilan uyğunlaşgandagina ijobiy natija beradi. Masalan, fuqarolarning bir masala yuzasidan köp murojaat qilayotganini körgan xodim faqat murojaatlarni birma-bir körib çiqiş bilan çeklanmay muammoning ildizini tahlil qilib, takroriy murojaatlarning oldini oliş böyiça taklif kiritişi mumkin. Demak, taşabbuskor xodim «Menga nima topşirildi?» degan savol bilan birga «Işni qanday qilib yaxşiroq taşkil etiş mumkin?» degan savolni ham öziga beradi. Iş jarayonida vazifa, mas’uliyat, muddat va natija özaro boğliq. Natijadorlik – fuqaroga körsatilgan xizmatning sifati, muammoning yeçimi, vaqt va mablağning oqilona sarflanişi, belgilangan maqsadga erişiş hamda jamiyat uçun foydali samara bilan ölçanadi. Şu ma’noda zamonaviy davlat xizmatçisi öz faoliyat i n i « M e n qança iş qildim?» degan mezon bilan emas, «Mening faoliyatim natijasida nima o ‘zg a rd i ?» degan mezon bilan baholay olişi kerak. Fuqarolarning davlat xizmatçisi haqida şakllanadigan tasavvuri köpinça davlat idorasidagi oddiy bir uçraşuvdan boşlanadi. Fuqaroni tinglagan xodimning gapiriş ohangi, muammoni tuşunişga bölgan harakati, murojaatni körib çiqiş tezligi – bularning barçasi davlat xizmatining insoniy qiyofasini namoyon etadi. Davlat fuqarolik xizmatçilarining odob-axloq qoidalarida qonuniylik, fuqarolar huquq va manfaatlarining ustuvorligi, halollik, xolislik, davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik kabi tamoyillar belgilangan. Şuningdek, xodimlardan fuqarolar bilan xuşmuomala, vazmin va samimiy munosabatda bö- liş, davlat xizmatlari sifatini doimiy ravişda oşirib boriş talab etiladi. Şunday ekan, davlat xizmatçisi uçun muomala madaniyati şunçaki odob masalasi emas. U – kasbiy kompetensiyaning asosi. Globallaşuv jarayonlarida keça olingan bilim bugungi kun muammolarini hal qiliş uçun yetarli bölmasligi mumkin. Raqamlaştiriş, sun’iy intellekt, yangi boşqaruv texnologiyalari, huquqiy islohotlar, oçiq ma’lumotlar va elektron davlat xizmatlari davlat xizmatçisidan doimiy ravişda örganişni talab qilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi «Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondaşuvlar asosida taşkil etiş hamda professional va natijadorlikka yönaltirilgan davlat xizmatçilari korpusini şakllantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida ham davlat fuqarolik xizmatini yangi yondaşuvlar asosida taşkil etiş, professional va natijadorlikka yö- naltirilgan davlat xizmatçilari korpusini şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Hujjatda davlat xizmatiga munosib kadrlarni tanlov asosida qabul qiliş, kadrlar salohiyatini rivojlantiriş va professional davlat xizmatçilari korpusini şakllantiriş vazifalari qayd etilgan. Davlat xizmatçisi haqida fikr yuritganda eng muhim haqiqatlardan biri şuki: lavozim insonni uluğlamaydi, aksinça, inson öz faoliyati bilan lavozimning qadrini oşiradi. Davlat xizmatçisiga berilgan vakolat şaxsiy manfaat uçun imkoniyat emas, jamiyat manfaatiga xizmat qiliş uçun berilgan işonçdir. Zero, zamonaviy davlat xizmatçisi uçun eng oliy mezon – lavozimga munosib bö- liş emas, xalq işonçiga sazovor böliş!   Dilrabo ABDUHAMIDOVA, mutaxassis-muxbir, katta leytenant. ———————————————————————- Telegram | WORD | PDF | RUS | 2026 barchasi 🎬 VIDEO FORMATDA KORISH 👈

