Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Yangi Özbekiston ziyolilari - milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida “Özbekiston ziyolilari kengaşi” yiğilişining oçiliş marosimi bölib ötdi.
Mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor taşkil etilgan mazkur kengaş mamlakatda ilm-fan, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, tibbiyot va boşqa sohalarda faoliyat yuritayotgan ziyolilarning intellektual salohiyati, tajribasi va taşabbuslarini umummilliy taraqqiyot maqsadlariga yönaltiriş, ularning davlat va jamiyat hayotidagi örnini yanada kuçaytirişga qaratilgan.
Kengaşning yalpi majlisi va 7 ta şö’basida milliy taraqqiyotimizning ğoyaviy, ma’naviy, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslariga oid dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Jumladan, “Öz” falsafasining zamonaviy talqini, inson qadri va fuqarolik özligi, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik, özbek tili va adabiyoti, raqamli taraqqiyot va mediamakon, milliy tarbiya va tarixiy xotira, madaniyat va kreativ iqtisodiyot, ilm-fan va ta’lim, innovatsion tibbiyot, yaşil taraqqiyot hamda tadbirkorlik yönalişlariga alohida e’tibor qaratiladi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram