AI ChatbetaAccount

Posts of Khumoyun Codes

newest first

#983Photo

Binance qanday qilib buzib kirilganini ma’lum qildi. Bunga Shimoliy Koreyadan kelgan chiroyli qiz emas, balki... vaybkoding va bitta omadsiz ish suhbati sabab bo‘lgan. Qisqasini aytganda yuqoriroqda aytganimdek inson omili hamma narsaga sabab bo'lgan. Xakerlar hujumga 5 oy davomida tayyorgarlik ko‘rishgan. Voqealar quyidagicha rivojlangan: — Iyun: Binance’ning DevOps muhandisi AI yordamida kod yozish uchun mashhur dasturlardan birini o‘rnatmoqchi bo‘ladi. Google’dagi birinchi havolaga kirib, Homebrew’ning soxta o‘rnatuvchisini yuklab oladi va kompyuteriga virus tushiradi. Xavfsizlik tizimi buni aniqlaydi, ammo xakerlar shu vaqt ichida kriptohamyonlarga mas’ul muhandislar haqida ma’lumot olishga ulgurishadi. — Sentabr: Ro‘yxatdagi muhandislardan birini soxta ish suhbatiga taklif qilishadi. Suhbatning bir qismi sifatida GitHub’dagi loyihani yuklab olib, test topshirig‘ini bajarish so‘raladi. Loyihaga yashirilgan virusni esa antivirus aniqlay olmaydi. — 20-oktabr: Xakerlar zararlangan kompyuter orqali boshqa muhandislarning kompyuterlariga ham kirishga muvaffaq bo‘lishadi. Natijada kriptohamyonlarni boshqarish imkonini beruvchi maxfiy tokenlarni qo‘lga kiritishadi. — 29-oktabr: Asosiy hujum boshlanadi. Xakerlar tranzaksiyalarni tasdiqlovchi tizimni egallab, kriptovalyutalarni o‘g‘irlashadi. Jami 18 270 BTC, 233 million XRP va qariyb 1 million SOL olib chiqib ketiladi. Qizig‘i, Binance xavfsizlik jamoasini yomon ishlagan deb bo‘lmaydi. Ular 2026-yilning o‘zida Shimoliy Koreya bilan bog‘liq deb taxmin qilingan 57 ta kiberhujumning oldini olishgan. Ammo 58-hujumni to‘xtata olishmagan. Manbaa: https://x.com/binance/status/2117626126214504729 @khumoyun_codes

Open in Telegram
Views4,180+33%vs avg
Forwards—
Reactions43
Comments—
#981Text
Views4,530+45%vs avg
Forwards—
Reactions33
Comments—
#980Text
Views3,820+22%vs avg
Forwards—
Reactions25
Comments—
#979Video
Views3,490+11%vs avg
Forwards—
Reactions45
Comments—
#977Photo
Views3,400+8%vs avg
Forwards—
Reactions22
Comments—
#976Text
Views3,240+3%vs avg
Forwards—
Reactions29
Comments—
#974Text
Views3,700+18%vs avg
Forwards—
Reactions21
Comments—
#973Text
Views4,050+29%vs avg
Forwards—
Reactions16
Comments—
#971Photo
Views3,350+7%vs avg
Forwards—
Reactions41
Comments—
#969Photo

Yandex Uzbekistan 2026-yil uchun Great Place to Work sertifikatiga ega bo‘ldi. 🏆 👍 Bu yerda raqamlar chindan ham qiziq. Xodimlarning 95 foizi Yandex’ni ishlash uchun ajoyib joy deb baholagan. Ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha natijalar esa yanada yuqori: 🔹 98 foiz xodim ish uchun zarur resurslar va jihozlar bilan ta’minlanishini aytgan. 🔹 98 foiz ularga yuqori darajadagi mas’uliyat ishonib topshirilishini qayd etgan. 🔹 98 foiz xodimlarga jinsidan qat’i nazar adolatli munosabatda bo‘linadi, deb hisoblaydi. 🔹 99 foiz ish joyini jismoniy jihatdan xavfsiz deb baholagan. IT-kompaniya uchun bu ancha muhim ko‘rsatkichlar. Ayniqsa, gap tashqi baholash haqida emas, balki kompaniya xodimlarining o‘zlari ishtirok etgan so‘rovnoma natijalari haqida ketayotganini hisobga olsak. 🧑‍💻 Yosh mutaxassislarga e’tibor ham alohida e’tiborga loyiq. Yandex Uzbekistan’da stajirovkalar, shuningdek, talabalar va ish faoliyatini endi boshlayotgan mutaxassislarning kompaniya jamoalari bilan birga real loyihalar ustida ishlash imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Yandex Uzbekistan uchun Great Place to Work sertifikati Yango Group’ning yanada kengroq e’tirofining bir qismiga aylandi: 2026-yilda kompaniyaning 17 ta mamlakat va bozordagi jamoalari ushbu sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bir yil avval bunday bozorlar soni 9 ta edi. Aftidan, bu yerda shunchaki texnologik kompaniya emas, balki insonlar uchun qulay va munosib ish muhitini yaratishga ham e’tibor qaratilmoqda. @khumoyun_codes

Open in Telegram
Views3,940+26%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#967Photo
Views3,870+23%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#966Photo

Yangi setup 👨‍💻 Oxirgi 1.5 oydan beri yana uyda ishlashni boshladim, bilmadim nega lekin ofisdan ko'ra uyda unumdorligim balandroq bo'ldi. Shunga xonam va setupga bir oz o'zgartirishlar kiritdim. Cozy setup qilishga harakat qildim, o'xshadimi yo'qmi bahoni sizlar berasizlar. Lekin men duch kelgan asosiy muammo bu stol ustidagi tartib bo'ldi, hardoim men nimadir kerak bo'lsa shkafimdan olamanu va stolni ustida qoldirib ketaman, qaytib qo'yish esdan chiqadi, oyda bir yana joyiga qaytaraman. Bu "muammo"ni yechish uchun shogirdlarim pegboard sotib olishni maslahat berishdi. Keyin pegboardlarni yopishitirshni boshladim, avvaliga 6 ta panel, keyin 8 ta keyin 16 ta qilib ish stolimni 2 qismga ajratdim, ish va gaming zone qilib. Qarabsizki hamma narsa joy joyida. Menga bu pegboardlar juda yoqdi, hohlaganingizdek o'zingizga moslashtirsangiz bo'ladi. Istalgan narsani joylashtirish uchun aksessuarlar bor. Shunga pegboard sotuvchisiga tekinga reklama qilib berishni taklif qildim, balki menga o'xshagan tartibga intilgan hamkasblarimizga foydali bo'lar. Xullas @S_Samifa akkauntiga murojat qilsangiz, ushbu pegboardlar, turlari, narxlari, aksessuarlari haqida ma'lumot olinshiz mumkin. Bu postdan kelganlar uchun 5% chegirma qilib berishlariga ham kelishdik. Xullas qiziq bo'lsa: #fromKhumoyun deb murojat qilib 5% chegirma oling 🙃 P.S. Namunalarni Instagram orqali ko'rishingiz mumkin: Instagram.com/pegboard.uz Tekin reklama :) Hech qanday tirikchilik huquqlari asosida emas. @khumoyun_codes

Open in Telegram
Views2,440−22%vs avg
Forwards—
Reactions39
Comments—