Account

Posts of Magistr Science🎓

newest first

#2241Photo
Views1,210−54%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#2240Photo
Views1,300−51%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#2239Text

Ustama puli qaytarilishi mumkinmi? 5825-savol: Assalomu alaykum, mening savolim quyidagicha. Men 2024-2025-oʻquv yilidagi faoliyatim uchun 2025-2026-oʻquv yilida direktor jamgʻarmasidan 10 % kasb mahoratim uchun, 10 % metodbirlashma rahbarligim uchun ustama olganman. Yaqinda prokuratura tekshirib, hujjatlarda kamchilik aniqlandi deb ustama uchun olgan pullarni qaytarishga qoʻygan. Bu ustama pullari maxsus komissiya qaroriga asosan menga loyiq koʻrilganligi uchun berilgan. Buning uchun men aybdor emasman-ku. Agar men qaytarib toʻlaydigan boʻlsam 11.384.000 soʻm toʻlashim kerak ekan. Bu pullarni toʻlamaslikning biron bir huquqiy asosi bormi. Menga huquqiy maslahat bering. YURIST JAVOBI: Siz 11 384 000 so‘mni ixtiyoriy qaytarishga shoshilmang. Hujjatlardagi har qanday kamchilik xodim olgan ustamani avtomatik ravishda qarzdorlikka aylantirmaydi. VMning 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra: •  kasb mahorati uchun ustama xodimning baholash mezonlari bo‘yicha to‘plagan ballari asosida Ishchi guruh qarori bilan belgilanadi; •  uslubiy birlashma rahbariga 26-band asosida qo‘shimcha 10 foiz ustama belgilanishi mumkin; •  Ishchi guruh qarori asosida direktor buyrug‘i chiqariladi. Agar siz haqiqatan metodbirlashma rahbari bo‘lib ishlagan, faoliyatingizni yashirmagan, soxta hujjat taqdim etmagan hamda ustama Ishchi guruh qarori va direktor buyrug‘i asosida to‘langan bo‘lsa, hujjatlarni rasmiylashtirishdagi kamchiliklar uchun siz javobgar emassiz. Bunday kamchiliklarga Ishchi guruh tarkibi, bayonnoma, imzo, kvorum, baholash jadvali yoki hujjatlarni saqlash bilan bog‘liq xatolar kirishi mumkin. Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra, umumiy qoida bo‘yicha ish haqidan pul faqat xodimning yozma roziligi bilan ushlab qolinadi. Roziliksiz ortiqcha to‘lovni qaytarish faqat hisob-kitobdagi xato mavjud bo‘lganda mumkin. Bunda ish beruvchi noto‘g‘ri hisoblangan kundan boshlab bir oy ichida buyruq chiqarishi kerak. Xodim ushlab qolish asosiga yoki miqdoriga e’tiroz bildirsa yoxud bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa, summa faqat sud tartibida undiriladi. Bu yerda hujjatlarni noto‘g‘ri rasmiylashtirish bilan hisob-kitob xatosini farqlash zarur. Foiz va ish haqi to‘g‘ri hisoblangan, lekin komissiya hujjatlarida kamchilik mavjud bo‘lsa, bu hisob-kitob xatosi emas. Fuqarolik kodeksining 1030-moddasiga ko‘ra, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar xodim tomonidan vijdonsizlik qilinmagan va hisob-kitobda xato bo‘lmagan taqdirda asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarilmaydi. Shuning uchun ish beruvchiga yozma ravishda: “Ustamalar Ishchi guruh qarori va direktor buyrug‘i asosida to‘langan, men tomonidan soxta yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etilmagan, hisob-kitob xatosi mavjud emas. Pulni qaytarishga va ish haqimdan ushlab qolishga rozilik bermayman”, degan mazmunda e’tiroz topshiring. Prokuratura tekshiruv dalolatnomasi, taqdimnoma, Ishchi guruh bayonnomasi, baholash jadvali, direktor buyrug‘i va 11 384 000 so‘mlik hisob-kitob nusxalarini talab qiling. Qarzdorlikni tan olish yoki ish haqidan ushlab qolishga rozilik haqidagi hujjatni imzolamang. Agar pul ish haqingizdan ushlab qolinsa, Davlat mehnat inspeksiyasiga va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishingiz mumkin. Faqat siz soxta hujjat taqdim etganingiz, noto‘g‘ri ball qo‘yilishida ishtirok etganingiz yoki haqiqiy hisob-kitob xatosi bo‘lgani isbotlansa, pulni qaytarish masalasi qo‘yilishi mumkin. Manba ➡️Foydali botimiz havolasi @magistrscience @magistrscience_group

