Account

Posts of “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

newest first

#8732Photo
Views122−64%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#8729Photo

Forwarded from Rasmiy axborot

🇺🇸 Donald Tramp Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan sovğa qilingan özbek milliy ayvonlari uçun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi. Donald Trampning qayd etişiça, ötgan hafta Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Sidiqov va AQŞ Içki işlar vaziri Dag Burgum iştirokida ötkazilgan taqdimot marosimi çoğida «Marine One» vertolyotida uşbu ayvonlar ustidan uçib ötiş uning uçun alohida şaraf bölgan. U özbek ustalarining mahorati va mehnatiga yuqori baho berib, ayvonlar 200 yillik toğ yonğoği yoğoçidan tayyorlanganini alohida ta’kidladi. Uning sözlariga köra, özbekistonlik hunarmandlar uşbu inşootlarni yaratiş uçun bir neça oy davomida oilalaridan uzoqda bölib, noqulay ob-havo şaroitida ham mehnat qilgan. Prezident bu ustalarni haqiqiy iste’dod sohiblari deb atadi. AQŞ Prezidentining ta’kidlaşiça, mazkur ayvonlarni şaxsiy mulk sifatida saqlab qoliş örniga, ularni jamoatçilik foydalanişi uçun taqdim etişga qaror qilgan. Ayni paytda ular Vaşingtondagi Tidal Basin suv havzasi sohilida, Jefferson memoriali va Vaşington monumenti körinib turadigan hududda joylaştirilgan. Şuningdek, Donald Tramp bir yildan söng Milliy qahramonlar boği oçilişi bilan mazkur ayvonlar şaharning eng gavjum va diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylanişiga işonç bildirdi. U yerda diplomatik qabullar, gözallik va madaniy tadbirlar, Sakura gullaşi festivali doirasida esdalik suratlari hamda turli jamoatçilik tadbirlarini ötkaziş rejalaştirilgan. "Özbekistonlik mohir ustalar haqiqiy iste’dod sohiblaridir! Ular uşbu gözal ayvonlarni yuksak mahorat bilan bunyod etişdi. Bu ayvonlar çindan ham hayratomuz!" - deb yozdi Donald Tramp. AQŞ Prezidenti, şuningdek, loyihani amalga oşirişda yaqindan hamkorlik qilgan Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi va AQŞ Milliy boğlar xizmatiga minnatdorlik bildirdi. Ma’lumot uçun, mazkur ayvonlar Özbekiston hunarmandlarining milliy me’morçilik an’analari va yuksak hunarmandçilik mahoratini Amerika jamoatçiligiga namoyon etuvçi öziga xos tuhfa böldi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Open in Telegram
Views145−58%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h33
2 h99
3 h121
7 h145
  1. After 1 hour99
  2. After 6 hours145
  3. Total to date145
#8728Photo

🛡25-noyabr — Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish kuni Har yili 25-noyabrda Xalqaro Xotin-qizlarni zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni nishonlanadi. Bu sana butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” (25-noyabr — 10-dekabr) xalqaro kampaniyasining starti hisoblanadi. 🏛 O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida himoya mexanizmlari: Mamlakatimizda ushbu sohadagi munosabatlar “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-561) bilan tartibga solinadi. Qonun zo‘ravonlikning 4 ta turini belgilaydi va taqiqlaydi: 1️⃣ Jismoniy zo‘ravonlik 2️⃣ Ruhiy (psixologik) zo‘ravonlik 3️⃣ Jinsiy zo‘ravonlik 4️⃣ Iqtisodiy zo‘ravonlik Murojaat va himoya: 🟢 Tazyiq yoki zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga vakolatli organlar tomonidan Himoya orderi beriladi. 🟢 Jabrlanganlarga bepul tibbiy, psixologik, huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Muhim: 2023-yildagi qonunchilik o‘zgartirishlarga ko‘ra, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. 📞 Agar siz yoki yaqiningiz zo‘ravonlikka duch kelsa, jim turmang! 🔴 Ichki ishlar organlari (102) 🔴 Bepul va maxfiy Ishonch telefoni (1146) 🔴 Mahalladagi xotin-qizlar faollari va Ayollarni reabilitatsiya qilish markazlariga murojaat qiling. 🔗 Manba: “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (lex.uz). ➡️Bizni kuzatib boring: 💳WEB-saytimiz 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook ✍️Ilmiy loyihalarimiz