Open in Telegram
Views156,000+301%vs avg
Forwards—
Reactions442
Comments—
#5701Text

38/2026 – mavzu Ustoz – qalb meʼmori va kelajak bunyodkori! Şunday kasb egalari borki, ularning mehnatisiz heç bir jamiyat, heç bir taraqqiyot va kelajakni tasavvur qilib bölmaydi. Bu — öqituvçilik kasbi, ustozlik şarafidir. Zero, insoniyat tarixida erişilgan har bir yutuq, kaşfiyot va muvaffaqiyat zamirida ustoz-muallimning köz nuri, maşaqqatli mehnati va fidoyiligi yotadi. Muvaffaqiyatga erişayotgan har bir şaxs ortida, albatta, uning qölidan tutib töğri yölga boşlagan fidoyi ustoz siymosi gavdalanadi. Muallim — faqat bilim beruvçi şaxs emas, balki inson qalbini ezgulik, maʼrifat va yuksak axloq bilan boyituvçi asl meʼmor. Öqituvçilik — şunçaki kasb emas, balki yuksak masʼuliyat va sabr-toqatni talab etadigan şarafli vazifa. Ustoz tom maʼnoda qalb meʼmori, kelajak bunyodkoridir. Meʼmor xomaşyodan, oddiy ğişt va tuproqdan muhtaşam va gözal binolar barpo etgani kabi, ustoz ham hayotda tajribasiz bola qalbiga ezgulik uruğlarini qadab, bilimli, salohiyatli va maʼnaviyatli insonni şakllantiradi. Bola dunyoni ilk bor maktab ostonasida, ustozining mehr töla közlari, samimiy sözlari orqali taniydi. Biror bir muhtaşam imorat mustahkam poydevorsiz qad rostlay olmaganidek, insonning fikrati ham, fitrati ham ustoz bergan tarbiyasiz gözal böla olmaydi. Millatning, davlatning, xalqning ertangi kuni bugungi kunda maktabda dars tinglayotgan, oliy öquv yurtlarida tahsil olayotgan yoşlarning qölida. Ularni qanday inson, qanday mutaxassis qilib tarbiyalaş esa bevosita ustozning mahorati, fidoyiligi va bilimiga boğliq. Bugun ustoz bergan bilim tufayli ertaga jamiyatda yetuk şifokorlar, zakiy olimlar, qonun ustuvorligini taʼminlovçi huquqşunoslar, yurtni obod qiluvçi muhandislar yetişib çiqadi. Şu maʼnoda, öqituvçi öz sinfxonasida ötirib, butun bir millatning, davlatning ertangi kunini, kelajagini bunyod etadi. Umumbaşariy taraqqiyotga ulkan hissa qöşgan uluğ allomalarimiz öz ustozlarini köklarga kötarişgan, ularga yuksak ehtirom körsatgan. Xususan, buyuk munajjim va davlat arbobi Mirzo Uluğbek Qozizoda Rumiyga bölgan çeksiz hurmati tufayli ustozi uning qabri ustiga maqbara qurdirib, uning ilmdagi xizmatlarini yuksak qadrlagan. Söz mulkining sultoni Alişer Navoiy esa ustoz maqomini şunday taʼriflaydi: Haq yölida kim senga bir harf öqitmiş ranj ila, Aylamoq oson emas haqqin ado ming ganj ila. Bu misralardan anglaşiladiki, kişiga bir harf örgatgan ustozning haqqini heç qanday moddiy boylik bilan ado etib bölmaydi. Zero, ustozning qalbdan çiqqan bir sözi — umr yöliga çiroq, bergan har saboği — taqdirning yöl xaritasi, bildirgan işonçi esa şogirdlar uçun qanot. Şu bois ham muallimning mehnatini uluğlaş, jamiyatda öqituvçi maqomi va obrösini yuksaltiriş buyuk istiqbolga qöyilgan mustahkam zamindir. Bugungi kunda mamlakatimizda ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi nufuzini oşiriş hamda ularning maşaqqatli mehnatini munosib qadrlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Eng avvalo, bu ezgu maqsad yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasida mustahkamlandi. Unga köra: «Davlat öqituvçilarning şaʼni va qadr-qimmatini himoya qiliş, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan ösişi töğrisida ğamxörlik qiladi». Şuningdek, 2024-yil 1-fevraldan kuçga kirgan «Pedagogning maqomi töğrisida»gi qonun pedagoglarning huquqlari, şaʼni va işçanlik obrösi davlat himoyasida ekanini yana bir bor huquqiy jihatdan kafolatladi. Eʼtiborlisi, mazkur qonun bilan öqituvçining kasbiy faoliyatiga aralaşiş, uni asossiz tekşiriş yoki xizmat vazifasini bajarişiga tösqinlik qiliş taqiqlandi. Pedagogni maʼmuriy tarzda majburlaş ham qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bölişi mustahkamlandi. Sohadagi islohotlarning uzviy davomi sifatida 2025-yilda öqituvçi va murabbiylarning kasbiy mahoratini eʼtirof etiş hamda ommalaştirişga qaratilgan yangi mexanizmlar yölga qöyildi. Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga asosan, umumiy örta taʼlim sohasi xodimlari örtasida «Yil öqituvçisi» hamda «Kasbiy mahorat yetakçisi» tanlovlarini ötkaziş tartibi belgilandi. Bundan közlangan asosiy maqsad — yoşlarni barkamol şaxs etib tarbiyalaşga munosib hissa qöşayotgan, öquv-tarbiya jarayonida yuqori natijalarga erişayotgan pedagoglarni aniqlaş va ularni munosib rağbatlantirişdir. Bu kabi huquqiy va amaliy meʼyorlar sönggi yillarda respublikamizda ustoz şaxsiga munosabat tubdan özgarganini körsatadi. Endilikda pedagogga faqat taʼlim beruvçi xodim emas, balki huquqlari davlat tomonidan kafolatlangan, alohida kasbiy maqomga ega bölgan eʼtiborli şaxs sifatida qaralmoqda. Har yili 1-oktabr — Öqituvçi va murabbiylar kunining mamlakatimizda keng nişonlanişi ham uşbu ehtiromning yorqin ifodasidir. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev bayram munosabati bilan ötgan yili ustoz va murabbiylarga yöllagan tabrigida taʼlim sohasini davlat siyosatining eng ustuvor yönalişi sifatida eʼtirof etib, «bugungi öqituvçi — ertangi davlatimizning qiyofasini belgilab beruvçi asosiy şaxs» ekanini alohida taʼkidladi. Davlatimiz rahbari, şuningdek, öqituvçilik kasbining maqomi va nufuzini oşiriş hal qiluvçi masala ekanini, soha xodimlarining mehnat va yaşaş şaroitini yaxşilaş, bu kasbni jamiyatda eng muhim hamda obröli mutaxassislikka aylantiriş borasidagi islohotlar izçil davom ettirilişini qayd etdi. Demak, bugun mamlakatimizda ustoz va murabbiylarga qaratilayotgan yuksak eʼtiborni birgina sohadagi islohot sifatida emas, balki jamiyatning ertangi qiyofasini va kelajagini belgilab beruvçi muhim strategik vazifa sifatida baholaş lozim. Xulosa qilib aytganda, jamiyatning maʼnaviy qiyofasi, mamlakatning intellektual salohiyati va ertangi taraqqiyoti, eng avvalo, taʼlim sifati va öqituvçining mehnati bilan çambarças boğliq. Pedagog maqomini mustahkamlaş, uning jamiyatdagi nufuzini oşiriş, munosib mehnat va ijodiy faoliyat uçun zarur şaroitlarni yaratiş — nafaqat bugungi kun uçun, balki mamlakatning barqaror va farovon ertasi uçun kiritilayotgan eng qimmatli sarmoyadir. Kamol OLLOYOROV, jurnalist ———————————————————————- Telegram | WORD | PDF | RUS | 2026 barchasi 🎬 VIDEO FORMATDA KORISH 👈

Open in Telegram
Views136,000+250%vs avg
Forwards—
Reactions452
Comments—