Open in Telegram
Views1,780−33%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#2238Text
Views3,960+50%vs avg
Forwards—
Reactions34
Comments—
#2237File

Forwarded from UNISCIENCE Journal

📢 MAQOLA VA TEZISLAR QABUL QILINMOQDA! 🌐 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 🎓 «HUDUDLAR TARAQQIYOTIDA ILM-FAN, TA’LIM VA XALQARO TAJRIBANING O‘RNI» 🏛 ACADEMIC SCIENCE PUBLISHING professor-o‘qituvchilar, olimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar va talabalarni konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi. Konferensiya hududlar taraqqiyotiga oid ilmiy natijalarni umumlashtirish, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amaliy yechimlarni yoritish va xalqaro tajribani mahalliy sharoitda qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. 🗓 MUHIM SANALAR ⏳ Qabulning oxirgi kuni — 2026-yil 29-noyabr 📅 Konferensiya kuni — 2026-yil 30-noyabr 📘 Elektron to‘plam nashri — 2026-yil 2–3-dekabr 💻 Format — onlayn, elektron ilmiy to‘plam shaklida 🧭 KONFERENSIYA SHO‘BALARI 🔹 01. Geografiya va hududiy rejalashtirish 🔹 02. Mintaqaviy iqtisodiyot, investitsiyalar va tadbirkorlik 🔹 03. Ta’lim, pedagogika va psixologiya 🔹 04. Aniq va tabiiy fanlarning amaliy tatbiqi 🔹 05. Axborot texnologiyalari, raqamlashtirish va sun’iy intellekt 🔹 06. Muhandislik, arxitektura va hududiy infratuzilma 🔹 07. Qishloq xo‘jaligi, ekologiya va tabiiy resurslar 🔹 08. Tibbiyot va jamoat salomatligi 🔹 09. Hududiy boshqaruv, huquq va xalqaro hamkorlik 🔹 10. Filologiya, tarix, madaniyat va san’at 📝 MATERIALLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR 🔹 Maqola — kamida 5 bet. Tezis — kamida 2 bet. 🔹 Qabul tillari — o‘zbek, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz va turk tillari. 🔹 Materiallar Word (.doc yoki .docx) formatida, Times New Roman shriftida, 14 pt o‘lchamda va 1,5 qator oralig‘ida tayyorlanadi. Tanlangan sho‘ba raqami va nomi ko‘rsatiladi. 🔹 Maqola yoki tezis uchun to‘lov — 100 000 so‘m yoki 8,4 AQSH dollari. 📚 NASHR VA SERTIFIKAT Qabul qilingan maqola va tezislar elektron PDF to‘plamda e’lon qilinadi. Mualliflarga QR-kodli elektron sertifikat beriladi. To‘plam nashr etiladigan sayt — academscience.com. Materiallar Zenodo repozitoriysiga joylanadi va ularning bibliografik yozuvlari OpenAIRE tizimida indekslanadi. Google Scholar’da ko‘rinishi platformaning indekslash mezonlariga bog‘liq. 🤝 Konferensiya daromadining 1 foizi kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga hamda onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarning davolanishiga yo‘naltiriladi. 📩 MATERIALLARNI YUBORISH 🔹 Telegram — @UniSciense 🔹 Elektron pochta — [email protected] 🔹 WhatsApp — +998 94 280 94 94 📎 To‘liq rasmiylashtirish talablari, maqola namunasi va ro‘yxatga olish qaydnomasi axborot xatida berilgan. 🔹https://t.me/uniscience_journal

Open in Telegram
Views1,920−27%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#2235Photo
Views2,750+4%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#2233Photo
Views2,820+7%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#2232Photo

