💵Jahongir Ortiqxo‘jayev yangi biznesga sarmoya kiritdi 📊Tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayevga qarashli «J-United Group» MCHJ go‘shtni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaning 22 foiz ulushini xarid qildi. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, sarmoya kiritilgan kompaniya go‘shtni qayta ishlash va konservalash bilan shug‘ullanadi. Ustav kapitali esa 264 mln so‘mga teng. Kompaniyaning taxminan 58 mln so‘mlik aksiyalarini Jahongir Ortiqxo‘jayevga qarashli «J-United Group» MCHJ sotib olgan. ✌️Jahongir Latipov
Open in TelegramPosts of Jahongir Latipov 💵
💰AQShda lotereyadan 1 million dollar yutgan g‘olib qo‘lga olindi 👮♂️AQSHda lotereyada 1 million dollar yutgan salvadorlik Velaskes-Morales qo‘lga olindi. Gap shundaki u 2013-yilda AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan. 2014-yil aprel oyidan boshlab esa unga nisbatan deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan. Lotereyaning Facebook’dagi sahifasida uning yutuq munosabati bilan tushgan surati e’lon qilinganidan so‘ng AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati bu qidiruvdagi shaxs ekanini aniqlab, uni qo‘lga olgan. Omad bilan omadsizlik baravariga kelsa ham qiziq ekan)) ✌️Jahongir Latipov
Open in TelegramYirik biznes tadbirkorlik va hududlar rivojiga qanday hissa qo‘shishi mumkin? Yandex Uzbekistan’ning mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi haqidagi yangi hisobotini o‘rganib chiqdim. Tadbirkor sifatida yirik kompaniyalar mahalliy biznes uchun qanday imkoniyatlar yaratayotgani e’tiborimni tortdi. 🔹 Bugungi kunda Yandex Lavka orqali mahsulotlarini sotuvchi tadbirkorlarning 45 foizini mahalliy ishlab chiqaruvchilar tashkil etadi. Ular xizmatning keng auditoriyasi va tayyor infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, mahsulotlarni saqlash, yetkazib berish va marketing xarajatlarini qisqartirishi mumkin. Yandex Go‘dagi «Qayerga borish mumkin» bo‘limi ham restoran egalariga o‘z muassasalarini kengroq auditoriyaga tanitish, jumladan, stollarni oldindan band qilish funksiyasi orqali qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etadi. 🔹 Avtopark egalari uchun ham imkoniyatlar kengaymoqda: endi Yandex Taxi’ga avvalgi oltita o‘rniga 154 ta avtomobil modelini ulash mumkin. Bundan tashqari, hamkorlar uchun lizing bo‘yicha maxsus shartlar va bonuslar ham mavjud. 🔹 Biroq Yandex Uzbekistan’ning mamlakat iqtisodiy rivojiga ta’siri bundan ham kamroq ko‘zga tashlanadigan yo‘nalishlarni qamrab oladi. Shulardan biri – hududlardagi bolalar ta’limini qo‘llab-quvvatlash. «Birgalikda yordam beramiz» xayriya dasturi doirasida xayriya obunasiga ulangan xizmat foydalanuvchilari va kompaniyaning o‘zi Teach for Uzbekistan tashkilotini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu yordam pedagoglar yetishmaydigan hududlarga 40 nafar o‘qituvchini jalb qilish imkonini berdi. 👍 Bunday loyihalar mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega. Yaxshi o‘qituvchi bolaga nafaqat bilim beradi, balki uning qobiliyatlarini namoyon etishiga, kelajakdagi kasbini tanlashiga va o‘z kuchiga ishonishiga ham yordam beradi. Bugun bolalar uchun qanday imkoniyatlar yaratilishiga qarab, 10–15 yildan keyin hududlarda qanday mutaxassislar, tadbirkorlar va kompaniyalar paydo bo‘lishini ham ko‘p jihatdan belgilash mumkin. ✌️Jahongir Latipov
Open in Telegram🚀SpaceX kosmosga milliontagacha sun’iy yo‘ldosh joylashtirishga ruxsat oldi 🇺🇸AQSH Federal aloqa komissiyasi Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasining “Starmind” nomli sun’iy yo‘ldoshlar tizimini yaratish haqidagi arizasini ma’qulladi. Ruxsat shartlariga ko‘ra, SpaceX sun’iy yo‘ldoshlarni joylashtirishni 2033-yil noyabrigacha boshlashi, 2040-yil noyabrgacha loyihani yakunlashi lozim. ✌️Jahongir Latipov
