XITOY ELÇISI – ELEKTROMOBILLAR, TEMIR YÖL VA SAVDO BALANSI HAQIDA | Lolazor 📱 https://youtu.be/JRiahseFbbc Lolazor’ning Xitoy safari davomida uç yildan beri Xitoyning Özbekistondagi elçisi bölib işlayotgan Yuy Szyun bilan suhbatlaşdik, uşbu intervyuning töliğini e’tiboringizga havola etamiz. 2025-yilda Özbekistonga kiritilgan 43,1 mlrd dollar investitsiyaning 15,5 mlrd dollari Xitoy hissasiga töğri keldi. Bugun mamlakatda Xitoy kapitali işlirokidagi 6 mingdan ortiq korxona bor. Elçidan şu raqamlar ortida nima turganini, Xitoy kompaniyalari “bozorni egallab olişi” va mamlakatga iqtisodiy jihatdan “boğlanib qoliş” haqidagi xavotirlar qançalik asosli ekanini söradik. Suhbat davomida Xitoy — Qirğiziston — Özbekiston temir yöli, Xitoy elektromobillari, savdo balansi, Xitoy bozoriga qaysi özbek mahsulotlari kerakligi, Xitoy kompaniyalari Özbekistonda qanday xatolarga yöl qöyişi, talabalar almaşinuvi, turizm va madaniy aloqalar haqida ham gaplaşdik. Aytgança, Xitoy haqida tayyorlagan maxsus sonimiz izohlari ostida hali ham iPhone Air uçun tanlov davom etmoqda, vaqt kam qoldi: 📱 XITOY — MAXSUS SON @lolazorpodcast
Open in TelegramPosts of Lolazor.podcast
Lolazor jahon matbuotida Buyuk Britaniyaning The Guardian nashri Gukeş Dommaraju va Javohir Sindarov örtasidagi Jahon toji uçun öyinga bağişlangan maqolasida Lolazor'ga havola qildi. Maqolada ikki şaxmatçining jamoasi haqida yozilgan. Unda aytilişiça, Nodirbek Abdusattorov Jenevaga Sindarovga tayyorgarlikda yordam beriş uçun boradi. Nodirbek bu haqda bizning podkastimizda gapirgan edi, The Guardian ham aynan şu suhbatga havola bergan. 📝 Maqolani bu yerda öqiş mumkin. 📱 Nodirbek Abdusattorov bilan suhbat: https://youtu.be/tTIPtkwydjU @lolazorpodcast
Open in Telegram#80 TEMIR YÖL VA KÖMIR IMPORTI ĞALVASI, YÖQOLAYOTGAN BOZORLAR VA RÖYXATGA OLIŞ NATIJALARI – Lolazor 📱 https://youtu.be/OxmgStg6jbc Podkastimizning navbatdagi sonida elektr ta’minoti, maşina orqali kömir import qilişga qöyilgan çeklov, kambağallarga “solingan” soliq, 12 yillik majburiy ta’lim, qarz olişga “tayyorlanayotgan” viloyatlar, sotilayotgan bozorlar va boşqa dolzarb mavzularda suhbatlaşdik. 🎁 Diqqat, tanlov: 3 yillik yubiley munosabati bilan Lolazor’ning çeklangan miqdordagi maxsus xudilarini yutib olişingiz mumkin. Şartlar video davomida. 🎧 Podkastni tinglash uchun: 📱 Spotify 📱 Apple Podcasts 📱 Yandex @lolazorpodcast
Open in TelegramLolazor podkast: avval va hozir Podkast efirga çiqişni boşlaganiga deyarli 3 yil töldi. Şu munosabat bilan dastlabki 10 ta son bilan oxirgi önta çiqişning muhokama mavzulari va boşqa qiziqarli jihatlarini soliştirdik. Şuningdek, endi bizning rasmiy saytimiz bor — lolazor.uz U yerda podkastning barça sonlari, transkripsiyasi, SI xulosa va boşqa qiziqarli statistikani körişingiz mumkin. Töliq suhbat bu yerda: https://youtu.be/zYsCxQVgilA @lolazorpodcast
Open in Telegram#79 PODKAST TARIXI, ESKROU MUHIMLIGI, SUYULTIRILGAN GAZ VA “DOK-1 MAKS” FOJIASI YAKUNI – Lolazor 📱 https://youtu.be/zYsCxQVgilA Qisqa tanaffusdan söng podkastimiz yana efirga qaytdi. Biz bu safar “Lolazor” qanday paydo bölgani, IMEI masalasi, developer bilan mojaro, suyultirilgan gaz va kömir – umuman olganda, ötgan haftaning muhim voqeliklari haqida gaplaşdik. 🎧 Podkastni tinglaş uçun: 📱 Spotify 📱 Apple Podcasts 📱 Yandex @lolazorpodcast
Open in TelegramOtabek Bakirov Xitoydagi bozorda “özbekça” savdolaşdi. Xitoyga yölingiz tuşsa, siz ham Otabek Bakirovning taktikasidan foydalaning. 📱 Töliq video: https://youtu.be/9xulsH8SLs8 @lolazorpodcast
Open in Telegram☕️ Xitoyda qahva buyurtma qildik – dron olib kelib berdi. 📱 Töliq video: https://youtu.be/9xulsH8SLs8 @lolazorpodcast
Open in TelegramXITOYDAN QÖRQIŞ KERAKMI YOKI HAVAS QILIŞ? — Lolazor Xitoyda! 📱https://youtu.be/9xulsH8SLs8 Lolazorning navbatdagi maxsus soni Xitoyning Pekin, Guançjou, Şenjen va Şanxay şaharlarida suratga olindi. Otabek Bakirov va Muhrim Aʼzamxöjayev Buyuk Xitoy devoriga çiqdi, Pekin bozorida savdolaşdi, Şenjenda dron olib kelgan kofeni tatib kördi va maglev poyezdida soatiga 300 kilometr tezlikda yurdi. Rezidentlar Xitoy 30 yillik xatolaridan qanday xulosa çiqargani, Maoning merosi va Islom Karimov haqidagi bahslar, kameralar va şaxsiy daxlsizlik, Xitoy tajribasidan Özbekiston nimani olişi mumkinligi haqida suhbatlaşdi. Şuningdek, Xitoyning Özbekistondagi elçisi bilan intervyu ham uyuştirdik.. TANLOV: Siz uşbu videoni tomoşa qilib, iPhone Air yutib olişingiz mumkin! Şartlar video davomida. 🎧 Podkastni tinglash uchun: 📱 Spotify 📱 Apple Podcasts 📱 Yandex @lolazorpodcast
Open in Telegram#78 RUBIO TAŞRIFI, YANGI ALIFBO VA PIYODALAR YÖLINI EGALLAGANLAR | Lolazor podcast 📱 https://youtu.be/UfQfs5dS48Q Podkastimizning navbatdagi sonida hafta davomida sodir bölgan muhim voqealarni muhokama qildik. Xususan, AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning Samarqandga taşrifi, tasdiqlangan alifbo, Qarşida prezidentdan mukofot olgan tadbirkor, Toşkentdagi noqonuniy qurilişlar va boşqa muhim va dolzarb masalalar haqida suhbatlaşdik. Va albatta, ötgan sonda va’da qilganimizdek, bu safar siz yozgan izohlarni öqidik. 🎧 Podkastni tinglash uchun: 📱 Spotify 📱 Apple Podcasts 📱 Yandex Koʻrsatuv homiysi — 🏦 aksiyadorlik tijorat Xalq banki @lolazorpodcast