🇲🇾 MALAYSIA ACADEMIC WEEK — 4-MAVSUM 🎓 1 HAFTALIK XALQARO SEMINAR, TRENING VA 18 SOATLIK MA’RUZA DASTURI! 📅 21–28 DEKABR 2026 📍 MALAYZIYA 🅰️🅰️🅰️❎🔢🔢🔢 Universiterlardan birida✈️ 🔥 ILMIYGURUH xalqaro akademik loyihalarining 4-mavsumiga qabul boshlandi! 🌍 TA’LIM + XALQARO TAJRIBA + SAYOHAT — BARCHASI BIR DASTURDA! Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish, kasbiy bilimlarni rivojlantirish hamda yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyati! 🎓 DASTUR DOIRASIDA: 🏛 Universitetlar va xalqaro akademik muhit bilan yaqindan tanishuv 📚 1 haftalik seminar va professional treninglar 🎤 18 soatlik ilmiy-akademik ma’ruzalar 🤝 Xalqaro ilmiy hamkorlik va professional networking 💡 Zamonaviy ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va ilg‘or tajribalar almashinuvi 🌐 Xalqaro akademik uchrashuvlar va yangi hamkorlik imkoniyatlari 📜 Dastur yakunida xalqaro sertifikat 🇲🇾 Malayziyaning tarixiy, madaniy va diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar 📸 Unutilmas akademik va madaniy taassurotlar! ✈️ 21–28 DEKABR — 8 KUNLIK XALQARO AKADEMIK SAFAR! 🌍 Yangi davlat! 🎓 Yangi bilim! 🤝 Yangi hamkorlik! 🚀 Yangi imkoniyatlar! 🔴 4-MAVSUMGA QABUL OCHIQ! ⏳ HUJJATLAR QABULINING SO‘NGGI KUNI — 3-DEKABR! ⚠️ JOYLAR CHEKLANGAN! 📢 Xalqaro akademik dasturlar, grantlar, konferensiyalar va yangi imkoniyatlarni birinchilardan bo‘lib bilib borish uchun @ilmiyguruh kanaliga a’zo bo‘lishni unutmang! 📩 Ro‘yxatdan o‘tish va murojaat uchun: 👩‍💼 Telegram: @Qaqnus9497 📞 Telefon: +998 94 185 97 00 📢 Rasmiy kanal: @ilmiyguruh 🇺🇿 ILMIYGURUH — ILM BILAN DUNYO SARI! 🌍

Open in Telegram
Views2,190−17%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#2231Text

Санъат мактаби ўқитувчиси устамани талаб қила оладими? #Савол_беринг_жавоб_берамиз Ассалому Алейкум Болалар Мусика Саньат мактабида ишлаетган укитувчиларига устама хаки кайндай тартибда берилади? Ассалому алайкум. Устама ўз-ўзидан берилмайди: уни комиссия баллар асосида белгилайди, миқдори базавий тариф ставкасига нисбатан 40 фоизгача бўлиши мумкин. Шу билан бирга, 2026/2027 ўқув йилидан яна 20 фоизгача устама тўланади. Биринчидан, устама Адлия вазирлигида 1898-сон билан рўйхатдан ўтган Низом асосида белгиланади. Мактабда директор буйруғи билан 5–7 нафар аъзодан иборат комиссия тузилади. Бўлинма мудири ўқитувчининг касбий маҳорати, дарс сифати, ўқувчилар натижаси, тарбиявий, синфдан ташқари ва услубий ишлари бўйича тавсифнома киритади. Комиссия 100 баллик мезонлар бўйича баҳо беради, директор эса шу қарорга кўра буйруқ чиқаради. Демак, устама директорнинг хоҳиши билан эмас, баллар асосида белгиланади. Иккинчидан, устама икки йўналиш бўйича ҳисобланади: ўқув-тарбиявий, синфдан ташқари ишлар ва ўқув жараёнига шахсий ҳисса учун — 5, 10 ёки 15 фоизгача, касбий маҳорат учун — 10, 15 ёки 25 фоизгача. Иккала йўналиш бўйича етарли балл тўпланса, жами 40 фоизгача ҳар ойлик устама берилади. Масалан, комиссия биринчи йўналиш бўйича 10 фоиз, иккинчисида 15 фоиз белгиласа, ўқитувчининг ставкасига жами 25 фоиз устама қўшилади. Учинчидан, устама ота-оналар тўловидан тушган маблағнинг мактабни сақлаш харажатларидан ортган қисми ҳисобидан тўланади ва педагог ходимлар умумий сонининг кўпи билан 50 фоизига берилади. Масалан, мактабда 10 нафар педагог ходим бўлса, устама энг кўп 5 нафарига белгиланиши мумкин. Шу сабабли уни ҳар бир ўқитувчи талаб қила олмайди. Бундан ташқари, Президентнинг 2026 йил 2 июндаги ПФ-103-сон Фармони 32-бандига мувофиқ, 2026/2027 ўқув йилидан ўқитувчиларнинг иш ҳақига ўқувчиларнинг чолғу асбобларини ижро этиш даражасидан келиб чиқиб, ҳар ойда 20 фоизгача устама тўланади. Бу устама ҳам барчага бир хил миқдорда эмас, ўқувчилар натижасига қараб белгиланади. Агар устама берилмаётган бўлса, мактаб директоридан комиссия баённомаси, баҳолаш варақаси ва устама тўғрисидаги буйруқ билан таништиришни ёзма равишда талаб қилинг. Баллар ёки қарорга норози бўлсангиз, ҳудудий маданият бошқармаси ёки Маданият вазирлигига мурожаат қилиш мумкин. ➡️Фойдали ботимиз ҳаволаси @magistrscience @magistrscience_group

