Kuyovboshi sohilbo‘yi mahalla ahlining sayr va dam olish maskaniga aylanadi
Sharof Rashidov tumanining Kuyovboshi mahallasida kanal bo‘yida sayr va dam olish maskani barpo etilmoqda. Sohil bo‘ylab o‘tadigan yo‘l mahalla guzari va mahallamizdagi yashil bog‘ga olib boradi. Tasavvur qiling, kechki payt oilangiz bilan yoritilgan yo‘laklardan yurib, ko‘prikdan o‘tasiz, suv bo‘yidagi o‘rindiqda bir zum tin olasiz. Bugun mahallamizda ana shunday maskanning poydevori qo‘yilmoqda.
Loyiha doirasida 1,4 kilometr avtomobil yo‘lini asfaltlash, 7 020 kvadrat metr maydonda piyodalar yo‘laklarini barpo etish va 117 ta quyosh panelli yoritgich o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Zamonaviy ko‘priklar va sohil bo‘yidagi o‘rindiqlar bilan bu hudud butunlay yangi qiyofa kasb etadi.
Bir paytlar Kuyovboshida ham shunday sohilbo‘yi bo‘lishini kim o‘ylabdi? Bugun ko‘z o‘ngimizda amalga oshayotgan bu ishlar kimlar uchundir hali orzu. Shunday ekan, aziz mahalladoshlar, bugungi o‘zgarishlarning qadriga yetaylik, shukr qilaylik. Bu hali boshlanishi. Bir oz sabr qilaylik, 2027-yilda mahallamizda yanada katta o‘zgarishlar kutilmoqda.
Kuyovboshi ahli nomidan, avvalo, Yurtboshimizga, shuningdek, mahallamiz ravnaqi yo‘lida mehnat qilayotgan barcha insonlarga chin dildan rahmat aytamiz!
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
✅Kuyovboşiliklar kanali eng tezkor kanal📺
✅Telegram | ✅Instagram |✅ YouTube | ✅Facebook | 🖌 Twitter
#ŞarofRaşidov #Kuyovboşiliklar
📺https://t.me/Kuyovboshliklar