🟥🟥🟥🟩🟩🟩
📚“Ma’rifat maydoni” körik-tanloviga start berildi!
Adabiyotga qiziqasizmi? Buyuk adiblarimizning hayoti va ijodini çuqur örganganmisiz? Unda uşbu tanlov öz bilim va iste’dodingizni namoyon etiş uçun ajoyib imkoniyat!
🏛 Ta’lim va ilm-fan vazirligi Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi adiblar va mutafakkirlarimizning boy ijodiy merosini keng tarğib etiş, talaba-yoşlarning adabiyotga qiziqişini oşiriş hamda ijodiy salohiyatini yuzaga çiqariş maqsadida “Ma’rifat maydoni” respublika körik-tanlovini e’lon qiladi.
📄 Tanlov nizomi bilan tanişiş
↪️Tanlovda san’at oliygohlaridan taşqari respublikamizdagi barça oliy ta’lim taşkilotlari 12 nafargaça talabadan iborat jamoalari bilan iştirok etişlari mumkin.
↪️Tanlov oliy ta’lim taşkiloti, hududiy, mintaqaviy va respublika bosqiçlarida ötkaziladi.
↪️Körik-tanlov 3 ta şart: 1) Adiblar hayoti, 2) Tezkor savol-javob, 3) Adiblar hayoti va ijodidan sahnalaştirilgan kompozitsiya şartlari böyiça ötkaziladi.
🏆 Tanlovning respublika bosqiçida eng yuqori 5 örinni egallagan ğoliblar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan diplom hamda mos ravişda 40, 25, 20, 10 va 5 million söm miqdorida pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.
🎁Şuningdek, mintaqaviy bosqiçda ğolib bölgan jamoa a’zolari özlari tahsil olayotgan oliy ta’lim taşkiloti tomonidan planşet va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.
📌 Tanlovda iştirok etiş istagidagi talabalar özlari tahsil olayotgan oliygohning yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat yönalişi böyiça mas’ullariga murojaat qilişlari mumkin.
“Ma’rifat maydoni” – bilim, ijod va iste’dod sahnasi! Öz salohiyatingizni namoyon eting va ğoliblar safidan joy oling!
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram