📚 Kitobxon Kids 4—mavsum respublika bosqichi! Kutilgan lahzalar yaqin! 🎉 Kitobxon Kids loyihasining 4-mavsumida hududiy bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar endilikda Respublika bosqichida bellashadilar! Sana:5-dekabr 2026-yil Respublika bosqichida ishtirokchilar o‘z bilimlari, mutolaa davomida egallagan tajribalari va kitobxonlik salohiyatlarini namoyon etish imkoniga ega bo‘ladilar. Hududiy bosqichdan o‘tgan barcha ishtirokchilarni ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz! 🏆 Eng bilimdon kitobxonlar safida bo‘lish uchun yana bir qadam! ✨ Respublika bosqichida barcha kitobxon bolajonlarga omad tilaymiz! @KITOBXON_KIDS
Open in TelegramPosts of KITOBXON KIDS📚
☀️ 20-noyabr — Butunjahon bolalar kuni Har bir bola mehr, e’tibor, himoya va munosib kelajakda yashash huquqiga ega. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 20-noyabr Butunjahon bolalar kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu sana bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning farovonligini ta’minlash, ta’lim olishi, sog‘lom ulg‘ayishi va o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun imkoniyatlar yaratish muhimligini yana bir bor eslatadi. Yurtimizdagi barcha bolalarga sog‘lom, baxtli va beg‘ubor bolalik, qalblaridagi orzular ro‘yobini, bilim olish va yangi imkoniyatlar sari dadil qadamlar tilaymiz. @Kitobxon_Kids
Open in Telegram🇺🇿18-NOYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN! Davlat bayrog‘i — xalqimizning g‘ururi, milliy iftixori, mustaqilligimiz va suverenitetimizning yorqin timsolidir. 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan muqaddas bayrog‘imiz bugun xalqaro maydonlarda yurtimiz sha’ni va nufuzini, xalqimizning ezgu orzu-intilishlarini dunyoga namoyon etmoqda. Uning moviy, oq va yashil ranglari, qizil chiziqlari, yarim oy va o‘n ikki yulduzi zamirida xalqimizning boy tarixi, qadriyatlari, tinchlik va farovonlikka bo‘lgan intilishlari mujassam. Bayrog‘imizning har bir hilpirashi qalbimizda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va kelajakka ishonch tuyg‘ularini yanada yuksaltiradi. Muqaddas bayrog‘imiz hamisha yuksaklarda hilpirab, ozod va obod O‘zbekistonimizning shon-shuhratini tarannum etaversin!
Open in TelegramUZOQ KUTILGAN XABAR! “Kitobxon Kids” respublika finali 5-dekabrda bo‘lib o‘tadi! Aziz kitobxonlar, hurmatli ota-onalar va ustozlar! Siz kutgan kun nihoyat belgilandi. May oyida viloyat bosqichlari yakunlangandan beri g‘oliblarimiz bu xabarni intiqlik bilan kutishdi. Endi esa respublikaning eng faol yosh kitobxonlari bir sahnada uchrashadigan vaqt keldi. Finalda sizni nimalar kutmoqda: — eng yaxshi kitobxonlar o‘rtasidagi bellashuv — qimmatbaho sovrinlar va kitoblar — homiylarimizning maxsus sovg‘alari — tajribali hakamlar hay’ati Kechikish uchun sizdan uzr so‘raymiz va sabr qilganingiz uchun rahmat aytamiz. Bu vaqt davomida biz finalni siz munosib bo‘lgan darajada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rdik. Hurmatli ota-onalar va ustozlar, bu xushxabarni farzandlaringizga va o‘quvchilaringizga albatta yetkazing. Ularning kitobga bergan mehri va mehnati munosib taqdirlanadigan kun yaqin! Final manzili va vaqti haqida batafsil ma’lumotni yaqin kunlarda e’lon qilamiz. Kanalimizni kuzatib boring! 📚 5-dekabr. Kitobxon Kids. Final. @Kitobxon_Kids
Open in Telegram8-Kun. 5-Savol: Tarqatma materialda siz “Rik va Morti” animatsion serialining bir qismidan kadrni ko'rib turibsiz . Ushbu epizoddagi voqealar qaysi bayramda sodir bo‘lishini ayting.
Open in TelegramJavob: Timsoh ko'z yoshlari Izoh: Animatsion filmda ulkan timsohning ko'z yoshlari suv toshqiniga sabab bo'lgan. Buning oldini olish uchun boshqa qahramonlar uni kuldirishga va ko'z yoshlarini patlar bilan to'xtatishga harakat qilishgan. Timsohlar atrofida o'sgan va faoliyati tirik mavjudotlar bilan bog'liq bo'lgan yetakchi tabiatni muhofaza qilish faoli Stiv Irvinning o'limiga bag'ishlangan rasmda timsoh yig'laydi. Biroq, bu safar timsohning ko'z yoshlari soxta emasligi ta'kidlangan
Open in Telegram🧠 Seshanba viktorinasi! 🎉 Avval natijalar! 🏆 O'tgan hafta "Eng sevimli kitob" uchun 61 kitobxon ovoz berdi. G'olib — "Sariq devni minib" (24 ovoz)! Ikkinchi o'rinda "Kichkina shahzoda" (20 ovoz), keyin "Alisa mo'jizalar mamlakatida" va "Gulliverning sayohatlari". Hoshimjon xursand bo'lsa kerak! 😄 Bugun ajdarchaning sirini bildik va Alpomish bilan tanishdik. Endi 5 ta savol! Javob bering va izohda nechta to'g'ri topganingizni yozing. ✍️ 📚 Kitobxon Kids — kitobsevar bolalar kanali
Open in Telegram