
Lara's Insight
Writer | Reader | Future Nobel laureate "Defeat? I do not recognise the meaning of the word!" Margaret Thatcher Views, lifestyle, motivation, books and more...
Latest posts
Forwarded from Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov
Bir kuni bir talaba antropolog Margaret Midga: “Sivilizatsiyaning eng dastlabki belgisi nima?” deb savol beribdi. Talaba undan sopol idish, don maydalash toshi yoki, ehtimol, qandaydir qurol haqida javob kutgan ekan. Margaret Mid bir zum o‘ylanib turib, so‘ng shunday debdi: “Singan son suyagining bitib ketishi”. Son suyagi — tanadagi eng uzun suyak bo‘lib, son bo‘g‘imini tizza bilan bog‘laydi. Zamonaviy tibbiyot imkoniyatlari mavjud bo‘lmagan jamiyatlarda singan son suyagining bitishi uchun taxminan olti hafta dam olish kerak bo‘ladi. Suyakning bitib ketgani esa kimdir jarohatlangan insonga g‘amxo‘rlik qilganini, uning o‘rniga ovqat topib kelganini, yonida qolganini hamda jarohati tuzalguniga qadar uni jismonan himoya qilib, unga hamroh bo‘lganini anglatadi. Midning tushuntirishicha, o‘rmon qonuni — ya’ni eng kuchlining omon qolishi tamoyili — hukmron bo‘lgan joylarda bitib ketgan son suyaklari uchramaydi. Sivilizatsiyaning ilk belgisi — mehr-shafqat bo‘lib, bu bitib ketgan son suyagida namoyon bo‘ladi.
Open in Telegramumuman olganda o'xshamagan-u, lekin chiroyli... Happy October! 🍂☕️ BTW. Zira.uz'ga rahmat, har safar bir-biridan chiroyli & takrorlanmas tortlarni tayyorlab berishadi. Istalgan dizaynda, men kutganimdek!
Open in TelegramForwarded from Neomind
Kuzni eng intellektual fasl desa bo'ladi Kuz o‘qish uchun juda mos fasl. Havo salqinlashadi, kunlar biroz qisqaradi, tabiat asta-sekin tinchlanadi. Yozdagi shovqin-suron va issiqdan keyin uyda yomg'ir ovozini ostida kitob o‘qish, biror narsa o‘rganish yoki shunchaki stol oldida uzoq vaqt o‘tirib ishlash ancha yoqimli tuyuladi. Deraza ortida yomg‘ir yog‘ayotgan paytda issiq choy bilan kitob o‘qishning o‘zi alohida zavq. Kuz menga doim o‘qish, fikrlash va o‘z ustingda ishlash faslidek tuyulgan Bu vaqtdan iloji boricha unumli foydalanib qolish kerak
Open in TelegramBirinchi rasmdagi uyda (Peredelkino) Boris Pasternyak yashab ijod qilgan. Ikkinchi uy (Predelkino yaqinida) esa Konstantin Paustovskiy ijodxonasi, undan tashqari ko'plab yozuvchilarning qarorgohi. Musavvir qalami bilan chizilgani kabi ertaknoma uylar. Ijod qilmaslikning sira ham iloji yo'q.
Open in TelegramHar tug'ilgan kunimda tort uchun ideya topib zakaz qilishni an'anaga aylantirganman. Bu safargisida shu sevimli an'anamni qilolmadim. Lekin... 1-oktyabrda bayram munosabati bilan shunaqa dizayndagi tort tayyorlatmoqchiman). 🧁🍻🍂 O'xshasa, kanalda rasmlarini qoldiraman ;) Source: Instagram vcusli
Open in TelegramConnections
Mentions
Neomind@neomind11 repost