Qizu-mi oka? Yangi sonimiz mehmonlari Sardor Salyamov va Sa'dulla Abdullayev. Video haqiqatdan ham juda qiziqarli chiqqan. Faqat bitta kichkina muammo bor👌🏻. Yangi YouTube kanalga joylaymiz. Bu safar ohirgisi.🥲 Aynan shu FIFAstation loyihasi uchun maxsus kanal ochdik. Qiyin bo'ldi. Vaqt ketdi. Lekin epladik. Bundan oldin xato qildim. Tushunadigan, qiziqadigan va eplay oladigan odamlar bilan ishlashim kerakligini tushunib yetdim. Hozir shunaqa insonlarni topdim. Sizdan esa bitta iltimos. Video joylanganida maksimal qo'llab quvvatlasangiz hammamiz uchun yaxshi bo'lar edi. Bilaman, auditoriam orasida aynan bu loyihaga qiziqmaydiganlar bor. Lekin shu safar поддержка kere okala. Yangi kanalga hammamiz birgalashib boost beramiz 🌝 @kunduziy
Open in TelegramPosts of KUNDUZIY
Qalbga hotirjamlik beradigan kuzgi musiqa. Bu kompozitsyiani bolalik paytlarim TV'da ko'p eshitardim. Qanaqadur cringe videolarda ishlatishgani uchun unchalik yoqmas edi. Lekin yillar o'tib qaytadan eshitib ko'rib shuni tushundim-ki, aslida juda yaxshi musiqa. Shunchaki bizga noto'g'ri yetkazishgan. Yandex Music Spotify @kunduziy
Open in TelegramHam kulib, ham yig’ladim 😂 Video mazmuni: 2026-yil UGC-influenser (erkin bloger) bo’lishga harakat qilyabsan. Influence bloger sifatida aytaman-ki, bu 100% жиза @kunduziy
Open in TelegramThis is so ironic. "Matrix" filmi - sun'iy intellekt haqidagi daxshatli fantaziyalarni ko'rsatib bergan. Jenen Huang - Nvidia kompaniyasi asoschisi. Nvidia - sun'iy intellekt ishlashi uchun o'ta muhim bo'lgan videokartalarni ishlab chiqaradi. Endi sun'iy intellekt yordamida Jensen Huangni "Matrix" filmi bosh qahramoniga aylantirishdi. Qizil kiyimli ayol esa o'sha mash'um Xitoy josusi... "Xitoy josusi" haqida eshitgandursiz? 🍓 - Ha, hammasini bilaman. 🍌 - Yo'q, tushuntirib bering @kunduziy
Open in TelegramMister Beast bilan solishtirishga arzigulik, mantiqan to’g’ri keladigan boshqa odamni tanlash kerak edi. Masalan — Xudoyberdi To’xtaboyev. Asosan bolalar uchun juda qiziqarli asarlar yozgan adib. O’zim ham bolalik paytlarim u insonning asarlarini mazza qilib o’qiganman. Shaxsan o’zlari bilan ham ko’rishganman. Lekin meni ham oldimga kelib Said Ahmadni rasmini ko’rsatishganda - katta ehtimol tanimagan bo’lardim. Va buni yosh bola uchun umuman uyatli joyi yo’q! Solishtiruvni o’zi noto’g’ri va ahmoqona! @kunduziy
Open in TelegramShu ish yaxshimi endi? Yosh bolaga MrBeast bilan Said Ahmadni rasmlari ko’rsatilib, ‘qaysi birini taniysiz?’ deb so’rashipti. Are you fucking idiot? Bu ishi bilan ular nimani maqsad qilishgan? Yosh bolalarni uyaltirishmi? Juda ahmoqona kontent. Yosh bolani pushkaga olib, yoshi katta (qoloq) auditoriani oldida o’zini aqlli ko’rsatish, Pick me boy💅. Said Ahmad jiddiy asarlar yozgan. Mister Beast esa yosh bolalarni qiziqtiradigan kontent ishlaydi. Bu yerda saviya haqida gap ketmayapti. Shunchaki ma’lum yoshdagi odamlarning vaqtinchalik prioritetlari va qiziqishlari haqida. Katta bo’lsa MrBeast’dan zerikib, jiddiyroq narsaga qiziqqanida balki Said Ahmad ijodiga murojaat qilar. Hozircha ularga shu qiziq. O’zini SAVIYALI, MA’NILI, XALQ DARDIDA YASHAYDIGAN SHOVVOZ qilib ko’rsatish ba’zida juda oshib ketib qoladi. Hammasi hayp uchun 💯. Shu videoni ishlagan insonning instagram profili «teacher_otash» deb nomlangan. Nega ustoz_otash🤔 emas? @kunduziy
Open in TelegramOdamzod aniq qirilib ketadi. Va bunga AI sababchi! Ko’pchilikni fikricha sun’iy intellekt bizni huddi «Terminator» filmidek qirib tashlaydi. Lekin bu juda fantastik syujet. Menda soddaroq variant bor. Yashash og’irlashib ketyapti. Oila qurish avvalgidan ancha qiyin. Qizlarning yigitlarga, yigitlarning qizlarga talablari oshib ketgan. Farzand ko’rish, boqish va katta qilish og’ir yuk bo’lib qoldi. Shuni fonida AI odamning eng yaqin do’sti va yaxshi yordamchisiga aylandi. Endi tassavvur qiling, sizga to’liq moslashgan AI agentning ‘miya’sini qanaqadur robotga o’rnatish imkoniyati paydo bo’ldi. Odamlar turmush qurish o’rniga — robot olib, u bilan hayot kechirishadi. Hech qanday urush-janjal, tushunmovchiliklar va ortiqcha harajatlarsiz. Doim ‘hop’ deb aytganingni qiladigan ideal hamroh. Hozirgidek krizis davrida bu narsa yaqqol seziladi. Ajrimlar soni ko’p, turmush qurish va farzand ko’rish darajasi pasayib boryapti… Ayniqsa Jensen Huang bilan sodir bo’lgan mojarodan keyin, uylanish haqida odamlar chuqurroq o’ylanib qolishsa kerak 🤷🏻♂️ Menimcha kelajakda odamlar oiladan ko’ra - robot hamrohni tanlab, asta-sekin qirilib ketishsa kerak. Aslida bu chuqur mavzu. Lekin biroz vaqt o’tib yanada batafsilroq muhokama qilamiz. @kunduziy
Open in TelegramBilarmidingiz? 💭 Odamlar Yer sayyorasida dahanga ega yagona mavjudotlar hisoblanadi. Kimdir sizdan endi odamni hayvondan nima ajratib turadi deb so'rasa uning dahani deyishingiz mumkin @kunduziy
Open in Telegram