AI ChatbetaAccount

Posts of Kitoblar ombori

newest first

#23842Text
Views1,010−57%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h580
4 h863
7 h1,010
  1. After 1 hour580
  2. After 6 hours1,010
  3. Total to date1,010
#23836Text
Views1,700−28%vs avg
Forwards—
Reactions57
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
3 h1,370
4 h1,560
6 h1,700
  1. After 6 hours1,700
  2. Total to date1,700
#23835Photo
Views2,320−2%vs avg
Forwards—
Reactions38
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
4 h1,590
6 h1,820
24 h2,320
  1. After 6 hours1,820
  2. After 24 hours2,320
  3. Total to date2,320
#23834Text
Views2,140−9%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
5 h1,560
6 h1,670
25 h2,140
  1. After 6 hours1,670
  2. After 24 hours2,140
  3. Total to date2,140
#23833Photo
Views2,060−13%vs avg
Forwards—
Reactions152
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
6 h1,670
25 h2,060
  1. After 6 hours1,670
  2. After 24 hours2,060
  3. Total to date2,060
#23832Photo
Views2,110−10%vs avg
Forwards—
Reactions32
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
14 h1,810
25 h2,110
  1. After 24 hours2,110
  2. Total to date2,110
#23831Text

Dushanba og‘ir kunmi? Men ancha vaqt davomida ushbu kun haqida sarkastik maʼnodagi postlar yozib keldim. Bu harakatlarim tamoman gʻarb tushunchalaridan kelib chiqqan holatda yozilar edi. Bu ishim aslida notoʻgʻri ekanini bilsam ham qilaverdim. Bu qilmishidan hozir afsusdaman. Alloh oʻzi kechirsin. Hozir esa aslida dushanba eng barakotli va hayrli kun ekanini, bu kunda ilohiy vahiylar nozil boʻla boshlaganini, umuman dushanba kunining fazli haqida gaplashamiz inshaalloh. 1. Rasululloh ﷺ aynan dushanba kuni tavallud topganlar Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ dan dushanba kuni ro‘za tutish haqida so‘rashganida, u zot: «Bu men tug‘ilgan kun va menga vahiy nozil qilingan kundir», deb javob berganlar. Manba: Sahih Muslim, 1162-hadis. 2. Vahiy nozil bo‘lishi bilan bog‘liq kun Yuqoridagi hadisning o‘zida Rasululloh ﷺ dushanba kuni vahiy nozil bo‘lishini ham zikr qilganlar. Demak, insoniyat tarixidagi eng ulug‘ voqealardan biri — Alloh taoloning oxirgi payg‘ambariga vahiy yuborishi bilan dushanba kuni chambarchas bog‘liq. Bu kun Islom tarixida yangi bir davrning boshlanishi bilan aloqador. 3. Bandalarning amallari Allohga taqdim etiladigan kun Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh ﷺ aytdilar: «Bandalarning amallari dushanba va payshanba kunlari Allohga taqdim etiladi. Men amallarim ro‘zador holimda taqdim etilishini yaxshi ko‘raman». Manba: Imom Termiziy, 747-hadis. Hadis hasan-sahih deb baholangan. Bu hadis dushanbaning yana bir fazilatini ko‘rsatadi. Rasululloh ﷺ bu kunni ro‘za bilan o‘tkazishni xush ko‘rganlar. 4. Dushanba kuni mag‘firat eshiklari ochiladi Rasululloh ﷺ aytganlar: «Jannat eshiklari dushanba va payshanba kunlari ochiladi. Allohga shirk keltirmagan har bir bandaning gunohlari mag‘firat qilinadi. Faqat birodari bilan o‘rtasida adovati bo‘lgan kishi bundan mustasno. Ular haqida: “Bu ikkisini yarashgunlaricha kutib turinglar”, deyiladi». Manba: Sahih Muslim, 2565-hadis. Bu hadisdan juda katta ibrat olish mumkin: dushanba kuni nafaqat ibodatga, balki insonlar bilan munosabatlarni yaxshilashga ham e’tibor berish kerak. 5. Rasululloh ﷺ dushanba kunlari ro‘za tutganlar Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinishicha, Rasululloh ﷺ dushanba va payshanba kunlari ro‘za tutishga alohida e’tibor berganlar. Manba: Sunan at-Termiziy, 745-hadis. Shuning uchun dushanba kuni nafl ro‘za tutish Rasululloh ﷺ sunnatlaridan biridir. 6. Hijrat tarixidagi dushanba Rasululloh ﷺ ning Makkadan Madinaga hijratlari ham dushanba bilan bog‘liq tarixiy voqealarni o‘z ichiga oladi. Siyrat manbalarida u zotning Quboga dushanba kuni yetib kelganlari zikr qilinadi. Bu hijrat tarixidagi muhim bosqich bo‘lgan. U zot Quboda masjid barpo etish ishlariga asos solganlar. Manba: Ibn Hishom siyrati va «Ar-Rahiyq al-Maxtum»da keltirilgan hijrat voqealari. Dushanba kunini og‘ir yoki yomon kun deb hisoblashga Islomda asos yo‘q. Aksincha, bu kun Rasululloh ﷺ tavallud topgan, vahiy nozil bo‘lgan va bandalarning amallari Allohga taqdim etiladigan kunlardan biridir. Ibn Rajab Hanbaliy kabi ulamolar ham vaqt va zamonlarning fazilatini ularda sodir bo‘lgan sharafli voqealar hamda ularga bog‘liq ibodatlar bilan izohlaganlar. Alloh taolo kunlarimizni xayrli, amallarimizni maqbul, qalblarimizni O‘ziga yaqin qilsin.