Open in Telegram#77 BU YIL HAM METANGA NAVBAT BO‘LADIMI? | Lolazor podcast 📱 https://youtu.be/ddQDtxBIN9c Podkastimizning 77-sonida haftaning dolzarb masalalarini muhokama qildik. Xususan, O‘zbekiston pochtasi ishonchli boshqaruvga berilishi va davaktiv matbuot anjumani, taksi monopoliyasi, kartografiya muhimligi, almashayotgan hokimlar, tariflar oshirilishi va maktablar yetishmovchiligi haqida so‘z bordi. 🎧 Podkastni tinglash uchun: 📱 Spotify 📱 Apple Podcasts 📱 Yandex Koʻrsatuv homiysi — 🏦 aksiyadorlik tijorat Xalq banki @lolazorpodcast
Open in TelegramXushnudbek Xudoyberdiyev yangi lavozimga tayinlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan Xushnudbek G‘ayratovich Xudoyberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. “Lolazor” jamoasi podkast asoschi-rezidenti Xushnudbek Xudoyberdiyevga mas’uliyatli vazifada omad tilaydi! @lolazorpodcast
Open in Telegram#76 NODIRBEK ABDUSATTOROV – OLIMPIADA, O‘ZBEK SHAXMATI KELAJAGI VA JAVOHIR SINDAROV HAQIDA | Lolazor 📱 https://youtu.be/tTIPtkwydjU Podkastimizning navbatdagi mehmoni – shaxmat yulduzi Nodirbek Abdusattorov. Biz shaxmat bo‘yicha ikki karra olimpiada chempioni bilan Samarqandda o‘tgan turnir, chempionlik olib kelgan ishlanmalar, Rustam Qosimjonov murabbiyligi, Javohir Sindarovning Jahon toji uchun tayyorgarligi va imkoniyatlari, o‘zbek shaxmatining hoziri va kelajagi hamda boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. Shuningdek, Nodirbek Abdusattorov birinchi marta bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan uchrashuvi haqida gapirib berdi. Mundarija: 00:00 – Tizer 01:47 – Boshladik 05:21 – Olimpiadaga tayyorgarlik qanday bo‘ldi? 13:09 – O‘zbek shaxmati kelajagi kimlar? 14:30 – Javohir Sindarovning muvaffaqiyati 18:53 – “15 ta yurishni oldindan hisoblayman” 21:44 – Ikkita chempionlik ham omadmi? 27:08 – Murabbiylar haqida 31:21 – Shaxmat qimmat sportmi? 37:19 – Shaxmat xarajatlari 39:49 – Boshqa mamlakatlardan takliflar bo‘lganmi? 46:48 – Nodirbek Abdusattorovning oilasi haqida 55:08 – Hindiston bilan dramatik o‘yin 59:00 – “Tashkiliy jihatdan eng yaxshi Olimpiada” 01:08:35 – Urushlar haqida fikri 01:14:19 – “Biz Rustam Qosimjonov g‘alabasidan ilhomlangan avlodmiz” 01:18:28 – Sindarov – Jahon toji uchun favorit 01:21:58 – Nodirbek Abdusattorov o‘zini qanday o‘zgartirdi? 01:27:35 – Bo‘lajak rafiqasi bilan tanishuvi 01:33:23 – Bolani qachon shaxmatga berish kerak? 01:37:50 – Tijoriy turnirlar 01:47:17 – Shaxmatchilarga berilgan mukofotlar haqida 01:55:11 – Nodirbek O‘zbekiston kelajagini qanday ko‘radi? 02:00:54 – Shaxmat va homiylar 02:06:00 – Nodirbek Abdusattorov – Mbappe 02:07:19 – Yaxshi xabarlar 02:11:29 – Jamoaviy muhit chempionlikka hissa qo‘shdi 02:19:40 – Tugatamiz, xayr 02:23:07 – iPhone Air’ni g‘olibiga topshirdik 🎧 Podkastni tinglash uchun: 📱 Spotify 📱 Apple Podcasts 📱 Yandex Koʻrsatuv homiysi — 🏦 aksiyadorlik tijorat Xalq banki @lolazorpodcast