Open in Telegram
Views2,450−7%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#2230Photo

Forwarded from RESPUBLIKA VA XALQARO JURNALLARI

ILMIY UNVON VA DARAJA SARI ENG ISHONCHLI YO‘L! Ilmiy faoliyatingizda sifat, tezkorlik va professional yondashuvni qadrlaysizmi? "RESPUBLIKA JURNALI" jamoasi barcha ilmiy xizmatlarni bitta platformada taqdim etadi! Xizmatlarimiz: ✅IXTISOSLIKLAR KESIMIDA SCOPUS BAZASIDA INDEKSLANGAN BEPUL ILMIY JURNALLAR ✅ JURNALLAR (Nashr xizmati): • OAK ro‘yxatidagi xalqaro va mahalliy jurnallar; • Yuqori impakt-faktorli ilmiy nashrlar. ✅ PROFESSIONAL TARJIMA (YANGI!): • Maqolalarni Ingliz, Rus va boshqa tillarga akademik tahrir bilan tarjima qilish; • Mavjud tarjimalarni xalqaro standartlarga moslash (Proofreading); • Taqrizdan qaytgan matnlarni til jihatdan to‘g‘rilash. ✅ INTELLEKTUAL MULK (Patentlar): • IAP, FAP (Ixtiro va foydali modellar); • DGU (EHM dasturlari uchun guvohnoma); • BGU (Sanoat namunalari). ✅ KONFERENSIYALAR: • Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar. ✅ STATUS VA NUFUZ: • Xalqaro jurnallar tahrir hay’ati a’zoligiga qabul qilish. NEGA AYNAN BIZNI TANLASHADI? 🔂 Kafolat: Barcha xizmatlar qonuniy va OAK talablariga to‘liq mos keladi; 🔂 Tezkorlik: Hujjatlar va nashr jarayoni eng qisqa muddatlarda; 🔂 Mutaxassis maslahati: Maqola va patentlar bo‘yicha bepul konsultatsiya! ✅ Ushbu xabarni ilm-fanga qiziquvchi yaqinlaringiz va ilmiy doiralarda kengroq tarqatishingizni so‘raymiz. Sizning ulashgan ma'lumotingiz kimningdir ilmiy ishida yechim bo‘lishi mumkin! 📌 Hoziroq obuna bo‘ling va imkoniyatlardan foydalaning: ✅ @RESPUBLIKA_JURNALI_TFJ Guruhimiz: @konferensiyagaa ✅Murojaat uchun: @Jaloliddin_1514 📞Ishonch telefoni:+998 88 966 77 66

Open in Telegram
Views1,520−43%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#2229Text
Views2,410−9%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#2228Text

#Кадровик ВМҚ 796 бўйича барчани қизиқтираётган 3 та саволга батафсил жавоблар. 1. Ишга кирганига 10 ой тўлмаган ходимга декрет тўланмайдими? 2. Ишга кирганига 5 йил бўлган, аммо янги ишга ўтганига 5 ой бўлган ходимга декрет тўланадими? 3. Декретни ишга қайтмай декретга улаётган ходимга қандай тўланади? 1. Янги ишга кирган, ҳали 10 ойлик суғурта стажига эга бўлмаган ходимга «декрет» пули тайинланмайди ва тўланмайди. Янги Низомнинг 7-бандига кўра, ҳомиладорлик ва туғиш нафақасини олиш учун энг асосий шарт — бу камида 10 ойлик суғурта стажининг мавжудлигидир. Ушбу ходим янги ишга кирган ва умумий ҳисобда (аввалги ишлари қўшилганда ҳам ёки умуман биринчи марта ишлаётган бўлса) 10 ой стажга эга бўлмаганлиги сабабли, тизим унга нафақа тайинлашни автоматик равишда рад этади. Низомнинг 14-бандида аниқ белгиланганки, агар суғурталанган шахс белгиланган шартларга (яъни 10 ойлик стажга) мувофиқ келмаса, тўловни тайинлаш рад этилади. 2. 5 йил олдин ишга кирган, лекин ҳозирги иш жойига ўтганига 5 ой бўлган ходимга нафақа тўлиқ тўланади. Унинг стажи етарли, нафақа миқдори эса 85% ёки 100% (стажнинг аниқ ойига қараб) этиб белгиланади. Янги тизимда стаж фақат охирги иш жойидан ҳисобланмайди. Низомнинг 29-бандига кўра, 2019 йилгача Пенсия жамғармасига, 2020-2025 йилларда ижтимоий солиқ тўланган даврларнинг барчаси қўшилади. Масалан, ходим 5 йил олдин ишга кирган бўлса, унинг стажи тахминан 60 ой атрофида бўлади. Низомнинг 24-бандига асосан: ▪️ Агар стаж 25 ойдан 60 ойгача бўлса — 85 фоиз; ▪️ Агар 61 ой ва ундан кўп бўлса — 100 фоиз тўланади. Демак, иш жойини ўзгартирганига 5 ой бўлгани унинг юқори коэффициент (85-100%) олишига тўсқинлик қилмайди. Низомнинг 26-бандига кўра, ўртача ойлик иш ҳақи нафақа тайинланадиган ойдан олдинги 12 ойлик даврдаги даромадга қараб ҳисобланади. Солиқ қўмитаси базасидан ходимнинг охирги 12 ойлик даромадини тортади. Бунда унинг янги иш жойидаги 5 ойлик маоши ва эски иш жойидаги (агар 12 ой ичига кирса) маошлари жамланиб, 12 га бўлинади. Агар иш ўзгартириш жараёнида ўртада ишсизлик даври бўлган бўлса, ўша ойлар "0" деб олинади, бу эса ўртача ойлик суммасини бироз камайтириши мумкин. 3. Ишга кирганига 5 йил бўлган, ҳозирда 2 йил бола парваришлаш таътилида ўтириб, ишга қайтмай яна "декрет"га чиқаётган ходимга нафақа тайинланади, лекин унинг миқдори минимал истеъмол харажатлари (МҲТЭКМ эмас, балки минимал харажатлар) даражасида ҳисобланиши мумкин. Низомнинг 30-бандига кўра, болани парваришлаш бўйича таътилда бўлган ойлар суғурта стажига киради. Демак, 5 йил аввалги стаж + 2 йил "декрет" таътили = Жами 7 йил (84 ой) стаж. Коэффициент: 61 ойдан кўп бўлгани учун унга нафақа 100 фоиз коэффициент билан ҳисобланади. У ишга қайтмаган, демак охирги 12 ойда унинг ойлик маоши (даромади) йўқ ("0" сўм). Бу ҳолат учун Низомнинг 28-бандида махсус қоида бор: Агар ходим бола парваришидан кейин ишга чиқмай ёки 3 ойдан кам ишлаб яна декретга кетса, унинг ўртача ойлигига 0,5 (50%) жарима коэффициенти қўлланилади. Бироқ, ходимнинг охирги 12 ойда даромади йўқлиги сабабли, ҳисобланган ўртача ойлик "0" ёки жуда кам чиқиши мумкин. Шу сабабли 28-банднинг охирги хатбошиси ишга тушади: Ходимнинг ўртача ойлиги йўқлиги сабабли, базавий ойлик сифатида Минимал истеъмол харажатлари (МИХ) суммаси олинади (ҳозирда бу тахминан 600-700 минг сўм атрофида). Ушбу сумма 100% стаж коэффициентига кўпайтирилади (чунки стажи 5+2=7 йил). Ходимга минимал истеъмол харажатлари миқдоридан келиб чиқиб, 4 ойлик (126 кунлик) нафақа тўланади. Бу жуда катта сумма бўлмаслиги мумкин, лекин давлат уни нафақасиз қолдирмайди. ➡️Фойдали ботимиз ҳаволаси @magistrscience @magistrscience_group