Open in TelegramGo‘sht yetishtirishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi 🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilikda ozuqa bazasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. 📊Hozir O‘zbekistonda: • 12,5 mln bosh qoramol, • 23 mln bosh qo‘y-echki • 125 mln bosh parranda boqilmoqda. Shuningdek, yiliga 48 mln tonna ozuqa yetishtirilmoqda. Ushbu hajm 2027-yilda 64,5 mln tonnaga, 2030-yilga borib esa 90 mln tonnaga yetkazish reja qilingan. 🥩Qolaversa, qator chora-tadbirlar natijasida qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish imkoniyati yaratiladi. ✌️Jahongir Latipov
Open in Telegram⚽️1-4 — Barsachilarni kutilgan g‘alaba bilan tabrikliman. O‘zbekistonlik futbolchi Umarali Rahmonaliyev Barselonaga qarshi to‘liq o‘ynagani odamni xursand qildi. Bu katta tajriba 🇺🇿
Open in Telegram🇹🇷Turkiyani xavotirga solgan voqea yaxshilik bilan tugadi 🦁So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar Istanbul ko‘chalarida kezib yurgan sher haqidagi xabarlar bilan to‘lib ketdi. Gap shundaki, 22-noyabr kuni Istanbulda kuzatuv kameralarini tekshirayotgan qo‘riqchi tasvirlarda ko‘ringan jonivorni sher deb o‘ylaydi. Keyinchalik monitor tasvirga olinib, video ijtimoiy tarmoqlarga tarqaladi va politsiyaga xabar beriladi. Hududga politsiya va tegishli mutaxassislar jalb qilinib, osmonga dronlar ham ko‘tariladi. Rasmiylar aholiga uyda qolishni tavsiya etadi. Ushbu xabarlar avvaliga Turkiya keyinroq butun dunyo bo‘ylab tarqaladi. Qidiruv ishlari esa tun-u-kun davom etadi. 📰So‘ngi xabarlarga ko‘ra, sher deb tahmin qilingan jonivor aslida oddiy mushuk bo‘lib chiqqan. Shu tariqa voqea yaxshilik bilan tugagan. ✌️Jahongir Latipov
Open in Telegram♟Sindarov – Gukesh 2-partiya ham durrang bilan tugadi! Bu gal Javohir qora donalar bilan o‘ynadi va 20-yurishga kelib tomonlar durrangga rozi bo‘ldi. Kurash davom etadi. ✌️Jahongir Latipov
Open in Telegram👮♂️Qashqadaryoda 24,8 mlrd so‘mlik kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasi aniqlandi 📱IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qarshi tumanida yashovchi fuqaroning mobil telefoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan Oqibatda fuqaro tegishli litsenziya olmasdan Binance kriptovalyuta birjasi orqali jami 24 mlrd 812,8 mln so‘mlik kriptoaktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish va ayirboshlash bilan shug‘ullangani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. ✌️Jahongir Latipov
Open in Telegram🏢Endi uy sotib olishdan oldin qurilish hujjatlarini online tekshirish mumkin Oʻzbekistonda uy sotib olishdan oldin qurilish hujjatlarini Yagona portal (MyGovUz) orqali tekshirish imkoni yaratildi. Xizmat 30 dan ortiq yoʻnalishdagi obyektlarni qamrab oladi. 📱Portal orqali quyidagilarni bilish mumkin: • Obyektning nomi, aniq manzili, toifasi va foydalanishga topshirish muddati; • Qavatlar va xonadonlar soni, umumiy maydoni hamda loyiha qiymati; • Buyurtmachi, loyihachi va pudratchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar. 📑Ma’lumotlarni ko‘rish bilan birga, obyektning qonuniyligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlarni yuklab olish imkoniyati ham yaratilgan: • Arxitektura-shaharsozlik kengashi xulosasi; • Ekspertiza xulosasi; • Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun berilgan ruxsatnoma. ✌️Jahongir Latipov
Open in Telegram🚨Toshkentda pul evaziga ayollar bilan jinsiy aloqa qilmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi Chilonzor tumanida 1998-yilda tug‘ilgan erkak ushlandi. U pul evaziga ayollar uchun jinsiy xizmat ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. 🚓Unga ijtimoiy tarmoq orqali ayollar taxallusidagi foydalanuvchi tomonidan 800 ming so‘m evaziga jinsiy aloqa qilish uchun buyurtma berilgan. Tezkor-profilaktik tadbirlar jarayonida manzilga huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari yetib kelib, uni qo‘lga olgan. 🏛Sud qaroriga ko‘ra, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan va 1 mln 320 ming so‘m jarima solingan. ✌️Jahongir Latipov