Open in Telegram
Views357+4%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h235
4 h357
  1. After 1 hour235
  2. After 6 hours357
  3. Total to date357
#8727Video
Views229−33%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
11 h122
24 h229
  1. After 24 hours229
  2. Total to date229
#8726Photo

NEGA BIZ BOSHQALAR HAM BIZ KABI FIKRLAYDI, DEB O‘YLAYMIZ? 💭 Tasavvur qiling, siz uchun biror qaror juda oddiy va to‘g‘ri tuyuladi. Ammo yaqin insoningiz butunlay boshqa fikr bildiradi. Shunda beixtiyor: «Nahotki shuni ham tushunmasa? Axir bu hammaga ayon-ku!» deb o‘ylashingiz mumkin. Aslida esa biz uchun tabiiy tuyulgan fikr boshqalar uchun mutlaqo boshqacha ma’noga ega bo‘lishi mumkin. 🔬 Psixologiyada bu hodisa «Soxta umumiylik effekti» (False consensus effect) deb ataladi. 1977-yilda psixolog Lee Ross va uning hamkasblari o‘tkazgan tadqiqotlarda insonlar o‘z qarashlari, tanlovlari va xatti-harakatlari boshqalar orasida qanchalik keng tarqalganini ortiqcha baholashga moyil ekanligi aniqlangan. Ya’ni biz ba’zan «Men shunday o‘ylayman, demak, ko‘pchilik ham shunday o‘ylaydi» degan xulosaga kelamiz. 🏡 Bu oilaviy munosabatlarda qanday namoyon bo‘ladi? Masalan, er-xotindan biri mehrni g‘amxo‘rlik va amaliy yordam orqali ifodalasa, ikkinchisi uchun samimiy suhbat va birga vaqt o‘tkazish muhimroq bo‘lishi mumkin. Har ikkisi ham o‘ziga muhim bo‘lgan narsani boshqasi ham xuddi shunday qabul qiladi, deb taxmin qilishi mumkin. Natijada esa: «Men uchun buning qanchalik muhimligini nahotki tushunmasang?» degan tushunmovchilik yuzaga keladi. 🌿 Nima qilish mumkin? Keyingi safar kimningdir fikri siznikidan farq qilsa, darhol uning noto‘g‘ri ekanligi haqida xulosa chiqarmang. Avval shunday savol berib ko‘ring: «Sen nima uchun bunday o‘ylaysan? Men vaziyatga boshqacha qarayapman». 💚 Unutmang: bizga o‘xshab fikrlamaydigan inson bizni tushunmaydi, degani emas. Ba’zan bir-birimizni yaxshiroq tushunish uchun o‘z qarashlarimizni yagona to‘g‘ri mezon deb qabul qilmasligimiz kerak. 💬 Sizningcha, oilaviy kelishmovchiliklarda qaysi holat ko‘proq uchraydi? A) Har kim o‘z fikrini to‘g‘ri deb hisoblaydi. B) Bir-birining nuqtayi nazarini tushunishga vaqt ajratilmaydi. C) Fikrlar farqi shaxsiy munosabat sifatida qabul qilinadi. 👇 Izohlarda fikringizni bildiring! ➡️Bizni kuzatib boring: 💳WEB-saytimiz 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook ✍️Ilmiy loyihalarimiz

Open in Telegram
Views293−15%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
20 h262
24 h293
  1. After 24 hours293
  2. Total to date293
#8723Photo
Views474+38%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
#8716Photo
Views371+8%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
#8713Photo