Open in Telegram
Views3,030+15%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#2227Text

#Кадровик Талаба бўлгани учун ишга олишмаса, бу камситиш, Ўқишни ишга қўшиб олиб бориш ҳуқуқий жиҳатдан тақиқланмаган. Талаба бўлиш ишга қабул қилишни рад этиш учун қонуний сабаб бўлмайди. Лекин кадрлар бўлимида «талабаларни олмаймиз, дарсга кетасизлар» деган жавоб ҳамон эшитилади. Келинг, буни ҳуқуқий асослари билан бирма-бир тушунтириб берай. Биринчидан, Меҳнат кодексининг (2022 йил 28 октябрдаги ЎРҚ-798-сон) 7-моддасига кўра, меҳнат соҳасида камситишга йўл қўйилмайди. Иш берувчи номзодни унинг касбий ва ишчанлик сифатларига қараб баҳолайди. Номзод ўқиётгани малакасига таъсир қилмайди, шунинг учун фақат шу сабабли рад этиш камситиш ҳисобланади. Иккинчидан, талаба ходим бўлгач, у бошқалар қатори меҳнат шартномаси, иш вақти ва иш ҳақи қоидаларига бўйсунади. Иш вақтининг нормал давомийлиги ҳафтасига 40 соат, ярим ставка эса унинг ярми, яъни ҳафтасига 20 соат. Қайси вариантда ишлаш дарс жадвалига ва томонларнинг келишувига боғлиқ. Кодексда тўлиқ ставкада ишлашни талабага тақиқловчи қоида йўқ, иш вақти умумий қоидалар доирасида белгиланади. Учинчидан, ишни ўқиш билан бирга олиб борувчи ходимлар учун Меҳнат кодексида алоҳида кафолат ва компенсациялар назарда тутилган, жумладан имтиҳон ва синов даврида ўқув таътили берилиши. Улар амалга ошиши учун ходим иш берувчига ўқиш жойидан маълумотнома ёки чақирув тақдим этиши керак. Масалан, 3-курс талабаси ойига 2 000 000 сўмлик ярим ставка ишга ариза берди. Номзод талабга жавоб беради, ўрин бўш, аммо раҳбар «талаба бўлгани учун олмаймиз» деди. Бу рад этишнинг ягона сабаби ўқиш бўлса, у камситиш ҳисобланади. Агар ўша талаба тўлиқ ставкага келишса, ҳафтасига 40 соат ишлайди ва ойлик ҳам шунга мутаносиб равишда, яъни 4 000 000 сўмгача ошади. Иш вақти ва дарс жадвали меҳнат шартномасида аниқ ёзилса, имтиҳон даврида ҳам низо чиқмайди. Агар сизни талаба бўлганингиз учун ишга олишмаса, раҳбарга ариза ёзиб, рад этиш сабабини ёзма равишда беришини сўранг. Ёзма жавоб олсангиз ёки жавоб бермасалар, давлат меҳнат инспекциясига ёки судга мурожаат қилишингиз мумкин. Манба: @yuristlar_maslahati ➡️Фойдали ботимиз ҳаволаси @magistrscience @magistrscience_group

Open in Telegram
Views2,890+9%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#2226File

Forwarded from ACADEMIC SCIENCE PUBLISHING

📢 MAQOLA VA TEZISLAR QABUL QILINMOQDA! 🌐 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 🎓 «JAMIYAT TARAQQIYOTI UCHUN FUNDAMENTAL VA AMALIY TADQIQOTLAR» 🏛 ACADEMIC SCIENCE PUBLISHING professor-o‘qituvchilar, olimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar va talabalarni konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi. Konferensiya turli fanlar bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqot natijalarini ilmiy jamoatchilikka yetkazish, ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini yoritish va amaliy tajriba almashishga qaratilgan. 🗓 MUHIM SANALAR ⏳ Qabulning oxirgi kuni — 2026-yil 30-noyabr 📅 Konferensiya kuni — 2026-yil 1-dekabr 📘 Elektron to‘plam nashri — 2026-yil 3–4-dekabr 💻 Format — onlayn, maqola va tezislarning elektron ilmiy to‘plami shaklida 🧭 KONFERENSIYA SHO‘BALARI 🔹 01. Aniq va tabiiy fanlar 🔹 02. Geografiya va Yer haqidagi fanlar 🔹 03. Muhandislik, texnika va arxitektura 🔹 04. Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt 🔹 05. Tibbiyot, farmatsevtika va jamoat salomatligi 🔹 06. Qishloq xo‘jaligi, veterinariya va ekologiya 🔹 07. Iqtisodiyot, moliya va tadbirkorlik 🔹 08. Ta’lim, pedagogika, psixologiya va sport 🔹 09. Ijtimoiy fanlar, huquq va davlat boshqaruvi 🔹 10. Filologiya, tarix, madaniyat va san’at 📝 MATERIALLARNI RASMIYLASHTIRISH 🔹 Hajmi — maqola kamida 5 bet, tezis kamida 2 bet. 🔹 Qabul tillari — o‘zbek, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz va turk tillari. 🔹 Fayl formati — Word (.doc yoki .docx), A4, Times New Roman 14 pt, qator oralig‘i 1,5. 🔹 Sahifa hoshiyalari — yuqori va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm. 🔹 Annotatsiya va kalit so‘zlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida, adabiyotlar ro‘yxatini GOST uslubida tayyorlang. 🔹 Tanlangan sho‘ba raqami va nomini ko‘rsating. Fayl nomiga muallif familiyasi va tashkilot qisqartmasini yozing. Axborot xatidagi namuna — A. Karimov O‘zMU.docx. 💳 Maqola yoki tezis uchun to‘lov — 100 000 so‘m yoki 8,4 AQSH dollari. 📚 NASHR VA SERTIFIKAT Qabul qilingan maqola va tezislar PDF to‘plam shaklida e’lon qilinadi. Mualliflarga QR-kodli elektron sertifikat beriladi. Nashr sayti — academscience.com. Materiallar Zenodo repozitoriysiga joylanadi, bibliografik yozuvlari OpenAIRE tizimida indekslanadi. Materiallarning Google Scholar’da ko‘rinishi platformaning indekslash mezonlariga bog‘liq. 🤝 Konferensiya daromadining 1 foizi kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga hamda onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarning davolanishiga yo‘naltiriladi. 📩 MATERIALLARNI YUBORISH 🔹 Telegram — @academic_s_p 🔹 Elektron pochta — [email protected] 🔹 WhatsApp — +998 94 280 94 94 📎 Maqola namunasi va ro‘yxatga olish qaydnomasi axborot xatida berilgan. 🔸https://t.me/academic_sciense_publishing

Open in Telegram
Views1,930−27%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#2225Video
Views3,410+29%vs avg
Forwards—
Reactions17
Comments—
#2224Photo
Views3,380+28%vs avg
Forwards—
Reactions21
Comments—
#2223Photo
Views3,590+36%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
#2222Text

❓Савол: Агар ходим меҳнат шартномасида белгиланмаган ишни бажаришдан бош тортса, иш берувчи уни интизомий жавобгарликка тортиши мумкинми? Жавоб: Йўқ, умумий қоидага кўра, мумкин эмас! Меҳнат кодексининг 531-моддасига мувофиқ, ходим иш берувчининг талабига кўра меҳнат шартномасида назарда тутилмаган ишни бажаришни рад этишга ҳақли. Бу ҳақда иш берувчини ёки бевосита раҳбарини ёзма равишда хабардор қилиши лозим. Бундан ташқари, Меҳнат кодексининг 301-моддаси бўйича интизомий жавобгарлик ходим ўз меҳнат мажбуриятларини айбли ва ғайриқонуний равишда бажармаган тақдирда юзага келади. Демак: - Агар топшириқ меҳнат шартномасида белгиланмаган бўлса ва ходим уни қонуний асосда рад этса — интизомий жазо қўллаш мумкин эмас. - Агар топшириқ ходимнинг амалдаги меҳнат вазифалари доирасида бўлса, уни бажаришдан асоссиз бош тортиш интизомий жавобгарликка сабаб бўлиши мумкин. HR учун муҳим жиҳат: ходимнинг лавозим йўриқномаси, меҳнат шартномаси ва иш берувчининг топшириғи ўзаро мувофиқлигини текшириш зарур. ➡️Фойдали ботимиз ҳаволаси @magistrscience @magistrscience_group

Open in Telegram
Views3,530+34%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
#2221Text
Views4,160+57%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—