Open in Telegram
Views2,380+1%vs avg
Forwards—
Reactions147
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
17 h2,220
25 h2,380
  1. After 24 hours2,380
  2. Total to date2,380
#23829Text

Makkada Allohning fazli bilan uch mazlum xalq vakillari — uyg‘urlar, rohinjalar va g‘azolik insonlar bilan suhbatlashish nasib etdi. Bilasiz, bu xalqlar bugun og‘ir zulm, ta’qib va insoniyatga qarshi jinoyatlarning qurboniga aylanmoqda. Sharqda «Qizil ajdar» deb ataluvchi bir xalq uyg‘ur xalqini milliy, diniy va madaniy jihatdan yo‘q qilishga qaratilgan siyosat yuritayotgan bo‘lsa, Myanma hukumati asrlar davomida o‘z yurtida yashab kelgan rohinja musulmonlarini tarixiy vatanlaridan quvib chiqarmoqda. O‘z uyini, yurtini tark etishni istamaganlar esa yoshi va jinsiga qaramay, shafqatsiz zo‘ravonliklarga duchor bo‘lmoqda. G‘azo haqida esa ortiqcha so‘z aytishning hojati yo‘q. U yerdagi manzaralar, begunoh insonlarning iztiroblari va bolalarning ko‘z yoshlari butun dunyoga ayon. Ammo meni eng ko‘p ta’sirlantirgan narsa suhbatlarimizning yakuni bo‘ldi. Uch xalqning vakillari — bir-biridan uzoq yurtlarda yashaydigan, ammo dardi va iztirobi bir-biriga o‘xshash bu insonlar suhbatimiz so‘ngida bir xil iltimosni bildirishdi: «Iltimos, ibodatlaringizda bizning xalqimiz haqqiga ham duo qilib qo‘yinglar». Ba’zan insonning dardini tinglash, unga hamdard bo‘lish va haqqiga duo qilish ham katta mas’uliyat ekanini his qildim. Alloh taolo uyg‘ur, rohinja va G‘azo xalqiga najot, sabr va g‘alaba ato etsin. Mazlumlarga nusrat bersin, zulm qilayotganlarga esa insof va hidoyat bersin. Ularni duolarimizdan unutmaylik. Zero, mo‘minlar bir tan kabidir.

Open in Telegram
Views2,3600%vs avg
Forwards—
Reactions110
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
18 h2,180
25 h2,360
  1. After 24 hours2,360
  2. Total to date2,360
#23828Photo

