Posts of TABIIY FANLAR VA IQTISODIYOT FAKULTETI | RASMIY KANALI
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi rahbariyati bilan tanishing Prezidentimizning tegishli farmon va qarorlariga muvofiq, yangidan tashkil etilgan hamda islohotlarning yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan Ta’lim va ilm-fan vazirligining rahbariyat jamoasi tarkibi: Turdimov Erkinjon Oqbutayevich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri; Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich — Ta’lim va ilm-fan vazirining birinchi o‘rinbosari; Pardayeva Mehriniso Doniyorovna — Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari; Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan o‘g‘li — Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari; Mirzayev Manuchehr Boborahimovich — Ta’lim va ilm-fan vazirligining Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti rahbari. ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 86 |
| 4 h | 133 |
| 7 h | 156 |
- After 1 hour86
- After 6 hours156
- Total to date156
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 📚“Ma’rifat maydoni” körik-tanloviga start berildi! Adabiyotga qiziqasizmi? Buyuk adiblarimizning hayoti va ijodini çuqur örganganmisiz? Unda uşbu tanlov öz bilim va iste’dodingizni namoyon etiş uçun ajoyib imkoniyat! 🏛 Ta’lim va ilm-fan vazirligi Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi adiblar va mutafakkirlarimizning boy ijodiy merosini keng tarğib etiş, talaba-yoşlarning adabiyotga qiziqişini oşiriş hamda ijodiy salohiyatini yuzaga çiqariş maqsadida “Ma’rifat maydoni” respublika körik-tanlovini e’lon qiladi. 📄 Tanlov nizomi bilan tanişiş ↪️Tanlovda san’at oliygohlaridan taşqari respublikamizdagi barça oliy ta’lim taşkilotlari 12 nafargaça talabadan iborat jamoalari bilan iştirok etişlari mumkin. ↪️Tanlov oliy ta’lim taşkiloti, hududiy, mintaqaviy va respublika bosqiçlarida ötkaziladi. ↪️Körik-tanlov 3 ta şart: 1) Adiblar hayoti, 2) Tezkor savol-javob, 3) Adiblar hayoti va ijodidan sahnalaştirilgan kompozitsiya şartlari böyiça ötkaziladi. 🏆 Tanlovning respublika bosqiçida eng yuqori 5 örinni egallagan ğoliblar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan diplom hamda mos ravişda 40, 25, 20, 10 va 5 million söm miqdorida pul yutuqlari bilan taqdirlanadi. 🎁Şuningdek, mintaqaviy bosqiçda ğolib bölgan jamoa a’zolari özlari tahsil olayotgan oliy ta’lim taşkiloti tomonidan planşet va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. 📌 Tanlovda iştirok etiş istagidagi talabalar özlari tahsil olayotgan oliygohning yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat yönalişi böyiça mas’ullariga murojaat qilişlari mumkin. “Ma’rifat maydoni” – bilim, ijod va iste’dod sahnasi! Öz salohiyatingizni namoyon eting va ğoliblar safidan joy oling! Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 126 |
| 7 h | 175 |
- After 1 hour126
- After 6 hours175
- Total to date175
🎁 Mehr ulashib, qalblarga quvonch bag‘ishlab! Qo‘qon davlat universiteti Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti talabalari tomonidan Farg'ona viloyati boshqarmasi tasarrufidagi Qo'qon shahar alohida ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 5-sonli maktab-intrnatiga tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida talabalar maktab-internatida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan samimiy muloqot qilib, ularga o‘zlari tayyorlagan sovg‘alarni topshirdilar. Ushbu ezgu tashabbus orqali bolajonlarga bayramona kayfiyat, quvonch va unutilmas taassurotlar ulashildi. Bunday xayrli ishlar talaba-yoshlarning mehr-oqibat, saxovat, insonparvarlik va bag‘rikenglik kabi yuksak fazilatlarini namoyon etadi. Zero, eng katta sovg‘a — bu e’tibor, mehr va samimiyatdir! 💚 Bizdan uzoqlashmang Facebook | Instagram | YouTube
Open in Telegram🎉 Tug‘ilgan kuningiz muborak, Shohsanam! Aziz kursdoshimiz Xamroliyeva Shohsanam, Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Sizga mustahkam sog‘liq, cheksiz baxt, o‘qishlaringizda muvaffaqiyat va barcha ezgu niyatlaringiz ro‘yobini tilaymiz. Doimo yuzingizdan tabassum arimasin! Shuningdek, Fizika va astronomiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari Sizni tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatingizda ulkan zafarlar, ilmiy va shaxsiy hayotingizda omad tilaydilar! Hurmat bilan Fizika va astronomiya kafedrasi jamoasi! hamda kursdoshlaringiz
Open in Telegram🏢 TALABALARNING YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI Qo‘qon davlat universiteti Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti dekani, yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari hamda fakultet tyutorlari ishtirokida talabalar turar joyi (TTJ) va ijarada istiqomat qilayotgan talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi. Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonalarining holati, sanitariya-gigiyena talablari, xavfsizlik masalalari hamda mavjud muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, talabalarga qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Asosiy maqsad — talabalarning ijtimoiy holatidan doimiy xabardor bo‘lish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim olishi va yashashi uchun munosib sharoit yaratishdir. Talaba e’tiborda — ta’lim va tarbiya mas’uliyatda! Bizdan uzoqlashmang Facebook | Instagram | YouTube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 12 h | 253 |
| 27 h | 353 |
- After 24 hours353
- Total to date353
Mehr va e’tibor — insoniylikning eng go‘zal namunasi 📖Qo‘qon davlat universiteti Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti talabalari tomonidan Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida joylashgan 12-sonli ko‘p tarmoqli maktab-internatiga tashrif tashkil etildi. ➡️Talabalar bolajonlarga o‘zlari tayyorlagan sovg‘alarni topshirib, ularning qalbiga quvonch va iliqlik ulashishga harakat qildilar. ➡️Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ularning jamiyatdagi o‘rni va qadr-qimmatini his etishlariga ko‘maklashish, talaba-yoshlar qalbida insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va ijtimoiy mas’uliyat kabi ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlashdan iboratdir. ➡️Zero, insoniylikning eng go‘zal ko‘rinishi — boshqalarga mehr ulashish, ularning quvonchiga sherik bo‘lish va e’tiborga muhtoj insonlarni hech qachon yolg‘iz qoldirmaslikdir. ➡️Mehr ulashish — eng katta savob, bir inson qalbiga quvonch bag‘ishlash esa eng go‘zal ezgulikdir! Bizdan uzoqlashmang 📱Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 17 h | 295 |
| 26 h | 349 |
- After 24 hours349
- Total to date349
📚 “Kitobxon millat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti Kimyo yo‘nalishi 3-bosqich talabalari o‘rtasida yoshlar qalbida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirish, kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishni oshirish maqsadida “Kitobxon millat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatiga Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Tursunova Sh. taklif etildi. Suhbat davomida kitobning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, mutolaaning tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishdagi ahamiyati, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda kitobxonlikning o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, talabalarga muntazam kitob o‘qish, badiiy adabiyot namunalarini mutolaa qilish, o‘qilgan asarlardan hayotiy xulosalar chiqarish hamda kitobxonlikni kundalik hayot tarziga aylantirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Bizdan uzoqlashmang Facebook | Instagram | YouTube
Open in Telegram