O’tgan yil og’ir tugadi. PhD himoyasiga yaqinlasha olmagan yana bir yilim edi. Lekin aynan o’tgan yili muhim arxivlarni topgandim. Soatlab, kunlab, oylab sovuq arxivda chang va dorilangan hujjatlarni varaqlagandim, titgandim, o’qigandim.
Atrofdagilar? Salomimga alik olmay qo’ygan, ensasini qotirgan, haliyam himoya qila olmayapti, tayinli ishi ham yo’q (arxivlarim sabab muqim ishda ishlash imkoni bo’lmadi. Sababi arxivga telefonni topshirib kirib ketasiz) bir luzer edim.
O’ta tushkun holatda yilni tugatdim. O’ta tushkun holda yilni boshladim. Ammo bilmagandimki aynan shu yil o’ta sokin, o’ta sabrli, o’zga bir insonga aylantirishini. Haqiqatda o’zgarayotganim, o’zgarganimni his qildim. O’zimni luzer his qilmay qo’ydim. 4 yil izlaganim bir urush qatnashchisini aynan shu yilda arxivda topdim. 4 yil. Kim uchundir kulgulidir, lekin o’zim uchun yutuq bo’ldi. Mayda qadam katta natijaga olib kelishini, rejalar bilan bo’lishish kerakmasligini tushundim. Shu darajaga yetdimki avvalari oddiy rejalarimni to’lqinlanib kimgadir aytadigan odam hozirda natijam bilan bo’lishmay qo’ydim.
Yashash. O’z hayotingda yashash ma’nosi balki shudir. Faqat o’zing bilan andarmon bo’lish. Boshqa intrigalarga qiziqmaslik, bosh qotirmaslikdir. Kim bilsin. O’sishim, o’zgarishim, yanayam oyoqda tik va mahkam turishimga bor. Harakat kerak. Bori shu do’stlar
@mahinsworld