#kundalik Sog'inch yetaklagan manzil... (Madinai Munavvara) Tun zaminni o‘zining sokin quchog‘iga olayotgan mahal samolyotimiz biroz chayqaldi. Oradan ko‘p o‘tmay, ovozkarnaydan styuardessaning mayin, hayajon uyg‘otuvchi ovozi eshitildi: — Xonimlar va janoblar, samolyotimiz Madinai Munavvara shahriga yetib keldi... U yana nimalardir dedi, ammo bu xabardan keyin quloqlarimga boshqa biror so‘z kirmadi. Go‘yo butun olam jimib, yuragimning urishigina qulog‘im ostida jaranglayotgandek edi. Yuragim tanamni yorib chiqib ketadigandek qattiq urar, tomirlarimda qon jo‘shqin daryoday pishqirib oqardi. Orzularimning eng ulug‘laridan biri ushalishiga sanoqli daqiqalar qolgani meni hayajondan aqlimni yo‘qotayozgudek holga solgan edi. Madinai Munavvara... Rasululloh ﷺ hijrat qilib kelgan, ansorlar mehr bilan kutib olgan, Islom tarixining eng nurli sahifalari yozilgan muborak shahar. Shu nomning o‘ziyoq ko‘nglimda sog‘inch, muhabbat va haybat uyg‘otardi. Endi esa men shunchaki bu shahar haqida o‘qimayotgan, uni xayolimda tasavvur qilmayotgan edim — samolyotimiz ayni shu muborak zaminga qo‘nayotgan edi. Tashqariga chiqishga ruxsat berilgach, sumkamni olayotganimda bort kuzatuvchisi asta yonimga kelib, ahvolim yaxshiligini so‘radi. Men avvaliga nega bunday so‘raganiga hayron bo‘ldim. U esa qo‘llarimga ishora qildi: qo‘llarim qaltirardi. O‘zim ham buni sezmagan ekanman. Hayajon shu qadar kuchli ediki, uni yashirishga ham, boshqarishga ham ojiz edim. Samolyotdan tushishim bilan qilgan birinchi ishim — shu muqaddas zamin havosidan ko‘ksimni to‘ldirib nafas olish bo‘ldi. Nafasimga qo‘shilib, ko‘nglimga ham qandaydir sokinlik kirib kelgandek tuyuldi. Atrofga termulib, bir muddat qimirlamay turdim. Qancha vaqt o‘tganini bilmayman. Faqat shu ilk nafasni, shu ilk hayajonni, oyoqlarim ostidagi muborak zaminni butun umr xotiramda tiniq va ravshan saqlab qolishni istardim. Keyin yo‘lga chiqdik. Deraza ortidagi tun bag‘rida Madinaga eltuvchi yo‘l ko‘z oldimdan o‘tar ekan, xayolim asrlar ortiga — hijrat kunlariga ketdi. Rasululloh ﷺ va u zotning sodiq hamrohlari bu shaharga kelganlarida, ularni mehr va ixlos bilan qarshi olgan insonlar ko‘z oldimga keldi. Shu tuproqda aytilgan salomlar, qilingan duolar, ko‘ngillarga joylangan iymon nuri haqida o‘yladim. Men ham shu tarixning izlari qolgan shaharga yetib kelgan edim. Ko‘nglimda birgina tilak bor edi: bu muborak maskanlarda qalbimni shoshirmay, har bir lahzani his qilib, Rasululloh ﷺga salom yo‘llash. Madinaga yetib kelganimni endi anglay boshlagandim. Ammo bu safar men uchun shunchaki bir manzilga yetib kelish emas, uzoq yillardan beri qalbimda yashab kelgan sog‘inch bilan yuzma-yuz bo‘lish edi…. Davomi bor…

Open in Telegram
Views2,3500%vs avg
Forwards—
Reactions108
Comments—
#23827Text
Views2,430+3%vs avg
Forwards—
Reactions20
Comments—
#23825Text
Views3,100+32%vs avg
Forwards—
Reactions24
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
53 h2,940
66 h3,100
  1. Total to date3,100
#23821Text