Open in TelegramNodirbek Abdusattorov – Olimpiada, o‘zbek shaxmati kelajagi va Javohir Sindarov haqida | Lolazor Biz shaxmat bo‘yicha ikki karra olimpiada chempioni bilan Samarqandda o‘tgan turnir, chempionlik olib kelgan ishlanmalar, Rustam Qosimjonov murabbiyligi, Javohir Sindarovning Jahon toji uchun tayyorgarligi va imkoniyatlari, o‘zbek shaxmatining hoziri va kelajagi hamda boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. Shuningdek, Nodirbek Abdusattorov birinchi marta bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan uchrashuvi haqida gapirib berdi. To‘liq podkast yakshanba kuni soat 12:00 da Xushnudbek Xudoyberdiyev va “Lolazor podkasti” YouTube kanallarida e’lon qilinadi. Koʻrsatuv homiysi — 🏦 aksiyadorlik tijorat Xalq banki @lolazorpodcast
Open in Telegram#75 QAYSI VAZIRLIK BINOLARINI MAKTAB QILSA BOʻLADI? — Lolazor podcast 📱 https://youtu.be/aQ6xgIUAzwo Podkastimizning 75-sonida navbatdagi iPhone Air g‘olibi aniqlandi. Biz davlat aktivlarining xususiylashtirilishi, shaxmat olimpiadasi va u bizga yana bir bor eslatib ketgan ochiq osmon muammosi, vazirliklarning binolarini maktabga aylantirish, metro vagonlari hamda avtobuslar va boshqa dolzarb mavzularda suhbatlashdik. Shuningdek, biroz kech bo‘lsa-da, o‘tgan bayram munosabati bilan ustozlarimizni birma-bir esladik. 🎧 Podkastni tinglash uchun: 📱 Spotify 📱 Apple Podcasts 📱 Yandex Koʻrsatuv homiysi — 🏦 aksiyadorlik tijorat Xalq banki @lolazorpodcast
Open in Telegram#74 MIRSHAKAR FAYZULLOYEV — O‘ZBEKCHA YUMOR, SENZURA VA STENDAP BIZNESI HAQIDA | Lolazor podcast 📱 https://youtu.be/kzlq_soxWnk Podkastimizning navbatdagi sonida Mirshakar Fayzulloyev mehmon bo‘ldi. Biz komik bilan O‘zbekistondagi stendap madaniyati, “Sahna” klubi faoliyati, so‘z erkinligi va yumor chegaralari, sohada yangi yuzlarning paydo bo‘lishi va yumorni monetizatsiya qilish masalalarini atroflicha muhokama qildik. 🎧 Podkastni tinglash uchun: 📱 Spotify 📱 Apple Podcasts 📱 Yandex Koʻrsatuv homiysi — 🏦 aksiyadorlik tijorat Xalq banki @lolazorpodcast
Open in Telegram#73 PENSIYA YOSHI NEGA OSHIRILYAPTI? JAMG‘ARMA DIREKTORI BILAN SUHBAT | Lolazor podcast 📱 https://youtu.be/fVl3c16uzzE Podkastimizning navbatdagi mehmoni Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Murodbek Atadjanov bo‘ldi. Biz u bilan kecha muhokamaga qo‘yilgan katta farmon loyihasi haqida gaplashib, tizimdagi o‘zgarishlar haqida batafsil suhbatlashdik. Xususan, Murodbek Atadjanov nega aynan hozir tizimda o‘zgarishga qo‘l urilgani, pensiya yoshi nega oshirilayotgani, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi, xususiy va korporativ pensiya jamg‘armalari, o‘zini o‘zi band qilganlar uchun o‘zgarishlar va boshqa dolzarb masalalarga oydinlik kiritdi. 🎧 Podkastni tinglash uchun: 📱 Spotify 📱 Apple Podcasts 📱 Yandex Koʻrsatuv homiysi — 🏦 aksiyadorlik tijorat Xalq banki @lolazorpodcast