#HuquqiySavodxonlik AJRIMDAN KEYIN FARZAND FAQAT ONA BILAN QOLADIMI? 🕯 Jamiyatimizda er-xotin ajrashganidan keyin farzand, albatta, ona bilan qolishi kerak, degan qarash mavjud. Ammo amaldagi qonunchilikda bunday qat’iy qoida belgilanmagan. 📌O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 71-moddasiga muvofiq, ota va ona o‘z farzandlariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga ega. Nikoh bekor qilinganda voyaga yetmagan farzandning kim bilan yashashi, birinchi navbatda, ota-onaning o‘zaro kelishuvi asosida belgilanadi. Agar kelishuvga erishilmasa, ushbu masala sud tomonidan hal etiladi. ⁉️ Sud qanday mezonlarga asoslanadi? Sud farzandning kim bilan yashashini belgilashda quyidagi holatlarni hisobga oladi: ✔️Bolaning ota yoki onaga ko‘proq bog‘langanligi; ✔️ Farzand tarbiyasi bilan amalda kim shug‘ullanib kelganligi; ✔️ Bolaning yoshi, sog‘lig‘i va ta’lim olish sharoitlari; ✔️ Ota-onaning shaxsiy fazilatlari va bola bilan munosabatlari; ✔️ Bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar. 📊Daromadi yuqori bo‘lgan ota yoki ona ustunlikka egami? Yo‘q. Ota yoki onaning moddiy ta’minoti yuqoriligi farzand aynan u bilan qolishi uchun mustaqil va hal qiluvchi asos hisoblanmaydi. Sud moddiy imkoniyatlar bilan bir qatorda bolaning ruhiy holati, tarbiyasi, ota-onaga bog‘liqligi va boshqa muhim omillarni ham baholaydi. ✔️ Ajrimdan keyin farzand avtomatik ravishda ona bilan qolmaydi. Qonun oldida ota va ona teng huquqli bo‘lib, kelishmovchilik yuzaga kelganda sud bolaning manfaatlaridan kelib chiqib qaror qabul qiladi. ➡️Bizni kuzatib boring: 💳WEB-saytimiz 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook ✍️Ilmiy loyihalarimiz

Open in Telegram
Views508+48%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#8709Photo
Views351+2%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#8708Photo

XOTIN-QIZLAR SALOMATLIGI — HAR BIR YOSHDA E’TIBOR BERISH KERAK BO‘LGAN 7 YO‘NALISH! Salomatlikni asrashni qachondan boshlash kerak? Albatta, bugundan! Sog‘lom turmush tarzi — bu faqat sport yoki parhez emas. To‘g‘ri ovqatlanish, yetarli uyqu, muntazam harakat va o‘z salomatligiga e’tibor ham muhim. Har bir yoshda organizmning ehtiyojlari o‘zgaradi. Shuning uchun quyidagi 7 yo‘nalishga e’tibor qaratish lozim: O‘SMIRLIK — SOG‘LOM ODATLARNI BOSHLANG! To‘g‘ri ovqatlaning, meva-sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qiling va kuniga kamida 8 soat uxlashga harakat qiling. 20 YOSHDAN — HARAKATNI ODATGA AYLANTIRING! Haftasiga kamida 150 daqiqa jismoniy faollik bilan shug‘ullaning. Piyoda yurish, raqs yoki yengil mashqlar ham foydali. 30 YOSHDAN — YURAK VA MIYA SALOMATLIGIGA E’TIBOR BERING! Sog‘lom ovqatlaning, ko‘katlar va foydali mahsulotlarni tanlang, muntazam harakat qiling hamda stressni kamaytirishga intiling. 40 YOSHDAN — SALOMATLIKNI NAZORAT QILING! Qon bosimi, qondagi shakar miqdori va umumiy salomatlikni kuzatib boring. Profilaktik tekshiruvlarni vaqtida o‘tkazing. 50 YOSHDAN — MENOPAUZA DAVRIDA O‘ZINGIZGA G‘AMXO‘R BO‘LING! Organizmdagi o‘zgarishlarga e’tibor bering, vaznni me’yorda saqlang, faol bo‘ling va zarur hollarda shifokor bilan maslahatlashib turing. 60 YOSHDAN — SUYAKLAR VA YURAKNI ASRANG! Sayr, yengil mashqlar va suzish kabi faoliyatlar mushaklar hamda suyaklarni mustahkamlashga yordam beradi. Qon bosimini muntazam tekshirib boring. 70 YOSHDAN — XAVFSIZLIK VA HARAKAT MUHIM! Yiqilishning oldini olish uchun uy sharoitini xavfsiz tashkil qiling. Har kuni yengil yurish va o‘zingizga mos mashqlarni bajarishga harakat qiling. 💠 Yoshdan qat’i nazar, o‘z salomatligingizga e’tibor berishni bugundan boshlang ! ➡️Bizni kuzatib boring: 💳WEB-saytimiz 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook ✍️Ilmiy loyihalarimiz

Open in Telegram
Views937+173%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—