Bilish boshqa, yashash boshqa: Ilm nega bugun hayotimizni o‘zgartirmayapti? Bugun ilm olish har qachongidan ham oson. Birgina tugmani bosib minglab kitoblarni topish, eng kuchli olimlarning darslarini eshitish, oyat va hadislarni soniyalar ichida o‘qish mumkin. Lekin bir achchiq savol ham bor: bilimimiz ortgani sari qalbimiz ham yumshab, hayotimiz go‘zallashib boryaptimi? Afsuski, ko‘pincha ilm faqat ongimizda va tilimizda qolib ketyapti. Uni hamma olyapti, hamma ulashyapti, ammo u bilan yashaydiganlar barmoq bilan sanarli. Islom ta’limotida esa amalsiz ilm — egasiga foyda emas, aksincha og‘ir yuk hisoblanadi. Alloh taolo Qur’oni Karimda bilib turib amal qilmaydiganlarni juda keskin ohangda tanqid qiladi: «Ey iymon keltirganlar! Nima uchun o‘zingiz qilmaydigan narsani aytasizlar?! Qilmaydigan narsangizni aytishingiz Allohning nazdida qattiq yomon ko‘rilgan ishdir». (Saf surasi, 2–3-oyatlar) Boshqa bir oyatda esa ilohiy kitobni o‘qib, unga amal qilmaydiganlar «kitob ortilgan eshak»ka o‘xshatiladi (Juma surasi, 5-oyat). Eshak ustidagi yukning naqadar qimmatli ekanini bilmaydi va undan hech qanday foyda ko‘rmaydi faqat og‘irligini ko‘tarib yuradi, xolos. Rasululloh (s.a.v.) ko‘p duolarida: «Ey Allohim, foyda bermaydigan ilmdan Sendan panoh so‘rayman», deb iltijo qilardilar. Nega ilm foyda bermasligi mumkin? Chunki ilmning mezoni — uning qancha ko‘pligi emas, balki insonning axloqi, ibodati va muomalasida qanchalik aks etishidir. Qiyomat kuni inson eng birinchi so‘raladigan to‘rt narsadan biri ham aynan «ilmingga qanday amal qilding?» degan savol bo‘ladi. O‘tmishdagi solih zotlar ilmni shunchaki ma’lumot yig‘ish emas, balki mas’uliyat deb bilishgan: Hazrati Ali (r.a.): «Ilm amalni chaqiradi. Agar amal unga javob bersa, ilm qoladi; aks holda, (barakasi) ketib qoladi». Hasan Basriy: «Ilm ikki xil bo‘ladi: tildagi ilm va qalbdagi ilm. Qalbdagi ilm — foydali ilmdir. Tildagi ilm esa Allohning bandaga qarshi hujjatidir». Imom G‘azzoliy: «Amalsiz ilm — telbalikdir, ilmsiz amal esa bo‘lmaydi». Ilm — bu chiroq. Agar uni qo‘lingizda tutib, yo‘lingizni yoritmasangiz, qorong‘uda qoqilib ketaverasiz. Bugun bizga yana o‘nta yangi ma’lumot emas, balki bilgan bitta haqiqatimizga amal qilish jur’ati yetishmayapti. Alloh barchamizga foydali ilm va unga muvofiq go‘zal amal nasib qilsin! @kitob_ombori

Open in Telegram
Views5,350+127%vs avg
Forwards—
Reactions123
Comments—
#23820Text
Views3,730+58%vs avg
Forwards—
Reactions21
Comments—
#23819Text