Open in Telegram#72 QIZAMIQ MOJAROSI, PARKOVKA JARIMASI VA SOTILAYOTGAN BOG‘CHALAR | Lolazor podcast 📱 https://youtu.be/nD9Rzt8LdVE Podkastimizning 72-sonida asosiy muhokama mavzusi qizamiq asoratlari natijasida SSPE kasalligiga chalingan bolalar haqida bo‘ldi. Biz ushbu mavzuga atroflicha nazar tashlashga harakat qildik, mutasaddilardan ayrim raqamlarni oldik va bolalarni emlash naqadar muhimligi haqida gaplashdik. Bundan tashqari, parkovka uchun jarimalar, oshishi kutilayotgan propan narxlari, sotilayotgan maktab va bog‘chalar, kambag‘allikdan chiqarish haqida suhbatlashdik. Aytgancha, obunachilarimiz orasida o‘ynalgan iPhone Air’ni egasiga topshirdik va obunachilarimiz uchun yana bitta iPhone Air o‘ynaydigan bo‘ldik. Batafsil ma’lumotlarni videodan olishingiz mumkin. 🎧 Podkastni tinglash uchun: 📱 Spotify 📱 Apple Podcasts 📱 Yandex Koʻrsatuv homiysi — 🏦 aksiyadorlik tijorat Xalq banki @lolazorpodcast
Open in Telegram#71 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH, VIZA MASALASI VA BOJ YENGILLIGI | Lolazor podcast 📱 https://youtu.be/5PicRZzOG8M Podkastimizning 71-sonida hafta davomida sodir bo‘lgan eng muhim voqea va hodisalarni muhokama qildik. Xususan, kambag‘allikni qisqartirish, hokim yordamchilari faoliyati, Hindiston va Tailand bilan viza masalalari, ShHT sammiti va uning atrofidagi gaplar, bojlar kamaytirilgani hamda boshqa qiziqarli va dolzarb mavzularda suhbatlashdik. 🎧 Podkastni tinglash uchun: 📱 Spotify 📱 Apple Podcasts 📱 Yandex Koʻrsatuv homiysi — 🏦 aksiyadorlik tijorat Xalq banki @lolazorpodcast
Open in Telegram#70 MUSTAQILLIK BAYRAMI, SIYOSIY BAYONOT VA 300 MLRDLI MARRA | Lolazor podcast 📱 https://youtu.be/NigYnXqIeaE Podkastimizning yubiley 70-soni Mustaqillik bayramiga to‘g‘ri keldi. Ushbu sonda biz Mustaqillik bayrami, undagi siyosiy nutq va yangi marralar, tariximizdan uyalmaslik, sud-huquq tizimi va boshqa dolzarb mavzularda suhbatlashdik. Shuningdek, video davomida navbatdagi mehmonlarimizni anons qildik va oldingi songa yozilgan izohlarni ham o‘qidik. 🎧 Podkastni tinglash uchun: 📱 Spotify 📱 Apple Podcasts 📱 Yandex Koʻrsatuv homiysi — 🏦 aksiyadorlik tijorat Xalq banki @lolazorpodcast
Open in TelegramOtabek Bakirov va Lazizbek Hamidov Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik tarkibiga kiritildi. Davlat rahbarining tegishli Farmoniga asosan, jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibiga 40 nafar a’zo kiritildi. Undan “Lolazor” podkasti asoschilari iqtisodchi Otabek Bakirov hamda tadbirkor Lazizbek Hamidov oʻrin oldi. “Lolazor” jamoasi Otabek Bakirov va Lazizbek Hamidovlarga mas’uliyatli vazifada omad tilaydi! @lolazorpodcast
Open in Telegram