Open in Telegram📉O‘zbekistonda oltin narxi 2026-yildagi eng past darajasiga tushdi 🏦O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, bugun 25-noyabr kuni og‘irligi 5 gramm bo‘lgan oltin quymani 8,32 mln so‘mga xarid qilish mumkin. Ya’ni bir gramm qimmatbaho metall 1,664 mln so‘mdan baholanmoqda. Bu 2026-yildagi eng past ko‘rsatkich. ✌️Jahongir Latipov
Open in Telegram🇺🇿O‘zbekistonga eng ko‘p go‘sht qayerdan import qilinmoqda? 🥩2026-yilning yanvar—sentabr oylarida 12 ta xorijiy davlatdan 597,7 mln dollarlik 132 ming tonna mol go‘shti import qilingan. Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,9 ming tonnaga yoki 17,7 foizga oshgan. 📊O‘zbekistonga eng ko‘p mol go‘shti yetkazib bergan davlatlar: 1️⃣Hindiston — 55,9 ming tonna; 2️⃣Belarus — 31,9 ming tonna; 3️⃣Qozog‘iston — 31,7 ming tonna; 4️⃣Pokiston — 5,4 ming tonna; 🌎boshqa davlatlar — 7,1 ming tonna. ✌️Jahongir Latipov
Open in Telegram💰Investitsiya ortidan milliarderga aylangan aktyor ⭐️Gollivud aktyori Eshton Kutcher 2026-yilda milliarderga aylandi. U o‘z milliardini kino ortidan emas balki to‘g‘ri sarmoya ortidan topdi. Aktyor yirik texnologik kompaniyalarga sarmoya kiritishni 2009-yilda Skype’dan boshlagan. 2010-yilda hamkorlar bilan “A-Grade Investments” va 2015-yilda “Sound Ventures” investitsiya kompaniyalarini tashkil etgan. Keyinchalik “Sound Ventures” Anthropic kompaniyasiga qariyb 435 million dollar investitsiya kiritgan. IPO’dan keyin esa ana shu ulush qiymati qariyb 7 milliard dollarga baholandi. Aktyor hozirda ushbu kompaniyada maslahatchi maqomida faoliyat yuritmoqda. ✌️Jahongir Latipov
Open in Telegram🚌Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar jami 3,6 mlrd so‘m jarimaga tortildi 👮♂️Noyabr oyining dastlabki 22 kunida Toshkent shahrida jamoat transportidagi nazorat tadbirlarida 19 457 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda aniqlangan qoidabuzarliklar sabab 449 mln so‘mdan ortiq miqdorda jarima undirilgan. Rasmiylashtirilgan bayonnomalar soni yil boshidan buyon 158 237 taga yetib, undirilgan jarimalar miqdori jami 3 661 906 503 so‘mdan oshgan. ✌️Jahongir Latipov
Open in Telegram♟Javohir Sindorovning 2026-yildagi daromadi qancha bo‘ldi? 💵O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 2026-yilda dunyoning eng ko‘p mukofot puli ishlab topgan shaxmatchilari qatoridan joy oldi. Shaxmat bo‘yicha mukofot pullarining yangilangan reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston vakilining turnirlardagi daromadi $589 061ni tashkil etgan. 🇺🇿🇮🇳Shuningdek, bugundan Shveytsariyada shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun Javohir Sindarov va hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi bahslarga start beriladi. Ushbu qarama-qarshilikning sovrin jamg‘armasi $2,5 millionni tashkil etadi. ✌️Jahongir Latipov
Open in Telegram🚨Kriptoaktivlar savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslar ushlandi 👮♂️Toshkentning Yashnobod tumanida 64 mln dollar miqdordagi noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan shugʻullangan uch kishi ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi. Ulardan sakkizta telefon va ikkita noutbuk ashyoviy dalil sifatida olingan. Qurilmalarni o‘rganish davomida jami 64 milliondan ortiq USDT, ya’ni qariyb 768 milliard 380 million so‘m kriptoaktivlar bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilgani aniqlangan. Ayni vaqtda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda. ✌️Jahongir Latipov
Open in Telegram🏦Muddatli to‘lovga savdo qiluvchi ayrim tashkilotlarga yangi talab qo‘yilishi mumkin 📄O‘zbekistonda muddatli to‘lov asosida tovar va xizmatlar sotuvchi tashkilotlarni Markaziy bankda hisob ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi joriy etilishi kutilmoqda. Tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Bunda choraklik savdo aylanmasi 500 mln so‘mdan oshgan va uning kamida 50 foizi bo‘lib-bo‘lib to‘lash xizmatiga to‘g‘ri keladigan tashkilotlar Markaziy bankda ro‘yxatdan o‘tishi shart bo‘ladi. ✌️Jahongir Latipov
Open in Telegram