Parij chekkasida, doim iflos bo‘lib yotadigan Matyuren-Sen-Jak ko‘chasining eng oxirida besh qavatli qayg‘uli bino joylashgan edi. Uzun bo‘yli, jingalak sochli, ko‘zlari osiyocha yigit chordoq ostidagi xonani ijaraga oldi. Ertalab u eskirgan qog‘oz bilan Orlean gersogining idorasiga shoshildi, chunki o‘sha yerda kichik kotib bo‘lib ishlashni boshlagan edi. Yigitcha kiyib olgan tor paltoning tirsaklari, shimining tizzalari eskirib ketganidan oqarib, yaltirab turardi. U siyoh bilan yaltiroq dog‘larni yo‘qotgan bo‘ldi. Orlean gersogining idorasida siyoh ko‘p edi. U yomon ovqatlandi - piyoz va suyultirilgan sharob. Yigit piyozni yomon ko‘rar, sharobga befarq edi. Uning uyi ro‘parasida kichik bir qovoqxona bor edi. Eshigining tepasida kattagina qovoq o‘lchamida misdan yasalgan qarag‘ay yong‘og‘i osilgan turardi. Shu sabab bu yerning nomi "Qarag‘ay yong‘og‘i" deb nomlangan edi. Ba’zan ishdan keyin yigit bu yerga kirib, qovurilgan kartoshkaning xushbo‘y hidini to‘yib-to‘yib hidlar va beparvolik bilan shunday derdi: — O‘rab bering... — Lekin sen mendan qirq frank qarzsan! — dedi kunlarning birida qovoqxona egasi otaxon Jirardo g‘azablangan kuyi. — Bir oz sabr qiling, — dedi unga yigit. — Men tez orada boyib ketaman va yaxshiliklaringizga saxiylik bilan javob qaytaraman. Yakunda u baribir chordog‘iga qovurilgan kartoshka olib ketdi. Uning otaxon Jirardo oldidagi qarzi esa oshib boraverdi. Va keyin, yaxshi kunlarning birida, uzun bo‘yli, jingalak sochli, osiyo ko‘zli yigit g‘oyib bo‘ldi. Uning chordoq ostidagi kichkina xonasida xuddi shu yaltiroq tuval shim kiygan boshqa bir yigit joylashdi. * * * Yillar o‘tdi. "Qarag‘ay yong‘og‘i" qovoqxonasi foyda keltirmay qo‘ydi. Kambag‘al talabalar turadigan bu kvartalda ko‘ngli bo‘sh qovoqxonachining boyib ketishi oson emasdi. Nihoyat, otaxon Jirardo eshik va dezalarni mixladi. Endi u Sen-Jermenning aristokratik kvartalidagi kichik savdo rastasida tirikchilik qilardi. Balki tryufel va shampan vinosidan charchagan boylardan biri qovurilgan kartoshkani tatib ko‘rishni xohlab qolar? Bir kuni uning yonida bir juft tulporlar qo‘shilgan fiakr kelib to‘xtadi. Avvaliga echki terisidan tayyorlangan va kumush bezaklar bilan yasatilgan poyafzal kiygan oyoq ko‘rindi. Keyin bir janobning butun gavdasi paydo bo‘ldi. Gilos rangli frak, bo‘yniga qordek oppoq jabo taqqan bu janobning jingalak sochlari biroz oqargan, osiyocha ko‘zlari porlab turardi. Muqaddas Maryam! Otaxon Jirardo chordoqda yashagan o‘sha kambag‘al yigitni tanigan edi. Janob ham keksa otaxonini tanidi va xursand bo‘lib unga quchoq ochdi. — Sizdan qarzim bor edi shekilli? — so‘radi ziynatli kiyingan janob. — Ha, shunday. Ikki yuz frank, — deb javob berdi savdogar, — hozir bo‘lsa, juda yaxshi bo‘lardi-da! — Hozir yonimda buncha pul yo‘q. Bizga unchalik ko‘p maosh to‘lashmaydi. Lekin men pullaringizni, albatta, qaytaraman. Shunday qaytaraman-ki, butun umringizga yetib ortadi. Va hayratda qolgan savdogarning yelkasiga urib qo‘yib, o‘zi kelgan fiakrning hashamatli eshigi ortiga g‘oyib bo‘ldi. Unga zarhal libos kiygan eshikbon hamrohlik qilayotgan edi. * * * Oradan uch oy o‘tdi. Otaxon Jirardo uyiga qaytgan edi. Bugun u bitta ham qovurilgan kartoshka sota olmadi. Homush tortib o‘tirgan edi, ko‘zi ko‘cha boshiga tushdi-yu, hayratdan dong qotdi. Matyuren-Sen-Jak ko‘chasini o‘nlab hashamatli ot qo‘shilgan ekipajlar to‘ldirgandi. Bir pasda qovoqxonasining oldida tumonat odam yig‘ildi. Yaltiroq shlyapa kiygan janoblar laklangan etiklari bilan qulflangan eshikni tepib, xitob qilishdi: — Tezroq oching, otaxonimiz Jirardo! Biz ochmiz! — Nima bo‘ldi? — dedi savdogar. — Qanday xizmat bor?! Mehmonlardan biri unga hayron bo‘lib qaradi. — Bilmaysizmi, qariya? Axir sizning "Qarag‘ay yong‘og‘i" qovoqxonangiz butun Fransiyaga mashhur-ku! — Men bechoraning ustidan kulyapsizmi?! — deb yozg‘irdi Jirardo. Mehmon cho‘ntagidan yaltiroq jildli kitobcha chiqardi. — O‘qiy olasizmi? Otaxon Jirardo bosh chayqadi. Mehmon kitobni ochdi. “Hayot endi pushti nurda namoyon bo‘ladi!. U do‘stlari bilan Matyuren-Sen-Jak ko‘chasidagi “Qarag‘ay yong‘og‘i” qovoqxonasiga bordi, u yerda hurmatli otaxon Jirardo ularni qo‘ling o‘rgilsin qovurilgan kartoshka bilan siyladi...” — Muallifning ismini ayting! — deb qichqirdi hayratda qolgan savdogar. Qovoqxonada ovoz yangradi: — Aleksandr Dyuma! @kitob_ombori

Open in Telegram
Views4,230+80%vs avg
Forwards—
Reactions137
Comments—